1. 1-mavzu: Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari. Kompyuter arxitekturasida va


Download 1.06 Mb.
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1747279
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.1-Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari(23-36) (1)

PARALLEL DASTURLASH VAZIFALARI

2. Kompyuter apparat ta’minoti


Kompyuter apparat ta’minoti - bu kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari ishlaydigan qurilmalarning umumlashtirilgan nomi.
Apparat ta’minoti odatda quyidagilarni o’z ichiga oladi: markaziy protsessor; operativ xotira; periferiya qurilmalari (K/Ch qurilmalari); tarmoq qurilmalari.

1.1.2-rasm. Kompyuter apparat ta’minoti.
Kompyuter apparat ta’minoti hisoblangan tizim bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Ona plata:

    1. Chipset - bu o'zaro bog'liq bo'lgan mikrosxemalar to'plami.

    2. Markaziy protsessor

    3. BIOS — ona plataning ROM dagi dasturiy ta’minot.

    4. Protsessorni sovutish uchun kuller

    5. operativ xotira va kesh

    6. Shinalar — PCI, PCI-E, USB, FireWire, AGP (eskirgan), ISA (eskirgan), EISA (eskirgan)

    7. Saqlash qurilmalari kontrollerlari: IDE, SCSI, SATA, SAS yoki boshqa turdagi.

    8. Signalni monitorga uzatuvchi video kontroller

    9. Ovoz kontrolleri

    10. Tarmoq interfeysi (tarmoq platasi)

Quvvatlantirishmanbai (блок питания)
sovutish tizimi – qo’shimcha sovutish elementlari (ventilyatorlar)
Protsessor – bu hisoblash tizimi ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan blok.
Protsessor quyidagilarni bajaradi: arifmetik funksiyalar (qo’shish, ko’paytirish va boshqalar), mantiqiy funksiyalar (almashtirish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va boshqalar), kodlarni vaqtincha saqlash (ichki registrlarda), mikroprotsessor tizimining tugunlari orasida kodlarni yuborish va boshqa ko’plab vazifalar.

1.1.3- rasm. Protsessor.
Kompyuter xotirasi (axborotni saqlash qurilmasi, xotira qurilmasi) - bu ma’lum bir vaqt davomida hisob-kitoblarda ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash uchun kompyuterning bir qismi, fizik qurilma yoki vosita.
Xotira turlari: Registr – registr xotira; Kesh – kesh xotira; RAM (ОЗУ) – Tezkor xotira qurilmasi; ROM (ПЗУ) – doimiy xotira qurilmasi.

1.1.4-rasm. Tezkor xotira.
Registrlar. Odatda registrlarning o’lchamlari bir xil; Registrlarga yozish va o`qish juda tez amalga oshiriladi, buning sababi ular markaziy protsessorning ichida joylashganligidir; Eng asosiy registr bu – buyruqlar hisoblagichidir, u qaysi buyruq bajarilishi kerakligini (oldindan) ko`rsatadi. Bu registr odatda hech qanday hisoblashni amalga oshirmaydi, buyruqlar hisoblagichi nomi noto`g`ri qo`yilganiga qaramasdan butun dunyoda shu nom bilan ataladi; buyruqlar registri esa hozirgi vaqtda qaysi buyruq bajarilayotganini ko`rsatadi.

1.1.5-rasm. Registrlar.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling