1. 1-mavzu: Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari. Kompyuter arxitekturasida va


Download 1.06 Mb.
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1747279
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.1-Kompyuter tizimlarining tuzilish turlari(23-36) (1)

Amaliy dasturiy ta’minot- bu foydalanuvchilarga aniq muammolarni hal qilishda yordam beradi. Ko’pgina hollarda, dasturiy ta’minot kompyuterning qattiq diskida joylashadi. Shuningdek, dasturiy ta’minot CD, DVD va flesh-xotirada yoki boshqa saqlash qurilmalarida saqlanishi mumkin.

1.1.9-rasm. Amaliy dasturiy ta’minot


4. Protsessorda buyruqlar bajarish tartibi

Protsessor har bir buyruqni bir nechta qadamlarda bajaradi. Quyidagilar buyruqni bajarish qadamlari hisoblanadi:



  1. Xotiradan keyingi buyruqni chaqiradi va buyruqlar registriga joylaydi;

  2. Keyingi buyruqni ko`rsatish uchun buyruqlar hisoblagichi holatini o`zgartiradi;

  3. Chaqirilgan buyruqning tipini aniqlaydi;

  4. Agar buyruq xotiradagi so`z (word)dan foydalanayotgan bo`lsa, u so`zning qayerda joylashganini aniqlaydi;

  5. Zarurat bo`lsa bu so`zni markaziy protsessorning registriga o`tkazadi;

  6. Buyruqni bajaradi;

  7. Keyingi buyruqni bajarish uchun 1-qadamga o`tadi.

Yuqorida sanab o`tilgan qadamlar (tanlash – dekodlash - bajarish) barcha kompyuterlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Markaziy protsessorning ishlashini (qadamlar) dastur ko`rinishida tasvirlash mumkin.Tasvirlanayotgan kompyuterda ikkita registr mavjud: keyingi buyruqlar manziliga ega bo`lgan buyruqlar hisoblagichi (PC) va arifmetik amallarning natijalari saqlanuvchi akkumulyator (AC). Bundan tashqari ichki registrlar ham mavjud bo`lib, ularda: joriy buyruq (instr), joriy buyruqning tipi (instr_type), buyruq operandining manzili (data_loc) va operandning o`zi (data) saqlanadi.


5. Kompyuterlarning dasturiy modellari

Ma’lum bir vazifani bajarish uchun berilgan buyruqlar ketma-ketligi dastur deb ataladi. Kompyuterning har bir elektron sxemasi cheklangan sondagi sodda buyruqlarni qabul qiladi va bajaradi. Barcha dasturlar bajarilishidan oldin qiyin bo`lmagan buyruqlar ketma-ketligiga o`giriladi. Bunday buyruqlar ketma-ketligi to`plami inson va mashina o`rtasida muloqotni ta`minlay oladigan dasturlarni hosil qiladi. Buyruqlar ketma-ketligi asosiga qurilgan bunday til – mashina tili deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi yangi kompyuterni yaratayotganda kompyuterni qo`llash sohasi va maqsadiga qarab ushbu kompyuterning mashina tiliga qaysi buyruqlarni bajarilish kerakligini kiritadi.


Odatda kompyuterlarda ma`lum turdagi buyruqlarni xotiradan chaqirib, ularni tipini aniqlab va ularni bajarish uchun maxsus dastur mavjud bo`ladi. Bu dastur interpretator deb ataladi.
Kompyuter ishlab chiqaruvchilar mashina tilini tanlab olganidan so`ng quyidagi masalaga oydinlik kiritishi kerak bo`ladi:
Mashina tilida dasturlarni protsessor yaratish kerakmi? Yoki
Ana shu tilda dasturlarni interpretatsiya qiluvchi yangi dasturni yozishi kerakmi?
Agar interpretator dasturni yozishni tanlasa, u holda bu interpretatorga mos apparat ta`minotini ham ishlab chiqishi kerak.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling