3-rasm. Mingdevona bargining tashqi ko‘rinishi A- Bargning yuqori epidermisi; B- bargning pastki epidermisi. 1- oddiy tuklar; 2- boshchali tuklar; 3- yakka kristallar.
BANGIDEVONA BARGI – FOLIA STRAMONII
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (4-rasm).
Barg epidermisining devori egri-bugri bo‘ladi. Bargning har ikkala tomonida ustitsalar bor. Tuklar siyrak bo‘lib, barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Tuklar ikki xil tuzilgan: oddiy – juda yirik (ikki-besh hujayrali), so‘galli va oyoqchasi bir hujayrali, boshchasi esa ko‘p hujayrali mayda tuklar. Bargda kristallar juda ko‘p bo‘lib, ular burchaklari aniq bo‘lmagan druz shakliga ega. Ba’zan bargda yakka kristallar birlashgan holda uchrashi mumkin.
4-rasm. Bangidevona bargining tashqi ko‘rinishi.
A- bargning yuqori epidermisi; B- bargning pastki epidermisi; V- tomir ustidagi epidermisi.
1- oddiy tuklar; 2- boshchali tuklar; 3- druzlar va yakka kristallar
22- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida xinolin va izoxinolin unumiga kiruvchi alkaloidlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish
SINXONA (XIN DARAXTI) PO‘STLOFI - CORTEX CNINAE, CORTEX CINCHONAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Po‘stloqni yumshatish uchun glitserinning suvdagi aralashmasiga 2-3 kun solib qo‘yiladi. YUmshagan po‘stloqni ko‘ndalangiga kesib, ustiga xloralgidrat eritmasi tomiziladi va bir oz qizdirib, mikroskopning kichik (stereidlarning joylanishini aniqlash uchun) va katta ob’ektivlarida ko‘riladi (34-rasm). Po‘stloqning tashqi tomonida shakli va kattaligi jihatidan parenxima hujayrasidan farq qiladigan kristalli xalta hujayralar va sut naylari bo‘ladi. Po‘stloqning tashqi (tashqi po‘stloqda) va ayniqsa ichki tomonida (ichki po‘stloqda) bitta yoki ikki-uchtasi guruh bo‘lib, tartibsiz joylashgan stereidlar uchraydi. Stereidlar ko‘ndalang kesimida yumaloq, sariq, yaltiroq bo‘lib, ularning qatlamlari va ichidagi tor bo‘shliq joylari nuqta shaklida aniq bilinib turadi. Matseratsiya qilingan va xloralgidrat eritmasi bilan yoritilgan po‘stloqning yirik bo‘lakchalarida va mayda kukunida (poroshokda) juda ko‘p keng, kalta, ikki tomoni o‘tkir uchli sigarasimon stereidlarni ko‘rish mumkin.
Mahsulot boshqa po‘stloqlardan va sinxonaning boshqa turlaridan stereidlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |