1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS


Download 199.58 Kb.
bet39/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS
UVAE URSI


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. YUmshatilgan bargni probka orasiga qo‘yib, ko‘ndalangiga kesiladi. Kesib olingan preparatni sudan-III eritmasi bilan bo‘yab, xloralgidrat yordamida mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm).
Barg har ikki tomondan qalin kutikula qavati bilan qoplangan (sudan-III eritmasi ta’sirida qizg‘ish rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi). Bargning yuqori tomonidagi epidermis tagida 3–4 qator qoziqsimon, uning ostida esa bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Tomirdagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ularning yuqori va past tomonida, ya’ni epidermis bilan tomir oralig‘ida yakka kristalli rangsiz qujayralar joylashgan. Ba’zan yo‘g‘on tomir bo‘ylab o‘rnashgan bir-ikki hujayrali va qalin devorli tuklar uchraydi. Bargning har ikki tomonidagi epidermis hujayralari (bargning tashqi ko‘rinishida) to‘g‘ri devorli, ustitsalari katta bo‘lib, 4–8 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Ustitsalarning kattaligi bu o‘simlikning xarakterli belgilaridan biridir. Barg tomiri bo‘ylab joylashgan hujayralarda yakka kristallar uchraydi.
Barg to‘qimalarida arbutin glikozidi borligini mikrokimyo reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun yupqa qilib kesib olingan preparat suyultirilgan sulfat kislotaga bir necha sekund solib qo‘yiladi. So‘ngra unga nitrat kislota qo‘shilsa, arbutinli hujayralar oldin to‘q qizg‘ish, so‘ngra och sariq rangga bo‘yaladi.


2- rasm. Toloknyanka bargining ko‘ndalang kesimi.
1 – kutikula; 2 – epidermis; 3 – qoziqsimon to‘qima; 4 – bulutsimon to‘qima; 5 – hujayra oralig‘idagi bo‘shliq; 6 – ustitsa; 7 – qalin devorli parenxima hujayrasi; 8 – o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami; 9 - o‘zak nurlari; 10 – floema; 11 – yakka kristall.
31- amaliy mashg‘ulot. Antratsen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari

Antratsen unumlari sariq, to‘q sariq, to‘q sariq-pushti rangli kristall modda bo‘lib, ularning glikozidlari suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, efir xloform va boshqa organik erituvchilarda juda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, aglikonlari esa aksincha organik erituvchilarda (efir, xloroform va boshqalar) yaxshi erib, suvda erimaydi.


Antratsen unumlarining qizdirilganda uchuvchanlik (sublimatsiya) xossasi bor. Bu guruhga kiruvchi birikmalarning ko‘pchiligi optik faol moddalar bo‘lib, qutblantirilgan yorug‘lik tekisligini o‘ngga yoki chapga buradi.
UF – va ko‘k-binafsha nur ta’sirida antratsen unumlari turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molekulasidagi asosiy yadroning oksidlanish darajasiga va yadroga joylashgan funksional guruhlarning soni va turar joyiga bog‘liq. Masalan, antraxinon unumlari to‘q sariq (zarg‘aldoq), pushti, qizil va olov-qizil, atnron va antranol unumlari – sariq, zangori, binafsha rang bilan tovlanadilar.
Ishqor eritmasi ta’sirida antratsen unumlarining glikozidlari (antraglikozidlar) parchalanib, sof holda ajralib chiqqan aglikonlar suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikmalar – antraxinolyatlar hosil qiladi. Antraxinolyatlarning suvdagi eritmasi to‘q qizil bo‘lib, kislotalar ta’sirida (kislotali sharoitda) parchalanadi va qaytadan suvda erimaydigan sariq rangli sof holdagi aglikonga aylanadi.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling