Aktiv schyotlar bu korxonada aktivlar xisobini yurutuvchi schyotlar
bo’lib, 0100 dan 5900 gacha aktiv schyotlar hisoblanadi. Ular debitda
ko’payadi, kreditda kamayadi va qoldiq debitda qoladi .
Aktiv schyotlar ham aktivlarni hisobga olishini inobatga olib 2 ga
bo’linadi
1. Uzoq muddatli aktivlarni xisobga oluvchi schoytlar 0100-0900;
2. Joriy aktivlarni xisobga oluvchi schoytlar 1000-5900.
Passivlar
Aktivlarni kelib chiqish manbai xisoblanadi. Passivlar bular
korxona majburiyatlari, shu jumladan kreditorlik qarzlari va
xususiy kapitaldan tashkil topadi. Majburyatlarni o’zi ham
ikkiga bo’linadi
1)Joriy (qisqa muddatli) majburiyat;
2) Uzoq muddatli majburiyat;
3)Xususiy kapitallarni
Umumiy hisobda passivlarni 3 ga ajratsak bo’ladi
Kreditorlik qarzi
Kreditorlik qarzi - bu
bizning korxona
boshqalarga
to’laydigan qarzi yoki
majburiyati. Misol
uchun: olingan
kreditlar, hisoblangan
soliqlar, hisoblangan
mehnat haqlari va
hokazolar.
Passiv schyotlar – Korxona passivlarini hisobga olib
boruvchi schyotlardir. Ular 6000-8900 gacha bo’lgan
schyotlarni o’ziga qamrab oladi. Passiv schyotlar
kreditda ko’payadi debitda kamayadi va qoldiq
kreditda qoladi. Bu schyotlar ham passivlarga o’xshab
3 ga bo’ladi yani:
1)Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni xisobga
oluvchi schyotlar 6000 dan 6900 gacha;
2)Uzoq muddatli majburiyatlar 7000 dan 7900 gacha;
3)Xususiy kapital 8000 dan 8900 gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |