5-Sinf. Ona tili 1-chorak Mavzu: Hol


Download 287 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi287 Kb.
#1179299
  1   2   3
Bog'liq
5-sinf Hol

5-Sinf. Ona tili 1-chorak

Mavzu: Hol


Darsning maqsadi
1.Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga gap bo'laklarini va ularning turlarni o'rgatish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda sadoqat, vafodorlik tuyg'ularini shakllantrish, ularga tabiat va inson go'zalliklari uyg'unligni anglatish. Ular qalbiga milliy g'oya ruhini singdirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni mustaqil fikrlashga va keng mushohada yuritishga undash, ularni qiziqtirish.


Dars usuli: noan’anaviy usul suhbat, musobaqa va o'yin.
Dars jihozi: Ko’rgazmalarlar, uslubiy qo'llanmalar, tarqatmalar, darslik, kompyuter,proyektor.
Dars shiori:
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,
Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.
Tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish. Yo'qlama qilib, jurnalga yozish.
Navbatchi axborot beradi.
Dars ta'rifi:
Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o'xshar ona tuproqqa.


Ma'naviyat daqiqasi: «Buyuklar yoshligida»
1-o'quvchi: - Ibn Sino 9 yoshida Qur'onni yod olgan.
2-o'quvchi: CH.Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib
haq olgan.
3-o'quvchi: Bobur 12 yoshida taxtni boshqargan.
4-o'quvchi: Aleksey Tolstoy 16 yoshida fransuz, nemis,
ingliz tilini bilgan.
5-o'quvchi: B.Mashrab 4 yoshida musiqa asboblarida
qo'shiq aytgan, 5 yoshida musiqiy asar
yozgan.
6-o'quvchi: Imom al-Buxoriy 10 yoshida hadis ilmini
egallab olgan.


O'qituvchi: O'quvchilar mana hali eshitmagan ajoyib
fikrlarni o'rtoqlarimiz orqali bilib oldik.


Darsning borishi:
O'qituvchi: O'tgan darslarimizda qaysi mavzuni
o'rgangan edik?
O'quvchi: Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplarni
o'rgangan edik.
O'qituvchi: «Aqliy hujumga» tayyorlaning. «Aqliy
hujum» asosida takrorlash.
Ushbu darsimizni musobaqa tarzida o'tkaziladi. Shu sababli sinf o'quvchilarini 3 ta guruhga bo'lib olamiz.

Download 287 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling