Qassoblar, bag‘ri qora kaltakesaklar, ilonlar, chayonlar! (Qo‘liga kirgan narsalarni ularga otadi. Xonzoda,
Sifat buvi yiqilib, turtinib qochib ketadilar.) Onajon! G‘ofirjon! Unutma meni! Bolangni o‘ldirgan, xotiningni
xazon qilgan boyning, butun boylarning jazosini ber! Zamonasiga o‘t qo‘y, yondir! G‘ofirjon!.. G‘ofirjon!..
(Kuchsizlanadi, o‘ladi.)
Parda.
Ona tili va adabiyotdan namunaviy test topshiriqlari Muhyiddin Shodmonov
9
23. [1, 1] Jamilaning nutqidagi qanot, bulbul
va temir qafas tushunchalari nimani
anglatadi?
A) Qanot erkini, bulbul G‘ofirni, temir qafas
chimildiqni anglatadi.
B) Qanot ota-onasini, bulbul yoshligini, temir
qafas dunyoni anglatadi.
C) Qanot orzularini, bulbul yoshligni, temir
qafas boyning uyini anglatadi.
D) Qanot erkini, bulbul G‘ofirni, temir qafas
boyning qo‘lini anglatadi.
24. [1, 1] Boy obraziga mos ta’rif berilgan
javobni aniqlang.
A) O‘z xizmatkorlariga o‘g‘li kabi munsabatda
bo‘ladigan oqko‘ngil inson
B) Ayollar huquqini pulga o‘lchab, yosh bolani
o‘ldirishga chog‘langan inson.
C) Jamiyatdagi sotqinlarni jazolab, davlatdan
pul umid qiladigan inson.
D) Shaxsiy mafaati yo‘lida jirkanch ishlardan
o‘zini qaytarmaydigan qotil.
25. [1, 1] Asar obrazlariga XATO ta’rif
berilgan javobni aniqlang.
A) Xonzoda – o‘z qizini Boyga nikoylab berish
orqali uning mol-mulkiga erishishni maqsad
qilgan boylikka o‘ch ayol.
B) G‘ofir – o‘z oilasiga bir burda non topib
kelish uchun kurashsa-da, ammo o‘g‘rilikda
ayblangan aybsiz aybdor.
C) Jamila – zolim boyga nikohlanib hayotdan
umidini uzgan va hali tug‘ilmagan farzandidan
ayrilgan jabrdiyda ayol.
D) Qozi, mulla, ellikboshi – bir begunohga
tuhmat qilib, uning Sibirga surgun qilinishiga
sababchi bo‘lgan nafs bandalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |