1. 1-mavzu: Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari. Kompyuter arxitekturasida va
Download 1.06 Mb.
|
1.1-Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari(23-36) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protsessor
- Registrlar.
PARALLEL DASTURLASH VAZIFALARI
2. Kompyuter apparat ta’minoti Kompyuter apparat ta’minoti - bu kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari ishlaydigan qurilmalarning umumlashtirilgan nomi. Apparat ta’minoti odatda quyidagilarni o’z ichiga oladi: markaziy protsessor; operativ xotira; periferiya qurilmalari (K/Ch qurilmalari); tarmoq qurilmalari. 1.1.2-rasm. Kompyuter apparat ta’minoti. Kompyuter apparat ta’minoti hisoblangan tizim bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi: Ona plata: Chipset - bu o'zaro bog'liq bo'lgan mikrosxemalar to'plami. Markaziy protsessor BIOS — ona plataning ROM dagi dasturiy ta’minot. Protsessorni sovutish uchun kuller operativ xotira va kesh Shinalar — PCI, PCI-E, USB, FireWire, AGP (eskirgan), ISA (eskirgan), EISA (eskirgan) Saqlash qurilmalari kontrollerlari: IDE, SCSI, SATA, SAS yoki boshqa turdagi. Signalni monitorga uzatuvchi video kontroller Ovoz kontrolleri Tarmoq interfeysi (tarmoq platasi) Quvvatlantirishmanbai (блок питания) sovutish tizimi – qo’shimcha sovutish elementlari (ventilyatorlar) Protsessor – bu hisoblash tizimi ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan blok. Protsessor quyidagilarni bajaradi: arifmetik funksiyalar (qo’shish, ko’paytirish va boshqalar), mantiqiy funksiyalar (almashtirish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va boshqalar), kodlarni vaqtincha saqlash (ichki registrlarda), mikroprotsessor tizimining tugunlari orasida kodlarni yuborish va boshqa ko’plab vazifalar. 1.1.3- rasm. Protsessor. Kompyuter xotirasi (axborotni saqlash qurilmasi, xotira qurilmasi) - bu ma’lum bir vaqt davomida hisob-kitoblarda ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash uchun kompyuterning bir qismi, fizik qurilma yoki vosita. Xotira turlari: Registr – registr xotira; Kesh – kesh xotira; RAM (ОЗУ) – Tezkor xotira qurilmasi; ROM (ПЗУ) – doimiy xotira qurilmasi. 1.1.4-rasm. Tezkor xotira. Registrlar. Odatda registrlarning o’lchamlari bir xil; Registrlarga yozish va o`qish juda tez amalga oshiriladi, buning sababi ular markaziy protsessorning ichida joylashganligidir; Eng asosiy registr bu – buyruqlar hisoblagichidir, u qaysi buyruq bajarilishi kerakligini (oldindan) ko`rsatadi. Bu registr odatda hech qanday hisoblashni amalga oshirmaydi, buyruqlar hisoblagichi nomi noto`g`ri qo`yilganiga qaramasdan butun dunyoda shu nom bilan ataladi; buyruqlar registri esa hozirgi vaqtda qaysi buyruq bajarilayotganini ko`rsatadi. 1.1.5-rasm. Registrlar. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling