O’zbekiston muzeylari
Download 6.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi qavatda
Ikkinchi qavatda O’zbekistonning zamonaviy qurolli kuchlariga bag’ishlangan ikkita asosiy ekspozitsiya bor: “Mustaqil O’zbekiston posbonlari to’g’risida” va “Xalqaro harbiy hamkorlik”. Eksponatlar O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar va undan keyingi tarix davriga tegishli:
- Afg’on urushi paytida jangchilarning qurollari, bayrog’i, ordenlari va nishonlari, asbob -uskunalari va jihozlari - zamonaviy mustaqil O’zbekiston askarlarining tantanali va kundalik kiyimlari. O’zbekistonga dunyoning boshqa armiyalaridan sovg’alar: diplomlar, mukofotlar, kuboklar, kitoblar stendini ko’rish ham juda qiziqarli. Birinchi qavatda O’zbekistonning zamonaviy armiyasida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning plakatlari va fotosuratlari, Amir Temur portretlari va O’zbekistonning rang-barang panoramasi joylashtirilgan. Bino 3 qavatdan iborat bo’lib, ekspozitsiyalar 3 harbiy tarixiy davrga bo’lib yoritilgan. 1-davr "Temuriylar davridagi harbiy sanʼat (14—15-asrlar)" ga bag’ishlangan. Amir Temur harbiy sarkarda sifatidagi ko’p qirrali faoliyati yoritib berilgan. Zal ekspozitsiyalari asosini "Amir Temurning To’xtamishxonga qarshi uchinchi harbiy yurishi" batal dioramasi (o’lchami — 12,5x3,5, mualliflari Alisher Ergashev, Mahmud Samiqov va Muxtor Zoirovlar) tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda "Amir Temur ot ustida" portreti (muallif R.Ziyodillayev), qurolyarog’lar namunalari, bayroqlar, "Amir Temur davlati xaritasi", nog’oralar va h.k. o’rin olgan. 1qavatda ko’rgazma va kino zallari joylashgan. 2-davr fashizmga qarshi kurash (1941—45 yillar) yillarida o’zbek xalqining qahramonligiga bagishlangan. Har bir ko’rgazmada u yoki bu jangda qatnashgan o’zbekistonlik askarlarni shaxsiy buyumlari, jangovar mukofotlari, hujjatlari va h.k. qo’yilgan. Vatandoshlarimizning mehnat frontidagi faoliyati keng yoritilgan. Eksponatlar orasidan fashistlar Germaniyasidan tortib olingan o’ljalar (fashistlar Germaniyasi harbiy mukofotlari, o’t ochish qurollari), qurolaslahalar, harbiy mashina, tank va samolyotlarning maketlari joy olgan. Zal ekspozitsiyalari xronologik xarakterga ega bo’lib, Brest qalʼasi uchun bo’lgan janglardan tortib to Berlingacha bo’lgan janglarni o’zida yoritgan hamda to’liq maʼlumot berilgan. 3-davr "Mustaqil O’zbekiston himoyasida" deb nomlanadi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topishi tarixi, uning qonuniy asoslari, Qurolli Kuchlarimiz qo’shinlari tarkibi, harbiy hududiy bo’linmalar — harbiy okruglar, ulardagi qism va qo’shilmalarning jangovar tayyorgarligi, oliy harbiy bilim yurtlarida, serjantlar tayyorlash maktablarida harbiy kadrlarni tayyorlash, shu bilan bir qatorda milliy armiyamizning xalqaro harbiy hamkorligi, tarbiyaviy, madaniy-maʼrifiy, sport hamda harbiy ommaviy axborot vositalari faoliyati keng yoritilgan. Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida o’ziga xos ilmiy markazga aylangan. Muzey qoshida urush va Qurolli Kuchlar faxriylarining kengashi tuzilgan. Ushbu muzey haqida ma'lumotlarim shulardan iborat. O’zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyining virtual versiyasi yaratildi. Endilikda istalgan foydalanuvchi Mudofaa vazirligining rasmiy veb-sayti orqali muzeydagi barcha eksponatlar bilan tanishishi mumkin. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.Buning uchun “mudofaa.uz” saytiga kirish va u yerdan o’rin olgan “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” tugmasiga bosish kifoya. Qurolli Kuchlar davlat muzeyi 1965-yilda Markaziy ofitserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilgan. Umumiy maydoni 3 ming kvadrat metrdan ortiq bo’lib, muzey hududidan 10 mingdan ziyod eksponatlar o’rin olgan. Muzeyning asosiy ish faoliyati ekspozitsiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarog’lar) orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. 101-guruh talabalari Qurolli kuchlar muzeyida Qurolli kuchlar muzeyi Download 6.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling