O’zbekiston muzeylari
Download 6.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O’zbekiston muzeylari Reja: Kirish 1 Oybek uy-muzeyi 2 G’alaba bog’i. Shon sharaf muzeyi 3 O’zbekiston davlat tabiat muzeyi 4 Islom Karimov muzeyi 5 Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi. Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi 6 Qurolli kuchlar muzeyi 7 O’rol Tansiqboyev uy-muzeyi 8 G’ofur G’ulom uy-muzeyi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. “Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari to’g’risida 1994 va 1998-yillarda Vazirlar Mahkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, 1998-yilda “O’zbekmuzey” jamg’armasining tuzilishi, 1999-yildan uch til (o’zbek, rus, ingliz) da “Moziydan sado” jurnalining chop etila boshlanishi, Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi kabi muzeylarning tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risda”gi Farmonida “O’zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish” zarurligi ko'rsatib o’tiladi. Biz ham o’quv yili davomida muzeyshunoslik fanidan o’rgangan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash va amaliyotga tadbiq qilish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan o’ndan ortiq muzeylarga tashrif buyurdik. Ushbu amaliyot davomida bizning guruh talabalariga Sh. Guljahon, S. Lutfiya, X. Sunnatilla kabi ustozlar rahbarlik qilishdi. Biz ushbu amaliyot davomida Vatanimiz tarixi va yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimiz to’g’risida juda ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldik. Download 6.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling