1-1 ona tili 9-sinf Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili


Darsning mustahkamlash bosqichida


Download 277.41 Kb.
bet99/164
Sana05.01.2022
Hajmi277.41 Kb.
#211100
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   164
Bog'liq
9-sinf ona-tili

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Nazm gulshani:Alisher Navoiy Va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan yod aytish(Alisher Navoiyning 576 yillik va Zahiriddin Muhammad Boburning 534 yillik tavalludlariga bag’ishlab lirik chekinish va o’quvchilarning shoirlar haqidagi fikrlarini tinglash).

II.Ijodiy ish:Shoirlar sultoni va shohlar shoiri

Turk nazmida chumen tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

Alisher Navoiyning bu misralari barcha asarlarini birlashtiradigan oltin ko’prik.Shoir qalami bilan nafaqat turkiy xalqlarni,turkiy yurtlarni ham birlashtirdi.Islom Abdug’aniyevich Karimov bu zotni “Ul zotni avliyo desak,avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak,mutafakkirlar mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning sultonidir”,-deb ta’riflaydilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi.Turkiy til bila to sher bitibdurlar hech kim oncha ko’p va xo’p aytqon emas”,-deb ta’rif beradi.

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida ham she’ri jangi,

Agar she’r o’lmasa bori palangi..

Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher navoiyni o’ziga ustoz deb bilgan va navoiy kabi o’zbek adabiyotimiz xazinasini nodir va betakror g’azallari,buyuk “Boburnoma”asari... bilan boyitdi.Bobur bizga Vatanni sevishni,uning har bir qarich tuprog’ini asrash...ni o’rgatdi..

Tole’ yo’qi jonima balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.

O’z yerin qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab,netayin ,ne yuz qarolig’ bo’ldi...

Javohirla’l Neru “Bobur-dilbar shaxs”deb ta’rif beradi.Chunki Bobur Hindistonda turli madaniy yodgorloklar qurdi,ma’naviy-madaniy tarqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi,ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi ,turli bog’lar barpo qildi.U ona yurtida amalga oshirmagan orzularini shu yerda amalga oshiradi.Ammo ona yurt sog’inchi uni umrbod qiynaydi..

II.Ijodiy ishlar tahlili.

Uyga vazifa:Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad g’azallaridan yod olish.

O’quvchilar bilimini baholash


Download 277.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling