O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.243-mashq. - uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.244-mashq. Matnni o`qing. Siz ham “Mening Vatanim” mavzusida insho yozish haqida o`ylab ko`ring.
II.Bilib oling:
Insho arabcha soz bo`lib, “yaratish”, “ijod”, “yozma ish” kabi ma’nolarni bildiradi.
Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat bo`ladi. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko`rinishlarda reja tuzib olinadi.
245-mashq. 3 guruhga bo`lining. Quyidagi mavzular bo`yicha reja tuzingva insho yozishga tayyorlaning.
1. Hunar – zar, hunardan rizqing unar.
2. Ilm baxt keltirar.
3. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat.
Do'stlaringiz bilan baham: |