O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.6-topshiriq. - uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Insho haqida bilganlaringizni so`zlab bering.
2-topshiriq.Inshoga qanday reja tuziladi? Shu to`g`risida so`zlang.
II.Bilib oling:
Insho arabcha soz bo`lib, “yaratish”, “ijod”, “yozma ish” kabi ma’nolarni bildiradi.
Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat bo`ladi. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko`rinishlarda reja tuzib olinadi.
INSHO REJASI NAMUNALARI:
Sodda reja: “Bunyodkorlik - xalqimizga xos azaliy odat”
Reja:
1.Obodlik ko`ngildan boshlanadi
2.Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o`zgarmoqda.
3.Barcha bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining tagida yaxshi niyat va mehnat yotadi.
Murakkab reja: “Farhod - Alisher Navoiy talqinidagi barkamol inson”
Reja:
I Kirish. “Farhod va Shirin” dostoni - Alisher Navoiyning shoh asarlaridan biri sifatida.
II Asosiy qism:
1.Farhod timsoli orqali ilm va hunar o`rganishning ulug`lanishi.
2.Farhod timsolida vafodorlik, sadoqat g`oyalarining ifodalanishi.
3.Farhod timsolida xalqparvarlik, chimakam insoniylikning tarannum etilishi.
4.Farhod – o`z ahdiga sodiq, vafodor yor, jismoniy va aqliy jihatdan barkamol inson.
III Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |