1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- rasm. Rovoch ildizining ko‘ndalang kesimi va kukuni (poroshogi)


Download 199.58 Kb.
bet42/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

3- rasm. Rovoch ildizining ko‘ndalang kesimi va kukuni (poroshogi).
A – ko‘ndalang kesim; B – kukun (poroshok); 1 – probka qavati; 2 – felloderma; 3 – druzlar; 4 – o‘zak nur hujayralar; 5 – kambiy; 6 – suv naylari; 7 – parenxima; 8 – kraxmal donachalari.
33- amaliy mashg‘ulot. Flavonoidlarning fizik va kimyoviy xossalari

O‘simliklardan ajratib olingan sof holdagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki zarg‘aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va atsetonda yaxshi eriydi. Flavanoidlar qaynoq suvda yaxshi erib, suv sovigandan so‘ng qaytadan cho‘kadi.


Antotsianlar va ularning aglikonlari – antotsianidinlar rangi eritma (yoki hujayra shirasining) pH sharoitiga bog‘liq. Odatda bu guruh birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg‘aldoq, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko‘k va zangori rangda bo‘ladi.
UF va ko‘k-binafsha nurlar ta’sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molekulasidagi V halqasining oksidlanish darajasiga va molekulaga joylashgan funksional guruhlarning soni va o‘rnashgan joyiga bog‘liqdir. Flavonoidlar UF nur ta’sirida jigarrang va to‘q jigarrang (masalan, rutin, vogonin va boshqa flavonoidlar), to‘q qizil (taksifolin), sariq (kversetin, auronlar va ko‘pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aureuzidin va boshqa auronlar), to‘q yashil va zarg‘aldoq (ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi.
Ko‘pchilik flavonoidlar optik faol bo‘lib, qutblangan nur tekis-ligining o‘ngga yoki chapga og‘diradi.
Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlanadi. O glikozidlari S glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. S glikozidlarni ancha qattiq sharoitda ham gidrolizlash qiyin.


FLAVONOIDLARNING O‘SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Flavonoidlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati etarli o‘rganilgan emas. Keyingi vaqtlarda bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozircha quyidagi fikrlar mavjud.


Flavonoidlar o‘simlik guli va mevalari rangining shakllanishida ishtirok etadi. Bu esa hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi va gulning ular yordamida changlanishiga imkon tug‘diradi.
O‘simliklarning o‘sish jarayonini tartibga solib turadi.
O‘simliklarning kasallikka chidamli bo‘lishida ma’lum rol o‘ynaydi.
Masalan, no‘xatak (Pisum sativum L.) o‘simligining bargi zamburug‘lar bilan zararlansa, bargda fizetin flavonoidi sintezlanadi va zamburug‘ning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Sog‘lom no‘xatak bargi tarkibida fizetin bo‘lmaydi.
O‘simliklar to‘qimasida bo‘ladigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol ishtirok etadi, degan fikrlar ham bor. Agar flavonoidlarning hamma guruhlarini ko‘z oldimizga keltirib, ularning biridan ikkinchisiga o‘tish jarayonini faraz qilsak, yuqorida aytilgan fikrni to‘g‘ri deyish mumkin. CHukni flavonoidlar biridan ikkinchisiga o‘tish jarayonida oksidlanadi (demak, qaytaruvchi bo‘lishi mumkin) yoki qaytariladi (demak oksidlovchi rolini o‘ynashi mumkin).



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling