Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 210.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat (6) (1)
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI OZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI OZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI 3-kurs “ A” guruh talabasi Rustamova Ozoda SAID QIZINING ,,Hozirgi ózbek adabiy tili” fanidan ,,Badiiy matnda nokategorial shakllarning badiiy xususiyatlari mavzusida yozgan KURS ISHI Navoiy 2022 Ilmiy rahbar:dots.,F.f.f.d R.Yusupova Navoiy 2022 MUNDARIJA KIRISH I-BOB .Nokategorial shakllar haqida umumiy ma’lumot TUZULISH TARKIBI II-BOB .Nokategorial shakllarning badiiy matndagi òziga xos xususiyatlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RÒYXATI KIRISH Badiiy matnda nokategorial shakllarning badiiy ifodalanishi juda keng qamrovlidir.Mavzuni yoritishdan maqsad - talaba va òquvchilarda til hodisalarni òzinigina emas,badiiy vositalar yordamida ifoda etishning qulayligi va afzalliklari ,shuningdek,mahsuldorligini misollar yordamida kòrsatib berish va òquvchilarning olam va odamga nisbatan tasavvurlarini badiiy matn orqali oshirish ,nutqini boyitish, fanga nisbatan qiziqish va salohiyatlarini oshirish kabilar uchun móljallangan. O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam ⁸haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin. Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta'minlash imkoniyati yuzaga keladi. Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim. Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar. Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish 8imumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur. I-BOB.Nokategorial shakllar haqida umumiy ma’lumot Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir. O‘tmishda grammatika to‘ғri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki manoda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma’noda grammatika so‘zlarning ma’lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir. Ma’lumki , til kishilik jamiyatida fikr almashish quroli sifatida xizmat qiladi. Kishilarga fikr almashish imkoniyatini yaratib berish uchun har bir til ma’lum miqdordagi grammatik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Lekin gapning hosil bo‘lishi uchun so‘zlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Gapda so‘zlar har bir tilning grammatik va fonetik qoidalari asosida birlashib, ma’lum bir fikrni ifodalaydi. Tilning grammatik qurilishi o‘z kategoriyalari va birliklariga ega. Bular so‘z formalari, so‘z birikmalari va gaplardir. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiyada so‘z turkumlari, uning kategoriyal va nokategorial shakllar hosil qilinadi. Hozirgi o„zbek tilida grammatik kategoriyaga munosa- batiga ko„ra so„zning grammatik shakllari 2 turga bo„linadi: 1) kategorial shakllar; 2) nokategorial shakllar. Kategorial shakllar ma’lum bir so„z turkumiga xos grammatik shakllar sistemasiga birlashuvchi, demak, grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllardir: otlardagi grammatik son, egalik va kelishik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son, mayl shakllari: kitob-im, kitob-ing, kitob-i; maktab-ning, maktab-ni, maktab-ga; bor-di-m, bor-gin, bor-gan-man, bor-moqchi-man. Nokategorial shakllar ham ma’lum grammatik ma’noni anglatadi, ammo o„zaro bir sistemaga birlashmaydi, ma’lum darajada mustaqillikka ega bo„ladi. Otlardagi kichraytish va erkalash, sifatlardagi belgining ortiq-kamligi shakllari kabilar nokategorial shakllarga kiradi: Yigit-cha, qiz-aloq, Karima-xon, oq-roq, ko‘kim-tir, o‘qi-gan, o‘qi-sh, o‘qi-b kabi Nokategorial shakllarni tòlaroq sanaydigan bòlsak,quyidagilar nokategorial shakllar tizimini hosil qiladi:1.Otlarda: Kichraytirish shakli,erkalash shakli,óxshatish shakli,òrin belgisi shakli,qarashlilik shakli,chegara shakli ; 2.Sifatlarda:daraja shakllari-orttirma va ozaytirma daraja shakllari 3.Ravishlarning ham qismsn darajalanish shakllari ; 4-Fe’llarda: vazifa shakllari-harakat nomi shakli (Shavkat Rahmatullayevning ,,Hozirgi òzbek adabiy tili” kitobida bu shakl,, otdosh” atamasi bilan yuritilgan.),sifatdosh ,ravishdosh va fe’lning modallik shakllarini kiritishimiz mumkin. Ularni aniqroq misollar yordamida tushunish oson kechadi. Nokategorial shakl yasovchi qo‘shim chalar grammatik ma’no ifodalovchi shakl yasaydi, lekin bu qo'shimchalar shakllar sistemasini - paradigmani hosil qilmaydi. Bular asosan quyidagilar: 1. Otlarda kichraytirish, erkalash, chegara kabi har xil m a’nolami anglatuvchi shakl yasovchi qo'shimchalar: -cha, -loq, - chak, -choq, -gina, -gacha: uy-cha, bo'ta-loq, q o ‘zi-choq, kelinchak, shahar- gacha kabi. 2. Ot, sifat va ravishlarda modallik (-gina: qiz-gina, yaxshigina, tez-gina), sifatlarda belgining kuchsiz ekani kabi ma’nolami anglatgan shakl yasovchilar -ish, - (i)mtir: ко ‘k-ish, ко ‘k-imtir.. 3. Sonlarda donalik, chama, jamlovchi, tartib son turlarini yasovchi qo'shimchalar: -ta, -cha, -ov, -ala, - (i)nchi: ikki-ta, uch~ov, besh-ta-cha, uch-ala, to ‘rt-inchi kabi. 4. Feilarda harakatning takror, davom, kuchsizlanish kabi miqdor shakilari yoki biror vazifani bajarishga moslashgan sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllarini yasovchi qo'shimchalar: -(i)msira, ~(i)nqira, -gila, -gan, ~(i)b, -gach, -moq: kul-imsira, qizar-inqira, yugur-gila, kel-gan, kel-ib, kel-gach, kel Nokategorial shakllar deyilganda qòshimchalarning òz kategorial ma’nosidan tashqari bòlgan,hosila,yondosh ma’nosi tushuniladi. Оt turkumiga kirgan so‘zlar, katеgоrial shakl bilan bir qatоrda, ko‘pgina nоkategоrial shakllarga ham ega. Bu shakllar turlicha grammatik ma’nоlarni ifоdalashga xizmat qiladi. Оtning nоkategоrial shakllari tuzilish jihatidan uch turga bo‘linadi: 1) sintеtik shakl; 2) analitik shakl 3) juft va takrоriy shakl. Sintеtik shakl. Оtning sintеtik shakllari o‘z ma’nо xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. 1) kichraytirish shakli 2) erkalash shakli 3) qarashlilik shakli 4) o‘rin bеlgisi shakli 5) chеgara shakli.6) o‘xshatish shakli Kichraytish shakli. Kichraytish shakli quyidagi affikslar оrqali yasaladi: 1)- cha affiksi bilan. Bu affiks shaxs va prеdmеtlarning kichik ekanligini bildiradi: yigitcha, daftarcha, qushcha, kitоbcha, uycha kabi. Shоir daftarchasini tizzasiga qo‘yib tеz-tеz yozar edi; Yarim sоat o‘tar o‘tmas ular Talabalar shaharchasiga kirib bоrishdi. 2) –chоq, -chak,-chiq affikslari bilan. Bu affiks turli so‘zlarga qo‘shilib kichraytirish, shuningdеk, erkalash ma’nоlarini ifоdalaydi: tоychоq, qo‘zichоq, qulunchоq, kеlinchak, tugunchak, qоpchiq kabi. Qulоqlarning оqi va оyoqchalarning оlasi o‘zlariga juda yarashgan qo‘zichоqlar chakmоn ustida yotishar edi. Erkalash shakli Erkalash ma’nоsini ifоdalоvchi shakllar quyidagicha yasaladi: 1) –jоn, -xоn affiksоidlari bilan. Bular mustaqil so‘z sifatida qo‘llanilishidan tashqari, shaxs bildiruvchi atоqli va turdоsh оtlarga qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ma’nоlarni ifоdalash uchun ham xizmat qiladi: akajоn, ukajоn, xоlajоn, Hakimjоn, Оlimjоn, Zоhidjоn, Asalxоn, Zulfiyaxоn, Lоlaxоn, Anоrxоn kabi. -jоn,-xоn affiksоidlari ba’zan so‘zning asliga mansub bo‘ladi. Bu vaqtda erkalash ma’nоlari ifоdalanmaydi., balki asоs va affiksоid birgalikda bitta atоqli оtga tеng bo‘ladi: Quljоn,Оyxоn,Shеrxоn kabi 2) –оy, -nisо affiksоidlari bilan. Bu affiksоidlar atоqli оtga qo‘shilib, erkalash, suyish ma’nоsini bildiradi: Tursunоy, Nigоraоy, Yoqutоy, Zеbinisо, Mеhrinisо kabi. 3) –gina (-kina,-kina) affiksi bilan. Bu affiks ko‘pincha shaxs bildirgan оtlarga qo‘shilib erkalash, suyish kabi ma’nоlarni bildiradi: qizginam,bоlaginang, оtaginasi kabi. 4)-(a),-lоq affiksi ham ayrim оtlarga qo‘shilib erkalash ma’nоlarini bildiradi: bo‘talоq, qizalоq kabi Ba’zan bir оt asоsiga kichraytirish va erkalash shaklini yasоvchi birdan оrtiq affiks qo‘shilib kеlishi mumkun, bu vaqtda kichraytishi, suyish оttеnkalari yanada kichraytiriladi, ta’kidlanadi: bo‘talоqcha, qizalоqcha, Qarashlilik shakli Оt va оtlashgan so‘zlarda qarashlilik shakli –niki affiksi оrqali yasaladi. Bu vaqtda bir narsaning –niki affiksini оlgan so‘z anglatgan shaxs yoki narsaga qarashli ekanligi ifоdalanadi: Bu binо maktabniki. Bu kitоb kutubxоnaniki, kitоb Ahmadniki, kabi Kishilik оlmоshlari qarashlilik shaklida kеlsa,narsaning birоr shaxsga tеgishli ekanligi aniq ifоdalanadi. Harakat qilavеrsalaringiz, yuqоri hоsil sizlarniki, Bu vоdiyning quyoshi ham bizniki Qarashlilik ma’nоsining (-niki murakkab) egalik affiksi va qarashlilik shakli оrqali ifоdalanishi bir-biridan kеskin farq qiladi. Egalik affiksi katеgоrial shakl yasaydi, shaxs va sоn bo‘yicha shakllar sistеmasini – paradigmani hоsil qiladi. Egalik shakli ham qaratilgan narsani ham uning qaysi shaxs ekanligini ifоdalaydi. Qaratuvchili birikmani tashkil qilishda qatnashadi: kitоbim-mеning kitоbim , kitоbimiz - bizning kitоbimiz kabi -niki affiksi esa nоkatеgоrial shakl yasaydi O‘rin bеlgisi shakli O‘rin bеlgisi shakli –dagi affiksi bilan yasaladi. Prеdmеt vоqеa hоdisalarning o‘rin va paytga ko‘ra bеlgisi ifоdalanadi: daladagi ishchilar, оsmоndagi yulduzlar, uydagi kitоb kabi Chеgara shakli Chеgara ma’nоsini ifоdalоvchi shakl –gacha (-kacha,-qacha) affiksi bilan yasaladi. Bu aslida qo‘shma affiks bo‘lib, jo‘nalish kеlishigi bеlgisi (-ga)va chеgara ma’nоsini anglatuvchi (-cha) affiksidan ibоrat uygacha, ko‘chagacha, yozgacha, tushgacha kabi Chеgara shaklini yasоvchi –gacha affiksi оtlardan tashqari sifat, sоn, оlmоsh va fе’l shakllariga ham qo‘shilib kеladi: Ana qip-qizil lablarida mеni haligacha maftun qilgan tabassumning yovvоyi izlari; kеchgacha biz qishlоqning u yoki bu yog‘ini ko‘rib tanishib chiqamiz. O‘xshatish shakli O‘xshatish shakli -day, -dek affikslari bilan hosil qilinadi. Bu affikslar urg‘usiz bo‘lib o‘zi birikkan so‘z bilan birgalikda o‘xshatish, qiyoslash singari ma’nolarni ifodalaydi. Bahor kelinchakdek kirib keldi. Analitik shakl Оtning analitik shakli ko‘makchi yordamida yasaladi. Bu shakllar turlicha grammatik ma’nоlarni anglatib,gapda ma’lum vazifada kеlishiga qaramay,ular оtning alоhida grammatik katеgоriyasini hоsil qilmaydi. Ko‘makchi bilan yasalgan analitik shakllar turlicha ma’nоlarni ifоdalaydi, gapda to‘ldiruvchi va hоl vazifasida kеladi. Dеhqоn bilan dеhqоn bo‘lib gaplashmоq …kеrak; Umarali mamnuniyat bilan uyiga jo‘nadi. Bir narsani qadrlash uchun uni avval yaxshi bilish kеrak. Juft shakl Оtning juft formalari ikki оtning juftlashuvidan hоsil bòladi. va umumlashtirish, jamlash, kuchaytirish ma’nolarini bildiradi: qоzоn – tоvоq, daftar – kitоb, оta- bоla, sigir-buzоq kabi. Sattоrning qaddi-qоmati, yuz-ko‘zida barkamоl yigitlarga xоs alоhida bir jоziba bоr edi. Juft shakl kоmpоnеntlari bir xil shakldagi оtlardan bo‘ladi, ular bir-biri bilan tеnglashish yo‘li оrqali bоg‘lanadi. Har bir kоmpоnеnt o‘z urg‘usiga ega bo‘ladi : Dadam, Tоshmuhammad, baland bo‘yli, sariqdan kеlgan, sоqоl-mo‘ylоvi qоra, ust-bоshi qo‘pоlgina kishi. Sifatlarda nokategorial shakllar-ozaytirma daraja. Ozaytirma daraja narsa belgisining oddiy daraja holatidan kamligini, kuchsizligini bildiradi. Ozaytirma darajaning morfologik ko‘rsatkichi - roq affiksidir. Masalan: Meni paxtasi qalinroq joyga qo‘y, ishim unsin, yana hamkasblar oldida qizarmay... (Oybek). -roq ba’zan narsa belgisining nisbiy ortiqligini ko‘rsatadi. Bunda chog‘ishtiriluvchi narsaning nomi chiqish yo jo ‘nalish kelishigida bo‘lib, ко ‘ra, qaraganda, nisbatan so‘zlari bilan birga keladi. Masalan: Po‘lat temirdan qattiqroq Karim kursimizda hamma talabalarga qaraganda kattaroq kabi. Bunday gap tuzilishida belgining ortiqligi chog‘ishtirilgan ikki narsadagi belgining o‘zaro munosabati asosida ifodalanadi. Ammo -roq affiksi shunda ham belgining umuman oddiy darajaga etmaganligini, undan bir oz kamligini bildiradi. Masalan: Kunlar o ‘tadi sekin, yigit ketadi uzoq, ... Lekin yorga tuyular avvalgidan yaqinroq. (H. Olimjon). Qiyoslash ma’nosi ko'ra, nisbatan, qaraganda (ham) yordamchilari olgan otning oddiy darajadagi sifatga birikishi bilan ifodalanadi. Masalan: Q o‘llar temirga qaraganda mustahkam bo ‘lishi kerak Bugun kechagiga nisbatan ко ‘p va yaxshi, ertaga bugungiga qaraganda yana ham ко 'proq va yaxshiroq ishlash kerak. Paxtamiz oltindan ham qimmat. (Oybek). O rttirm a daraja. Bu daraja narsa belgisining oddiy daraja holatidan ortiq ekanligini, kuchliligini ko‘rsatadi. Orttirma daraja quyidagicha ifodalanadi: 1. Leksik yo‘l bilan. Bunda sifat oldidan eng, juda, g oyat, nihoyatda, behad kabi so"zlami keltirish bilan: eng yaxshi, eng yirik, eng go ‘zal, juda qadrdon, juda shir in, g'oyat yoqimli, g ‘oyat g ‘o ‘zal kabi. 2. Fonetik yo‘l bilan. Sifatning bosh qismini olib, shu sifatning oldidan qo‘shib takrorlash yo‘li bilan yasaladi. Bunda: a) sifatning yopiq bo4g‘inga teng bosh qismi olinib, shu sifat so‘zning oldidan qo'shib takrorlanadi: yum-yumaloq, (dumdumaloq) pak- pakana, but-butun kabi. 3. Ba’zan belgining ortiqiik darajasi sifat oldidan maxsus so‘zlar keltirish bilan ham ifodalanadi: tim qora, g ‘irt yolg‘on, jiqqa ho I, jiqqa, jiq-jiq moy kabi. Masalan: GHrt xom, g ‘irt yolg‘on. G‘irt отiman, bizga o ‘qish qayda. (Oybek). Sabogulning jiq-jiq yosh to ‘la ко ‘zlari alam ichida Sheraliga me hr bilan boqdiyu, yerga qaradi. (S.Karomalov). 4. Ikki narsa belgisi o‘zaro chog‘ishtirilganda ham belgining ortiqligi ma’nosi anglashiladi. Bu vaqtda sifat oldidan hamma, bari, barcha kabi olmoshlar chiqish kelishigi shaklida keladi: hammasidan yaxshi, barchasidan katta. baridan chiroyli kabi. Masalan: Qolgan gaplarning bari yolg‘on, bari tuhmat. (Oybek). Sonlarda nokategorial shakllarning ifodalanishi Jamlovchi son Jamlovchi son miqdomi jamlab, to‘dalab ko‘rsatadi, ko‘pincha egalik affiksi bilan keladi. Jamlovchi sonlarda miqdor orqali shaxs va narsalami umumlashtirib ko4rsatish xususiyati kuchli. Bu hodisa jamlovchi sonlaming shaxs bildiruvchi otlardan keyin kelib, ulami jamlab ko‘rsatishida ham, shuningdek, ko*plik, egalik va kelishik affikslarini olib kelishida ham ochiq ko‘rinadi, Masalan: Anorxon, choyni do ‘ndirma qilib damlaysiz, ikkovimiz shu yerda ichamiz. durustmi? (Oybek). Men yana bir narsani o'ylab qoldim: besh kishi ekanmiz, beshovimiz bir quti urug‘ olsak, nainki eplab boqolmasak. (A.Qahhor) Tartib son Tartib son bir turdagi narsalarning daraja-miqdor jihatidan tartibini ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Tartib son narsaning ketma-ketlik jihatidan tartibini anglatadi. Jumladan, beshinchi uy deganda, « to il uydan kevin turgan uy» m a’nosi anglashiladi; yoki qirqinchi yil misolida shu songacha «oitiz to "qqiz yil» bor ekanligi ma’nosi anglashiladi. Tartib son sanoq sonlarga — (i)nehi affiksini qo'shish bilan yasaladi Cham a son Chama son narsaning miqdorini aniq emas, taxminlab, chamalab ko‘rsatadi. Chama son sanoq sonlardan quyidagi usullar bilan yasaladi: 1. -ta affiksi bilan yasaigan sanoq songa cha affiksini qo‘shish bilan: Bu affiks «bitta»dan boshqa barcha sanoq sonlarga qo‘shiladi: beshtacha, o ‘ntacha, o ‘n ikkitacha, yigirmatacha o ‘ttiztacha kabi. Masalan: Bu - paxsa devorlik qo‘rg ‘onchalar bilan soy bo‘ylab tizilishgan o‘ttiztacha qing‘ir~qiyshiq uyli bir qishloq edi. (P.Tursun). Majlisiga qirq beshtacha kishi ishtirok qiladi. (A.Qodiriy) FE’LNING FUNKSIONAL SHAKLLAR! F e i turkumi bir qancha nokategorial shakllarga ega bo lib, ular harakat va holatning turlicha belgi-xususiyatlarini bildiradi. Bu nokotegorial shakllaming bir guruhi m aium vazifani bajarishga moslashgan boisa, ikkinchi bir turi turli xil modal ma’nolami ifodalash uchun xizmat qiladi. Feining nutqda m aium bir vazifani bajarishga moslashgan shakilari funksional shakllar H arakat nomi. Harakat nomi fe’lning funksional shakllaridan biri bolib, harakat va holatning nomini bildiradi, gapda otga xos vazifalarda keladi. Harakat nomi f e i va otga xos grammatik belgilarga ega, ya’ni bir tomondan f e i kabi: a) mazmunan harakat bildiradi; b) o‘timli-o‘timsizlik xususiyatini ko‘rsatishga ega; v) daraja (nisbat) kategoriyasiga ega; g) boshqa f e i shakllari kabi kelisbiklami boshqarib keladi va ravishdoshlar orqali aniqlanadi. Masalan: Tinchlikda yashamoq chinakam hayot. (G ‘.G ‘ulom). Mashinaga о Hirish oldidan do'stlar yana hayajon bilan ко ‘rishdilar. (Oybek). Olimjon hovlidan chiqishi bilan qattiq izg ‘iringa duch keldi. Ikkinchi tomondan esa ot kabi: a) kelishik va egalik affiksini olib turlanadi; b) gapda ot bajargan vazifada -- ega, toidiruvchi, qaratuvchi va kesim vazifasida keladi. Masalan: 0 ‘ktam ikki q o ‘li bilan ildam va saralab terishga tirishar edi. (Oybek). Gapni о ‘ylab gapir, kattalarning nasihatini sabr-toqat bilan tinglashga odatlan. (Mirmuhsin). Tole soatini kutmoqdan о ‘zga ilojimiz yo ‘q [dedi podshoh Navoiyga/ (Uyg'un va I. Sulton). Sifatdosh. Sifatdosh feining funksional shakllaridan biri bolib, narsaning harakat va holat beigisini ko‘rsatadi, odatda, sifatlovchi vazifasida keladi. Sifatdoshning belgilari: a) harakat tushunchasini anglatadi. Masalan: U doimo izlanadigan, doimo harakatda bo*Igan, parvozga chog‘langan ilg ‘or kishilarimizdan biri. (1.Rahim). Hayotda tutgan narsani qo ‘ymaydigan nozik, ammo zabardast qo ‘liar ham bo ‘ladi. (S.Zunnunova); b) nisbat, o‘timli-o‘timsizlik, boiishli-boiishsizlik ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Tirqishdan qarab turgan Hayot о ‘zini chetga oldi. (M.Ismoiliy). Siz juda hadiksiraydigan odam ekansiz-ku! Kiyingan bola (o‘zlik), о ‘qilgan kitob, chaqirilgan mehmon (majhul) kabi; v) boshqa so‘zlami boshqarib keladi: Anorxon о ‘z Vatanini chin yurakdan sevgan, о ‘z ishiga ко ‘ngil qo ‘ygan qiz. (I.Rahim); Ravishdosh. Ravishdosh, asosan, boshqa bir fe’l anglatgan harakatdan oldin boigan yoki u bilan bir vaqtda bajariiadigan harakatni ko‘rsatadi, asosiy harakatning bajarilish holatini bildiradi, ergash gapning kesimi va hoi vazifasida keladi. Masalan: Boshlab xudaychi ot ustidan bir kimxob to ‘nni olib, qo 'rg‘onbegiga kiydirdi. (A.Qodiriy). Ravishdoshning belgilari: a) harakat tushunchasini anglatadi. Masalan: G'ulomjon tanish tovushni eshitib hushiga keldi. (M.Ismoiliy). Bora-bora suhbat jilovi uning qo ‘liga о ‘ta boshladi. (M. To xtaboyev); b) oiim li-oiim sizlik, nisbat, boiishli-boiishsizlik ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Mastura labini burib, nimanidir pichirlab teskari qaradi. (Oybek). G ‘ulomjon otasi yonida turib ³atrofga qaradi. (M.Ismoiliy); v) boshqa so'zlarni boshqarib keladi. Masalan: Bog'dagi mevalar quyosk rnehriga to‘yib, seret, sersuv va shirin bo'idi. (1.Rahim). O'ktam m a’nodor iljayib, uning harakat va qiliqlarini kuzatib turdi. (Oybek); g) ba’zan qiyosiy daraja affiksi (-roq) ni qabul qiladi. Masalan: Uning ba ’zi qiliqiari senikiga o ‘xshabroq ketadi. (Oybek). Mulla Ob id ikkilanibroq у ana boyagi joyiga bordi. (A.Qodiriy); d) feig a bogianib, harakatni ikkinchi bir harakat belgisi sifatida anglatadi va gapda hoi vazifasida keladi, bu vaqtda shaxsson bilan tuslanmaydi. Masalan: Ко ‘m-ko ‘k vodiylarda po llat izlardan Ketayotir qora poezd uchib, qarsillab. (H.Olimjon) (uchib, gursillab ketayotir); e) qo‘shma fei, analitik shakl tarkibida birinchi komponent boiib keladi. Masalan: Til ini tishlab olgan odam tishini sug‘urib tashlamaydL (A.Oahhor). Agar bir-birimizni hurmat qila bilsak, qadrdon ham bo4ib qolamiz. (Oybek). Mulla Obidparvosizgina iljayib qo'ydi (A.Qodiriy); j) qo'shma gap tarkibidagi gapning shaxs ko'rsatmaydigan 1. kesimi bo iib keladi. Masalan: Shamol qo"zg"alib daraxtlaming uchi silkina boshladi. Bahor kelib, gullar ochildi. II-BOB.Nokategorial shakllarning badiiy matndagi òziga xos xususiyatlari –lar koplik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi: 1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda –lar affiksi qoshilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy). 2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga –lar affiksi qo’shilganda ,shu predmetning turi,navi yoki mollik kabi ma’nolarni bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bogu-bóston (Ğayratiy). 3. Atoqli otlarga qoshilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi. Shuningdek, qarindosh-uruğlik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qóshimchasidan keyin –lar affiksi qoshilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi. Otlarda koplil ma’nosi turli xil usullar bilan ifodalanadi. 2. Egalik aftiksdan keyin qo'shilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: dadamlar, oyimlar, xolamlar, akamlar kabi. Masalan, “Payg‘ambar sollalllohu alayhi vasallam aytdilar”, “Shayx hazratlari keldilar” va shunga o‘xshash. 3. Payt bildiruvchi ravishlarga, payt, o'rin, yoki narsa sonini bildiruvchi birikmalarga qo'shilib, chama. taxmin ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi: soat 11 larda, (ko'rishmoq) kechqurunlari suhbatlashmoq, kechalari sayr qilmoq kabi. 4. -iar affiksi uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilganda ko‘plik, ta’kid, hurmat ma’nolarini ifodalaydi, 1. Bahor. Maktab bog'idagi o’riklar, olmalar, giloslar chaman kabi ochilgan. 2.Haydar, Qo‘chqor, Komillar bir ko'rpada tepkilashib katta bo ‘lishgan. (Uyg ‘un) Faqat biltadan ortiq bólmaydigan otlar birlikda ishlatiladi: Bunday otlarga —lar affiksi qocshilganda kuchaytirish, mubolag‘a, ta’kid ma’nolari ifodalanadi. Masalan: Tillarimda iitroq soz emas, sevinch to ‘ladir. (Uyg ‘un). 2. O‘zi qo‘shilayotgan otning ma’nosini kuchaytirish. -lar qo‘shimchasi faqat birlik sonda qo‘llaniladigan inson a’zolari yoki mavhum otlarga qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi: Sizlarga qarab zavqlarim (zavq – mavhum ot) toshib ketdi. Boshlarim (bosh – inson a’zosi nomi) og‘rib ketdi. Solishtiring: ko‘zlarimga ishonmayman (“O‘tkan kunlar”). Bu jumladagi ko‘zlarimga so‘zini birlik shaklga – ko‘zimga shakliga almashtirib ko‘ring. Ikkinchi holat bilan birinchi holat bir xil ma’noni – birlik ma’nosini (bir kishining ko‘zini) ifodalasa ham, lekin bu ikki holat ta’sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisida yuqoridagi belgilar bor, ikkinchi holatda esa yo‘q. Ba’zan tasviriylik, ifodalilikni kuchaytiradi: ko‘z yoshini artdi – ko‘z yoshlarini artdi. 3. Umumlashtirish, jamlash ma’nosini bildirsa atoqli otlar turdosh otlarga aylanadi va kichik harf bilan yoziladi: O‘rtangan shirinlarning fojialari, yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi. 4. - lar qo‘shimchasi o‘zlik olmoshiga qo‘shilganda kesatish, mazax yoki hurmat ma’nosini bildiradi. O‘zlari ham kelibdilar-da – kesatish. Majlisni raisning o‘zlari olib bordilar – hurmat. 5. Donalab sanalmaydigan narsa va hodisalarni bildiruvchi otlar birlik shaklda kelsa ham, aslida, jamlikni bildiradi. Masalan, Ko‘chaga qum to‘kilgan yoki Ariq to‘la suv, ichgani tashna bolam. Bunday so‘zlar ko‘plik shaklini olganda ko‘pincha narsa va hodisaning xilma-xil ekanini bildiradi. Suvlar (gazli suv, mineral suv kabi); bozordagi unlar. Do‘konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda. Tumanimiz markazida yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. 6. - lar qo‘shimchasi atoqli otlarga qo‘shilganda birgalikda ekanlik ma’nosini bildiradi: Musobaqada Olimlar (ko‘p olimlar emas, Olim va uning o‘rtoqlari) g‘olib bo‘lishdi. Yozda Buxorolarni (ko‘p Buxoroni emas, Buxoro va uning atroflarini yoki Buxoroning turli nuqtalarini) aylanib keldim. 7. - lar qo‘shimchasi payt va masofani bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilganda chama, taxmin ma’nosini bildiradi. Soat beshlarda boraman. Bodom fevralning oxirlarida gullaydi. Metrogacha ikki yuz metrlar yurasiz (Nargiza Erkaboyeva 3. Download 210.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling