1. 1-rasm. Neftni birlamchi haydash sxemasi
Download 20.87 Kb.
|
4,22.39 savollarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-rasm. Neftni birlamchi haydash sxemasi
- Detonatsiya bardoshliligi Benzinning oktan sonini aniqlash
4-savolga Neftdan yonilg‗i va moylar ishlab chiqarish uchun neftni birlamchi (to‗g‗ri) va ikkilamchi haydash (termik parchalash va sintez qilish) usullari farqlanadi. To‗g‗ridan – to‗g‗ri haydash (distillash) – neftning ajralib chiqishi haroratiga ko‗ra, alohida fraksiyalarga ajratish. Bu, benzin, dizel yonilg‗isi va neftda mavjud bo‗lgan boshqa fraksiyalarni olish uchun majburiy jarayondir. Neft koniga bog‗liq holda neft tarkibida 10-15% benzin fraksiyalari, 16- 20% reaktiv dvigatellar uchun yonilg‗i, 15-20% dizel yonilg‗isi va taxminan 50% mazut bo‗ladi. Mazut, o‗z navbatida har xil moylash materiallarini olish uchun xom ashyo hisoblanadi. Neftga ishlov beruvchi barcha zamonaviy uskunalar birlamchi qayta ishlash bo‗limlariga ega. Buning uchun murakkab avtomatlashtirilgan apparatlar kompleksidan foydalaniladi (1.1-rasm). 1.1-rasm. Neftni birlamchi haydash sxemasi 19 Haydash (fraksiyalash) – neft va gazlarni ajralib chiqishning harorat chegaralari bo‗yicha bir – biridan farqlanadigan fraksiyalarga fizik ajratish jarayonidir. Rektifikatsiya yo‗li bilan haydash kimyo va neft – gaz texnologiyasida keng tarqalgan massa almashuv jarayoni bo‗lib, maxsus apparatlar – rektifikatsiya kolonnalarida bajariladi; bunda bug‗ va suyuqlik oqimlari ko‗plab marotaba bir – biri bilan to‗qnashadi. To‗qnashishning har bir bosqichida qarama – qarshi yo‗nalgan. Bug‗ va suyuqlik oqimlarining o‗zaro ta‘sirida ular orasida issiqlik massa almashinuvi yuz beradi; bunga sistemaning muvozanat holatiga intilishi sabab bo‗ladi. Har xil to‗qnashuvda komponentlar fazalar orasida qayta taqsimlanadi: bug‗ past haroratlarda qaynaydigan komponentlar bilan, suyuqlik esa, yuqori haroratlarda qaynaydigan komponentlar bilan birmuncha boyiydi 22-savolga Yonilg‗ilarning detonatsiya bardoshligi oktan soni bilan baholanadi. Benzinlarning detonatsiya bardoshliligi – dvigatelning ruhsat etilgan siqilish darajasiga ta‘sir qiluvchi, uning quvvat iqtisodiy ko‗rsatkichlarini aniqlovchi omil. Yonilg‗ilarning detonatsiyali yonish yuz berishiga bardoshliligi uning guruhli kimyoviy tarkibiga, antidetonatsion qo‗shilmalar miqdoriga bog‗liq [10,11]. Oktan soni ikki usul bilan baholanadi:UIT-65 bir silindrli uskunasida motor va tadqiqot usuli: sinalayotgan yonilg‗ining detonatsiya bardoshligini etalon yonilg‗ilarning detonatsiya bardoshliligi bilan taqqoslash usuli. Etalon yonilg‗i ikki uglevodoroddan tashkil topgan: izooktan uning detonatsiya – bardoshliligi 100 birlik deb qabul qilingan; normal geptan, uning oktan soni 0 ga teng. Detonatsiya bardoshliligini aniqlash izooktan va geptanning shunday, etalon aralashmasini tanlashdan iboratki, uning asboblar yordamida qayd qilinadigan detonatsiya jadalligi huddi shu siqilish darajasida, sinalayotgan benzinning detonatsiya jadalligiga mos keladi 43 Detonatsiya bardoshliligi Benzinning oktan sonini aniqlash Uzoq vaqt davomida avtomobil benzinlarining detonatsiya bardoshliligi ko‗rsatkichi motor usuli bo‗yicha aniqlanadigan oktan soni bo‗lib kelgan. Ammo amaliyotda aniqlanishicha, motor usuli bo‗yicha aniqlangan oktan soni maksimal quvvatda, yuqori darajadagi issiqlik rejimida ishlayotgan to‗la o‗lchamli dvigatellar uchun talab etiladigan detonatsiya soni bilan qandaydir munosabatda (korrelyasiya) bo‗ladi, lekin ekspluatatsiyadagi avtomobil benzinlarining detonatsiya bardoshliligini to‗la aks ettirmaydi. Shu munosabat bilan oktan sonlarini aniqlab tadqiqot usuli ishlab chiqildi; dvigatel qisman yuklangan va issiqlik rejimi kamroq (shahar bo‗ylab harakat) bo‗lgan sharoitlarda benzinlarning detonatsiya tavsifini aniqlab beradi. 39-savolga Motor moylarni olish uchun bazaviy moylar yoki ularning qo‗shilmalar bilan aralashmasi asos qilib olinadi. Moylarga qo‗yiladigan talablar: 91 - havo harorati past bo‗lganda mashina va mexanizmlarni oson ishga tushirish, ishqalanuvchi detallar kamroq yeyilishi va ishqalanish tufayli quvvat yo‗qolishi kam bo‗lishi maqsadlarida qovushqoqlik va harorat ko‗rsatgichlari optimal bo‗lishi keraak; - mashina va mexanizmlar ishining hamma rejimlarida ishonchli ishlashini ta‘minlash uchun moylash xususiyatlari yaxshi bo‗lishi kerak; - moy, ishlab turgan joyida kimyoviy tarkibi o‗zgarib ketmasligi uchun oksidlanishga qarshi tura olishi kerak; - yuvish xususiyatlari yaxshi bo‗lishi kerak, shundagina moylash sistemasida va qizigan metall yuzalarida qatqaloq hosil bo‗lishini kamaytiradi; - moyning ishchi haroratlarida metall va ayniqsa rangli metall detallar korroziyaga uchrashiga qarshilik qilish; - suv, mexanik unsurlar bo‗lmasligi; - qotish harorati past bo‗lishi. Aytilganlardan tashqari moylar organik moddalarga chidamli, bug‗lanishi kam, zaharli xususiyati yo‗q (yoki oz) bo‗lishi lozim. Download 20.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling