3
12. [2, 5] Qaysi gaplarda ko‘pnuqta o‘zaro bir
xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?
A) 1 va 6 B) 2 va 3 C) 1 va 4 D) 4 va 5
Quyidagi ruboiyni o‘qing va 13, 14-
topshiriqlarni bajaring.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emsih,
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.
13. [1, 1] Ruboiyda keltirilgan g‘arib obrazi
qanday kishilar ramzi hisoblanadi?
A) vatangado insonlar timsoli
B) vatanfurush insonlar timsoli
C) musofir insonlar timsoli
D) kambag‘al insonlar timsoli
14. [1, 1] Ruboiyda keltirilgan bulbul obrazi
qanday kishilar ramzi hisoblanadi?
A) vataniga sadoqatli kishilar timsoli
B) vataniga bepisand kishilar timsoli
C) vatanparvar kishilar timsoli
D) vatangado kishilar timsoli
15. [1, 1] She’riy parchaga oid to‘g‘ri hukmni
aniqlang.
Haddin oshsa kibr-u avzoying sening,
Yetti qat yer ostidadir joying sening.
A) yoyiq radif qo‘llangan.
B) o unlisi raviy bo‘lib kelgan.
C) muqayyad qofiya qo‘llangan.
D) y undoshi raviy bo‘lib kelgan.
16. [1, 1] She’riy parchaga oid XATO humni
aniqlang.
Tan jondan, jon tandan yashirin emas,
Lek jonni ko‘rmoqqa noil emas kas.
A) Tazod san’atidan foydalanilgan.
B) Tardi aks san’ati qo‘llangan.
C) Takrir san’atidan foydalanilgan.
D) Tanosub san’ati qo‘llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |