O’zbekiston muzeylari
Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi
Download 6.08 Mb.
|
Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi.
Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi. O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingandan keyin mamlakatda I. A. Karimov rahbarligida amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo’lgan, o’tgan asrning 30-50-yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag’on etilgan va shu sababli nomlari o’zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o’chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash bo’ldi. I. A. Karimovning 1999-yil 12-mayda imzo chekkan Farmoyishiga ko’ra, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tuzildi. Shu yili iyul oyida hukumat qarori asosida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Natijada bo’lg’usi muzeyning ko’rgazma vositalarini shakllantirish boshlandi. Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi – Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bo’zsuv kanali bo’yida (Amir Temur shohko’chasi bo’ylab joylashgan). Majmua barpo etilgan joy 20-asr 20-yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat chekkasi bo’lgan, 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgoxda sho’rolar tomonidan millatning ilg’or vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan. Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlab sobiq qatlgoh o’rnida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. 2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2001-yil 1 may sanasini “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g’risida”gi Farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi. Muzey 2002-yil 31-avgustda – mamlakatda ilk bor nishonlangan “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” da tantanali ravishda ochildi. Yodgorlik majmuasi va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bo’lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag’on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmuasi ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini o’zaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sag’ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo’lib xizmat qiladi. Maydoni 17 gektardan ortiq muntazam tartibli loyihalangan yam-yashil 26 pastibaland hududni Bo’zsuv kanali ikkiga ajratgan, ikki qirg’oqni kanal ustiga qurilgan ko’prik (uz. 100 m) birlashtiradi. Majmua markazida tik ustunlarga o’rnatilgan feruza rang qovurg’ali gumbazli ayvon (rotonda, bal. 27 m) metall qurilmalardan ishlanib G’o’zg’on marmari bilan qoplangan, poygumbazi ganchkori muqarnaslar bilan ziynatlangan. Gumbaz ichi ganch o’ymakorligida ishlangan. Gumbaz ostidagi handasiy shakllardan naqshlar hosil qilib bezatilgan marmar polda nefritdan ishlangan ramziy sag’ana atrofga sukunat taratib turadi; sag’ana shahid ketgan vatandoshlarning ramziy qabridir. Shuningdek, 2002-yilda shu hududda qad ko’targan "Qatag’on kurbonlari xotirasi" muzeyi majmuaning tarkibiy qismiga kiradi. Muzey binosi Bo’zsuv bo’yida, bahavo joyda joylashgan bo’lib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m kv. hajmdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar ko’tarib turgan ayvondan iborat bo’lgan. Uning umumiy maydoni 784 m kv. tashkil etgan. Bino o’zbek milliy me’morligi an’analari asosida qurilgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. Ushbu inshoot meʼmori A. Turdiyev bo’ladi. Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar) da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m), balandligi 20 m, gumbazli (balandligi 6,2 m, diametri 5,8 m; feruza rang gumbazi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi bilan uyg’un), bino atrofi kengligi 4 m bo’lgan ochiq ayvon bilan o’ralgan, undagi 28 ta ustun va to’sinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o’ziga xos salobat baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, maʼmuriyat va boshqalar qo’shimcha xonalar joylashgan, ular ko’rgazma zali bilan maxsus yo’lak va zinapoyalar orqali uzviy bog’lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yog’och o’ymakorligi (AAbdullayev, S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M. Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A. Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M.Mamajonov, R.Muhammadjonov, M.Shedrin, V.Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qo’llanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahri meʼmorlik bosh boshqarmasi hamda "Usto" ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lgan. 2007-yilning 31-avgustida I. A. Karimovning muzeyga tashriflari chog’ida, ushbu muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, qatag’on qurbonlari tarixi va achchiq qismatini yanada kengroq o’rganish va ask ettirish maqsadida unga qo’shimcha bino qurish haqida aytib o’tildi. Ajdodlarning an’analarini davom ettirish, hozirgi kunlarning qadriga yetishga, ekspozitsiyada nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjat va eksponatlarni ko’rsatilishi lozimligi ta’kidlandi. 2008-yil 5-may kuni davlat 27 rahbarining “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-861-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Muzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo’sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo’ljallangan 3 ta zaldan iborat inshoot bo’lib, atrofini o’yma naqshinkor ayvon o’rab turadi. Ayvonning to’rt tarafidan 42 ta milliy naqshlar o’yilgan, bo’yi 5,5 metrli ustunlar ko’tarib turadi. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m kv. tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m kv., yer to’lasi 1568 m kv.ni tashkil etadi. Muzey ekspozitsiyasi 10 ta bo’limdan iborat. Ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini tashkil qilish jarayonida O’zR Fanlar akademiyasi, O’zR Arxiv agentligi, Kartografiya boshqarmasi, O’zbekiston matbuot agentligi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vestminstr Universiteti, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Mudofaa vazirligi, “Sovplastital” korxonasi bilan hamkorlikda ish olib borildi. Shu bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Milliy Xavfsizlik xizmati, Oliy sud fondlarida saqlanayotgan hujjatlardan ekspozitsiyada foydalanish uchun olindi. “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi — O’zbekiston FA tizimidagi ilmiy-maʼrifiy muassasa. Muzeyning ilmiy-tematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 bo’limdan iborat: XIX asrning o’rtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo’zg’olonlari Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatag’on “Quloqlashtirish” kompaniyasi (30-yillar) 30-yillardagi qatag’on 40 —50-yillardagi qatag’on 80-yillardagi qatag’on (“Paxta ishi”) Mustaqil O’zbekistonda qatag’on qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi. Muzey “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi bilan hamkorlikda “Qishloq fojiasi” (R. Shamsutdinov), “Abdulla Qodiriy” (S. Mirvaliyev), “Cho’lpon” (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning “Tanlangan asarlar”ini nashr etgan. O’zbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda “O’zbektelefilm” studiyasi bilan hamkorlikda “Barhayot xotira”, “Armonli yillar ko’zgusi”, “Fidoyi olim”, “Mirtemir” singari hujjatli filmlar yaratgan. Download 6.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling