5-Sinf. Ona tili 1-chorak Mavzu: Hol
-shart: Har bir guruh o'ziga nom qo'yadi va uni ta'riflab beradilar hamda o'z shiorlari bilan chiqadilar. 2-shart
Download 287 Kb.
|
5-sinf Hol
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-shart: “ Davom ettiring” oyini.
- Y angi mavzu: BBB oyini
1-shart: Har bir guruh o'ziga nom qo'yadi va uni ta'riflab beradilar hamda o'z shiorlari bilan chiqadilar.
2-shart: Tezkor savol-javoblar. I-guruhda beriladigan savollar. O'zbek alifbosida nechta harf bor? Ma'nodosh so'zlarga misol ayting. Geografiya fani nimani o'rgatadi? Kimyo so'zida nechta harf bor? Adabiyotning asosiy quroli nima? II-guruhga beriladigan savollar. O'zbek tiliga-Davlat tili maqomi qachon berilgan? O'zbek tilida nechta unli bor? Madhiyani 2-bandini ayting. 5 x 5 necha bo'ladi? Zid ma'noli so'zlardan ayting? III-guruh uchun savollar. Gap deb nimaga aytiladi? Gapning ifoda maqsadiga ko'ra nechta turi bor. Rus tilida «ot» so'z turkumi qanday nomlanadi? Biologiya fani nimani o'rganadi? Madhiyani (naqorati) 3-bandini ayting. 3-shart: “Davom ettiring” o'yini. Bu shartda har bir guruhga faqat kesimning o’zidan iborat sodda yig’iq gap: 1-guruhga suhbatlashdik 2-guruhga o’qidim 3-guruhga o’ynadilar gaplari beriladi,o’quvchilar ularni yoyiq gapga aylantirib yozadilar.Qancha ko’p gap bo’laklarini qo’shib kengaytira olgan guruh g’olib bo’ladi va “Barakalla”deb nomlanuvchi rag’batga ega bo’ladi.Uncha ko’p yoza olmagan o’quvchilar “Orqada qolmang”deb nomlanuvchi jarimaga ega bo’ladilar. Y angi mavzu: BBB o'yini orqali o'tiladi. 4-shart: Sinf taxtasiga hol mavzusi haqida nimalarni bilishsa, ana shu bilganlarini yozadilar. 2-B (bilib oldim) ikkita o'quvchi Hol mavzusini tushuntirib beradi. Hol fe'ldan anglashilgan harakatlarning bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini, o'rnini, sababibini, maqsadini bildiradi. Fe'lga bog'lanib, qachon? qayer (-da, - ga, -dan)?, qanday (qilib?), nima uchun, nima maqsadda? Singari so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga hol deyiladi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat (....) chiziq chiziladi. Maktabga keldi. O'quvchilar bilib olganlarini doskaga yozadilar. 3-B (bilishni istayman). O'quvchilar savollariga o'qituvchi javob beradi: 1.Sabab va maqsad holini ajratib bering. 2.Ravish holi qanday so’roqqa javob bo’ladi? Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling