1. [1, 1] Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana28.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1729012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Milliy sertifikat diagnostik testi 3 variant Muhyiddin Shodmonov

qildi, marhamat! (Dorini bekitadi, boyning tovushi eshitiladi.) Ana azroil! Kelayapti! Jonimni olmoqchi. 
Yuragim o‘ynaydi. Xudo, kuch-quvvat ber! Sharmanda qilma! Shu zolimning panjalarida meni halok qilma! Yo‘q, 


Ona tili va adabiyotdan namunaviy test topshiriqlari Muhyiddin Shodmonov 

 
qo‘rqaman! (Pauza.) Jamila! O‘zingni tut, qo‘rqma, bo‘shashma, mahkam bo‘l! (Boy kirar.)
B o y (Jamilaga yaqin borar). Oppog‘im, jonginam, kel endi! Axir, xunob qilding-ku. Tasaddug‘ing ketay! Seni 
olguncha, seni qo‘lga tushirguncha ozmuncha dunyo sarf bo‘ldimi? Bitta hokim to‘raning o‘ziga ikki ming 
so‘lkavoy ketdi, nahotki besh kundan beri meni qiynasang?! Mayli, alami esdan chiqsin, yupansin, dedim. Sabr 
qildim, bugun oxirgi kun! Kel! (Tortadi.)
J a m i l a. Yo‘q, yo‘q! Yaqin kelmang! Qo‘rqaman! Nari boring!
B o y. G‘ofir o‘g‘ridan ham qo‘rqarmiding? Kel, ko‘p tarang qilaverma! (Hirs bilan osiladi.)
J a m i l a. Yana uch-to‘rt kun sabr eting! Erimning dardini biroz unutay!
B o y. Shunaqami? Bitta gado uchun shuncha azabozlikmi? Endi G‘ofirni og‘zingga olma! Uni esingdan chiqar! 
Senga u nomahram! Sening ering men bo‘laman!
J a m i l a. Siz erim?!
B o y. Ha, sening ering men bo‘laman! Shuncha bergan azobing bas!
J a m i l a. Yo‘q.
B o y. Sening nolishingga qaramayman!
J a m i l a. Yo‘q, tegmang. Qoching!
B o y. Qanday yaramas, o‘jar xotinsan!
J a m i l a. Bo‘lganim shu!
B o y. Shunaqami? Ko‘nmaysanmi?
J a m i l a. Ko‘nmayman. Boy yo‘lakka borib imlaydi. Sifat buvi kiradi.
S i f a t b u v i. Aylanay Jamilaxon! Boyni xafa qilma, taqdirga tan ber!
J a m i l a. Yo‘qol, jodugar!
S i f a t b u v i. Shundaymi?
Toshday og‘ir qo‘llarim bor, bunga hech kim turish berolmagan. Qani, boy, dadil 
bo‘ling, keling! (Jamilaga tashlanadilar, qiynaydilar.)
J a m i l a. Shoshmang, boy ota, shoshmang! Xudo xayringizni bersin, shoshmang! Axir, meni eshitasizmi, 
men, boy ota, axir... (Yig‘laydi.)
B o y. Nima deysan?
J a m i l a. Xo‘p, xo‘p. Men roziman! Boy ota, roziman. Ammo hozir juda qo‘rqdim. O‘zimni picha bosib olay.
B o y. Yo‘q, bo‘lmaydi!
S i f a t b u v i. Bu o‘lgur sizni yana aldaydi.
J a m i l a. Agar aldasam niyatimga yetmay o‘lay. Men bugun sizniki bo‘laman. Endi taqdirimga tan berdim
lekin hozir emas, biroz turing, boy ota! Onamni chaqiring, uning ham oldidan bir o‘tay.
B o y. Onang ko‘ngan.
J a m i l a. O‘z og‘zidan eshitay.
B o y. Xo‘p, bu safar ham unadim. Bor, kampir, chaqir.
J a m i l a. Siz endi, boy ota, biroz xoli qo‘ying, onam bilan gaplashay.
B o y. Xo‘p! (Chiqadi.) Rahima xola kiradi.
R a h i m a x o l a. Jonim qizim!
J a m i l a. Onajon! (Quchoqlashadilar.) Onajon, siz rozimisiz?
R a h i m a x o l a. Qanday qilaylik, qizim, rozi bo‘lmay ilojimiz qancha, bo‘lar ish bo‘ldi, endi ko‘nasan-da, 
bolam.
J a m i l a. Siz rozi bo‘lsangiz bas! Aytgancha, ukam Olimjon necha yoshga kirdi?
R a h i m a x o l a. O‘n birga endi qadam qo‘ydi, bolam.
J a m i l a. [3] Hali yosh ekan, ro‘zg‘or tebrata olmas ekan, onajon! G‘ofir sizni boqar edi, boy juda xasis, 
o‘zim uchun emas, siz uchun yig‘layman, siz uchun. Endi siz kimlarga zor bo‘lasiz, kimlarning ko‘ziga mo‘ltirab 
qolasiz, kimlarga bir burda non uchun qo‘l cho‘zasiz, onajon! (Osilib yig‘laydi.)
R a h i m a x o l a. Bolam, nima deganing bu?
J a m i l a. Yo‘q, onajon! Yo‘q, yo‘q! O‘zim shunday, onajon, shunday. Boy xasis, sizga hech narsa orttirib 
berolmayman.


Ona tili va adabiyotdan namunaviy test topshiriqlari Muhyiddin Shodmonov 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling