“Malakani bahloash va attestatsiyadan o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi


Download 22.27 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1509676
  1   2
Bog'liq
E\'LON


Ishga qabul qilish tanlovini o‘tkazish haqida
E’LON
Yetakchi mutaxassis
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi bo‘sh “Malakani bahloash va attestatsiyadan o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavoizimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish haqida e’lon qiladi.


Markaz manzili

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli 1 A

Tashkilot

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi: davlat muassasasi

Tashkiliy tuzilma

“Malakani bahloash va attestatsiyadan o‘tkazish” bo‘limi

Vakant lavozim

Yetakchi mutaxassis

Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari

+998 55-501-36-30 (1097)

Elektron pochta manzili

sh.yunusova @egov.uz

Bog‘lanish uchun vakil F.I.O.

“Malakani bahloash va attestatsiyadan o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i Zikriyaxodjayev Zokirjon Zafarovich

Hujjatlarni qabul qilish muddati

01.05.2023

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

а) Malakani baholash yo‘nalishida:
1) talabgorlarning, o‘zlashtirish usulidan qat’iy nazar, mehnat bozorida talab etilgan kasb kompetensiyalarini baholash sohasida:
talabgorlarga malakani haqqoniy, xolis va shaffof baholashning qoidalari
va tartib-taomillari to‘g‘risida zarur axborot taqdim etishda qatnashish;
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga mos ravishda kasbiy malakani baholash bo‘yicha moddiy-texnik bazasini muntazam takomillashtirib borishda qatnashish;
talabgorga ekspert malaka komissiyasining xulosasini, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, malaka pasportini rasmiylashtirish va taqdim etish;
2) ishga qabul qilishda, kasb-lavozim tuzilmasida oʻsishda talabgorlarning kasb kompetensiyalari talablariga va kasb standartlariga mosligini tasdiqlash sohasida:
muayyan mutaxassislik (kasb) boʻyicha kasbiy kompetensiya darajasini tasdiqlovchi sertifikat berilishi ishlarida ishtirok etish;
3) kasb malakalari boʻyicha normativ hujjatlar va standartlar boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
kasb standartlarini ishlab chiqish jarayonida oʻz takliflarini tegishli Tarmoq kengashiga taqdim etishda qatnashish;
4) tegishli Tarmoq yoki korxonada ishlovchi muayyan lavozimlarni egallab turgan xodimlarga nisbatan aniq va toʻgʻri talablarni shakllantiruvchi har bir kompetensiya rivojlanishining mos shkalasi va aniq xulq indikatorlarini belgilagan holda kompetensiyalarning samarali modellarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida:
tasdiqlangan kasbiy malaka pasporti haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reestriga kiritish uchun vakolatli organga maʼlumotlarni taqdim etish;
5) kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning korporativ dasturlarini ishlab chiqish sohasida kasbiy malakani egallash, kompetensiyani baholash, ish o‘rnida o‘sib borish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasalari va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish;
6) talabgorning mavjud malakasini aniqlashda xolislikni ta’minlash mexanizmlarini joriy etish sohasida:
kasbiy kompetensiyasi tasdiqlangan shaxslarni baholangan malaka darajasiga muvofiqligi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;
kasbiy malakani baholashda haqqoniylik, xolislik, shaffoflik va ishonchlilik tamoyillariga rioya etib borish;
b) Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini malakasini oshirish yo‘nalishida:
masʼul xodimlarning malakasini oshirganlik holati toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni toʻplash;
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ishlarini tashkil etish;
c) Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishida:
1) masʼul xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazilganlik holati to‘g‘risida statistik maʼlumotlarni to‘plash;
2) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, kadrlar siyosatida tegishli takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
3) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlar siyosatida tegishli takliflarni ishlab chiqishni maqbullashtish maqsadida attestatsiyalarni tashkillashtirrishda ishtirok etish;
4) attestatsiya natijalarini elektron shaklda yuritish;
5) attestatsiya uchun tayyorlangan test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda muntazam yangilab borish.
Bo‘lim yetakchi mutaxassisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling