Tillarning tipologik tasnifi va oʻzbek tilining grammatik qurilishi
Download 28.35 Kb.
|
1 2
Bog'liqSaodat M.ga.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Tillarning tipologik tasnifi va oʻzbek tilining grammatik qurilishi. Murodova Saodat Uyg’un qizi Buxoro davlat Pedagogika instituti II bosqich magistri. Annotatsiya:Ushbu maqolada tillarning tipologik tasnifi va o’zbek tilining grammatik qurilishi ilmiy- nazariy tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Tipologiya, til qatlami, differensial belgilar, tipologik xususiyatlar, universalizm, til qonunlari, umumlashtirilish,ona tili darslari, oʻzbek tili, xorijiy til va hokazo. Tarixning guvohlik benshicha, oʻz tiliga ega boʻlmagan birorta eng kichik, juda ibtidoiy jamoa ham boʻlmagan. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda koʻrsatilishicha, taxminiy hisoblarga koʻra yer yuzida 5926 dan ortiq til mavjud boʻlib, shundan 500 tasi oʻrganilgan. Masalan, Sudanda yashaydiganlar 117 tilda, Hindistonda 1000 ga yaqin. Dogʻistonda 100 dan ortiq. Kongada 500, Indoneziyada 250 xildagi tillarda gaplashilishi e'tirof etiladi. Dunyodagi xitoy. ingliz, hind, ispan. rus. fransuz, oʻzbek tillarida millionblab soʻzlovchilar boʻlgani holda kamasin, karagas tillarida juda ozchilik odamlar soʻzli^shadilar. Ammo hali oz sonli kishilar soʻzlashadigan kamasin. karagas kabi tillar ham mavjud, ammo ularning soni koʻp-ozligidan qat'i nazar har-bir tihiing oʻz tarixi, qonuniyati bor va ular oʻzjillarini qalbida avaylab asraydilar.Bu tillarning rivojlanish darajasi va jamiyatda tutgan oʻmi, ularda gaplashuvchilaming soni turlichadir. 100-200 kishidan tashkil topgan qabilaning tili ham, yuz millionli xalq gapiradigan til ham alohida til hisoblanadi. Mavhum tafakkur sohibi boʻlgan odam turli tillarni eshitganda yoki oʻrganganda ularda asosan ikki jihatdan: moddiy oʻxshashlik (net, not, nicht, nest yoki birodar, brother, Bruder, brat) va soʻzlarning grammatik tuzilishi, negiz yasalishi, gapda soʻzlarning bir-biri bilan bogʻlanish usulidagi oʻxshashlik (oʻzb. kitob + lar + im + iz + da) borligini albatta sezadi. Bu masalalar bilan jiddiy shugʻullanish XIX asrdan boshlandi. Tillarni turlarga ajratish toʻgʻrisida gap borganda genetik (geneologik), morfologik va struktural tasniflashga ahamiyat beriladi. Ba’zan tillarni turlarga ajratish tillar tipologiyasi deb ham yuritiladi. Tilshunoslik fanida bu eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Uni hal qilishga chet el olimlari qatori, oʻzbek tilshunoslari ham oʻz hissalarini qoʻshmoqda. Ma’lumki, har qanday tipologiya qiyoslashni taqozo qiladi. J.Boʻronovning fikricha, til tizimlarini qiyosiy oʻrganishda umumiy tipologik uslub va tarixiy qiyosiy uslub mavjud. Umumiy tipologik uslub lingvistik tipologiyani yaratishga xizmat qiladi. Lingvistik tipologiya oʻz navbatida struktural tipologiya universaliyasi, tillarning tipologik (morfologik) tasnifi, maxsus tipologik nazariya va etalon tilni aniqlashni qamrab oladi. Umumiy tipologik uslub «turli tillar tizimlarini umumlashtirib, qiyoslab oʻrganuvchi uslub». Hozirgi zamon lingvistik tipologiya fanining asosi boʻlgan struktural tipologiya tilning struktural tilshunoslik uslublariga asoslanib, turli tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi va inventarlashtiradi. Struktural tipologiya aniq uslublar asosida til qatlamining differensial belgilarini, tipologik xususiyatlarini aniqlaydi va ularning tipologik tasnifini tuzadi. Struktural tipologiya tildagi har bir strukturani umumiy lingvistik ishtirokchi tarzida oʻrganadi.1 Til universaliyalari barcha tillarga xos til xususiyatlardir. Hamma tillarning vazifalari bir xil boʻlganligi uchun, tillarda qandaydir oʻxshashlik boʻlishi tabiiydir. Tillar strukturasidagi ana shu oʻxshashlik hodisasi tildagi umumiy oʻxshashlik yoki universallik deyiladi. Til universaliyalari barcha tillar sistemalariga xos umumiy lingvistik kategoriyadir. Til universaliyalari yoki universalizm tildagi umumiy kategoriyalarni oʻrganadi va deskriptiv hamda boshqa uslublami tilning umumiy qonunlari bilan tipologik umumiylikni aniqlashda qoʻllaniladi. Universalizm til qonunlarining umumlashtirilishi demakdir. Strukturalizm deduktiv uslub vositasida ish koʻrsa, universalizm induktiv uslub asosida ish koʻradi, ya’ni ma’lum umumiylikni barcha tillar tizimlariga tatbiq etadi.2 Masalan: agar til faqat suffiksli bo ‘lsa, poslelog albatta bo ‘ladi; agar til faqat prefiksli bo ‘lsa, predlog ham bo ‘ladi; agar tilda rod kategoriyasi bo ‘Isa, son kategoriyasi ham bo ‘ladi; agar tilda rod kategoriyasi otlarga xos boʻlsa, olmoshlarda ham rod kategoriyasi boʻladi.3 Morfologik tipologiya «tillarning grammatik qurilishiga qarab taksonomik guruhlarga boʻlish bilan shugʻullanadi». Bu tipologiya ustida quyiroqda batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Maxsus tipologik nazariya. «Tillar sistemalarini tipologik tadqiq qilish usullari hamda maxsus qoida va uslublarini yaratish, maxsus tipologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Maxsus tipologik nazariyani yaratishda dunyo tillari sistemasi struktural tipologiyaning obyekti hisoblanadi. U konkret til sistemasini alohida oʻrganuvchi deskreptiv uslub va bir guruh qardosh tillar sistemasini oʻrganuvchi genetik uslubdan foydalanib, umumiy tipologik uslublami yaratadi. Tipologik nazariya barcha tillar sistemalaridagi universallikni aniqlashga qodir boʻlishi kerak. Tipologik nazariya universaliyalami bayon etish usullarini ifodalaydi, tipologiya uchun maxsus atamalar tanlaydi». Download 28.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling