1-1 ona tili 9-sinf Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili
Download 277.41 Kb.
|
9-sinf ona-tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning mohiyatini anglash bosqichida
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob; 2.225-mashq-uyga vazifalar tahlili.
I.1-,2-topshiriq:Matnni o’qish va matn qaysi uslubga xosligini ayting: Tabiatning ko’m-ko’k sochpopuklari qizlarning mayda o’rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. Matn badiiy uslubga xos. II.Bilib oling: Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli fodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir ko’rsatuvchi nutq uslubi badiiy uslub deyiladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. 226-mashq:Matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanilgan? Martning oxirgi kunlari.Ko’k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko’yga solyapti.-Matnda jonlantirish san’atidan foydalanilgan. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.227-229-mashqlar ustida ishlash: 227-mashq:She’rdagi badiiy uslubga xos so’zlarni toping: Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi, Qadam qo’ying,mana sizga asl yo’lning ostonasi. Bu baytda “yo’lning ostonasi”birikmasi badiiy uslubga xos hisoblanadi va shoir ko’chim san’ati asosida badiiy ta’sirchanlikni yanada oshirgan…
III.Nazm gulshani:she’riy asarlardan parchalar aytib,badiiy tasvir vositalari izohlanadi: Qorli tog’lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. Chor atrofga yoyganda gilam, Also yo’qdir bundatin ko’klam. Shoir mubolag’ali tashbih orqali yurt tabiatini go’zal va betakror tasvirlaydi. IV.Test sinovi: 1. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli fodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir ko’rsatuvchi nutq uslubi A.Adabiy uslub B.Publsistik uslub C.Rasmiy uslub D.Badiiy uslub 2.Badiiy uslubga xos jihatlar: A.Soddalik,tushunarlilik B.Ta’sirchanlik,adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish C.Obrazlilik va estetik ta’sir D.Erkinlik,ta’sirchanlik,obrazlilik 3.Novdalarni bezab g’unchalar Tongda aytdi hayot otini.Misralarda qanday badiiy tasvir vositasi qo’llangan? A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Talmeh 4.Badiiy uslubga xos gapni belgilang. A.Muhammad Yusufga atalgan tadbir shoir she’ri asosida yaratilgan ajib kuy bilan boshlandi. B.Yet tortish kuchiga ega. C.Axmoq bo’lmasang,shu ishni bemaslahat qilasanmi? D.Vodiylarni yayov kezganda,Bir ajib his bor edi manda. 5.Qanday badiiy tasvir vositasi qo’llangan? Odinaning kipriklari yerdan endi bosh ko’targan maysalar kabi tizilib turar edi. A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Talmeh Javoblar:1.D 2.C 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa:230-mashq:”Yurtimizda bahor”mavzusida matn tuzing,badiiy uslubdan foydalaning. Yurtimizda bahor Yurtimizda ko’klam nafasi.Maysalar yerdan bosh ko’tardi.Daraxtlar uyqudan uyg’onib,tabiat unga yana hayot baxsh etdi.Unda kurtaklar jonlandi,gullar chiroy baxh etdi… Download 277.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling