1-2- amaliy mashg‘ulot. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish va maxoratini oshirish. (4 soat)
Download 59 Kb. Pdf ko'rish
|
1-2 Amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 – vazifa
- Uslubiy ko‘rsatmalar
Uslubiy ko‘rsatmalar: Pastki startdan boshlang‘ich 3-4 qadamdan belgilar
bo‘yicha yugurish. Oldinga harakat qilishda qarshiliklarni engish. Ikki oyoq bilan qadam qo‘ymasdan gimnastika mati ustiga tushish. Elka start chizig‘ini ustida joylashgan bo‘lib, elka ozroq dumaloqlangan, past-oldinga qaratilgan. Tos elkadan ko‘ra ozroq balandroq bo‘ladi. Gavda og‘irligi qo‘llarda va oldingi oyoqqa tushadi. 7 – vazifa: Start tezlanishidan masofa bo‘ylab yugurishga o‘tishni o‘rgatish. Vositalari: 1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 2. Ma’lum bir bo‘lakni to‘liq tezlikda yugurib o‘tgandan keyin inersiya bilan yugurish. 3. Past startdan tezlanish bilan chiqqandan keyin, inersiya bo‘yicha erkin yugurishdan so‘ng tezlikni kuchaytirish. 4. O‘zgaruvchan yugurish (5-6 maksimal kuchlanishdan keyin, inersiya bo‘yicha erkin yugurishga o‘tish). Uslubiy ko‘rsatmalar: «Erkin» yugurishni ahamiyatini tushuntirish. 8 – vazifa: Burilishdan keyin yo‘lakni to‘g‘ri qismiga chiqishga, to‘g‘ri yugurishga o‘rgatish Vositalari: 1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 2. Burilishlarni oxirgi choragida tezlanish bilan, to‘g‘ri yo‘lakka chiqishdagi yugurish inersiyasi bilan almashtirib yugurish. 3. Inersiya bilan yugurishdan keyin tezlikni oshirish. 4. Burilishdan keyin yo‘lakni to‘g‘ri qismiga o‘tishda (yo‘lakdagi hamma burilishni katta tezlikda o‘tgandan keyin) erkin yugurish. Uslubiy ko‘rsatmalar: Yugurish texnikasi asosiy elementlarini o‘zlashtirishdan keyin, doimiy ravishda uni unsunlarini aniqlash uchun ishlash va to‘g‘ri malakani takomillashtirish. 9 – vazifa: Marra chizig‘iga tashlanishni o‘rgatish. Vositalari: 1. Ko‘rsatish va tushuntirish. 2. Yurish va yugurishda qo‘llarni orqaga olib oldinga engashishga o‘rgatish. 3. Sekin va tez yugurishda qo‘llarni orqaga olib lentaga qarab oldinga engashishni bajarish. 4. Sekin, tez yugurishda elkani lentaga qaratib burish bilan oldinga engashishni bajarish. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling