Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.110-112-mashqlar ustida ishlash:
110-mashq:Gap tarkibida berilgan ko’makchi qurilmalarning ko’rsatish olmoshini olib tashlang va gap tarkibidagi o’zgarishni isohlang:
1.Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda,shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqdalar.-Maktabimizda sport klubi faoliyat olib borayotgani uchun klub a’zolari turli sportmusobaqalarida yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqdalar.
1-gap-qo’shma gap;
2-gap-sodda gap.
II.Darslikdan tashqari matnlardan parchalat o’qish va gaplarning tuzilishiga turini aniqlash.
III.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
IV.Test sinovi:
1.Ko’makchi qurilmalar berilgan qatorni toping:
A.Shuning uchun,tufayli,bois B.Agar,agarda,mabodo
C.Shuning uchun,shu bois,shu tifayli,shu sababli D.Deb
2.Ko’makchi qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi?
A.Bosh gap B.Ergash gap
C.Bosh va ergash gap D.Gap boshida
3.Ko’makchi qurilmalar gapga qanday ma’no yuklaydi?
A.Maqsad B.Shart C.Sabab D.Qiyoslash
4.Dildora betob bo’lganligi uchun darsga kelmadi.-Tuzilishiga kora gap turini aniqlang.
A.Bog’langan qo’shma gap B.Bog’lovchisiz qo’shma gap
C.Ko’makchili qurilmali ergashgan qo’shma gap D.Sodda gap
5.Ko’makchili qurilmali ergashgan qo’shma gapni toping.
A.Yoshlik g’animat,shuning uchun har lahzaning qadriga yeting.
B.Yoshlik g’animat bo’lganligi uchun har lahzaning qadriga yeting.
C.Do’stining xiyonati tufayli uni kechirolmadi.
D.Hashar sabali atrof yanada go’zal chiroy ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |