Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.O’quvchilarga nazorat ishi daftarlariga inshoni yozdirish:
Diktant
Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin.ManguberdiTo’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqil-u dono ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar hali-hanuz dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda…
Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz.
Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay..
II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat…
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.
Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim
II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiy-badiiy asarlar o’qish
Do'stlaringiz bilan baham: |