Muallif: #Daliya Binafsha gul


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1407464
Bog'liq
Binafsha gul



Muallif: #Daliya


Binafsha gul.
Muqaddima.
O'tmish.
Ayolining baland qichqirig'ini eshitgan shaxzoda 
o'zini tuta olmay to'lg'oq bo'layotgan xonaga o'zini 
urdi. Birozdan so'ng esa dunyoga kelgan jajji 
farishtaning ovozi butun saroyni tutib ketdi. Bu 
ovozni eshitgan saroy ishchilari telpagini osmonga 
otishdan o'zlarini zo'rg'a tiyishdi. Necha yildirki 
kutilayotgan farzand dunyoga kelgandi axir. Bundan 
barcha xursand, ishchilar bir olam quvonch bilan 
xalqga oldindan tayyorlab qo'yilgan sovg'a salomlarni 
tarqatishni boshlab yuborishdi.
Tulg'oq bo'lgan xonada esa og'ir skunat yuzaga 
kelgandi. Ayolning pastki labini tishlagancha 
yig'lashi, shaxzodaning boshi yerga qaragancha 
turishi, doyalarning ko'zidagi havotir bu yerda 
nimadir sodir bo'lganidan darak berardi.
- Buni qirol eshitmasligi kerak - og'ir skunatni 
shaxzodaning ovozi buzdi.
- Lekin shaxzodam...
- Tshundilaringmi? - shaxzoda endi etiroz 
bildirmoqchi bo'lgan doyaga vajohat bilan baqirdi.
- Ho'p bo'ladi shaxzodam - doyalar tasdiq ma'nosida 
bosh silkishib xonani asta sekinlik bilan tark etishdi.
- Jasper - ayoldan sado chiqdi - endi nima qilamiz?
- Bilmadim Avrora, bilmadim - yigit yotoqga 
o'tirgancha boshini changalladi - agar otam bundan 
habar topsa..., buni o'ylashni ham hoxlamayman.


- Nega aynan bizning qizimiz, nega? - Avrora 
bag'ridagi chaqaloqni quchgancha baralla yig'lab 
yubordi - bu tamg'ani yashirib ham bo'lmaydi.
- Balki...
- Yo'q Jasper, buni hatto hayolinga ham keltira 
ko'rma.
- Ammo...
- Jasper iltimos, boshqa yo'li bordir. Men qizimni 
so'qir bo'lishiga yo'l qoya olmayman.
- Uni yashirishni yagona chorasi shu. Yagonam u ko'r 
bo'lsada yashaydi, bizni bag'rimizda bo'ladi, eng 
muhimi tirik qoladi.
- Jasper qizimizni kelajagini ham o'ylab gapir, 
so'qirlik seningcha osonmi, kamsitilishchi, 
tengsoahlari uning ustidan kulsachi? Yo'q men bunga 
rozi bo'la olmayman.
- Avrora tshunsangchi qizimizning tirik qolishini 
yagona chorasi shu.
- Yo'q boshqa yo'li ham bo'lishi kerak... Balki uni 
boshqa oilaga berarmiz.
- Qizimizni boqib olishiga ko'zing yetadimi, 
bashoratdan butun dunyo habardor. Qizimizni 
bashoratdagi qiz ekanligini bilishsa o'ylab o'tirmay 
o'ldirib yuborishadi - yigit biroz tin olib bashoratni 
esladi.
"Binafsha ko'zlar sohibasi dunyoga kelgum.
Yovuzlik dunyoga rahna solajak.
Xudbinlikda tengsiz, mag'rurlarga hos,
Olamni zir titratar binafsha ko'zlar." 


Aynan shu so'zlar yozilgandi o'sha jodugarning billur 
sharida. Bundan jazavaga tushgan Donare malakati 
qiroli har tug'ilgan chaqaloq xonodoniga borib 
shaxsan o'zi tekshirib kelardi. Bunga sabab esa bu 
bashorat aynan Donare qirolligida toshga ham o'yib 
yozilgani edi. 
- Qirol keldi - tashqaridan eshitilgan ovozdan 
shahzoda ham malika ham sergaklandi. 
- Jasper - Avrora bolani bag'riga mahkam bosib 
yig'lagudek gapirdi.
- Tinchlan, havotirlanma otamni ko'ndiraman.
Eshik ochildi har ikkisining ham nigohi o'sha 
tomonga qaratildi. Eshikdan viqor bilan kirib kelgan 
o'rta bo'yli, sochlariga oq oralagan, ko'zlari 
burgutnikidek o'tkir qirollarga hos kiyinib olgan 
erkak yuzida nim tabassum bilan o'g'lining yonida 
to'xtadi.
- Tabrigimni qabul etgaysan - salobatli ovozida dedi.
- Rahmat ota.
- Nabiramni bir ko'rishga keldim - u sekinlik bilan 
chaqaloq yoniga yaqinlashdi.
Avrora hamon farzandini bag'ridan bo'shatmay unsiz 
yig'lardi. Qirolning gapidan so'ng farzandini yuzini 
yashirish uchun uni yanayam qattiqroq bag'riga 
bosdi.
- Qi.rolim - dedi titragan ovozda Avrora - malikamiz 
uhlayotgandi.
- Malika dedingmi, demak qiz nabirali bo'libmanda, 
juda yaxshi... Hech qisi yo'q yuzini bir ko'raman 
ketaman.


Avrora Jasperga qaradi, uning bosh silkishidan 
Avrora farzandini qirolga ko'rsatdi.
- B.bu axir - qirolning yuzi daxshatni ko'rgandek 
qotib qoldi - bu bashorat!
- Ota, hamma bashoratlar ham to'g'ri chiqavermaydi. 
U hali chaqaloq bo'lsa unga yaxshi tarbiya bersak 
o'sha bashorat hech qachon amalga oshmaydi.
- Soqchilar - qirol o'g'lining gapiga etibor bermay 
o'shqirdi.
- Ota nima qilmoqchisiz? Bu axir sizning nabirangiz - 
Jasper qo'rquvdan baqirdi.
- Qirolim yolvoraman bunday qilmang, o'tinaman. 
Qizim hech qachon bunday ishlar qilmaydi - Avrora 
ham jon holatda baqirib yubordi.
- Menga bunday nabiraning keragi yo'q, SOQCHILAR - 
qirol ularga ahamiyat bermay yana o'shqirdi.
Xonaga eshik yonida turgan ikki soqchi kirib keldi. 
Qirolga biroz tazim qilib
- Buyuring qirolim - baravariga aytishdi.
- Mana bu la'nat tekgan chaqaloqni olinglar, hozirni 
o'zida qatl etilsin.
- Ho'p bo'ladi qirolim - ular biroz hayratlanishib 
chaqaloqni olish niyatida Avroraga yaqinlashdi.
- Yooo'q, farzandimni bermayman - Avrora 
baqirgancha dedi.
- Yaqinlashmang - Jasper qo'liga qilich olib Avrorani 
yonini to'sib qo'ydi.
- Sen qirol buyrug'iga bo'ysinmayabsanmi? - buni 
chetda kuzatib turgan qirol yana o'shqirdi.
- Ota u sizning ham nabirangizku.


- Bu la'nat tekgan chaqaloq hech qachon menga 
nabira bo'la olmaydi.
- OTA.
- Menga ovozingni ko'tarma, sen ikkalang nega 
haliyam turibsilar, bolani oling.
- Ho'p bo'ladi qirolim.
- Yaqinlashmalaring yo'qsa o'ldiraman - Jasper 
qilichini qulay ushlab oldi.
Soqchilar unga etibor bermay qirolni buyrug'ini 
bajarish uchun yana chaqaloqga yaqinlashdi. Jasper 
ho'rsingancha bitta soqchini yaraladi.
- Ota men farzandimni berib qo'ymayman.
- Avrora bolani menga ber - qirol bu safar o'zi ishga 
kirishdi - Avrora ber dedim, jin ursin u la'natlangan 
chaqaloq ber menga bolani.
- Hech qachon.
- SOQCHILAR - qirol yana o'shqirdi. Bu safar xonaga 
o'ntacha soqchi kirib keldi - kuch ishlatib bo'lsada 
bolani olinglar va bugunning o'zida qatl etilsin. 
Soqchilar ham buyruqni tinglab barchasi bolani 
himoya qilayotgan Jasperga tashlanishdi. Jang bilan 
chalg'igan Jasper bolani Avrorani qo'lidan tortib 
olgan soqchini ko'ra olmay qoldi. Ular chaqaloqni olib 
hozirgina chiqib ketgan qirolning ortidan borishdi. 
Avrora ularning ortidan qarab qon yig'lagancha qolib 
ketdi. 
- Jasper qizim! - bu gapni eshitgan Jasper jang 
qilishdan to'xtadi. Yerga cho'kkalab boshini 
changallaganchaq baqirib yuborishdan nari beri 
bo'lib turdi.


Bu qatl shaxsan qirolning ko'z o'ngida bo'lib o'tishi 
kerak edi. Jasper qirolga qancha yalinsa ham behuda 
ekanligini bilib taqdirga tan berdi. Farzandini 
o'limini ko'rmaslik uchun ot choptirgancha saroy 
tashqarisiga chiqib ketdi. Bu yoqda qon yig'lab qolgan 
ona umid bilan yaratganidan yordam so'rardi.
Qatl xonasi.
Chirillab yig'layotgan chaqaloqga hech kim etibor 
bermas, undan sal narida o'tirgan jallodning qo'llari 
biroz qaltirardi. Axir u endigina tug'ilgan chaqaloqni 
qotiligi aylanmoqda. To'g'ri u son sanoqsiz insonlarni 
boshini tanasidan judo qilgan, lekin bu murg'ak 
chaqaloq uning birinchi mijozi edi. Qirolning 
buyrug'i bilan qatl boshlandi. Chaqaloqni maxsus stol 
ustiga yotqizib qo'yishdi. U ham o'limi bilgandek 
chirillab yig'lar qatl xonasidagi guvohlar qalbiga 
g'ulg'ula solardi. Jallod ham sekin o'rnidan turib 
chaqaloq yoniga yaqinlashdi. Ibodat qilib qo'liga o'z 
qurolini oldi. So'ngi umid bilan yana bir bor qiroliga
yuzlandi. Qirolning hech bir hissiz bosh silkishini 
ko'rib ichida allanechuk hislar bilan qurolini 
yuqoriga ko'tardi...
Ammo shu dam hamma yeri yopiq biron ochiq joyi 
bo'lmagan xonada birdan shamol ko'tarildi. Xonaga 
tahlab qo'yilgan qurollarni uchirib yubordi. Jallod 
ko'tarib turgan qurol ham kuchli shamol tasirida 
devorga borib uruldi. Bundan gangib qolgan Jallod 
tezda qatl xonasini tark etmoqchi bo'ldi lekin 
orqasiga sanchilgan bolta sabab yerga quladi. Bu 
holatni ko'rgan qirol ham gangib qoldi. Lekin shunda 
ham o'zini yo'qotib qo'ymay o'shqirdi.
- Olovda yoqilsin!
Qirolning og'zidan chiqgan har bir so'z soqchilar 
uchun qonun. Rad etishdimi qatl etiladi. Chaqaloq 
kirgizilgan xonaga bu safar ikki soqchi qo'lida hidi 


o'tkir qandaydir suyuqlik bilan somon ko'tarib keldi. 
Somonni yerga to'shab ustidan suyuqlikni sepishdi. 
Chaqaloqni somon ustiga qo'yib olov yoqishdi. Buni 
kuzatib turgan qirolning yuzida kulgu paydo bo'ldi.
Ammo bu kulgu ham uzoqga bormadi, olov yonib 
bo'lgach hech qayeriga zarar yetmagan chaqaloq 
uning kulgusiga nuqta qo'ygandi. Shunda ham 
yengilishni istamagan qirol yana o'shqirdi.
- Suvga cho'ktirilsin!
Ikki soqchi xonadan chiqib ketib yarim soatlar ichida 
katta to'g'oraga suv to'ldirib kelishdi. Chaqaloqning 
qorniga tosh bog'lashib to'g'oraga solishdi. Ammo 
chaqaloq solingan tog'ora ichidagi suv o'zidan o'zi 
havoda muallaq turib yerga sachradi. Bu 
voqealarning guvohi bo'layotgan soqchilar 
qo'rquvdan zir titrashar, bu qanday jodugarlik 
ekanligini anglolmay halak bo'lishardi. Asabiylashgan 
qirol yana o'shqirdi.
- Tiriklayin ko'milsin!
Soqchilar chaqaloqni ko'targancha saroy tashqarisiga 
chiqishdi. Buni o'z ko'zi bilan ko'rishni istagan qirol 
ham ularga ergashdi. Qaltiragancha yerdan qabr 
qaziyotgan soqchi ora orada qo'llarini har yonga 
qimirlatib uhlab yotgan chaqaloqga qo'rquv bilan 
qarab qo'yardi. Qabr tayyor bo'lgach chaqaloqni 
o'raga tashlashdi. Ustidan tuproq tashlashmoqchi 
bo'lganda esa qazib chiqarilgan tuproz o'zidan o'zi 
harakatlanib yerga yoyilib ketdi. Bu hodisani guvohi 
bo'lgan bir ikki soqchilar hushidan ketishgacha 
borishdi.
- Qirolim bu jodugar, uni o'ldirish imkonsiz - biroz 
dadilroq bo'lgan soqchi qiroliga murojat qildi.
- Bo'lishi mumkin emas, u o'lishi kerak o'lishi kerak - 
o'shqirdi.


- Bu imkonsiz - qirol maslahatchisi oraga qo'shildi.
- Dengizga oting, bu lanatini meni ko'zimdan 
yo'qotinglar! - o'shqirdi qirol.
- Qirolim o'zingiz guvohi bo'ldingiz suv ham uni 
o'ldirmaydi.
- Unda nima qil deysan? Bu lanatini qanday bo'lmasin 
yo'qotish kerak.
- Qirolim menda bir fikr bor, lekin... - maslahatchi 
aytmoqchi bo'lgan gapini aytishi kerakmi yo'qmi 
o'ylab qoldi.
- Gapir.
- U tengsiz kuch qudrat manbai - sekin gap boshladi - 
balki uni o'zingiz tarbiyalab voyaga yetkazsangiz 
bo'lar. Kelajakda u sizga as qotishi mumkin, u sizning 
yengilmas qurolingizga aylanadi...
* * * * * *
Mening dunyoga kelishim va hayotim mana 
shunday boshlangandi. Ilk kunimning o'ziyoq 
shavfqatsizlik va vaxshiylikga burkangandi... 
Bashorat sabab doimo binafsha ko'zlarimni yashirib 
yurardim. Bu menga yoqamsada! Axir shunday 
chiroyli ko'zlarim bor men esa bu chiroyni qandaydir 
qora mato ostida yashirib yurishim kerak. Nahotki 
taqdirim o'sha to'rt qator so'zga bog'liq bo'lsa...
Bizda o'nta qirollik mavjud edi, barchasi o'z 
chegaralarini belgilab olishib Qirol ruxsatisiz 
chegaradan o'tish taqiqlangandi. Bu o'nta qirollik 
uzviy bir-biriga bo'glangan bo'lib, har doim bir birini 
to'ldirib turishardi. Bizning qirollik Donare bo'lib eng 


rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Sababi bizning 
qirollik aql-zakovatlilarni o'z ichiga qamrab olgan.
Biz ixtirolar oldi sotdisi bilan shug'ullanib qolgan 
mamlakatlarni ham o'zimizni rivojimiz bilan teng 
ushlab borar edik. Hech bir mamlakat qaloqligicha 
qolib ketmasdi. Genero – sahovatpeshalar mamlakati, 
ular har doim barchaga yaxshilik qilib kelishgan. U 
yomon bu yaxshi deb hech qachon ajratishmaydi 
barchaga birdek mehribon muomlada bo'ladi. 
Contadino – dehqonchilik va chorvachilik mamlakati. 
U yerda yeguliklarning barcha turlari bor. Ular butun 
o'n qirollikni yegulik bilan taminlaydi desam ham 
adashmagan bo'laman. Craft – hunarmandchilik 
mamlakati. U yerdan chiqqan asori antiqalar 
barchani birdek hayratlantira oladi. Aynan o'sha 
mamlakatda bir biridan chiroyli, bir biridan go'zal va 
antiqa narsalarni topish mumkin. Ayollarning joni 
bo'lmish qimmatbaho va eng sof zebu ziynatlar ham 
aynan shu malkatdan chiqadi. Cara - ilohiy kuch 
atalmish do'stlik mamlakati. Ularning do'stligi 
sadoqatligi to o'lguncha. Qirollar aynan o'sha 
mamlakatda soqchi bo'lib ulg'aygan yigitlarni 
o'zlarining tan soqchisi sifatida sotib olishardi. 
Ularning sadoqatligiga shubha qilishmagani bois. 
Terra - quruqlikdagi mamlakat, sir sinoatlarga boy 
mamlakat desam ham adashmagan bo'laman. 
Ularning bizga bizning ularga yomonligimiz 
tegmasdi. U yerni yana shifobaxsh mamlakat desa 
ham bo'ladi. Ko'plab insonlar Terraning jazirama 
issig'ida toblanib o'zining har xil kasalliklarini 
davolab kelardi. Mare - dengizchilar mamlakati. Ular 
ham qirollikni dengiz jonzodlari bilan taminlab turar, 
ham dengiz orti mamlakatlari bilan oldi sotdi, 
tashuvchilik bilan shug'ullanishardi. 
So'ngi uch mamlakat esa yovuzlik belgisi bo'lib, ular 
o'z ichiga g'ayrioddiylarni olishardi. Masalan, Macel - 
qonxo'rlar mamlakati bo'lib, go'zallikda tengsiz 


vampirlar aynan o'sha davlatda yashashadi. Ular 
insonlardan farqli o'laroq qon bilan oziqlnishadi. 
Varia - turlanuvchilar mamlakati bo'lib, bir qiyofadan 
boshqa qiyofaga bu qiyofa hatto hayvon qiyofasiga 
ham o'zgarishi mumkin. Ularni inson ruhini so'rib 
oluvchilar desa ham bo'ladi. Ularning o'zuqasi shu. 
Eng so'ngisi esa yovuzlikda tengsiz bo'lgan Male 
mamlakati. Male - qora kuchlar mamlakati bo'lib, 
yovuzlikning eng yuqori pallasi aynan shu 
mamlakatda turadi. Ularni alohida mamlakat deb 
atasa ham bo'ladi, sababi ularning mamlakatiga 
qadam qo'ygan inson qaytib chiqmasdi. O'ta sirli 
mamlakat. Malakat nomining o'ziyoq insonlarni dir 
titratadi. Ularning ham ozuqasi insonlar. 
Dunyoni bir tenglikda ushlab turish uchun bu uch 
qonxo'r mamlakatga qolgan yetti mamlakat 
qurbonlik keltirardi. Qurbonlar esa asosan 
qonunlarni buzib, Qirolga qarshi chiqganlar. Ularni 
qurbon qilish orqali muvozanatni ushlab turishga 
harakat qilinardi.
Yana o'zim haqimda gapiradiga bo'lsam bu qanday 
sir-sinoat bilmadim-u, men chaqaloqligimdagi 
xotiralarni ham eslay olardim, lekin faqat men uchun 
yomon hisoblanganlarini. O'shanda mening vaxshiy 
bobom maslahatchisiga quloq soldi. Meni o'ldirmadi 
ota-onamning bag'riga qaytarib berdi. Kattarganim 
sari men uchun shuncha kurashgan ota-onamning 
ham menga nisbatan qarashlari o'zgargandi. Ular 
ham mendan o'z foydalari uchun foydalanishni 
boshlashgandi. Mening yonimda ishona oladigan 
hech bir inson zoti yo'q edi...
Bazida o'ylab qolaman nega bobom meni shu uch 
yirtqich mamlakatlardan biriga topshirib 
yubormagan ekan deya. Agar meni Malega 
topshirishganida balki o'lishim mumkin edi. Ee yo'q 
olovdan tirik chiqgan ongsiz chaqaloqni o'sha 


manqurtlar o'ldira olarmidi. Uni ustiga men bobom 
uchun isnodman. Nabirasi o'sha bashoratdagi qiz 
ekanligini boshqa mamlakatlarga aslo ovoza 
qilmasdi.
Men o'zimni tabiat farzandi deb hisoblardim. 
Chunki meni aynan tabiat tarbiyalab voyaga 
yetkazgandi. Undagi jonzotlar mening sirdoshlarim 
edi. Menga biron korxol bo'lsa ota-onam emas tabiat 
o'z himoyasi ostiga olardi. Aynan tabiat meni hech 
qachon yiqilishimga yo'l qo'ymagan... Menda yana bir 
shu tabiatning inomi bor edi. Bu o'zim ilk bor egalik 
qilgan hayvonimning tiliga tushunish. O'sha paytlar 
hali yoshgina qizaloq edim. Har doim yuzimni yopib 
yurganim uchun o'zim tengilar yuzim ko'zim demay 
meni kamsitishardi. Nima emish badbashara 
ekanman, shu sabab yuzimni yashirib yurar 
emishman. Agar ular yuzimni ko'rishganida bormi 
hattoki go'daklik paytning o'zidayoq menga oshiq 
bo'lishardi... O'shanda ulardan qochib o'rmon ichiga 
kirib ketgandim. Yig'lagancha atrofga etibor bermay 
ketavergan ekanman, qandaydir maydonchaga chiqib 
tilim aylanmay qolgandi. Bu maydoncha mening 
ko'zlarimga monand binafsha gullardan iborat gulzor 
edi. Shu on hamma narsani unutdim, kamsitilish, 
etiborsizlik, mehrsizlik barcha barchasini unutdim. 
Men bu maydonchada qandaydir yengillikni his 
qilgandim. Bu yerdagi nozik binafsha gullarga havas 
qilib o'zimcha o'zimga laqab ham qo'yib olgandim 
"Binafsha gul". Ularning o'ta nozik yaproqlarini 
o'zimning bir chertsa sinib ketadigan qalbimga 
qiyoslagandirman balki. Ancha payt shu yerda 
o'tirganimda ortimdan shitirlash ovozlari eshitildi. 
Qo'rqib ortimga qaragandim, mendan bir metrcha 
uzoqlikda qop qora mushuk meni zimdan kuzatib 
turganiga ko'zim tushdi. Uni o'zimga chorlab yonimga 
keltirib oldim. Uning silliq yunglarini silashim bilan 
hurillay boshladi, bu taftim unga yoqganidan dalolat 


edi. Ancha payt uni erkalab o'tirdim, so'ng hayolimga 
ilk kelgan ismni unga taqdim etdim "Milo". Shu shu u 
bilan har doim birgamiz. Men uni tilini 
tushunishimni hech kimga aytmaganman. Agar bu sir 
ham fosh bo'lsa kim biladi bu to'yib-to'ymas bobom 
hayvonlarga ham egalik qilib qolishni hoxlab qolsa... 
Men esa bunday fojeaga yo'l qoya olmasdim!
Ulg'ayganim sari bobomning chirkin o'yinlariga 
aralashib boraverardim. Voyaga yetganimda esa u 
meni qarshiliklarimga qaramay Genero mamlakati 
shahzodasiga turmushga berib yubordi. Ota onam 
ham hech narsa deya olishmadi. Bu mamlakatni 
sahovatpeshalar mamlakati desa ham bo'ladi. Bobom 
meni ko'zlarimni so'qir deganlari uchun bu 
mamlakatda ham shu chiroyni yashirib yurishimga 
to'g'ri keldi. Agar kimdir ko'zlarimni ko'rib qolsa 
mening ajalim kelar emish. Bunga ham o'sha lanati 
bashorat aybdor edi. Meni shaxzodada umuman 
ko'nglim bo'lmagani uchun unga ro'yhushlik 
bermasdim. Ahmoq erim ham "O'zing izn 
bermaguningcha senga qo'limni uchuni ham 
tekkazmayman" degandi. Bu men uchun ayni muddo. 
Mahramida shuncha go'zal bor o'shalar bilan ovunib 
yuraversin. Meni esa tinch qo'ysin. Aslida bu yerliklar 
shunaqa edi. Hech qachon yomonlik haqida 
o'ylashmasdi. Faqat va faqat yaxshilik. Birgina oddiy 
yomonlik o'lim jazosiga mahkum edi. Shaxzoda ham 
shu sabab o'z istagimga qo'yib bergandir. Axir 
mening qarshiligimga qaramasdan menga egalik 
qilsa bu yomonlikning eng oliy toifasi.
Bir yil shu sahovatpeshalar ichida yashadim, keyin 
nimadir bo'ldiyu Qirollik oilasining barchasi qirilib 
ketdi, ular orasida mening mehribon, istaklarimni 
hurmat qiladigan erim ham bor edi. Men nima 
bo'lganiga ham tushunmay qolgandim o'shanda. 


Qirol oilasidan hech kim qolmagach o'z-o'zidan men 
Qirolicha sifatida taxtga o'tirdim. Rosti xalq meni 
qabul qilishmaydi deb o'ylagandim, ularning o'limida 
meni ayblashadi deb o'ylagandim. Lekin ular hech 
qanday menga qarshi harakat qilishmadi. 
Qirollikning butun oilasi qirilib ketsayu faqat men 
tirik qolsam, albatta bu shubhali edi. Lekin Genero 
mamlakati nomi bilan sahiylar o'lkasi ularning 
ko'nglida kir yo'q, ular buni baxtsiz tasodifga yoyib 
qo'yishgandi. Lekin men ularchalik ahmoq emasman, 
bu yerda anniq bir gap bor. Keyingi voqealar ham 
juda tez sodir bo'ldi. Bobom bu yerga kelib qirollikni 
o'z zimmasiga oldi. Men esa yana o'z saroyimga 
qaytib bordim. Bu ishda bobimning qo'li borligi 
anniq.
Oradan bir yil o'tar o'tmas bobom meni yana bir 
bor turmushga berdilar. Bu safar meni qonxo'rlar 
ichiga otgandi. Yomonlikni bilmas mamlakatdan 
birdan bu qonxo'rlarga to'la mamlakatga o'tib 
qolganim menga juda yomon tasir qilardi. Macel 
mamlakatidagi ilk kunim hali o'zim ham 
tanimaydigan shaxzodani xos xonada kutish bilan 
o'tgandi. Qancha kutmay u kelmadi uyqu esa meni 
toboro o'z domiga tortib ketardi. 
Yuzimga tekgan sovuq taftdan sergaklandim. 
Ko'zlarimni endi ochmoqchiligimda niqobim yo'qligi 
esimga tushdi. 
- Kimsiz? - soradim yuzimdagi sovuq taft egasidan. 
Undan hech qanday sas chiqmagach o'rnimdan turib 
qo'limni paypaslab niqobimni topishga urundim - 
kim bo'lsangiz ham niqobimni olib bera olasizmi?
- Sen rostan so'qirmisan? - xona bo'ylab taftiga 
munosib sovuq ohang yangradi.
- Hm.


- O'zim - u endi topgan qo'limdagi niqobni olib o'zi 
ko'zimga taqib qo'ydi.
Endi behavotir ko'zlarimni ochsam ham bo'ladi. To'rli 
niqobim sehr orqali himoyalangani bois ko'zlarim 
ochiqligini men ularni ko'ra olayotganimni hech kim 
sezmasdi, hatto o'ta sezgir bo'lgan vampirlar ham. 
Ko'zlarimni ochishim bilan bir juft jilvalanib turgan 
tillarang ko'zlar sohibiga duch keldim. Undan taralib 
turgan sovuqlik va yoqimli ifor negadir meni o'ziga 
jalb qilardi. Qalin qora qoshlari ham oppoq tanasiga 
juda yarashgandi. Qizil lablarini aytmaysizmi... Avval 
umuman qonxo'rlarga duch kelmaganman. Ularning 
tarifini kitoblarda o'qigandim, kitobda yozilganicha 
bor ekan ular rostan ham juda kelishgan...
Labimga tekgan sovuq taftdan birdan hayollarimni 
yig'dim. Bu mening ilk bo'sam bo'lgani uchun juda 
hayajonlanardim. Uning belim aralash sochlarim 
bo'ylab yurayotgan muzdek qo'llari tanam titrashiga 
sabab bo'lardi. Jiddiylashib ketmasidan uni ham 
o'zimni ham to'xtatishim kerak. Lekin bu narsa sodir 
bo'lmadi, men butunlay o'zimni unga topshirib 
bo'lgandim. U meni erim bo'lsa o'zimni nari olishdan 
nima foyda. Genero mamlakati shahzodasi Adamni 
o'zimga yaqinlashtirmagandim. Sababi uni ilk 
ko'rganimda bu yigitni ko'rganimdagi hislarni 
tuymagandim. Bu yigit ilk kechadayoq meni qalbimni 
zabt eta olgandi yoki shunchaki ehtirosga 
berilgandim...
- Seni Genero mamlakati shahzodasiga turmushga 
chiqganing haqida eshitgandim - uning sovuq 
ko'ksiga bosh qo'yib yotar ekanman, sochlarimni 
silagancha men uchun yoqimli bo'lishga ulgurgan 
sovuq ovozda so'radi.
- Ha, lekin u o'lib ketdi - hech bir hissiz aytgan 
gapimdan o'zim hayron edim.


- Lekin...
- Uni o'zimga yaqinlashtirmaganman - u nimani 
nazarda tutganini sezib javob berdim.
- Nega? 
- Unda ko'nglim yo'q edi, Qirolim majburlagan.
- Lekin menga ham majburan...
- Uni o'zimga yaqinlashishiga yo'l qo'ymaganman, 
negadir u menga yoqmasdi.
- Menchi?
- Siz... Siz qandaydir boshqachasiz, sizdagi sovuqlik 
va yoqimli ifor negadir meni o'ziga jalb qilayapti.
- Tushunarli... Ismim Karlo.
- Viola.
- Tanishganimdan hursandman malikam.
- Men ham shahzodam... Sizdan bir narsa so'rasam 
maylimi?
- Bemalol.
- Sevganingiz bormi?!.
Yo'q deyishini ich ichimdan istardim. Sababi ular 
faqat bir martagina seva oladi va bu sevgiga to 
o'lguncha sodiq qoladi. Tabiatning yana bir ayanchli 
xatosi. Insonlar qancha yaxshi bo'lishga urunmasin 
sevgi-muhabbat borasida no'noqlik qilishadi. Bir 
xotin kamdek uch to'rttasini yoniga oladi. Yana 
mahramidagi yuzlab qizlar....viyyy naqadar yoqimsiz.
- Yo'q!
- Haqiqatdanmi? - negadir hursand bo'lib ketdim. 
Nima bu bir ko'rishdagi sevgimi, yoki bugungi 
tunning natijasi...


- Ha. Biz faqat bir marta sevgi dardiga yo'liqamiz va 
o'lgunimizcha faqat va faqat uni sevamiz, 
hayotimizga o'zgasi hech qachon kira olmaydi. 
Sevguncha esa ko'ngilhushlik qilinadi.
- Endi ham ko'ngilhushlik qilasizmi? 
- Menimcha yo'q.
- Bu bilan... - labimga tekgan sovuq taftdan jimib 
qoldim.
- Uhla azizam! - u ikki qo'li bilan meni bag'riga bosib 
ko'zlarini yumdi. 
Men ham uning gapini mag'zini chaqib uning sovuq, 
lekin ayni damda menga yoqayotgan bag'rida uyquga 
ketdim.
Ilk kundan u bilan juda yaxshi chiqishib ketdik. 
Huddi bir birimizni oldindan biladigandek, bir 
birimiz uchun yaratilgandek. Bu yerga kelganimning 
ikkinchi kunida otam meni o'ylab mushugim Miloni 
jo'natib yuboribdi. Yana birga ekanligimizdan 
ikkimiz ham shodmiz. Karlo uni unchalik ham 
hushlamadi, lekin men uchun yonimizda qolishiga 
qarshilik bildira olmadi. Karlo meni rostan 
so'qirligimga ishonib o'zi yo'q paytlar xonadan 
chiqishimni taqiqlab qo'ydi. Menga vaqt ajratganda 
esa, o'zi qo'limdan tutgancha saroyini, mamlakatini 
tanishtirib chiqardi...
- Negadir senga nisbatan tashnalikni sezmayabman, 
insonmisan?!
Ayvonda turgancha tunning zulmatidan bahra 
olayotganimda ortimdan quchgan qo'llar sohibi 
so'radi.
- Bizning mamlakat haqida bilasizmi?


- Ha aqlda tengsiz qirollik.
- Bu yerga kelishimdan oldin otam meni havfsizligim 
uchun qirollikning eng zakovatli ixtirochilariga 
tumor yasatirgandi. Bu tumor meni vampir...yani 
sizlardan himoya qilib turadi - Bo'ynimdagi qizil 
yoqutli tumorga ishora qildim.
- Tushunarli... Unda buni hech qachon bo'yningdan 
yechma.
- Ho'p... Aytgancha siz bashoratlarga ishonasizmi? - 
necha kundan beri ich etimni yeyayotgan savolni 
berdim.
Karlo ayvonchaning burchagida turgan kursiga 
o'tirib meni ham bir tortishda ustiga o'tirgizdirib oldi.
- Ha. Chunki barcha bashoratlar qanday bo'lsa huddi 
shundayligicha ijobat bo'lgan - yelkamga bosh qo'yib 
javob berdi.
Uning gapidan men titrab ketdim.
- Agar so'ngi bashoratda aytilgan binafsha ko'zlar 
sohibasi dunyoga kelganda nima qilardingiz?
- Nega bular haqida so'rayabsan?
- O'zim... shunchaki qiziqdim.
- Hm... Ishonaver agar o'sha bashoratdagi inson 
dunyoga kelsa butun qirolliklar uni yo'q qilish payiga 
tushadi. Ular orasida albatta men ham bo'laman.
- Nega? Ahir to'rt qator narsa inson taqdirini 
o'zgartirmaydiku.
- Aslida bu bashorat ogohlantirish bo'lgan. Binafsha 
ko'zlar haqida to'liqroq malumotga ega bo'lsang sen 
ham uni yo'q qilish niyatiga tushib qolasan.


- Bu bilan bashoratdagi so'zlar malumot emas 
demoqchimisiz?
- Aynan. 
- U haqida siz qanday malumotlar bilasiz? Aytib 
bering.
- Binafsha ko'zlar tavqi lanat hisoblanadi. Tabiatning 
eng go'zal, lekin go'zallik ortiga berkingan daxshatli 
qudrat sohibasi. Hatto Male mamlakati ham uning 
yonida ojiz qoladi. Undagi kuch qudrat tengsiz, o'z 
ajali yetguncha uni hech narsa o'ldira olmaydi. Tabiat 
inom etgan jonni o'zi olmaguncha u yashayveradi. 
Uning tug'ilishi esa yaxshilik alomati emas. 
Jodugarlar uni iblisga tenglagan. Agar u dunyoga 
kelsa qon daryo bo'lib oqishi, qaxri kelsa tirik jonning 
o'zi qolmasligi mumkin. 
- Siz bular haqida qayerdan bilasiz? - uning 
gaplaridan o'zimni biroz yo'qotib qo'ygan bo'lsamda 
tetikroq gapirishga urundim.
- Qadimgi ilk jodugarlar kelajakni ko'rishga qodir 
bo'lgan. Daxshatli kelajaklarni ko'rishganda esa uni 
kitobga ko'chirib qoldirishgan dunyo havfsizligi 
uchun. Shunday kitoblarning birini o'qigandim.
- Agar o'sha binafsha ko'z biz o'ylagandek yomon 
bo'lib chiqmasachi?
- Bunday bo'lishi mumkin emas azizam! Bashorat 
hech qachon yolg'on bo'lmagan... Nega bunday 
gaplarni gapirayabsan o'zi?
- Qiziqdim dedimku.
- Tushunarli... Gapingiz tugagan bo'lsa xonamizga 
kirsak.
Gapirishga ulgurmasimdan Karlo meni ko'tarib oldi.


- Jinni - kulgancha yelkasidan turtdim.
- Seni ishqingda!
- Boringe.
- Seni sevaman!
- Men ham!
Karlo bilan o'tkazgan kunlarim ajoyib o'tardi. 
O'tmishimdan nolimayman oilam soxta bo'lsada 
menga etibor berishardi. Lekin Karloning etibori 
umuman boshqacha edi. Go'yo uning mehr to'la 
dengiziga tushib qolganmanu, shu dengizdan 
chiqmay suzib yurgandekman.
- Milo bilasanmi men judayam baxtliman... - 
oyoqlarimga o'rnashib olgan Miloni silagancha gap 
boshladim - Karloda menga nisbatan hech qanday 
soxtalik yo'q. Hammasi haqiqat u meni chin dildan 
sevadi, ardoqlaydi, himoya qiladi...- Miloning 
miyovlashidan jim bo'ldim.
- Yo'q aslo! Uni o'sha tungi gaplari yodingdan 
chiqdimi? U meni kimligimni bilsa sevgisiga ham 
qarab o'tirmaydi...
- Yo'q Milo men baribir tavakkal qila olmayman. Vaqti 
yetsa aytaman, lekin hali u haqiqatni bilishiga juda 
erta.
Milo menga gapini o'tkaza olmasligini sezgan holda 
ortiq men bilan bahslashmadi. U hurullab uhlab 
qolgach men ham yotoqga joylashdim. Ko'zim ilinar 
ilinmas xonaga kirib kelgan shaxslar sabab 
o'rnimdan turdim. Ular men bilan birga kelgan 
yordamchilarim ekanligini ko'rgach yana hotirjam 
yotoqga bosh qo'ydim.


- Malikam biz xonani tozalagani kelgandik.
- Bemalol, faqat meni bezovta qilmanglar.
- Ho'p bo'ladi.
Xonadagi pichirlashlar toboro asab tolalarimni 
chertib borardi. Hozirni o'zidayoq shu ikki qizni tilini 
uzib olgim kelayapti. Lekin ularning keyingi 
suhbatlari menga ham qiziq tuyulgani uchun jim 
yotaverdim.
- Vampirlarning umr boqiyligi rostga o'xshaydi. Kecha 
bitta soqchi bilan suhbatlashib qoldim yoshi 325da 
ekanligini aytdi daxshat.
- Ha juda go'zalligi ham rost, ularga qarab ko'z 
to'ymaydi. 
- Qiziq ularni o'ldira oladigan narsa bormikan-a?
- Bunisini o'sha tanishib qolgan soqchingdan 
so'raysan. Valdiramasdan tozala.
- So'radim bu haqida faqat qirol oilasi bilar emish. 
Jinoyat qilgan vampirlarni shaxsan shaxzoda 
Karloning o'zi bir yoqlik qilar ekan. Shu vampirlar 
judayam sirlida. Yana bir narsani aniqladim oliy 
nasabli vampirlarda qandaydir qobilyatlar bo'lar 
emish. Judayam qiziq-a?
- Sen ham vampirlar haqida kitob chop etsang bo'lar 
ekan - sherigi kesatdi - Sen valdiraguningcha men 
ishlarni tugatdim. Sen ham javonlarni tahlab tezroq 
chiq bu xonadan, ha demay shaxzoda kelib qoladi.
- Ho'p...
Ikkinchi qiz ham xonadan chiqib ketgach, ular 
qiziqgan narsaga men ham qiziqib qolgandim. Bu 
haqida hech qanday kitobda malumot yo'q. Rostan 
vampirlar qanday o'larkin. Qobilyat dedimi? Demak 


shaxzodaning ham qandaydir qobilyati bor. Rostan 
ular juda sirli va juda qiziqarli mavjudotlar. Yonimda 
uhlab yotgan Miloning silliq yungini silab yotar 
ekanman Karlo xonaga kirib keldi.
- Malikam zerikib qolmadimi? - xona bo'ylab uning 
sho'x ovozi yangradi.
- Juddayam zerikdi - yotoqga o'tirib olib 
erkalangancha gapirdim.
- Muhim ishlarim bor edi. Ushlanib qolganim uchun 
avf etgaysiz - uning hazilomus ohangidan kayfiyatim 
ancha ko'tarildi.
- Yonimga keling, so'ng kechirish kechirmaslik haqida 
o'ylab ko'raman - qo'limni keng yozgancha uni 
o'zimga chorladim.
- Siz nima desangiz shuda.
U yonimga kelgach belidan quchdim.
- Sog'indim! Siz anniq meni sehrlab olgansiz.
- Aslida bu gapni men senga aytishim kerak - u ham 
yelkamdan quchib, sochim aralash bo'ynimdan o'pib 
qo'ydi.
- Bugun nimalar bilan mashg'ul bo'ldingiz?
- Qonun buzarlik bilan... Juda charchadim. Aytgancha 
ovqatlanganmiding?
- Ha, Milo bilan birga ovqatlanib bo'lganmiz.
- Mushuging boshqa xonada yotsa bo'lmaydimi? - 
Karlo yotoqda yastanib yotgan mushukga yuzini 
burishtirib qarab noligandek gapirdi. 
- Yo'q, bilasizku u men uchun qanchalik qadrli - uhlab 
yotgan Miloni qo'limga olib xona burchagidagi 


ixchamgina maxsus tayyorlangan yumshoq o'rniga 
qo'ydim.
- Bilaman - Karlo o'zini yotoqga tashlab ho'rsindi - 
Ko'zlaring so'qir bo'lsa ham juda erkin 
harakatlanasan. Buni qanday uddalaysan? - u meni 
harakatlarimni zimdan kuzatib dedi.
- Bolaligimdan ko'r bo'lganim uchun o'rganib 
ketganman, yana bu xonani to'rt oy ichida o'rganib 
ham oldim - ishonarli yolg'onimni ishlatib qayta 
yotoqga yaqinlashdim
- Ha tushunarli.
- Aytgancha sizda gapim bor edi - men ham uning 
yonidan joy olib ko'ksiga bosh qo'ydim.
- Ho'sh?
- Sizda qanday qobilyat bor. Eshitishimcha oliy 
nasabli vampirlarda qandaydir qobilyat bo'lar ekan.
- Ha... Meni qobilyatim bo'ysindirish. Ongga tasir 
o'tkazib hoxlagan ishimni kimgadir qildira olaman. 
Inson, vampir, hayvon hullas hamma turlarga 
nisbatan.
- Tushunarli... Yana - ichimni kemirayotgan savolni 
bersammi bermasanmi deb o'ylanib qoldim.
- Yana savoling bormi?
- Ha... Haligi buni so'rashga haqqim bormi yo'qmi 
bilmadim, lekin judayam qiziqqonligim uchun 
so'rayabman. Vampirlar qanday qilib o'ladi? Sizlar 
qirollikka bo'ysinmagan vampirlarni qanday yo'q 
qilasizlar?
Karlodan hech qanday sas chiqmadi, menimcha 
aytishni istamayapti. Men ham uni to'g'ri tushunishga 
harakat qilib bu mavzuni yopdim.


- Agar aytishni istamasangiz mayli, o'zi bu savolni 
bermasligim kerak edi, qiziqqonligim tutdi...
- Gul... Venena guli bizni o'ldira oladi.
- Venena?!
- Ha venena oddiy gul emas. U vampir qoni bilan 
oziqlanadi so'ng o'zidan zaxarli modda chiqaradi. 
Vampirlarni o'ldira oladigan zaxarli suyuqlik.
- Tushunarli... Men umuman boshqa narsani taxmin 
qilgandim.
- Qanday taxmin ekan - qiziqib so'radi.
- Jodugarlarning sehridan yaralgan, yoki ajdarho 
nafasida toblangan qilichmi, hanjarmi sizlarni 
o'ldirsa kerak deb o'ylagandim.
- Ahahah juda kulguli taxminlar - xona bo'ylab uning 
yoqimli kulgusi yangradi.
- Menimcha ishonarli.
- Hozirgi kunga kelib ajdarho bilan bog'liq qilich 
mavjud emasligi anniq, jogurgarlar yaratgan qurollar 
bor lekin bizga tasir qilmaydi. Boya takidlaganimdek 
bizning ajalimiz bu Venena.
- Hm...
- Hafa bo'ldingmi?
- Yo'q... Siz charchagansiz uxlang.
- O'zimni arazchi malikam - Karlo meni o'ziga qaratib 
peshonamdan o'pib qo'ydi - niqob bilan uhlash senga 
noqulaylik keltirmaydimi? - meni chalg'itishga 
urundi.
- Yo'q o'rganib ketganman. Siz rostan charchagansiz 
uxlang - uni pinjiga kirib quchoqlab oldim.


- Ho'p unda hayirli tun.
- Sizga ham...
Bugun Karlo bilan to'yimiz bo'lmagan bo'lsada birga 
bo'lganimizning bir yilligi. Bugungi kunni o'zgacha 
o'tkazish uchun o'zimcha xonalarni bezatib chiqdim. 
Unga atalgan sovg'acham ham bor. Biram 
baxtlimanki manashu bir yillik xotiralarni o'zi menga 
butun umrga yetadi.
Xonamizni shamlar bilan bezatib chiqdim, kichik 
stol ham tayyorlamoqchi edimu, lekin u qon bilan 
oziqlanishi bunga halaqit berardi. U qon 
ichayotganda men hech qachon bamaylixotir 
taomlana olmayman. Shunga bu fikrdan tezda 
qaytdim. Egnimga ham yengilroq lekin shoxona 
binafsha rangli libos kiydim. Sochlarimni ham har 
doimgi bir hillikdan o'zgartirib. Butunlay ochib 
yubordim.
Hamma narsa tayyor bo'lgach yotoqga omonatgina 
o'tirib uni kelishini kuta boshladim. Yarim kechasi 
bo'lsa ham undan darak yo'q. Avallari hech bunaqa 
kech qolmasdi, undan havotir ola boshladim. Ortiq 
bir joyda o'tira olmasligimni bilib xona bo'ylab 
uyoqdan buyoqa yurdim. Yana yarim soat deganda 
xona eshigi ochildi. Tezda ortimga o'girildim 
Karloning abgor ahvoli yuragim shuv etishiga 
sababchi bo'ldi. Uning ko'zlaridagi qizillikdan g'azab, 
nafrat, ishonchsizlik yaqqol sezilib turardi.
- Karlo bu sizmisiz? - uning nigohlariga dosh bera 
olmay gap boshladim.
- Ha - bo'g'iq ovozda gapirib atrofga razm sola 
boshladi.
- Ovozingiz...


- Meni o'lim sahnamni go'zal qilib 
uyushtirmoqchimiding? - yuzida tushunarsiz 
jilmayish paydo bo'ldi.
- Tushunmadim!
- O'limidan oldin baxtni his qilib ketsin dedingmi 
yoki?
- Karlo... Nimalar deb aljirayapsiz?
- Viola nima uchun? Nega bu ishlarni qilding? Senga 
nima yetishmayotgandi - so'ngi so'zlari baqiriq bo'lib 
chiqdi.
- Karlo nimalar deyapsiz? Tushuntiribroq 
gapirsangizchi.
Rosti uning aytayotgan hech bir gapiga 
tushunmayotgandim.
- Faqat senga aytgandim, faqat sen bilarding 
vampirlarning ajali nima ekanligini - yonimga kelib 
bilagimdan qattiq siqgancha niqobim ostidagi 
ko'zlarimga qarashga harakat qildi
- Nega? Nega ota onamni o'ldirding?
Uning ohirgi gaplari meni karaxt ahvolga tushurib 
qo'ydi. Axir men bugun hatto xonam eshigidan hatlab 
chiqmadimku. Rostan ham u aytgan Venena guli 
haqida faqat men bilaman, uning shubhasi o'rinli 
lekin men Karlo yoki uning oilasiga aslo ziyon 
yetkaza olmayman.
- Karlo, bu qandaydir anglashilmovchilik. Bilasiz men 
sizga ziyon keltiradigan narsani aslo qilmayman...
- Bilaman deb o'ylagan ekanman - uning afsus bilan 
gapirishining o'ziyoq yuragim parchalanishiga yetdi.
- Kalro... Men qilmadim... Ishoning men bugun 
xonadan ham chiqganim yo'q - yig'lab yubordim. 


Suyukliging senga shubha ko'zi bilan qarasa, sening 
gaplaringa ishonmasa bundanda og'irroq narsa 
bo'lmasa kerak. Undagi ishonchsizlik meni tamom 
qilar darajada edi.
- Seni o'ldiraman - u birdan yonimda paydo bo'lib 
bo'ynimdan bug'ib oldi. Oyoqlarim yerdan 
uzulganini his qildim.
- Kar.lo m.en he.ch nar.sa qil.ma.dim - nafas 
yetishmayotgani sabab zo'rg'a gapirdim. 
Uning qizillikka burkangan ko'zlari bu safar qora 
tusga kira boshladi. Yana qanchadir muddat meni 
bo'ynimdan bug'gancha havoda ko'tarib turib 
xonaning bir burchagiga uloqtirib yubordi. Belim 
bilan devorga qattiq urulganimdan baqirib 
yubordim. Qornimda ham shu vaqtning o'zida kuchli 
og'riqni his qildim. Yo'q, faqat bu emas, faqat bu 
emas.
- Karlo iltimos to'xtang - yonimga vajohat bilan 
kelayotgan Karloga baqirib yubordim. Lekin 
to'xtashni hayoliga ham keltirmasdi, endi yonimga 
yetganda ayiq kattaligicha keladigan Milo o'rtamizga 
to'siq bo'lib turib oldi. Karloning bu hodisadan 
hayratlanishi qora ko'zlaridan ham sezilib turardi. 
Milo esa unga o'ljasiga tikilgandek nigoh tashlab har 
har zamon irillab qo'yardi. Men ularga etibor bermay 
qo'limni qornimga qo'yib yig'lashni davom etdim - 
Men rost gapirayabman... Iltimos menga ishoning - 
og'riq bilan o'rnimdan turib Miloni aylanib o'tib 
ko'zlari qoraygan Karloga yaqinlashdim - 
Bolam...bolamiz haqqi qasam ichaman men hech 
kimni o'ldirmadim - uni qo'lidan tutib qornimga 
qo'ydim - men hatto o'sha gullar qayerda o'sishini 
ham bilmayman. Iltimos Karlo menga ishoning!
Uning ko'zlaridagi qoralik sekin asta tarqala boshladi. 
Bir menga bir qornimda turgan qo'llariga 


hayratlangancha qaradi. Uni ancha tinchlanganini 
ko'rgan Milo ham o'z qiyofasiga qaytdi. Milo meni 
qo'riqchim sifatida ham yonimda yurardi. Shunga 
o'xshash vaziyatlarda meni himoyalash uchun.
- Sen... Bola?!
- Ha Karlo biz endi ota-ona bo'lamiz - uning yuziga 
qo'llarimni olib bordim, qarshilik bildirmadi. 
Peshonamni peshonasiga tirab gapirishni davom 
etdim - Bugun sizga shu yangilikni aytmoqchi edim 
so'ng Qirol va Qirolichaga. Ularni o'ldirib menga 
nima naf axir. Karlo men hech qachon siz va 
oilangizga xiyonat qilmadim, qilmayman ham. Ota-
onangiz haqida esa hozirgina sizdan eshitayabman. 
Afsusdaman... Bolamiz haqqi qasam ichayabmanku 
iltimos menga ishoning...
- Unda kim?
- Bilmayman...
Gapim ohirigacha tugamay xonaga men bilan 
birgalikda kelgan yordamchilar bostirib keldi. 
- Sizlar bu yerda nima qilayapsizlar? - jaxl bilan 
gapirdim.
Ular savolimga javob bermay ikkitasi meni o'z 
changaliga olishdi. Qolgan to'rttasi esa Karloga hujum 
qilishdi. 
- Hoy nima qilayapsilar? Tegmang menga qo'yib 
yuboringlar Karlo, Karlo.
Karloga tashlanayotgan sotqinlarga alam bilan 
qaradim. Miloga bir ko'z tashlashimning o'zi kifoya 
qildi. U yana ulkan mushukga aylanib sotqinlarga 
tashlandi. Meni nigohim qo'lida qandaydir ignaga 
o'xshash narsani ko'tarib olgan sotqinga tushib 
tanam titrab ketdi.


- Karlo ehtiyot bo'ling - uni ohohlantirishga 
ulgurmadim, o'sha qiz ignani Karloga sanchib oldi - 
YOOO'Q KARLO, YOOO'Q.
Uning birdan qorayib ketgan tanasiga qarab baqirib 
yubordim. Boshimga kelib tushgan zarbadan men 
ham yerga yiqildim. So'ngi ko'rgan manzaram 
Karloning mayus jilmayib turgan yuzi va ko'zidagi bir 
tomchi yosh bo'ldi...
- Nega hali ham uyg'onmayapti?
- Kuchli zo'riqish. Tez orada o'ziga kelib qoladi...
Xona bo'ylab eshitilayotgan ovozlardan sekin 
ko'zlarimni ochdim. Menga ort o'girilib turgan 
notanish erkak va yuzida havotir o'rnashib olgan 
onam o'zaro nimalarnidir suhbatlashib xonadan 
chiqib ketishdi. Boshimda turgan kuchli og'riqdan 
nimalar bo'layotganini anglolmayotgandim, lekin 
Miloning ovozini eshitib tezda hayollarimni bir joyga 
jamladim. O'rnimdan turib yonboshimda yotgan 
Miloga qaradim. Uning ham oldi o'ng panjasidan 
yelkasigacha oq mato o'rab qo'yishibdi. Uning 
g'amgin nigohiga duch kelib so'ngi voqealarni yodga 
olib pichirladim.
- Karlo... 
Nahotki endi u yo'q. Bizning osmon qadar sevgimiz 
shu yergachamidi? Menga bergan shuncha vadalari, 
birga qilgan koplab orzularimiz barchasi sarob 
bo'ldimi? Axir...axir u meni hech qachon tashlab 
ketmoqchi emasdiku. Meni yolg'iz qoldirmaslikga 
vada bergandi. Umrbod men bilan birga qolmoqchi 
edi. Birgalikda baxtli hayot kechirib shirindan-shakar 
bolalarning ota onasi bo'lmoqchi edik. Farzand...!


Yodimga tushgan narsadan qo'limni birdan 
qornimga olib bordim. Hammasi joyida kichkintoyga 
hech narsa qilmapti. Milo oyog'imga surkalgach 
etiborimni yana unga qaradim.
- To'g'ri aytasan... Bobom juda katta o'yin o'ynayapti... 
To'xta... - esimga tushgan narsadan ko'zlarim 
kattalashib ketdi - axir o'sha sotqinlar xonamni 
yig'ishtirib ketishgandi. Ular menga o'yin qilishgan, 
men ham ularning o'yiniga aldandim natijada birgina 
men emas ular ham vampirlarning ajali nima 
ekanligini bilishgan... Ular senga ham zarar yetkaza 
olishibdimi demak oddiy insonlar emas. Ularga 
Karloning ham qobilyati o'tmagan yo'qsa Karlo hech 
qachon ularga mag'lub bo'lmasdi... Yo hudoyim 
nimalar bo'layapti o'zi? Aslida Adamning ham o'limi 
aynan bobom tomonidan uyushtirilgan. Uning 
ayg'oqchilari esa bu mening yordamchilarim. Ikki 
mamlakatga ham men ularga yo'l ochib berayotgan 
"vositachi" bo'lib qolganman... Yo'q bunday 
o'tirishdan foyda yo'q hoziroq bobom bilan gaplashib 
olishim shart - ko'z yoshlarimni artimda, o'rnimdan 
turib hech kimga etibor bermasdan to'g'ri qirol 
xonasiga bostirib bordim. U taxtida hotirjam 
o'tirgancha nimalarnidir hayol qilardi. Meni xonaga 
kirganimni payqagach etiborsiz nigoh tashlab qo'ydi.
- Bobo...
- Eringni hisobini so'ragani kelgan bo'lsang tinchgina 
xonani tark etaver - uning bepisand gapirishidan 
yaxshigina asabiylashdim.
- Bu ishlardan sizga nima naf? Qirolliklarni birma bir 
egallab nimaga erishayapsiz?
- Senga hisob bermayman xonamdan daf bo'l.
- Axir muvozanatni buzayabsiz - baqirib yubordim


- Yo'qol xonadan - menikidan ancha yuqori vajohatli 
baqiriq keng xona bo'ylab qanchadir muddat aks 
sado berib turdi.
- Ont ichib aytamanki, men o'zim sizdan barcha 
qilmishlaringizni hisobini birma bir so'rab olaman - u 
bilan tinchgina gaplasha olmasligimni tushungan 
holda tahdid qilgancha zarda bilan xonadan chiqib 
ketdim.
Bobom bilan azaldan kelishmaymiz...yo'q to'g'rirog'i u 
menga hech qachon to'g'ri muomalada bo'lmagan. 
Shunga qaramay men uni hurmat qilgan holda 
barcha istaklarini bajarib kelganman. Hatto u 
istagani uchun ikki shaxzodaga turmushga ham 
chiqdim, lekin shunda ham men u uchun isnod, la'nat 
tekgan nabira bo'lib qolaverdim...qolaveraman.
Oradan ikki kun o'tib Macel mamlakatiga Juan ismli 
erkak Qirol etib tayinlandi. Bu ham "suyukli" 
bobojonimning qarori edi. Buni Juan shu ikki kun 
ichida bobomning yonidan ketolmay qolganidan 
sezish qiyin emasdi. Bobomning anniq maqsadini esa 
men bilmasdim. U bu ishlari bilan nimaga 
erishmoqchi? Dunyoni yakka qiroli bo'lmoqchimi, 
hamma narsani faqat u boshqarmoqchimi? Lekin bu 
imkonsiz! Mayli yetti insonlar mamlakatini boshqara 
oladi ham deylik, ammo qolgan uch yirtqich 
mamlakatni Donarelik oddiy inson qanday qilib 
boshqarishi mumkin. Oddiy inson bu ga'yriturlarni 
boshqarishi ular uchun isnodku. Shuncha kuch 
qudratga ega bo'lib bir insonga o'zlarini boshqartirib 
qo'yarmidi. Aslo! Ular bosh ko'tarsa ko'taradiki, lekin 
aslo inson tomonidan boshqarilishiga jim qarab 
turmaydi. Men tushunib turgan narsani nega bobom 
tushuna olmayapti. Axir u donishmand u bilmagan 
narsaning o'zi yo'q... Yoki bundan boshqa bir maqsadi 
bormikan...?


Karloning vafoti menga o'ta...o'ta yomon darajada 
tasir qilgandi. Xonamdan juda kam chiqadigan, 
Milodan boshqa hech kim bilan muloqot qilmaydigan 
qizga aylanib qolgandim. Bu o'zgarish kiyim javoni va 
xonamning jihozlariga ham bevosita tasir qilgandi. 
Kiyim javoni qora rangli liboslar bilan to'ldirildi, 
xonani katta derazasi qora pardalar bilan yopildi. 
Yotoq choyshablari to'q qizil ranga o'zgartirildi. Bir 
so'z bilan aytganda xonam ham, tashqi ko'rinishim 
ham qalbim kabi zulmatga aylangandi. Bu hayotda 
meni tutib turgan yagona narsa esa qornimda urib 
turgan yana bir yurak edi. Ha aynan shu go'dak meni 
yolg'onlarga, o'yinlarga, xiyonatlarga, chirkinliklarga 
boy dunyoda tutib turgandi...
Saroydan chiqishni istasam faqat binafsha gullarga 
to'la maydonga boraman. U yerdagi muhit meni 
ancha tinchlantiradi, hayollarimni ham jamlashga 
yordam beradi. Shu yerda birozginaga bo'lsada 
dunyoni unutardim... 
Shunday kunlarning birida men yana o'sha 
maydonchaga bordim. O'zim to'qigan she'rni 
qo'shiqga aylantirib hirgoya qilib o'tirganimda 
o'tlarning shitirlashidan sergaklandim.
-Ey dunyo bunchalar xo'rlama meni,
Sinovlaring og'ir kelmoqda menga.
Men ham bir ojiz bandaman axir,
Rahm ayla nozik "binafsha gulga"...
Yonimda o'tirgan Milo ham sergaklanib mushuklarga 
xos bo'lmagan holatda irrilladi. Ko'zim mendan 
ancha uzoqda mendan ko'z uzmay turgan qandaydir 
qop qora bo'yin qismiga oq chiziq tushgan hayvonga 
tushdi. U yana biroz muddat menga tikilib turib 


o'rmonga yugurgancha kirib ketdi. Men hali ham 
o'sha tomondan ko'z uzmay turgan Miloni yelkasidan 
silab tinchlantirishga urundim. 
- U shunchaki hayvon Milo o'zingni bo'sh qo'yaver, 
ketdi - Milo ham meni erkalashimdan darrov erib 
ketib yelkasini orqaga tashlagancha yotib oldi.
Yo'q bu oddiy hayvonga o'xshamayapti. Endi shu 
nomini ham bilmaydigan hayvon tufayli 
maydonchada ham hotirjam o'tira olmayabman. U 
negadir har keganimda meni uzoqdan kuzatib 
turardi. Bu hayvonda anniq bir gap bor. Milo nojo'ya 
harakat qilib qo'ymasligi uchun har doim uni 
tinchlatirishga urunib, o'zim o'sha hayvonga etibor 
bermaslikka urunardim. 
Nihoyat bugun erkin nafas olish imkoniyatiga 
egaman. Maydonchada men va Milodan boshqa biror 
jonzot yo'q. Yo'q menimcha adashgan ko'rinaman! 
Ortimdan eshitilgan shitirlash sabab sergaklandim. 
O'tirgan joyimda sekinlik bilan ortga og'irildim, bir 
juft etik kiygan oyoqlar, qora rang belbog'iga 
qistirilgan qilich, egnida jigarrang ovchilarnikiga 
o'xshash kiyim... Oppoq yuz, shu yuzni bezab turgan 
qalin qora qoshlar, qoshlarga monand tim qora 
ko'zlar, ko'zlarga ko'rk bag'ishlab turgan qalin 
qayrilma kipriklar va qizil lablar sohibiga duch 
keldim. Uning lablari beixtiyor menga Karloni eslatib 
yubordi.
- Miledi - notanish boshidagi qalpog'ini qo'liga olib 
hurmat bilan engashdi. Uning hushmuomalalik 
ufurib turgan jarangdor ovozidan hayollarimni yig'ib 
oldim. 
- Kimsiz? - unga javoban hurmat ko'rsatishni 
istamaganim uchun savol berib qo'ya qoldim.


- Ovchi.
- Bu yerda nima qilayapsiz?
- Ov - yigit jilmaygancha javob berib jingalak sifat 
uzun sochlarini yana qalpog'i ostiga oldi.
Ovchi o'rmonda nima qilardi axmoq?! Shunaqayam 
savol beramanmi, uning ko'ziga ham axmoqdek 
ko'rinayotgandirman. Ortiq u bilan gaplashishni 
istamay yana old tomonimga qarab joylashib o'tirib 
oldim. Hozirgi holat asabiylashadigan vaziyat 
bo'lmagan bo'lsada, lekin negadir jaxlim 
chiqayotgandi. Yonimda uzala tushib yotib olgan 
Miloni qo'limga olib yelkasidan silagancha o'zimni 
tinchlantirishga urundim. Balki homiladorlik 
sababdir, qornimda bola borligini bilganimdan beri 
o'ta tasirchan bo'lib qolganman.
- Ismingizni bilsam bo'ladimi? - notanish ham 
qarshimga o'tib yana jilmaygan ko'yi savol berdi.
- Afsuski yo'q.
- Jek meni ismim Jek.
Notanishga hafsalam pir bo'lgandek qaradim. 
"Sendan ismingni so'radimmi?" degim keldiyu lekin 
bu meni tarbiyamga to'g'ri kelmasdi.
- Binafsha - dedim bir ism qarz bo'lib qolmaslikni 
istab.
- Binafsha?!
- Mening ismim.
- Noodatiy... Lekin juda chiroyli ism ekan.
- Tashakkur.
- Kimligingizni bilsam bo'ladimi?


- Ha - jilmaydim - hoziroq yonimdan daf bo'lmasang 
sening ajaling bo'laman.
- Yo'g'ee - istehzoli kuldi - menimcha siz hozir 
asabiysiz.
- Tushunganingdan hursandman endi daf bo'l.
- Tilingiz yaxshigina zaxar ekan.
Uning meni suhbatga tortishidan hali beri ketish 
niyati yo'qligini tushungan holda o'zim o'rnimdan 
turdim.
- Odamiga qarab - deya yigitdan uzoqlashdim.
Ortimga qaramasamda o'sha notanish yigit meni 
kuzatib turganini sezib turardim.
Endi lanati hayvondan qutuldim deganimda 
boshimga ovchi kelib balo bo'ldi. Undan ko'ra o'sha 
hayvon bilan o'tirsam yaxshi edi. Har holda u meni 
jimgina zimdan kuzatardi, bu esa boshimda turvolib 
vaysagani vaysagan. Unga gapirgim kelmayotganini 
tushunib oldimdan daf bo'lsa bo'ladiku...
- Yetar - baqirib yubordim - meni tinch qo'yasanmi 
o'zi yo'qmi?
Boyadan beri mamlakatim haqida savol beraverib 
quloq miyyamni yeb qo'yding.
- Men shunchaki mamlakatingiz haqida ko'proq narsa 
bilmoqchi edim. Bu yerlik emasman degan gapim 
yodingizdami? - o'zini oqladi.
- Ana shaharga borsang odam to'la, o'shalarga 
dardingni dasturxon qilda, o'shalar orqali mamlakat 
haqida bilib ol - unga baqirgancha o'rnimdan turib 
ketib qoldim. Milo ham yonimda nimadirlar deb 
meni tinchlantirishga urunardi.


- Yo'q, Milo men to'g'ri ish qildim. U shunga loyiq edi.
Lekin so'ng unga aytgan gaplarimdan afsuslandim. U 
menga shunchaki savollar bergandi, undan hech 
qanday yomonlik ko'rganim yo'q. Qo'pol gapirsam 
ham u hushmuomalik bilan javob qaytarardi. Men 
bilan ko'proq suhbatlashishga urunardi. Axir oldin 
hech kim men bilan bunday suhbatlashishga 
urunmagan. Albatta Karlodan tashqari, Adam ham 
negadir mendan o'zini olib qochardi. Jek undagi 
barcha narsa samimiy...
- Kelmaysan deb o'ylagandim - yonimga so'zsiz 
joylashgan Jekga yuzlanib dedim
- Nega? Hafa bo'lgan deb o'yladingizmi? 
- Shunaqaroq.
- Xonim men qiz bola emasman sal narsaga arazlab 
ketadigan.
- Kecha seni ranjitib qo'ydim.
- Yo'q. Gaplaringiz menga zig'ircha ham tasir qilmadi.
- Unday bo'lsa yaxshi. Jek... Haligi balki meni sizlab 
gapirishni to'xtatarsan. Men seni senlaganimdan 
keyin...
- Xohishingiz... Xohishing.
- Aslida qayerliksan? - men ham u bilan samimiy 
suhbat qurishga urundim.
- Aytsam qo'rqib ketmaysanmi?
- Male?!
Uning gapidan birdan hayolimga kelgani shu bo'ldi.


- Odamlar rostan ham Maleliklardan juda 
qo'rqisharkan - dedi kulgancha.
- Haa, ular orasida mamlakating haqida hech qanday 
yaxshi tariflar yo'q - gapini tasdiqladim.
- Lekin bizlar huddi sizlardekmiz.
- Qora jodu, g'ayrioddiy maxluqotlar, bo'risifat 
odamlar bizdekmi?! 
Male mamlakati haqida eshitganlarimni eslab 
so'radim.
- Tog'ri ko'rinish, sehr joduda sizlardan farq qilamiz 
lekin yashash tarzimiz o'xshash bazi yirtqichlarni 
inobatga olmaganda.
- Sen qanday tursan, yoki qanday qobilyating bor.
- Bir ikki sehrgarlik qilishni bilaman.
- Qanday sehr.
- Qora.
- Qora kuchlardanmisan?
- Shunaqa desa ham bo'ladi.
- Bu yerlarda nima qilib yurganding o'zi?
- Biroz muddatga ta'tilga chiqgandim. Aql zakovatda 
tengsiz qirollikni ko'rish ilinjida keldim bu yerlarga. 
So'ng ko'nglim ovni tusab qolganda senga duch 
keldim. Qop qora kiyimdagi, hatto yuzini ham qoraga 
o'rab olgan jodugar kim ekanligiga qiziqdim.
- Jodugar degin - uning o'xshatishidan kulib 
yubordim.
- Ha... Shuncha kundan beri sen bilan tanishmiz, lekin 
haliyam nega qoraga burkanib olganingni 


tushunmayabman - qiziquvchan ko'zlarini menga 
qaratdi.
- Erim o'lgan - dedim ho'rsinib.
- Uzr, afsusdaman.
- Hechqisi yo'q.
- Lekin yuzingchi, hatto ko'zlaring ham 
ko'rinmayapti.
- Yuzimni ochib yurish menga taqiqlangan.
- Nega?... - javob berishimdan oldin o'zi gapini davom 
ettirdi - chiroylimisan? Yuzingni ko'rganlar aqlini 
yo'qotar darajada. Shunday yoqimli ovoz sohibi go'zal 
bo'lishi anniq...
- Shunaqa desa ham bo'ladi - dedim kulgancha oson 
qutulganimdan hursand bo'lib.
- Menga ham ko'rsatmaysanmi? Sevib qolmayman.
- Yo'q! Hatto erim ham yuzimni to'liq ko'rmagan - 
qat'iy rad etdim.
- Ering?! - tushunarsiz qaradi.
- Bizni turmishimiz manfaat ustiga bo'lgan.
- Lekin eringni sevgansan shekilli aza tutib yuribsan.
- U ham meni sevardi - Karlo yodimga tushib yig'lab 
yubordim - Men ketishim kerak. Bugungi samimiy 
suxbat uchun tashakkur - shunday deya u gapirishga 
ulgurmasidan ketib qoldim.
Saroyga kirib kelishim bilan meni onam kutib oldi.
- Qayerlarda yuribsan? 
- O'rmonda edim nimadir bo'ldimi?


Onamning havotir to'la nigohlariga qarab ko'nglim 
qandaydir nohushlikni sezdi.
- Bobong seni yoniga chorlayapti.
Bu habarni eshitib tepa sochim tikka bo'lishiga sal 
qoldi. Chunki bobom meni ikki marta turmushga 
berishlaridan oldin ham oyim ikkimizni o'rtamizdan 
huddi shunday suhbat bo'lardi.
- Ona ahir bolam bor - iltijoli ko'zlarimni onamga 
qaratdim.
- Bu safar boshqa masalada shekilli.
Onamning mujmal javobidan baribir ko'nglim 
tinchimadi. Tez tez qadamlar bilan bobomning 
yoniga bordim.
- Huzuringizga chorlabsiz.
- Eringni azasini tugat qo'lingni so'rab kelishibdi.
- Bobo... Sizni meni erga berishdan boshqa qiladigan 
ishingiz yo'qmi? Aaa...haaa axir men orqali 
mamlakatlarni bosib olayabsizku - tishlashib 
gapirdim - bu safar niyatingizga erisha olmaysiz. Erga 
tegmayman, qornimda bolam bor. 
- Ularni seni bolang bilan ishi yo'q ishonaver. Ular biz 
bilan shu orqali sulh tuzishmoqchi.
- Aslo! Meni hayotim sizlarga o'yinchoq emas.
- Soqchilar - bobom gaplarimga etibor bermay 
baqirdi - malikani xonasiga olib boring, xonasidan 
chiqmasin.
- NIMA?
Bobomga keyingi aytmoqchi bo'lgan gaplarim 
soqchilar qo'limdan sudrab olib chiqib ketgani sabab 
ichimda qolib ketdi.


- Jin ursin... Nafratlanaman - xonamga kirgach 
tashqaridan qulflangan eshikni urib baqirib 
yubordim - Hammangdan nafratlanaman.
Negadir ikki kundan beri qornim va belimda og'riq 
sezayotgandim. Lekin bugungi og'riq hammasidan 
o'tib tushdi. Xonaga kirib kelgan tabib meni obdon 
tekshirdi. Tekshirib bo'lgach uning mayuslik to'la 
nigohlariga umid bilan qaradim.
- Malikam, judayam afsusdaman...
- Nima bo'ldi? - sabrsizlandim
- Bola... Bola nobud bo'lipti.
- Nima? - hayratlangancha dedim - yo'q bunday 
bo'lishi mumkin emas, u soppa sog', u sog'lom. Unga 
hech narsa qilmagan. U...u sog'lom, tirik... Seni 
qanday hadding sig'di bolamni O'LDI DEYISHGA - 
jazavam qo'zib baqirib yubordim.
- Kechiring... malikam - tabib bosh silkishi bilan 
xonaga yana bir qancha tabib yordamchisi kirib 
keldi. Ular meni kuch bilan ushlab olishib bo'ynimga 
igna sanchib olishdi. Shu onda miyyamda karaxtlikni 
sezdim hech narsani anglolmay boshim gir 
aylanishni boshladi, ko'zlarim suzilib ketib 
yumulgach butunlay zulmatga quladim. Buyog'i 
nimalar bo'lgani esimda yo'q. Uyg'onganimda 
birinchi sezgan narsam qornim bo'sha qolgani bo'ldi. 
Ishonch hosil qilish uchun qo'llarimni qornimga 
qo'ymoqchi bo'ldim, lekin qo'llarim yotoqga bog'lab 
qo'yilgani uchun ularni qimirlata olmadim. 
Ko'zimdagi yoshlar ixtiyorimsiz oqishni boshladi.
- Milo - holsiz pichirladim - ular menga nima qilishdi? 
- ilojsizligimdan javobni annig'ini Milodan so'rashga 
qaror qildim.


- Yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas... - Milodan 
haqiqatlarni eshitib yana jazavam qo'ziy boshladi. 
Uning aytishicha men hushimni yo'qotgach 
farzandimni olib tashlashibdi. Bu qanday vaxshiylik, 
axir vaqti soati kelmasdan qanday qilib bir jonni ona 
qornidan sug'urib olish mumkin - YO'Q, BOLAM! 
BOLAM O'LGAN BO'LISHI MUMKIN EMAS. 
KARLONING YODGORI O'LISHI MUMKIN EMAS. MENI 
HAYOTDA USHLAB TURGAN BOLAM O'LGAN 
BO'LISHI MUMKIN EMAS. YO'Q.
G'azabim shu qadar qaynagandiki, qattiq bog'langan 
arqonlar ortiq meni tutib turishiga kuchi yetmadi. 
Kuchli jazavadan xonamni og'dar to'ntar qilib 
tashladim. Charchoqni his qilib yerga o'tirib 
qolganimda qo'llarimni qornimga olib bordim. Yo'q! 
Avvalgidek g'alati bo'lgan hisni hozir his 
qilmayabman. Uni vujudimda rostan yo'q ekanligini 
his qildim holos.
Necha kun joyimdan qimirlamay yotganimni ham 
bilmayman. Menga kunning ham tunning ham qizig'i 
qolmagandi. Kun sar-hisobidan ham adashib 
ketgandim. Meni tirik ushlab turgan yagona 
umidchamni ham mendan tortib olishdi. Endi 
buyog'iga qanday yashayman. Karlo kechiring 
farzandimizni asrab qola olmadim, sizdan qolgan 
yagona yodgorni ham yo'qotdim. Meni kechiring, 
kechiring... Nega meni ham o'shanda o'zingiz bilan 
qo'shib olib ketmagandingiz... Charchadim rosti 
hamma narsadan charchadim...
Sekin o'rnimdan turib xonadan chiqdim. Qiziq 
eshik nega ochiq? Bobom qaroridan qaytdimikan? 
Endi menga buni nima farqi bor. Hech narsani 
o'ylamaslikka harakat qilib saroydan chiqib ketdim. 
Endi o'sha maydonchaga yetib kelganimda Milo 
yonimga kelib qoldi.


- Salom Milo... Seni ham juda qiynab yubordim 
shekilli - uni qo'limga ko'tarib olib erkalashni 
boshladim.
Gulzorga kirib borishim bilan maydon o'rtasida 
o'tirib olgan tanish kimsani ko'rib sekin pichirladim.
- Jek.
Uning hali ham shu yerda ekanligi etiborimni tortdi. 
U ham meni eshitgandek tezda ortiga o'girildi. Meni 
ko'rishi bilan tezlikda yonimda paydo bo'ldi.
- Binafsha... - u yelkalarimdan tutib u yoq bu yog'imga 
qaradi - yaxshimisan?! Nega buncha yo'q bo'lib 
ketding? Sendan qanchalar havotir olganimni bilsang 
edi...
- Havotir?! - pichirladim. 
Hozirgina kimdir hech qanday manfaatsiz, hech 
qanday bog'lanishsiz mendan havotir olishini 
aytdimi? U bilan hattoki shunchaki do'st ham 
emasmiz. Atiga bir kungina u bilan samimiy suhbat 
qurganman. Shunda ham u mendan havotir 
olayaptimi?! Negadir uning ko'zlaridagi havotir ayni 
damda menga hush yoqayotgandi.
- Yaxshiman.
- Nima bo'ldi o'zi? Nega ikki hafta yo'q bo'lib ketding?
- Jek...
Uning mehribonlarcha gapirishidan ko'nglim bo'shab 
ketdi. Ayni damda unga ichimdagi dardlarni to'kib 
sochgim keldi. Shunday qildim ham.
- Jek... Ular...ular mendan farzandimni tortib olishdi - 
yig'lab yubordim - ular meni dunyoyimni yo'q 
qilishdi. U sog'lom edi buni his qilib turgandim. 
Farzandim soppa-sog' edi, lekin ular bolani nobud 


bo'lishdi deya mendan tortib olishdi. Axir u hali tirik 
edi, uu...u... - Jek meni birdan bag'riga bosib olgani 
uchun gapira olmay qoldim. U yelkamga bir qo'li 
bilan ohista urib meni tinchlantirishga, yupatishga 
urunardi.
- Hali hammasi yaxshi bo'ladi.
- Bolam hali o'lmagandi... - uni bag'rida turgancha 
yana uvvos solib yig'lashda davom etdim.
Bir necha daqiqa shu holatda turgach u astalik bilan 
meni bag'ridan bo'shatdi. Niqob ostidagi ko'zlarimga 
qarashga urundi, buni uddalay olmadi shekilli meni 
qayta bag'riga tortdi. Menga ayni damda suyana 
oladigan inson kerakligi uchun uning hatti 
harakatlariga qarshilik bildirmadim, aksincha uning 
mendan havotir olishi, mehribonchiligi menga hush 
yoqayotgandi. Uning bag'rida qandaydir o'zimni 
yengil his qilayotgandim. Qancha payt shu holatda 
turdik bilmadimu, ikkimiz ham Miloning ovozidan 
sergaklandik. Jek meni bag'ridan bo'shatib qo'limdan 
qattiq siqib qo'ydi. Xuddi "har doim sening 
yoningdaman" degandek. Men ketish vaqtim 
bo'lganligini sezib undan uzoqlashdim.
- Rahmat senga Jek, menga dalda bo'lganing uchun.
- Mening o'rnimda boshqasi bo'lganda ham huddi shu 
ishni qilardi...
- Ishonaver hech kim seni o'rningda 
bo'lmasdi...bo'lolmaydi ham. Agar sen 
bo'lmaganingda hozir yolg'iz o'zim shu maydonchada 
dardimni kimga aytishni bilmay alamdan yig'lab 
o'tirgan bo'lardim - unga mayus jilmayib ketishga 
taraddudlandim.
- Ertaga ham kelasanmi?
- Bilmadim...


- Kutaman.
- Bu kelasan deganingmi?
- Shunaqaroq.
- Yaxshi.
- O'zingni ehtiyot qil Binafsha.
- Sen ham.
Ikki hafta deganda endi ko'chaga chiqganim uchun 
saroyni ham aylanib chiqishni istadim. Avval pastki 
yo'laklardan yurdim, hamma yoq jim-jit, bazida bu 
jimlik insonning ko'ngliga qo'rquv ham soladi. So'ng 
yuqori qismlarni ko'zdan kechirdim. Endi zinalardan 
yana yuqoriga ko'tarilayotganimdan qarshimdan 
otam chiqib qoldi.
- Viola... Seni qidirib yurgandim.
- Eshitaman ota.
- Tayyorlanib tur tez orada saroyga bobong aytgan, 
seni qo'lingni so'rab kelishgan qirollik keladi...
Qanchalar razillik! Ota degani ham shunaqa 
bo'ladimi. Axir men farzandimdan ayrildim u esa 
nabirasidan. Shunday holatda ham qandaydir 
manfaat ustiga qurilishi kutilayotgan shartli to'yni 
o'ylayabdimi? Insonlar nega bunchalar xudbin, nahot 
ularga o'zidan boshqa hech kimning qizig'i bo'lmasa...
- Ho'p ota - unga ortiqcha gapirmaslikka urunib 
yo'limda davom etdim. Bobomning xonasi yonidan 
o'tayotganimda ichkaridan eshitilayotgan ovozlar 
etiborimni tortdi. Sababi ular aynan men haqimda 
gaplashishayotgandi.
- Qirolim, hamma ish silliq kechayapti. Malika Viola 
hozircha hech narsadan habar topgani yo'q. Male 


mamlakatini ham qo'lga kiritsangiz dunyo oyog'ingiz 
ostida bo'ladi...
- Zahar rostan ham Violaga ta'sir ko'rsatmasmidi? - 
bobom kimdandir havotir bilan so'radi.
- Yo'q qirolim, malika tushkunlikka tushib qolgani 
uchun joyidan qimirlamayapti. Zaxar faqatgina 
bolaga tasir qiladi...
- NIMA? - vajoxat bilan baqirgancha xonaga bostirib 
kirdim. 
Xonada sakkizta soqchilarga hos bo'lgan kiyimdagi 
insonlar turardi. Ularning oltitasini tanidim. Ular 
men turmushga chiqganimda mening 
yordamchilarim sifatida men bilan birga yurishardi. 
Aynan ular Karloni o'ldirishgandi. Va aynan ular 
hozirgina farzandim haqida gapirishdi.
- QANAQA ZAHAR? - yana baqirdim.
- Malikam tinchlaning - yonimga xonadagi men 
tanimagan yigit yaqinlashdi.
Unga g'azab bilan qarab bobomga yuzlandim, lekin 
taraqlagan ovozdan yana o'sha tarafga qaradim. 
Boyagi yigit ko'zlari ochiq holda yerda yotardi. Unga 
etibor bermaslikka urunib boshimni yana bobom 
tarafga burdim.
- JAVOB BERING! BOLAMNI SIZ O'LDIRDINGIZMI? 
QABIQ REJANGIZNI AMALGA OSHIRISH UCHUN UNI 
YO'Q QILDINGIZMI? 
Har baqirganimda ovozim avvalgisidanda balandroq 
chiqardi. Bobom esa qo'llari bilan boshini 
changallagancha yerga o'tirib qoldi. Shu payt 
xonadagi kimsalar menga tashlanishdi. Buni qanday 
qildim bilmadim-u, qo'limda o'z-o'zidan paydo 
bo'lgan olov ularga borib tegdi. Derazalardan kirib 
kelgan sovuq shamol huddi meni atrofimda 


aylanayotgandek harakat qilardi. Yuzimga urulgan 
shamol tufayli yuzimdagi niqob ham yechilib ketdi. 
Yana o'rnidan turayotgan soqchilarni bu safar 
ko'rinmas kuch devorga tirab qo'ydi...
- Seni kimligingni unutibman - bobom o'ziga kelib 
qolgach binafsha ko'zlarimga tik qarab nafrat bilan 
shivirladi - seni ming tarbiya qilishsa ham, baribir 
tavqi lanatligingcha qolib ketaverasan.
- O'zingizni foydangiz uchun qilingan tarbiyani 
aytayapsizmi? - so'ngi gaplaridan g'azablanib 
tishlarim orasida gapirdim.
- Tug'ilganingdayoq seni yo'q qilishim kerak edi.
- Afsus nadomatdan endi foyda yo'q.
- Sendan hazar qilaman... Sen men uchun har doim 
isnod bo'lib kelgansan.
- Endi shu isnod sizning ajalingiz bo'layapti.
Qo'llarimni ko'tarishim bilan ko'rinmas kuch 
bobomning bo'ynidan bug'gancha devorga tirab 
qo'ydi.
- Se.n qan.cha yax.shi bo'lishga urunma bari.bir 
yovuz.liging.cha qo.lib keta.verasan.
- Aslida men emas siz yovuzsiz, hali dunyo yuzini 
ko'rmagan begunoh farzandni o'ldirgan siz yovuzsiz. 
Meni nuridiydamni tortib olgan siz razilsiz, o'z 
maqsadi yo'lida hech kimni ayamaydigan siz 
xudbinsiz.
- Se.ni hech qa.chon na.biram o'rni.da 
ko'rmagan.man... O'sha haro.mi bo.langni 
o'ldir.ganimda qancha.lar huzurlan.ganimni bilsang 
edi... Se.ni ham o'ldi.ra olga.nimda bun.dan.da...


- Bolamga til tekkazmang - nafrat bilan o'shqirib 
yubordim.
- Sen.dan nafrat.lanam.an... 
Bobomning og'zi va qulog'idagi qonga endi etbor 
beribman. Uning hech qanday harakat qilmay 
qo'yganidan so'ngina hayollarimni yig'ib oldim. Lekin 
ko'zlarida qotib turgan nafratga bir on qarab 
tirikligiga umid qildim, afsus unda tiriklikning hech 
qanday ko'rsatkichlari yo'q edi.
- Yo'q, yo'q men buni istamagandim, bunday 
bo'lishini hoxlamadim... O'zingiz sabachisiz... Siz 
meni farzandimni o'ldirdingiz, siz bu dunyodagi 
yagona menga beminnat mehr bera oladigan Karloni 
o'ldirdingiz... Barchasiga o'zingiz sababchisiz...
Yerga o'tirib qolib boshimni changallagancha 
telbalardek gapira boshladim. Miloning oyog'imga 
surkalishidan hayollarimni yig'ib olib, xonaga razm 
soldim. Soqchilarning ham yerda jonsiz yotishini 
ko'rib qo'rquvdan qaltirab ketdim.
- Men hozirgina odam o'ldirdim... Men...men bobomni 
o'ldirdim... Men qotilman... Milo men bobomni 
o'ldirdim... Xohlamagandim... Men buni 
istamagandim...
Milo meni tinchlantirishga urundi, buni qandaydir 
manoda ham epladi. Men bu vaxshiyligimni ortiq 
ko'rishni istamaganim uchun xonadan chiqib ketdim. 
Yugurgancha xonamga borib qulflanib oldim. 
Hozirgina bo'lgan ishlarni tahlil qilishga urundim. 
Mendagi g'ayrioddiy holat meni yetarlicha hayratga 
ham qo'rquvga ham sola olgandi. Bunday holatga 
avval ham tushganman, lekin avval bu narsa kimdir 
orqali meni himoya qilish uchun sodir bo'lardi. 
Bugun esa g'azabga berilib shu g'ayrioddiylikni men 


boshqa insonlarga nisbatan qo'lladim. Xonam eshigi 
taqillashi bilan sergaklandim.
- Viola bu men onangman.
Eshik ortidan oyimning ovozini eshitib tezda ko'z 
yoshlarimni artdim. Kiyimlarimni to'g'irlab eshikni 
ochdim. Onamning ko'zlaridagi iztirobni ko'rib tanam 
bir muddat muzlagandek bo'ldi.
- Viola... Bobong jon taslim qilibdi.
- N.nnima? - o'zimni bilmagandek tutishga harakat 
qildim.
- Xonasidan jonsiz tanasi topildi.
- K.kkim b.buni kim qilibdi?
- Menimcha ajali yetib o'lgan, hech qanday suiqasd 
belgilari topilmadi.
- Nahotki?! - hayratlandim.
- Ha... Tayyorlan uni so'ngi manzilga jo'natishimiz 
kerak.
Onamning gaplaridan hayratlangancha yotoqga 
o'tirib qoldim. Qotillikning alomatlari yo'q... Lekin 
qanday?! Tezda o'rnimdan turib boyagina 
vaxshiylikning eng oliy darajasini qilgan xonaga 
bordim. Xonada rostan ham hech kim yo'q, hatto 
sakkizta soqchining murdalari u yoqda tursin, boyagi 
tartibsizlikdan ham darak yo'q edi xonada. Bu 
qanaqasi?! Kim bu yerlarni tozaladi, axir men o'z 
qo'llarim bilan aynan shu xonada qotillik qildimku. 
Bu qanday jumboq bo'ldi. Hayolimga kelgan 
narsadan hayratlangancha pichirladim "Milo". Uni 
tezroq topishim kerak, bu yerda faqat Milo qolgandi 
demak u hamma narsani biladi. 


- Milo - xonamga kirgach yotoqga yastanib yotib 
olgan mushukga qaradim - buni sen qildingmi? 
Menga yolg'on gapirishga urunma... Sen xonada 
qolganding.
U hech narsa bo'lmagandek o'rnidan turib yonimga 
kelib oyog'imga surkala boshladi. Uning yashil 
ko'zlariga qarab bir on miyyamda karaxtlikni sezdim, 
so'ng tumandek tarqab ketgan Miloni. Boshim 
aylanishdan to'xtagach sekin yotoqga o'tirdim. Yerda 
turgan bir juft oyoqlarni ko'rib qo'rquvdan baqirib 
yuborishimga sal qoldi. Sekin boshimni ko'tarib 
oyoqlar sohibiga qaradim. Qordek oppoq tanga 
yarashgan qop qora juldur kiyim kiyib olgan yigit 
qarshimda turardi. Uning ilonnikiga o'xshash yashil 
sifat ko'zlari menda yaxshigina vahima uyg'ota oldi.
- K.kimsan?
- Jonajon mushugingni tanimay qoldingmi bekam!
- Nima? - baqirib yubordim - sen Milo?!
- Huddi shunday bekam... Nihoyat men ham 
erkinlikka chiqdim - u bemalol gapirib yotoqga o'zini 
tashladi.
- Qanday?!
- Buni tushuntirib berish qiyin... Ho'p urunib 
ko'raman - yana o'rnidan turib yotoqga men tengi 
o'tirib oldi.
- Xullas men sening himoyachingman. Sen 
tug'ilganingdayoq meni zimmamga seni himoya 
qilish yuklangan... Ikkimiz ham aslida tabiat 
farzandlarimiz... Yaxshiroq tushuntiradigan bo'lsam 
sen tabiat malikasi, men malika qo'riqchisi... Shuncha 
payt mushuk qiyofasida yurganimning sababi esa 
senga bog'liq edi, ya'ni sen o'z kuchingni boshqara 
olganingdan so'ng men ham o'zimni boshqara 


oladigan bo'lib odam qiyofasiga kira oldim... Bu esa 
uzviy bir birimizga bog'liq ekanligimizni bildiradi. 
Gaplarimni tushundingmi? - u meni ko'zlarimga 
qarashga harakat qildi - uff lanati shu niqobing juda 
jonimga tegdi - deya bir urunishda niqobni yechib 
tashladi.
- Bu nima qilganing?! - asabiy baqirib yubordim.
- Seni uchratganimdam beri orzu qilib kelgan ishimni 
qildim - u beparvolarcha yana yotoqga cho'zilib oldi.
- Mushuk qiyofang yoqimliroq edi - unga yov qarash 
qilib yerda yotgan niqobni qo'limga oldim - odamsifat 
qiyofanga ko'zlaring ham yarashmagan - uning 
ilonsifat ko'ziga yoqimsiz narsani yegandek qarab 
qo'ydim. 
U o'rnidan turib ko'zguga qaradi.
- Ha, ko'zlarmi? Bu muammo emas... Ana bo'ldi har 
doimgidek ko'rkamman - u nimadir deb pichirlagach 
ko'zlari oddiy odamlarnikidek to'q jigarrang tusga 
kirdi.
Uning o'zini maqtab ko'zguga mahliyo bo'lishiga 
ensamni qotirib qo'ydim. So'ng hayolimga kelgan 
fikrdan birdan sergaklandim.
- Sen ko'zingni rangini o'zgartira oldingmi?
- Ha.
- Men...
- Yo'q - hali gapimni ohirigacha eshitmasdan inkor 
etdi - Seni ko'zlaringni rangini o'zgartirishga meni 
kuchim yetmaydi.
Uning bu gapidan hafsalam pir bo'ldi. Hozirgina 
uchqunlagan umid yonib ulgurmay so'ndi. Bobom 
yodimga tushib uni zimdan kuzatdim.


- Nima? - meni qarashlarim yoqmay dedi.
- Bo'lgan voqealarni sen yashirdingmi, yani 
bobomning o'limi... - kolovlanib qoldim.
- O'sha qari tullakni bobo deyishni to'xtatarsan balki - 
asabiy gapirdi - uni senga bobolik qilganini hech 
eslay olmayabman.
- Unda nima dey. Bobomni bobo deymanda.
- Qirol, chol yoki mendek qari tullak de. Lekin 
o'zingdan siponi yasab olib Bobo deyishni bas qil.
- Siponi yasab olib?! - bu safar men unga asabiy 
qaradim - men qanday bo'lsam shundayman, hech 
qachon buqalamon yoki senga o'xshab 
o'zgarmayman tushundingmi? - qo'llarimni bigiz 
qilgancha o'shqirdim.
- Buqalamon deganingni tushundim kuya, lekin bu 
gapga meni qo'shganing nimasi? Mushukdan odamga 
aylanganimga shama qilayotgan bo'lsang men 
shunday turman...
- Senga o'xhshab muloyim mushukdan, bezbetga 
aylanmayotganimga shama qilayabman.
- Bilsang agar meni muomalam o'zgarmagan.
- Yo'g'ee, mushuklik payting beozorgina menga jon 
kuydiradigan yoqimtoy jonzot eding, hozir esa 
manashu qiyofangdan ham bezbetlik ufurib turibdi.
- Birinchidan sen ham mushuklik paytim menga 
muloyim gapirarding, hozir esa zaxarli ilonni o'zisan. 
Qo'yib bersa meni yamlamay yutasan.
- O'zingni bil buqalamon, har xolda senga o'xshab 
surbetlik qilmayabma...
- Bo'ldiyee mavzudan chalg'ib ketdik.


- O'zing boshlading.
- Ho'p bir qoshiq qonimdan keching malikam, shu 
suyaksiz tilim gapirib qo'yib ming pushaymon bo'ldi - 
kesatdi.
- Kesatma.
- Kesatmadim.
- Uff chakagingni yop yoqmayapti.
- Seni ham ovozing jaaa yoqimli emas.
- Jonga tegding...
- Men hali senga tegmadim.
- Uff... - o'zimni bosishga harakat qildim - iltimos shu 
jag'ingni savob ishga yo'naltirda menga qotillikni 
qanday yashirganingni aytib ber.
- Sehr orqali - u ham gaplarimni tushundimi yoki 
men bilan gap talashgisi kelmadimi ortiqcha gap 
qilmay javob berdi.
- Sehr qilishni ham bilasanmi?
- Ha Qora kuchdan.
- Malelikmisan?
- Hmm.
- Zorku.
- Ha... Aytgancha - u nimanidir yodga olgandek menga 
sinchiklab qaradi - sezdingmi sendagi tushkunlik 
yo'qoldi... Bu degani, olamimizga hush kelibsan 
Binafsha.
- Ya'ni?!
- Seni bashoratdagidek yovuz bo'lishinga 
ishonmaymanu, lekin Qora jodudan ham kuchliroq 


bo'lishinga ishonchim komil...
Xonaga kirib kelgan xizmatchi sabab u bilan 
suxbatiniz shu yerda tugadi. U yana yoqimtoy 
mushuk qiyofasiga kirib olgancha yumshoq 
yotoqdagi joyini egalladi. Uni og'zini keng ochib 
ko'zlarini yumganini ko'rib unga Milo emas "yalqov" 
nomi mosroq ekanligini angladim. Uning odam 
qiyofasidagi gaplari, fikrlashlari unga bo'lgan 
qarashlarimni keskin o'zgartirib yuborgandi.
Xizmatchi qiz bobomni...chol...yo'q nima bo'lganda 
ham u meni bobom... Bobomni so'ngi manzilga 
yuborish uchun hamma narsa tayyorligini aytib 
chiqib ketdi. Men yana qoraga burkanib olib marosim 
o'takazilayotgan xonaga bordim. 
Oradan to'rt kun o'tib otam Donare mamlakatiga 
qirol etib tayinlandi. Yana ikki hafta o'tib esa otam 
meni o'sha bobom aytgan shaxzodaga berishini aytdi. 
Shu onda yana nafratim qo'zidi. Men o'zimni 
yomg'irdan qutulib, do'lga tutilgandek his qildim. 
Qari bobomdan qutulib, yosh, aql zakovatda tengsiz 
bo'lgan otamga tutilgandim. Bobomdan farqli o'laroq 
otamni yaxshigina hurmat qilganim uchun tishimni 
tishimga bosib turdim. Hali o'sha shaxzodaning o'zi 
menga uylanishdan bosh tortadi...
Bugun o'sha shaxzoda kelib shaxsan o'zi qo'limni 
so'rar emish. Onam qo'yarda qo'ymay meni qora 
matolardan halos etib hashamdor binafsharang 
libosni kiydirib kechki ovqat davrasiga olib bordi. 
Shahzoda kimligiga qiziqmaganim bois hech kimga 
etibor bermay jimgina joyimni egalladim. Milo 
oyog'imga surkalib g'ingshiyvergach unga "nime 
deysan?" degandek nihoh tashladim. Uning ishorasini 
ko'rgach boshimni sekin ko'tarib "erim" bo'lmasligi 
kutilayotgan bo'lajak turmush o'rtog'imga qaradim...


- Sen?! - baqirgancha birdan o'rnimdan turib 
ketganimga davradagilar menga hayratomuz nigoh 
tashladi. Men ularga etibor bermay qarshimdagi 
Jekga izoh talab qilayotgandek tikilib turaverdim. 
Uning mamnun qiyofasi meni yaxshigina 
asabiylashtirayotgan edi.
- Malika bilan holi gaplashib olsak.
U otamga ma'noli nigoh tashlagach. Otam tomoq qirib 
qo'yib xizmatchiga ishora qildi. Biz xizmatchining 
orqasidan ergashib shu qavatdagi xonalardan biriga 
kirdik.
- Shaxzodaning oddiy ovchiga ishi tushib qolgani 
meni qiziqtirayapti - dedim tishlarim g'ichirlab.
- Male shaxzodasi Vernon, tanishganimdan 
hursandman malika Viola - u gapimga etibor bermay 
iltifot bilan qo'limdan o'pib qo'ydi.
- Hatto ism ham soxta - battar asabiylashdim.
- Buni menga o'zini Binafsha deb tanishtirgan qiz 
aytayaptimi?
- Har holda senga o'xshab o'zimni xizmatkorman deb 
tanishtirmaganman... Balki nimalar bo'layotganini 
tushuntirib berarsan.
- Bu yerda tushuntiradigan narsaning o'zi yo'q. Sen 
rozi bo'lsang...yo'q rozi bo'lmasang ham to'y bo'ladi.
- Nega mendan aslida kimligingni yashirding? - uning 
gaplariga etibor bermay hozirda meni eng 
qizoqtirayotgan narsani so'radim.
- Shunchaki seni yaqindan tanimoqchi edim.
- Ho'sh bu bilan nimaga erishding? 
Ohirgi kun uning yonida ojizlarcha yig'laganim 
esimga tushib asabiylashdim


- Ko'p narsaga... Masalan, sen haqingda ko'p narsani 
bildim, menga munosib rafiqa bo'la olishingni bildim 
- uning yuzida paydo bo'lgan jilmayishdan tepa 
sochim tikka bo'layozdi.
- Rafiqa?! Hali kim senga roziligimni berdi... Ikki 
qulog'ing bilan ham eshitib ol men hech qachon 
senga rafiqa bo'l-may-man.
- Umuman olganda menga seni roziliging kerak ham 
emas.
- Sen qanday pastkash insonsan?
- Menimcha yetarlicha gaplashib oldik...ruxsatingiz 
bilan - u shunday degancha xonadan chiqib ketdi. 
Men esa uning sovuq basharasini yana ko'rmaslik 
uchun davraga qaytib bormadim.
Onam yonimga kelib har rozilik so'raganida rad 
etaverdim. Ular axir bobom emas bu safar mening 
ham rayimga qarashayapti deb o'ylab yurganimda, 
otamning qarori hayollarimni chipakka chiqardi. 
Ular yana meni roziligimsiz vaxshiylar to'dasiga 
topshirib yuborishdi. Men yana hech narsa qila 
olmadim, yoki qarshilik qilishni istamadim. Chunki 
o'sha bashoratdagidek yovuzga aylanishdan 
qo'rqardim. Bobom bilan bo'lgan voqeadan so'ng iloji 
boricha hissiyotlarimni boshqarib jaxlga 
berilmaslikka harakat qilardim.
- Otang menga yuzingda chandig'ing bor degandi - 
Male mamlakatida ilk kechani o'tkazar ekanman 
shaxzoda Vernon so'radi.
- To'g'ri aytibdi - dedim hafsalasiz.


- Macelda ko'r, Maleda chandiqmi? - menga shubha 
bilan qaradi.
- Men haqimda yaxshigina surushtirgan ko'rinasan.
- Nega niqob taqib yurasan?
- Bu haqidagi haqiqatni "Jek"ga aytgandim - kesatdim.
- Chiroy?!
- Hm.
- Mayli yolg'oninga ishondim deb hisobla - u shunday 
deb menga yaqinlashdi.
- Hoy, yaqinlashma menga - o'rnimdan turib ketdim.
- Nega? Sabab?
-...
- Lekin senga yaqinlashishimga menda arzigulik 
sabab bor - jilmaydi.
- Agar sulh tufayli bog'langan rishtalarga shama 
qilayotgan bo'lsang bu hech narsani o'zgartirmaydi...
- Nega endi o'zgartiradi sen meni haqqoniy xotinim 
bo'lsan.
- Voy surbet - qo'limga ilingan narsani unga qarata 
otib yubordim.
U joyida birdan g'oyib bo'lib ortimda paydo bo'lib 
qoldi. Men qo'rquvdan baqirib yuborishimga sal 
qoldi. U bir harakat bilan meni yotoqga uloqtirib 
yubordi.
- Menga kuch bilan erishmoqchi bo'layabsanmi? - 
alam bilan baqirdim.
Yana ustimda birdan paydo bo'lgan Vernonni ko'rib 
baqirib yubordim.


- Rafiqalik qilishni eplolmaysanmi?
Uning bu gapidan yaxshigina asabiylashdim, lekin 
ko'zi va labida o'ynab turgan ayyarona tabassum 
ichimda vahima uyg'otishga yetib ortdi. Unga qancha 
qarshilik qilsam ham foydasiz, uning baquvvat 
qo'llaridan chiqa olmayotgandim. Kuchimdan 
foydalanay desam u meni aslida kimligimdan habar 
topadi. Havf xatarga to'la mamlakatda o'z 
havfsizligimni o'ylashim shart. Xona eshigining 
taqillashi menga umid bergandek "Kiring" deya 
baqirib yubordim. Ostonadan hatlab kirgan 
xizmatchi bizni ahvolimizni ko'rib dovdirab qoldi. 
Men paytdan foydalanib haliyam ustimda turgan 
Vernonni itarib tashlab yelka qismi yirtilishga 
ulgurgan ko'ylagimni to'g'irlab qo'ydim.
- Bezovta qilishinga arzirli sababing bor degan 
umiddaman - Vernon menga yov qarash qilib 
xizmatchiga tishlari orasida gapirdi.
- Shaxzoda Davila xonim... - xizmatchi yerdan ko'z 
uzmay gapirdi. Shaxzoda Vernonga esa shu uch 
so'zning o'zi yetarli bo'lib xonadan otilib chiqib ketdi.
- Davila xonim - xizmatchiga manoli ko'z tashladim - 
Kim u?
- Xonim u haligi... - xizmatchi kolovlanib qoldi.
- Chaynalma.
- Shaxzodaning suyuklisi - qo'rqibgina javob berdi.
- Kanizak de.
- Kanizakdan ham ustun turadi.
- Meni ularni yoniga olib bor.
- Xonim balki kerakmasdir.
- Yo'q kerak - qaysarlik qildim.


Xizmatchi ham meni fikrimdan qaytara olmasligini 
tushunib yo'l ko'rsatdi.
- Shu yerda.
Qandaydir naqshinkor eshikka ishora qildi. Baxtimga 
eshik ham qiya ochiq qolibdi. Sekin tirqishdan 
qaradim Vernon kimnidir bag'riga bosib 
yupatayotgandek harakatlar qilardi. Uning keng 
gavdasidan qizni yuzini ko'ra olmadim, lekin 
yelkalari silkinayotganidan yig'layotgani sezilib 
turardi. Ayni damda negadir qizg'onishni his qildim. 
Yo'q bu rashk emasdi, bu huddi o'ziniki bo'lgan 
narsani boshqaga bermaslikni istashga o'xshardi. 
Men "Jek"ni o'zim bilmagan holda o'zimga yaqin 
olgandim. Hozir u men yig'lganda meni yupatgandek 
o'zgasini yupatib turishi yoqmayotgan edi...
- Xonim balki xonangizga qaytarsiz.
Xizmatchining ovozidan hayollarimni yig'ib oldim. 
Uning ishorasi bilan ortidan ergashdim. Menga bu 
yerlarni va bu yerdagi odamlarni besh qo'ldek 
biladigan yordamchi kerak. Vernon Karlo emas o'zi 
butun mamlakatini tanishtirib chiqadigan. Demak 
boshqa kimnidir topishim kerak...
- Isming nima? - oldinda ketayotgan xizmatchidan 
so'radim.
- Laura.
- Laura menga yordamchi bo'lishni istaysanmi?
- Xonim men Davila xonimga biriktirilgan 
xizmatchiman.
- Istaysanmi yo'qmi?
- Haligi...
- Rostini ayt.


- To'g'risi xonimning erkaliklarini ortiq ko'tara 
olmaymanmi deb qo'rqayotgandim.
- Tushunarli. Unda ertadan faqat menga xizmat 
ko'rsatasan - endi og'iz juftlagan Laurani to'xtatdim - 
Shaxzoda bilan o'zim gaplashaman.
- Ho'p bo'ladi xonim.
Xonamga kirgach charchoqdan yotoqga cho'zilib 
yotib oldim. 
- Sen meni unutib qo'ydingmi? 
Endi ko'zlarim ilinganda Miloning ginali ovozi 
eshitildi.
- Chakagingni yum, juda charchaganman - 
ko'zlarimni ochmasdan g'udurlab javob berdim. 
Xonada qadam tovushlarini eshitib uni odam 
qiyofasiga kirganini sezdim.
- Men ham charchaganman.
U kelib yonimga yotib oldi.
- Hoy nima qilayapsan? - o'shqirib o'rnimdan turib 
ketdim.
- Uxlamoqchiman?
- Bu meni yotog'im.
- Avval senini meniki qilmasding - ginali qaradi.
- Sen avval yoqimtoy mushukcha eding... Yigit kishi 
bilan yani sen bilan bir yotoqda yotmayman.
- Shunaqa degin, mayli - shunday degancha u yana 
mushuk qiyofasiga kirib oldi. Yashil ko'zlarini menga 
pir piratib qarab beozorgina miyovlab qo'ydi. Uning 
bu qilig'idan ensamni qotirib undan uzoqroqga 
yotdim. Lekin Milo menga yaqinlashib qornimga 
suyangancha yotib oldi. Indamadim har holda necha 


yillik do'stim, oldinlari men uni quchgancha 
uhlardim. Lekin hozir uning odam qiyofasiga kirishi,
uni ustiga yigit kishi bo'lgani uchun noqulaylik 
sezayotgandim.
Ertalab niqobim ostida ochiq turgan yuzimga 
tekgan taftdan ko'zlarimni ochdim. Qarshimda bir 
juft tim qora ko'zlarga duch kelib bir zum tikilib 
qoldim. Issiq taft esa sekinlik bilan lablarimni silay 
boshladi. Tezda yuzimni burib oldim.
- Ertalabdan yo'qlab qolishingni sababini bilsak 
bo'ladimi? - o'rnimdan turib kiyim javonidan 
ko'nglimga yoqgan ko'ylakni olish barobarida 
so'radim.
- Yangi oilang bilan tanishtirmoqchiman.
- Yangi oilam?!
Kiyinish uchun xona burchagiga o'rnatilgan parda 
ortiga o'tib baqirdim.
- Ha.
- Seni ota-onang yo'q deb eshitgandim.
- Tog'ri, lekin boshqa oila azolarim bor.
- Tushunarli... - parda ortidan chiqdim - buni bog'lab 
yubor - ortga o'girilib belni qisib bog'laydigan iplarga 
ishora qildim. U bir urunishda belni sindrgudek qilib 
qisib bog'lab qo'ydi. Nafasim ham tiqilib qoldi.
- Nima menda qasding bormi? - asabiy baqirib 
yubordim.
- Hurmat bilan eringni sizlab gapirsang yaxshi 
bo'lardi - dedi iplarni bo'shatib biroz ochiq turgan 
yelkamga labini bosdi.
- Meni majburlab bu yerga olib kelding, endi mendan 
hurmat kutayabsanmi? - yelkam bilan turtib uni 


o'zimdan uzoqlashtirdim.
- Har holda sendan kattaman.
- Qornim ochdi, menimcha oilang bilan ham 
nonushta davrasida tanishamiz - u bilan 
bahslashishni istamay gapni burib yubordim. U 
menga marhamat qilib eshikni ochib berdi. Yo'lak 
bo'ylab ketayotganimda u yoqdan buyoqa alanglab 
yurgan Miloni ko'rib o'zimga chorladim. Yonimga 
kelgach qo'limga olib yana yo'limda davom etdim. 
Vernon indamadi, chunki Miloni menga qanchalik 
qadrli ekanini aldab yurgan vaqtlari faxmlab 
ulgurgandi. 
Nonushta uchun tuzilgan uzun stol yoniga ham 
yetib keldik. Davrada uch kishi o'tirardi. To'rda 
qayerlaridir Vernonga o'xshab ketadigan qirol 
kiyimidagi yigit menimcha akasi bo'lsa kerak, uning 
o'ng tarafida tillarang sochlari jilvalanib, oppoq 
yuzini bezab turgan qizg'ish jigarrang ko'zlari porlab 
turgan nozikkina qiz va chap tomonida esa tim qora 
sochlari to'lqinsimon, moviy ko'zlari go'zalligiga 
go'zallik qo'shib turgan qiz o'tirardi. Ularga hurmat 
yuzasidan biroz tazib qilib hayirli kun tilagancha
tillasoch qizning yoniga joylashdim, Vernon esa meni 
qarshimga joylashdi. 
- Bizning kichkinagina davramizga hush kelibsiz - 
to'rda o'tirgan yigit gap boshladi - Kamina Kristofer 
Male mamlakati qiroli va Vernonning akasi bo'laman, 
bu esa singlim Venera - tillasoch qizga ishora qildi.
- Viola Donare mamlakati malikasi... Tanishganimdan 
xursandman... - deb qora sochli qizga qaradim.
- Aka balki uni o'zingiz tanishtirarsiz - tillasoch qiz 
zaxarhandalik bilan gapirib jilmayib qo'ydi.
- Bu...


Vernon endi og'iz juftlagandi hamki qora soch qiz uni 
qo'lidan tutib jilmaygancha menga qaradi.
- Davila Vernonning suyuklisi - menga mayin 
tabassum qilib qo'ydi.
- Tanishganimdan xursandman... To'g'risi biroz 
hayratlandim sizlarda urf odat boshqacha ekan. Bizni 
qirollikda kanizaklar qirol davrasiga qo'shilishmasdi, 
sizning o'rningiz boshqacha ekanligi bilindi Davila - 
g'oliblardek jilmayib qadaxdagi sharbatdan simirib 
qo'ydim.
Uni Vernonning qo'lidan tutib turgan qo'llari sezirarli 
darajada qisildi. Kristofer va Venera miyig'ida kulib 
qo'yishdi. Bundan kelib chiqadiki ular Davilaga 
nisbatan yaxshi munosabatda emas. Nigohim 
Vernonga tushgach uning g'azab to'la ko'zlariga duch 
keldim. Unga ham hech narsa bo'lmagandek 
jilmayish hadiya etib yonimga qo'yilgan ovqatdan 
taomlana boshladim.
Nonushtadan so'ng xonamga qaytib kelgach ortimdan 
tillasoch qiz ham kirib keldi.
- Sen bilan yaqindan tanishmoqchiman - tillarang 
sochlarini o'ynagancha qizg'ish jigarrang ko'zlari 
bilan menga qaradi.
- Mendan yaxshi dugona chiqmaydi.
- Menimcha chiqadi - u qo'liga Miloni olib erkalata 
boshladi - shundaymi mushukcha?
- Boya aytganimdek Violaman - dedim unga samimiy 
jilmayib.
- Akam aytganidek Venera - menga qo'lini uzatdi.
- Ma'buda ismi.


- Va eng yorqin yulduz nomi... Men tug'ilganimda 
Venera yulduzi har doimgidanda yorqinroq nur 
sochgan ekan, uni ustiga sochlarim ham yorqin 
tillarang bo'lgani uchun ota-onam shunday ism 
qo'yishgan.
- Chiroyli.
- Seniki ham, nega aynan Viola? Binafsha rangni 
yoqtirasanmi yoki Viola gullarini.
- Ikkisi ham yoqadi... Onamga binafsha rang yoqgan - 
dedim biroz o'ylanib. Aslida ko'zlarim shu rangda 
bo'lgani uchun shunday ism qo'yishgandi.
- Nega doim niqob taqib yurasan?
- Nima desam ekan... Haligi...yuzimni ko'rish mumkin 
emas - dedim biroz kalovlanib.
- Nega? Biron nuqsoning bormi?
- Shunaqa desa ham bo'ladi.
- Sen bundan uyalasanmi?
- "Yo'q qo'rqaman" - ichimdagi tilimga ko'chmay ha 
deb qo'ya qoldim.
- Sen bu narsalardan uyalmasliging kerak, odamlarni 
ko'ziga qanday bo'lsang shunday ko'rin... Sen aslida 
shunday yaratilgansan, aslligingcha qol.
Naqadar yoqimli so'zlar, u menga beminnat maslahat 
berayaptimi? Yo'q "Jek"ni ham shunday o'ylagandim. 
Uni menga yaqinlashish yo'lida maqsadi bo'lgan. 
Viola qizning samimiyligiga aldanma. U Vernonning 
singlisi undan o'tib qayerga ham borardi. Bir kun u 
ham seni aldaganini bilsang qiynalishing mumkin...
- Ota-onangga nima qilgan? - boshqa mavzuda 
gaplashishga urundim.


- Oq jodugarlar bilan to'qnashuvda vafot etishgan.
- Oq jodugarlar?!
- Ular haqida eshitmaganmisan?
- Eshitganman, lekin anniq malumotlarga ega 
emasman.
- Qoralar haqidachi.
- Qora jodugarlar menimcha sizlar, shundaymi?
- Ha, biz qora jodudan foydalanganimiz uchun 
shunday nom olganmiz. Oq jodugarlar esa tabiatdan 
kuch oladi, ularning muallaq kuch taratib turgan 
narsasi yo'q tabiatning o'zi ularga kuch bag'ishlaydi. 
Biz...
- Iblis bilan sulh qilingan g'ordan.
- Huddi shunday.
- Men buni afsona deb o'ylardim.
- Afsonalar ham haqiqatlardan olinadi.
- Afsonani to'liq aytib bera olasanmi?
- Albatta.
Men yotoqga joylashib o'tirib oldim. U ham Miloni 
silagancha yonimdan joy oldi.
- Ajdodlarimizdan biri... Anniq kimligini hech kim 
bilamaydi... Hullas o'sha kimsa jodugar qizni sevib 
qoladi. Lekin o'sha paytlarda jodugarlarda qat'iy 
qonun bo'lgan jodugar faqat jodugar bilan oila qura 
oladi. Baxtga qarshi o'sha qizni ham ko'ngli o'sha 
yigitga tushadi. Ular bir necha bor qochib ketishga 
urunadi lekin eplasha olmaydi. Sevgini qudratini 
qaraki, o'sha kimsa ohiri ilojsizlikdan o'sha g'orda 
olovga sig'inadi va iblisni chorlab jodugarga aylashni 
istashini aytadi. Iblis bilan bitim tuziladi, yigit 


jodugarga aylanadi. Suyuklisi bo'lgan jodugar qizga 
yetishadi. Lekin bu bitim juda qimmatga tushadi. 
Endi yer yuzida iblis malaylari ham paydo bo'ladi 
yani g'ayriturlar, qonxo'r vaxshiy g'ayriturlar... 
Birgina oila shuncha avlodlarni keltirib chiqargan. 
O'sha ikki sevishgandan tug'ilgan avlodlar iblis 
sababli qora jodudangina foydalana olishgan. 
Shunday qilib jodugarlar ikkiga bo'linib ketgan 
qayerdagi sevgini deb, jin ursin - Venera asabiylashib 
gapini tugatdi.
- Demak ular faqat sizlarning emas butun 
g'ayriturlarning ajdodi ekanda.
- Shunday, faqat tanlanganlargina qora joduni 
boshqara olishadi.
- Menimcha sen bundan xursand emassan.
- Albattada... Bilasanmi nima men qon bilan 
oziqlanaman erkak qoni bilan. Bu seningcha 
yaxshimi, menga lanat tekgan. Men oila qura 
olmayman, bolalarim davrasida o'tirib ular bilan 
shirin suhbatlar, o'yinlar o'ynay olmayman. 
Suyukligim bilan shirin damlarni o'tkaza olmayman - 
u alam bilan gapirib ko'zidan chiqgan bir tomchi 
yoshni artib qo'ydi - uzr senga ham ko'p gapirib 
yubordim. Boshing ham og'rib ketgandir - uzrli 
jilmaydi.
- Lekin ovqatlandingku - hayron so'radim.
-Men vampir emasman - kuldi - Ovqatlana olaman, 
lekin u qondek huzur bag'ishlamaydi.
- Tushunarli.
- Mushuging menga yoqib qoldi. Ismi nima?
- Milo.


- Milo... Chiroyli ism... Mayli men bora qolay seni ham 
bezovta qildim.
- Yo'q... Gaplashging kelsa bemalol eshigim sen uchun 
doimo ochiq Venera.
- Rahmat... Sen bilan gaplashib ancha yengil tortdim.
- Senga ham rahmat... Rosti avval hech qachon 
do'stim bo'lmagan, albatta Milodan tashqari.
- Aha, unda yana ko'rishguncha - u tillarang 
sochlarini jilvalantirib xonadan chiqib ketdi.
- Qo'li biram yoqimli ekanki - odam qiyofasiga kirgan 
Milo eshikga qaragancha pichirladi.
- Yoqib qoldimi? - kuldim.
- Juda... Iii to'xta erkaklar qoni dedimi, vlaaaq... Meni 
qonimni ichib qo'ysaya - Milo vahima qilgancha 
menga qaradi.
- Zo'r bo'lardida, bitta bosh og'riqdan qutulardim.
- Hmm... Ko'zlarini ko'rdingmi umrimda bunaqa 
rangdagi ko'zlarni ko'rmagandim, biram yoqimliki...
- Sen rostan uni yoqtirib qoldingmi? - hayron unga 
qaradim.
- Rashk qilayapsanmi? Qo'ysangchi ahir bir emas uch 
marta erga tegding meni tinch qo'y.
- Voy ablaxey... Nima deding? - unga yotoq ustida 
turgan yostiqni uloqtirdim, ikkinchisini olib yotoq 
ustiga chiqib olgancha uni ura boshladim, u qo'llari 
bilan urayotgan joylarimni to'sib qolaverdi - yaramas, 
ablax, sotqin pishak...
- Bilsang agar mushukni sinonimi pishak...
- To'nka... - uni yostiq bilan ancha urib charchab 
qolgach to'xtadim - Sen ham...shuni yuzimga sol - 


hansiragancha dedim - Hammasidan xabaring bo'la 
turib sen shunday desang, boshqalar nima deydi? - 
alam ustunlik qilib yuzimni berkitgancha yig'lab 
yubordim.
- Binafsha... Kechir...men buni hazllashib aytgandim. 
Seni hafa qilmoqchi emasdim... Chin so'zim hazl 
qilmoqchi edim - u yonimga kelib qo'llarimni 
yuzimdan oldi.
- Iltimos ket... Yolg'iz qolmoqchiman - yuzimni burib 
oldim.
U mushuk qiyofasiga kirib oldimga chiqib oldi. 
Qornimga surkalgancha mo'ltiragan yashil ko'zlari 
bilan menga qaradi. U ataylab qilayapti, bu 
nigohlarga bardosh bera olmasligimni juda yaxshi 
biladi. Uni bag'rimga olib quchgancha yig'lashni 
davom etdim. U ayanchli ovozda miyovladi.
- Ho'p kechirdim, lekin bundan buyog'iga o'ylab 
gapirasan.
U ho'p ishorasida yuzimga surkalib qo'ydi.
Birdan xona eshigi ochilishi bilan ikkimizni ham 
nigohimiz o'sha tarafga qaratildi.
Eshik tagida Vernon g'azab bilan turardi. Menimcha 
mashuqasini yupatib, endi meni yonimga keldi. O'sha 
mashuqasi nimadirlar deb rosa qayraganini 
ko'zlaridagi g'azabdan ham bilish mumkin. Lekin 
xonaga ko'zi tushgach ko'zlaridagi g'azab birdan 
bosildi. Atrofga sinchiklab qarab yuzida yoqimsiz 
jilmayish paydo bo'ldi. Uning hayoliga nimalar keldi 
ekana? Men Miloni erkalatgancha o'rnimdan turdim.
- Meni xonamda biron narsangni yo'qotib 
qo'ydingmi?
- Xonangda jang bo'ldimi deyman. Nimadan 
bunchalik jaxling chiqdi? Rosa alamingdan 


chiqganing bilinib turibdi - ochiqchasiga ustimdan 
kuldi.
- "Nima u hozir rashki kelib xonani shu ahvolga 
solgan deb o'ylayaptimi?" - hayolimga kelgan fikrdan 
yuzim burishib ketdi.
- Milo bilan kelisha olmay qoldik - qo'limda turgan 
Miloni yotoq ustiga qo'ydim.
- Yo'g'ee - istehzoli dedi.
- Har holda ertalabgi voqeani deb meni shunday 
qilgan deb o'ylamayotgandirsan... Oo yo'q, sen anniq 
shunday o'ylagansan - qah-qah otib kulib yubordim. 
So'ng jiddiy nigohlarim bilan unga qaradim - ikki 
qulog'ing bilan ham yaxshilab eshitib ol. Men faqat 
va faqat Karloni sevaman! Men faqat uning xotirasi 
bilangina yashayman. Meni tanamga egalik qilishing 
mumkin, lekin aslo qalbimni zabt eta olmaysan... 
Esingdadir "Jek"ga u haqida aytib bergandim. Karlo 
meni erim va undan farzand ham kutayotgandim... 
Agar hozir jonajon mashuqangni tarafini olgani 
kelgan bo'lsang daf bo'l. Meni bunday mayda-chuyda 
ishlar bilan bir tiyinlik ishim yo'q...
Uning qo'llari musht tugildi, bo'ynida ham bo'rtma 
tomirlar yaxshigina o'ynay boshladi.
- Menga qara...
- Haliyam senga qarab turibman - dedim gapini shart 
bo'lib kulgancha.
- Men bilan o'ynashma - o'ziga hos bo'lmagan ovozda 
vishilladi.
- Nega endi? Sen ham men bilan yaxshigna 
o'ynashdingku. Shukur qil seni qalbing bilan 
o'ynashmayabman. Agar o'sha foxishangni tarafini 
olaman deb yonimga kelsang seni tilkapora qilaman. 


Changalimdan seni o'sha foxishang ham qutqara 
olmaydi... endi esa Yo'qol xonamdan.
- Ovozingni o'chir - u birdan yonimda paydo bo'lib 
bo'ynimdan bug'ib oldi - bu yerda faqat sen 
foxishasan! - vajohat bilan o'shqirdi.
- Menda ham.masi qonu.niy bo'l.gan - jilmaydim - 
Le.kin se.ni foxi.shang...
- AKAAAA - xonaga kirib qolgan Venera Vernonni 
itarib yubordi. Men nafas yetishmasligidan 
yo'talgancha yerga o'tirib qoldim.
- BU NIMA QILGANINGIZ? Esingizngi yeganmisiz - 
Venera menga yaqinlashib o'rnimdan turishimga 
yordamlashdi.
- Sen ham er.kakmisan... - alam bilan unga qaradim - 
yana bir marta seni xonamda ko'rsam tirik 
qolmaysan Vernon... Daf bo'l o'ynashingni yoniga.
Vernon jaxl bilan Veneraga qarab xonadan chiqib 
ketdi.
- Viola yaxshimisan? 
- Yaxshi... - yotoq ustiga o'tirdim - Nega kelganding.
- Ha ziragim tushib qolgandi topa olmayabman, 
shunga shu yerga tushib qolgandir deb kelgandim. 
Yaxshiyam shu ziragim yo'qolib qolibdi... Viola akam 
bilan o'ynashmaganing yaxshi, jaxli chiqganda u 
o'zini boshqara olmaydi...
- Menga nima? Meni u bilan umuman ishim yo'q. O'zi 
anavi alvastisini tarafini olgani keldi...
- Alvasti - Venera kulib yubordi - unga mos tushdi 
lekin.
- Sen ham uni yoqtirmaysan shekilli.


- Ha.
- Nega?
- Buning tarixi uzun.
- Men g'irt bekorchiman, aytsang bemalol eshita 
olaman - dedim kulgancha.
- Bilasan akalarim ham qon bilan oziqlanadi - Venera 
ikkilanib gap boshladi - bu menimcha ikki yilcha 
oldin bo'lgandi... ayol jinoyatchilar kam bo'ladi. 
Davila aslida Craftlik, u qimmatbaxo taqinchoqni 
o'g'irlab sotmoqchi bo'lganida qo'lga tushib qolgan. 
Aytishicha u juda kambag'al va yetim bo'lgan ekan. 
Qorin to'ydirish uchun taqinchoqni o'g'irlashga 
majbur bo'lgan va bu yerga ozuqa sifatida kelib 
qolgan. O'sha paytlar Davila Kristofer akamning 
qo'liga ozuqa bo'lib tushgandi. Lekin uning 
go'zalligiga o'zing ham guvoh bo'lding. Akam uni 
o'ldira olmadi. Yoki Davila akamni sehrlab olganmi 
bilmadim. Hullas Kris ham Vernon ham uni ozuqa 
sifatida ko'ra olishmadi. Oradan biroz vaqt o'tgach 
Davila va Krisning oralarida sevgi uchqunlay 
boshladi. Men ularga qarshilik qilmadim. Davila bilan 
ham juda yaqin edim... - u og'ir ho'rsinib gapini 
davom ettirdi - Lekin keyin hammasi o'zgarib ketdi. 
Davila Kris bilan oralarni uzdi hech qancha vaqt 
o'tmay Vernon bilan birga ekanliklarini aytishdi. 
Bundan men ham Kris ham birdek hayratlandik. U 
hech qanday sababsiz Krisni tashlab Vernonning 
bo'yniga osilgandi. Men Daviladan nega bunday 
qilganini juda ko'p marta so'radim, buni to'xtatishini 
Kris bilan yana birga bo'lishini iltimos qildim, agar u 
shunday qilmasa Kris bilan Vernonning oralari 
buzilib ketishini takror takror aytdim. U esa meni 
gaplarimga parvo ham qilamdi. Nima emish u aslida 
Krisni emas Vernonni sevar emish, adashgan emish... 
Shu gapi bilan faqat o'zini aldab yuraversin, bu yerda 


anniq boshqa bir gap bo'lgan. Hali buni tagiga 
yetaman. Voy uzr chalg'ib ketdim.... Kris o'shanda 
hech narsa qilmadi, ularni yo'lini shunchaki ochib 
berdi holos. Vernon bilan ham har doimgi aka-
ukadek munosabatda bo'ldi. Rosti men bu narsaga 
ko'na olmasdim. Kris buni qanday uddalagan 
haligacha hayron qolaman. Ahir kechagina qo'ynida 
bo'lgan qiz bugun ukasining qo'ynida edi. Vernonga 
ham besh ketmadim to'g'risi, qanday qilib akasini 
qo'ynidagi qizni bag'riga oldi. Naqadar jirkanchlik... 
Bundan hatto uyalmaydi ham, u biroz emas 
anchagina xudbin o'zidan boshqasini o'ylamaydigan 
telba! Sen akamni haqoratlayotganimga etibor
berma, qiliqlari bilan to'ydirib tashlagan.
- Bemalol u menda ham yaxshi tassurot qoldira 
olmadi - dedim jilmayib.
- Senga ham bu shubxalidek tuyildimi? yani 
Davilaning qiliqlari.
- Men nimadir deya olmayman, o'sha voqealarni o'z 
ko'zim bilan ko'rmaganman. Balki Davila rostan 
Kristoferni emas Vernonni sevgandir.
- Yo'q! - qatiy inkor etdi Venera - bu yerda anniq bir 
gap bor. Men buni tagiga yetaman.
- Ha aytgancha... Ziraging bu yerda yo'q ekan - 
oyog'imga surkalgan Miloni qo'limga oldim.
- Qayerdan bilding hali qidirib ham ko'rmadikku?
- Milo aytdi.
- Sen uni tushunasanmi? - menga hayron qaradi.
- U bolaligimdan beri men bilan birga. Bir birimizni 
ko'z qarashlarimiz bilan tushunib olamiz shundaymi 
Milo? - Milo yuzimga surkalib miyovlab qo'ydi.


- Ajoyib - Veneraning ko'zlari porladi - buncha aqlli 
mushuk bo'lmasa.
- Maqtama... Juda erkalanib ketadi - deb kulib 
yubordim. Bu gapimdan Milo yaxshigina 
asabiylashdi.
- Ham yoqimtoy, shunday mushukni maqtamay 
bo'ladimi - Venera Miloni silab qo'yib o'rnidan turdi.
- Unda men bora qolay, tushlik vaqti ham kelib 
qolibdi pastga tushaversang ham bo'ladi.
- Ho'p.
U chiqib ketgach sekingina Miloga qarab qo'ydim, 
ko'zi eshikda.
- Rostan yurakdan urdimi deyman - uni turtdim.
- Negadir u o'zgachadek tuyulayapti - odam qiyofasiga 
kirib olib menga yuzlandi.
- Rostan boshqacha qiz... Eh Milo bir kunni ichida 
shuncha voqea keyingi kunlarni qanday o'tkazar 
ekanmiza?
- Balki ularga aslida kimligingni ko'rsatib qo'yarsan.
- Hozir vaqti emas. Hali kuchimni to'liq boshqara 
olmayman. Ular hozir meni kimligimni bilsa 
osonlikcha yo'q qilib yuborishi mumkin.
- Tog'ri.
- Tushlikka tusha qolaylik.
Bu safar egnimga qirmizi atirguldek qizil rangdagi 
ko'ylak bilan yuzimga tim qora to'rli niqob taqib 
oldim.
- Qizil rang senga yarashar ekan - Milo jilmayib dedi.
- Tashakkur.


Stol atrofida yana ertalabgi holat. Men yana ularga 
hayirli kun tilab joyimga o'tirdim. Ko'z qirim bilan 
alvasti va botqoq qurbaqasiga qarab qo'yib ovqatlana 
boshladim. Ha u aynan botqoq qubaqasi, alvastiga 
tobe bo'lib qolgan qurbaqa!
- Sizni Macelda ham bo'lgansiz deb eshitgandim - 
Kristofer davradagi skutni buzib hurmat bilan 
so'radi.
- Shunday.
- Ular haqida fikringiz qanday, har holda insonsiz 
qonxo'rlar orasiga tushib qolgach o'zingizni qanday 
his qilgansiz.
- Hozir aytmoqchi bo'lgan fikrimni hurmatsizlikka 
yoymaysiz degan umiddaman. Men shundayman 
gapira oladigan mavzu yoki gaplarni barchasini ro'y-
rost gapirishga odatlanganman...
- Bemalol, sizning fikringiz qiziq - u jilmayib qo'ydi.
- Hammasini bilmadim-u lekin men bilgan vampirlar 
hatto insonlardan ham yaxshiroq edi. Men oldin hech 
his qilmagan huzurni aynan qonxo'rlar orasida his 
qilganman. Ularning bir so'zligi, qaitiyatliligi, 
barchani hurmatini birdek joyiga qo'yishi, bir 
birining qarorlarini hurmat qilishlari, 
haqiqatparvarligi meni lol qoldirgan. O'zlarining 
chirkin maqsadlari yo'lida hech qachon birovni 
qurbon qilishmaydi. Ularning adolatli boshqaruvi 
ham meni lol qoldira olgan. Ishonch bilan aytishim 
mumkinki ular yovuzlik timsoli bo'lsada mamlakatlar 
aro eng pok qalblilar. Ular hech qachon qalbni o'yin 
qilmaydi ming vaxshiy va qonxo'r bo'lishsa ham - 
ohirgi gaplarim aynan Vernonga tegishli bo'lgani 
uchun unga yuzlandim, uning yuzida paydo bo'lgan 
tabassum negadir menga alamlidek tuyildi - ularning 
barcha tuyg'ulari sof edi. Yana bilasizmi eng buyuk 


qudrat aynan ularda bor va bu qudrat ularni hech 
qachon tark etmaydi.
- Bu qudrat nima ekan? - Kristofer qiziqish bilan 
menga qaradi.
- Muhabbat - ishonch bilan dedim - ha aynan 
muhabbat ularning qudrati. Ular orasida xiyonat, 
ishonchsizlik hech qachon bo'lmagan, bo'lmaydi ham. 
Bu qudrat to o'limgacha ularning tanasida yashaydi - 
bu gapni eshitgan Kristofer negadir homush tortdi. 
Menimcha Davila sabab bo'lsa kerak.
- To'g'ri aytasiz - gaplarimni maqulladi - eng qudratli 
kuch rostan ham muhabbat.
Uning ko'zlaridagi iztirobni ko'rib negadir boshqacha 
bo'lib ketdim. Bu shunchaki iztirob emasdi, unda 
yillik alam, nafrat, ishonchsizlik, sog'inch va sevgi 
bor edi. Bir nigohda shuncha hislar jamlanmasi. U 
menga qarab jilmayib qo'yib yana ovqatlanishni 
boshladi. Men faqatgina o'zimni qalbimni tirnabgina 
qolmay, bilmagan holda uning ham qalb yarasini 
yangilagandim.
Oradan bir hafta o'tdi. Vernon bilan 
begonalardekmiz, u bilan faqatgina 
ovqatlanayotganimizdagina yuzma-yuz duch kelamiz. 
Uni basharasini umuman ko'rmasam ham roziman. 
Shu bir hafta ichida Kristofer bilan ham yaxshiga 
chiqishib qoldik. Oramizdagi munosabt do'stlikka 
ham aylanib ulgurgandi. U bilan tortinmay bemalol 
suhbatlashardim. Fe'l atvorimiz o'xshashligi 
uchunmi u bilan bo'lib o'tadigan suhbatlar menga 
yoqardi. Fikrlarimiz ko'pincha bir joydan chiqar yoki 
bir birimiz bilan fikr almashib uzoq suhbatlar 
qurardik. 


Bugun ham har doimgidek oddiy kun boshlandi.
Venera sababli bu yerlaga ham yaxshiga o'rganib 
qoldim. Kech bo'lganda negadir qasrni aylangim kelib 
qoldi. 
- Xonim meni chaqirtirgan ekansiz - xonaga Laura 
kirib keldi.
- Ha kel, menga sherik kerak edi. 
- Qanday masalada?
- Qasrni sayr qilamiz, bir o'zim yurishni istamadim.
- Ho'p bo'ladi - u menga yaqinlashib kiyimlarimni bir 
ikki to'g'riladida eshikni ochdi.
- Sen qanday qilib saroy xizmatchisi bo'lib qolgansan? 
- menga yoqmayotgan skunatni buzdim.
- Ota-onam ham shu yerda qirollik oilasiga xizmat 
ko'rsatishgan. Men ham shu yerda tug'ilganman va 
o'z o'zidan shu vazifani olganman.
- Tushunarli... Ota-onang qayerda?
- Vafot etishgan - ko'zlarida yosh jilvalandi.
- Uzr... Bilmagandim.
- Uzr so'ramang.
- Kelajakdagi rejalaring qanaqa? - mavzuni 
o'zgartirdim.
- Kelajakda?!... Hech qanday rejam yo'q.
- Nega? - unga hayron qaradim.
- Bu bizga mumkin emas. Biz faqat saroy xizmatida 
bo'lamiz.
- Yo'g'e... Hech bo'lmasa orzuing bordir.


- Bor albatta... Menimcha hammada orzu bo'ladi, ular 
ushalmasa ham - homush tortdi - men dunyo 
kezishni, sayohat qilishni hoxlayman.
- Haa... - qarshimizdan chiqgan qizlarning 
hiringlashidan gapim bo'linib qoldi. Tushunmadim 
ular menga qarab ochiqda ochiq ustimda 
kulishayaptmi? Menga qarab nimalardir deb 
gapirayotgan qizga sinchiklab qaradim. Bo'rtma lab, 
kamondek qosh, jigarrang ko'zlar va biroz kalta 
sarg'ish sochlar etibor tortadigan narsasi yo'q.
- Xonim ular kanizaklar.
Ularga qarab turganimni sezgan Laura ichimdagi 
savolni o'qiganday javob berdi. Ularga etibor bermay 
yonidan o'tib ketayotgandim eshitgan gaplardan 
joyimda taqqa to'xtadim.
- Shuncha vaqt o'tsa ham Shaxzoda Vernon unga qo'l 
tekkizmapti... Rafiqasi bo'lsa ham bitta erkakni eplay 
olmabdi - yana shunga o'xshash yoqimsiz va 
jirkanchli gaplar. Ular meni eshitsin deb ataylab 
qilishayaptimi? Qo'lim sekinlik bilan musht tugildi. 
Laura meni holatimni tushunib sekin gap boshladi.
- Xonim unga etibor bermang, kecha Shaxzodani 
xonasiga kirib chiqganiga osmonda uchayapti...
Lauraning gaplariga etibor bermay o'sha sariq soch 
qizni yoniga yaqinlashdim. 
- Isming nima? - o'ta bosiqlik va jilmayish bilan 
so'raganim uchun qiz bir muddat dovdirab qoldi. 
Mendan bunday muomalani kutmagani anniq.
- Rozalina - dedi u ham tezda o'zini qo'lga olib 
mamnun jilmaygancha.
- Rozalina... Chiroyli isming bor ekan. Men bilan birga 
suhbatga nima deysan? - sokinlik bilan so'radim.


- Maroqli suhbat bo'ladi degan umiddaman.
- "Bir kecha shaxzodani pinjiga kirib, menga katta 
ketganing uchun albatta suhbat maroqli bo'ladi, 
bunga o'zim kafolat beraman" - hayolimdagi tilimga 
ko'chmay shunchaki jilmayib qo'ydim. Laura va 
yonimda turgan qora soch qizga ketishi ishorasini 
qilib o'zim sariq soch bilan birga shu yerdagi 
xonalardan biriga kirdim.
- Meni kimligimni bilasanmi Rozalina? - yana 
jilmaygancha gap boshladim.
- Malika Viola - kuldi - Shaxzodaning faqatgina rasmiy
rafiqasi.
- Demak kimligimni bilib turib meni haqoratlading.
- Bu haqiqat edi - ustimdan kulgandek jilmaydi 
- Sen uning bir kechalik qo'g'irchog'isan, shu bir 
kechalik lahzalar uchun o'zingni mendan ustun deb 
o'yladingmi?
- Har holda shaxzodani ko'nglini olishni eplayman.
- Bunga shubxam yo'q, shundog'am peshonangga 
yozib qo'yibdi - mamnun jilmaydim.
- Bu bilan nima demoqchisan?
- Hech narsa - jilmaydim - sen bilan bahslashib 
o'tirish niyatim yo'q. Aytchi bashoratlarga 
ishonasanmi?
- Buni hozirgi suhbatga nima aloqasi bor - jinniga 
qaragandek qaradi.
- Shunchaki javob ber.
- Ha.
- Binafsha ko'zlargachi.


- U yovuzlik timsoli.
- Barakalla... ho'sh undan qo'rqasanmi?
- Menimcha hamma undan qo'rqsa kerak.
- Demak qo'rqasan - sekinlik bilan niqobimni 
yechdim, u menga hayron qarab turardi. Mamnun 
yuzimni ko'rgach esa ko'zlarini daxshat egalladi.
- Sen? Binafsha ko'z?!
- O'limingdan oldin ajaling aslida kim ekanligini bil 
degandim - yelka qisdim - qayoqdagi foxisha meni 
haqoratlasaya?
- Men... Kechiring...men bilmagandim...iltimos menga 
tegmang - u qo'rquvdan oyoqlarimga yiqilib 
yalinishni boshladi.
- Yuzimni ko'rmaganingda balki tirik qolgan 
bo'larmiding.
Engashib unining ko'zlariga jilmayib qarab 
pichirladim "Alvido". U boshini changallab baqirishni 
boshlagach undan uzoqlashdim. Besh daqiqa davom 
etgan qichqiriqlar tindi. Qizning qulog'i va burnidan 
oqgan qonni ko'rgach niqobimni qayta taqdim.
- Men bilan o'ynashmaslik kerak edi - daxshat qotib 
qolgan ko'zlariga mamnun tikilib xonadan chiqib 
ketdim.
Xonamga qaytib kirgach Miloning asabiy nigohiga 
duch keldim.
- Sen nimalar qilib qo'yganingni bilasanmi?
- Nima qilibman? O'ziga yarashasini oldi.
- Bu ishingdan habar topishsa nima qilasan?
- Hech narsa, o'z boshiga o'zi yetdi.


- Hissizlashib borayabsan sezayabsanmi?
- Men har doim shunday bo'lganman - tan olgim 
kelmadi.
- Senga gapirganni foydasi yo'q - eshik tomonga bordi.
- Qayerga?
- Murdani yo'q qilishga.
- Hmm...
U mushuk qiyofasiga qaytib xonadan chiqib ketdi. 
Miloning gapida jon bor, men oldin kimnidir o'ldira 
oladigan qiz emasdim. Rostan hissizlashib 
ketayabmanmi? Men qachon hissiz qotil bo'lishga 
ulgurdim. Qizning o'limi menga zarracha ham tasir 
qilmadimi? Men qotilman... Lekin bunga qizni o'zi 
aybdor. Meni bunday yerga urmasligi kerak edi. 
Eshikning taraqlab ochilishidan cho'chib tushdim.
- Binafsha ulgurmadim, shaxzoda Vernon bu yerga 
kelayapti.
Milo meni ogohlantirib xona burchgidagi yumshoq 
joyiga joylashib o'tirib oldi. Vernon?! Kelsa kelsin 
undan qo'rqadigan joyim bormi... O'zimni aldashga 
urundim. Tanamning bilinar bilinmas qaltirashdan 
o'zimni tinchlantirishga urundim. U meni 
kimligimdan habar topsaya? Meni o'ldirib 
yuborsachi? U qora joduni biladi o'ldira olmasa ham 
yaxshigina azoblashi mumkin... O'zimcha uning 
ko'rinishina hayolan tasavvur qildim, qalin qora 
qoshlari jaxldan chimirilgan, g'azab to'la tim qora 
nigohlar burdalab tashlayman deb qarashi, qo'llari 
jaxldan musht tugilib qaltirashi, vajoxatli ovozi...yana 
tanam titrab ketdi.
Eshikning ochilishidan hayollarimni yig'ib oldim. 
Sekin ortga o'girilib hayollarimning butkul teskari 
tasviriga duch keldim. Eshik yonida tim qora 


ko'zlarida qizquvchanlik ufurib turgan, labida esa 
o'zgacha tabassum bilan Vernon turardi. Uning sho'x 
qiyofasini ko'rib biroz yengillashdim.
- Nima gap? - qovoqlarimni uygancha dedim.
- Buni sendan so'rash kerak.
- Nimaga shama qilayotganingni tushunmadim - 
o'zimni go'llika soldim.
- Juda yaxshi tushunib turibsan... Ho'sh u senga nima 
yomonlik qildiki, o'limga mahkum etildi.
- Nega bunchalik ishonch bilan gapirayabsan?
- Seni niyating yaxshi emasligini bilgan qiz 
ogohlantirdi.
- Bu qasrda dushmanlarim yetarlicha ekan. 
"Quloqlaring" ishini ustasi tan berdim hali o'n daqiqa 
vaqt ham o'tmadiye.
- Rashk qildingmi?
Obboo! Ana buni yuzida nima uchun bunaqa ifoda 
aks etib turganligi tushunarli bo'ldi. Unga ensamni 
qotirib qaradim.
- "Quloqlaring" bor gapni yetkazishmabdida... U 
shunga loyiq edi va o'ziga yarashasini oldi.
- Tan ol sen rashk qilding - ayyarona jilmaydi.
- Ufff senga nechi marta aytish kerak-a? Sen bilan bir 
tiyinlik ishim yo'q... 
U meni maroq bilan tomosha qilib yotoq ustiga o'tirib 
oldi. Uning bu qilig'idan gap uqtirib bo'lmasligini 
tushundim va bosiqlik bilan gap boshladim:
- Agar yana bir marta mashuqalaring seni yoninga 
kirib chiqib o'zlarini malikalardek his qilsa
haramingda qiz zoti qolmaydi. Tundagi o'rnimni o'z 


hoxishim bilan bo'shatib berganman, lekin 
nasabimga, nomusimga dog' tekkizdirmayman. 
- Balki tunni ham o'zing egallarsan - jilmaydi.
Men ham unga javoban tabassum qilib unga 
yaqinlashdim. Bir qo'limni yuziga, boshqa qo'limni 
bo'yniga qo'yib ohista siladim. U hech bir harakatsiz 
faqat mendan harakat kutardi. Yuzimni ham sekinlik 
bilan uni yuziga yaqinlashtirdim
- Meni ancha kuzatgansan, fe'l atvorimni yaxshi 
bilasanmi? - qulog'iga ohista pichirladim. U ha 
manosida boshini silkidi.
- Mening nafratlanadigan narsam? - hali ham 
qo'limni uni yuzidan olmay so'radim.
- Sendan foydalanishlari...
- Noto'g'ri javob - pichirladim - men nafratlanadigan 
narsa bu xiyonat! - peshonasidan iyagigacha bo'lgan 
masofada barmog'imni yurgizdim - agar sen bilan 
birga bo'lsam, sevmagan taqdirimda ham seni 
o'zgasiga topshirib qo'ymayman. Sen bilan birga 
bo'lgan ayol esa o'limga mahkum bo'ladi. Bundan 
keyin Davila nima qiladi?... Uni mendan himoya qila 
olaman deb o'ylaysanmi? Tasavvur qil seni zarur 
ishing chiqib qoldi va qasrga qaytib kelganingda 
suyukligingni joni uzilgan bo'ladi... Ho'sh shunga 
ko'na olasanmi?.
Uning tim qora ko'zlariga qaradim. Ajoyib! Unda 
ikkilanish bor.
- Meni oddiy inson emasligimni ham allaqachon 
fahmlab yetgansan... Xullas Vernon janoblari bundan 
keyin sen ham foxishalaring ham menga ortiqcha gap 
qilma. Men jim yuribmanmi, sen ham hurmatimni 
joyiga qo'y, foxishalaringni esa tilini o'zing tiyib qo'y. 


Agar yana ulardan haqoratli gap eshitsam boya 
aytganimdek hech biri tirik qolmaydi.
Undan uzoqlashib deraza yoniga qo'yilgan yumshoq 
o'rindiqga joylashib gaplarim unga qanchalik tasir 
qilishini kuzata boshladim.
- Avvalgi erlaringa ham shunday qilganmisan? - 
ajablanib so'radi.
- Birinchi erim menga umuman tegmagan, boshi 
ochiq edi bilganini qilib yurgan. Ikkinchi erim 
vampir bo'lgani uchun faqat meni sevgan, xiyonat 
qilish hatto hayoliga ham kelmagan. Sen esa 
muammo bo'lib turibsan. Men sen o'ylagan 
qo'g'irchoqlardan emasman men bilan munosabat 
o'rnatib mendan keyin yuztasi bilan yurib ketishinga 
jim qarab turadigan... Gaplarimni hazilga yoyma 
rostan menga yaqinlashishni istasang obdon o'ylab 
ko'r, qarshilik ko'rsatmayman, lekin sen Davilani 
o'limini bo'yninga olgan bo'lasan - mamnun 
jilmaydim.
- Buncha ishonch qayerdan? - Vernon tinmay 
miyovlayotgan Miloga asabiy qarab qo'yib so'radi.
- Meni nimalarga qodirligimni menimcha o'zing ham 
yaxshigina tushunib turibsan - men ham Miloga 
qarab qo'yib javob berdim.
- Aslida kimsan? - bu safar jiddiy nigohlari bilan 
tikildi.
- O'zim ham bilmayman, lekin oddiy odam emasligim 
aniq... Savollaring tugagan bo'lsa xonamdan daf bo'l.
Vernon bir muddat mendan ko'zini uzmay 
nimalarnidir o'ylab xonadan chiqib ketdi. U ketishi 
bilan men asabiy Miloga qaradim...
- Sen nimalar deding boya? - Vernon bilan 
suxbatlashayotgan vaqtimizga shama qildim.


- U seni oddiy inson emasligingni bilgan holda senga 
uylangan dedim - odam qiyofasiga kirgan Milo 
yotoqga o'ychan o'tirdi. Men ham uning yoniga 
joylashdim.
- Buni qayerdan bilding?
- Murdani yashirishga borganimda. O'sha xonada 
Davila bilan Vernon sen haqingda gaplashishayotgan 
ekan. Vernon g'ayrioddiy narsalarni tezda faxmlaydi. 
Uni aytishi bo'yicha sen o'zingdan qandaydir kuch 
taratar ekansan. Bu kuch aqlbovar qilmas darajada 
ekanligini ham tan oldi... Xullas Binafsham ulardan 
ehtiyot bo'lish kerak. Ularning niyati yaxshi emas.
- Milo - o'ychan pichirladim.
- Hmm.
- Meni dunyoga kelishimdan maqsad nima o'zi? Nega 
men tavqilanatga uchradim? - uning yelkasiga ohista 
bosh qo'ydim - Men nima qilishim kerak o'zi? Nega 
hammadan yashirinib yurishim kerak? Meni vazifam 
nima?
- Bilmadim... - u bir qo'li bilan yelkamdan quchdi - 
menimcha bizni oldinda muhim kun kutib turibdi.
- Shunga umid qilaman... O'sha kun kelsinu men 
barcha narsadan qutulay...
Milo bilan uzoq vaqt suhbat qurib qanday uhlab 
qolganimni ham bilmay qolibman.
Ertalab xonaga Laura kirib meni nonushtaga 
uyg'otib ketdi. Egnimdagi kiyimlarni yangisiga 
o'zgartirib pastga tushdim. Yana o'sha davra, har 
doimgidek hayirli kun tilab joyimni egalladim. Ko'z 
qirim bilan hammaga bir-bir qarab chiqdim. Nigohim 
menga g'alati qarab turgan Vernonga tushgach men 
ham unga tik qarab turaverdim. Niqobim ostida 
ko'zlarim ko'rinmasada men unga qarab turganimni 


u sezib turardi. Birozdan so'ng labimda 
mensimaydigan tabassum paydo bo'lib ovqatlana 
boshladim.
- Viola siz bilan holi gaplashib olsak bo'ladimi? - 
Kristofer hushmuomalik bilan so'radi.
- Albatta.
- Unda sizni nonushtadan so'ng xonamda kutaman.
- Ho'p.
Nonushta qilib bo'lgach men o'zi aytganidek 
Kristoferning xonasiga borayotganimda yo'limni 
Vernon to'sdi. 
- Nima? - unga asabiy qaradim.
- U bilan nimani gaplashmoqchisan?
- Men ham hozir shuni bilish uchun ketayabman 
shekilli - dedim unga hayron - Aytgancha senga nima? 
Meni ishlarimga umuman aralashma.
Uni yelkasidan turtib o'tib ketdim. Kristoferni 
xonasiga yetib borgach eshikni taqillatib ohista 
qadamlar bilan ichkariga kirdim. U o'ychan 
derazadan tashqariga qarab turardi.
- Menda qanday gapingiz bor edi? - kelganimni 
bildirish uchun o'zim gap boshladim.
- Keling bu yerga o'tiring - u ortiga o'girilib xona 
burchagida qarama qarshi turgan yumshoq 
kursilarning biriga ishora qildi. 
- To'g'risi gapni nimadan boshlashni ham 
bilmayabman...
- Maqsadga o'tavering - dedim chaynalib o'tirishni 
istamay.
- Siz aslida kimsiz?


- Qanday manoda?
- Sizdan qandaydir kuch taralib turadi... Oddiy 
insonga o'xshamaysiz.
- Nega buni endi so'rayabsiz? Menimcha eng 
boshidan beri bundan xabaringiz bo'lgan.
- Saroyimda har doim ham qotillik bo'lavermaydi... 
So'rash uchun endi qulay fursat keldi.
- Tushunarli... Bu qanchalik ishonarli bilmadim-u, 
lekin men o'zim ham aslida kim ekanligimni 
bilmayman. Insonlarga hos bo'lmagan qobilyatim bir 
oy avval namoyish bo'ldi...
- Aynan qanday qobilyat? - qiziquvchan nigohlari 
bilan menga sinchiklab qaradi.
- Og'riq... O'zgalarga og'riq beraman. Bu og'riqni ohiri 
esa o'lim bilan tugaydi.
- Menga ham qobilyatingizni yo'naltira olasizmi?
- Bu nega kerak? - unga hayron qaradim.
- Shunchaki - yelka qisdi - qay darajada kuchli 
ekanligingizni bilmoqchiman.
- Sizga ziyon yetkazishni istamayman...
- Qo'rqmang...bemalol.
- Yaxshi buni o'zingiz hoxladingiz.
U o'rindig'iga joylashib o'tirib olgach boshlang 
degandek ishora qildi. 
- Menimcha yaxshigina himoyalangansiz - dedim 
biroz vatqdan so'ng unga hech narsa tasir qilmagach.
- Bu tabiiy axir qirolman... Lekin siz ham 
himoyalangansiz?
- Qay ma'noda.


- Sizni fikrlaringiz himoyalangan.
- Fikr o'qish qobilyatim bor deng.
- Bu qobilyat uchalamizda ham bor yani Venera va 
Vernonda ham. Asosiy qobilyatim esa ro'yolar.
- Yani?!
- Insonlarga o'zlari istagan yolg'on ro'yolarni ko'rsata 
olaman.
- Hissiyotlar bilan o'ynashish...
- Lekin yoqimli, ular o'zlari istagan hayotda 
qanchadir muddat yashay olishadi... Istasangiz sizga 
ham ko'rsatishim mumkin.
- Bunga siz ham guvoh bo'lasizmi?
- Ha.
- Unda kerak emas, orzularimni o'zgasi bilan baham 
ko'radigan insonlardan emasman.
- Hoxishingiz...
- Suhbatimiz tugagan bo'lsa, ijozatingiz bilan ketsam.
- Mayli, kuningiz maroqli o'tsin.
- Rahmat sizniki ham.
Kunni Laura bilan birgalikda kech qildim. Bundan 
keyin yanayam ehtiyotkorroq bo'lishim kerak. 
Ularning barchasi men oddiy inson emasligimdan 
habardor, iloji boricha o'zimni hotirjam tutishim 
kerak. Qobilyatimdan ham umuman 
foydalanmayman, albatta asabimga tegadigan ishlar 
bo'lmasa... Juda ko'p o'ylab ohiri bir qarorga keldim. 
Bu yerdagilarning og'zini yopishim shart yo'qsa bu 
qasrdan yana anchagina murdalar chiqadi... 
Lauraning hamroxligida Vernonning xonasiga 


bordim. Eshik yonida turgan bahaytbat soqchilar 
yo'limni to'sishdi.
- Xonim shaxzoda xonasida emas.
- Yo'limdan qoch.
- Shaxzoda xonasida bo'lmasa, men hech kimni 
kirgiza olmayman.
- Yoki hozir o'zing eshikni ochib bersan, yoki 
murdangni hatto ko'chadagi itlar ham topa 
olmasliklarini o'zim taminlab beraman.
- Xonim...
- Och dedim!
U sherigiga bir qarab eshikni ochdi. Men mamnun 
ichkariga kirdim. Ha shaxzodamisan shaxzodaning 
xonasi... Keng xonani o'rtada turgan katta yotoq va 
devorga tiralib turgan naqshinkor kiyim javoni bezab 
turardi. Yotoqning tillarang ustunlariga ilinib 
chiqilgan qizil pardalar xonaga yanayam ko'rk 
bag'ishlab turardi. Xona burchagida turgan ulkan 
hoshiyalari naqshinkor oynada butun bo'y basting 
tugul butun xonani ko'rish mumkin edi. Boshqa bir 
burchakda ikkita yumshoq qizil rangdagi o'rindiqlar. 
Ulkan derazani bezab turgan oq va qizil ranglardan 
iborat parda to'sib turardi. Qizil va tilla rang xonani 
hashamatliligini ushlab turgandi. Xonani obdon 
o'rganib chiqgach burchakda turgan yumshoq 
o'rindiqlardan birini egallab Vernon kelishini kuta 
boshladim. Deraza ochilib pardalar shamoldan 
silkingach sergaklandim. Deraza orqali xonaga kirib 
qolgan qop-qora, bo'ynida oq chizig'i bor kuchuk 
kattaligidagi hayvonni ko'rib hayratlandim. U o'zidan 
qandaydir tutun tarqatib inson qiyofasiga kirdi. Men 
og'zimni ochgancha uni harakatlarini kuzatib 
o'tiraverdim.


- Sen?! - u ortiga o'girilib ko'zi menga tushgach 
baqirib yubordi.
- Nihoyat meni payqading - o'zimni xotirjam 
tutganday gapirdim.
- Bu yerda nima qilayapsan?
- Sezgandima shu turqisovuq hayvonda bir gap bor 
deb, sen bo'lgan ekansanda.
- Turqisovuq?! Menimcha yoqimtoy mosroq.
Uning jilmayib gapirishidan ensamni qotirdim.
- Xullas sen bilan valaqlashib o'tirish niyatim yo'q. Bir 
kecha xonangda tunab qolaman. 
- Nega? - hayron qaradi.
- Saroydagilarni og'zini yopish uchun. Qon to'kgim 
kelmayapti - dedim boshimni orqaga tashlab.
- Bekor yotamizmi? - dedi labida tushunarsiz 
tabassum paydo qilib, kiyim javonini ochar ekan.
- Uxlaymiz - dedim soxta tabassum bilan ko'zlarimni 
qayta yumib.
- Menda boshqa taklif bor - dedi haliyam 
tirjaygancha.
- O'sha taklifingni pishirib ye... Chakagingni yopda 
uhla, juda charchaganman.
- Tilingdan bol tomadiye - kiyinish uchun ajratilgan 
xonaga kirib baqirdi.
- Yoqmayotgan bo'lsa gapirtirma.
- U yerda yotish noqulay, yotoq katta ikkimiz ham 
bemalol sig'amiz - deb Vernon yotoqga ishora qildi.
- Undan ko'ra sen bir kunga jentlmenlik qilsang 
bo'lardi.


- Uzr jentlem emasman, men yotoqda uhlayman 
ko'nsang shu - deb yotoq chetiga yotib yoniga ishora 
qildi.
- Nojo'ya harakat qilsang o'ldim deyaver - tahdid 
qilgancha keng yotoqning bir yoniga unga orqa 
o'girgancha joylashdim.
- Shunday vaziyatdan foydalanmasam, g'irt telbalik 
bo'ladi lekin.
- O'limlarga chiday olsang mayli - dedim u tomonga 
qarab yotib olib.
- Hayirli tun - u yon tomonida turgan sham chiroqni 
o'chirib ko'zlarini yumdi.
Menda ham charchoq ustunlik qilib ko'zlarim tezda 
yumildi.
Yelkam va bo'ynim aralash urilayotgan issiq nafasni 
his qilib ko'zlarimni ochdim. Joyimdan turmoqchi 
edim belimdan o'tgan baquvvat qo'llarni his qilib 
to'xtadim. Uyqum o'chib, miyyam o'z faoliyatini 
boshlaganda o'rnimdan otilib turib ketdim. 
- Nimaga gap? - Vernon g'udurlagancha so'radi.
- Hech... Uxlayver men xonamga ketdim - u suzilib 
turgan ko'zlarini yumib boshini yana yostiqga qo'ydi. 
Odam qanday uhlasa yana huddi shunday 
uyg'onmasligini bilib, bu holatni to'g'ri tushunga 
holda xonamga bordim.
- Qayerda eding? - xonaga kirishim bilan Milo meni 
savol bilan kutib oldi.
- Vernonning xonasida.
- Yo'g'ee - jilmaygancha so'radi.


- Bu sen o'ylagan narsa emas. Bir ikkitalarni og'zini 
yopish uchun uning xonasida tunadim. Oramizdan 
hech narsa bo'lgani yo'q.
- Tushunarli.
- O'zing qayerda eding?
- Saroyni aylanib yurdim...
- Venerani kuzatdim deb ham qo'shib qo'y.
- To'g'ri... Nima deb o'ylaysan u meni yaxshi 
ko'rarmikan.
- Ha. U mushuklarni yaxshi ko'radi.
- Ustimdan kulayabsanmi? Meni seva oladimi 
deyabman.
- Sen uni sevib qolishga ham ulgurdingmi? Qachon, 
nega men bexabar?
- Mana aytayabmanku.
- Bir hafta ichidaya?
- Bir ko'rishdagi muhabbat edi bu - jilmayib dedi.
- Hih o'rgildim...
- Nega sen ham Karloni shunday sevganding shekilli.
- Bizda birinchi munosabatlar boshlangandi.
- Hmm...
- To'xta axir u nima bilan oziqlanishini bilasanku. 
Seni qoningni ham ichib qo'ysaa? - dedim havotir 
bilan Miloga qarab.
- Bir kuni buni ham sinab ko'raman.
- Hm... Omadingni bersin.
- Rahmat.


Nonushtadan so'ng xonamga kirsam yotoq ustiga 
Davila yastanib o'tirib olibdi. Qiziq nega bu yerda 
ekan?
- Hush kelibsan, meni g'arib xonamga seni qaysi 
shamollar uchirdi?
- Tuning qanday o'tdi? - u mensimaygina so'radi. 
Gap buyoqda degin. Darrov buning ham qulog'iga 
yetib boribdida. Rashkdan tanasi titrab ketayaptiyee. 
Ana senga yoqimli muammo Viola.
- Haa, buni so'rashga kelganmiding? - unga 
hayratlangandek qaradim - biz taraflarda uyat degan 
narsa bor edi. Bunday tunlarni hammaga ham 
aytavermasdik. Agar juda bilging kelayotgan bo'lsa 
tassurotimni bo'lishishim mumkin - unga mamnun 
tikilib yumshoq o'rdiqlardan birini egalladim. U faqat 
g'azabli nigoh bilan chegaralandi.
- Sen Vernonning qo'yniga kirgan hamma 
kanizaklardan shuni so'rab chiqasanmi? - ustidan 
ochiqchasiga kuldim - yoki faqat mendan 
so'radingmi?... Uni tortib olishimdan 
qo'rqayapsanmi?
- Sen ham uning bir qo'g'irchog'isan holos. Vernon 
faqat meni sevadi. Sen faqat ko'ngli tusagandagina 
uni qo'yniga kirasan.
Yana yerga uradigan haqorat, qo'lim g'azabdan 
mushtlandi. U boshini ushlab yerga o'tirib qolganda 
ham tasirni to'xtatmadim aksincha yanada ko'proq 
azob bera boshladim.
- To'xtat... Bas qil - baqirib yubordi - bolam... Meni 
bolam bor... Bas qil...


"Bola?!" Tasirni tezda toxtatdim. U boshini 
changallagancha og'riqdan ingrab yig'lab yubordi.
- Sen oddiy kanizaksan Davila, men esa malika - sekin 
gap boshlab unga tushuntirishga urundim - meni 
o'zimga yarasha nasabim va shunga yarasha 
g'ururim bor. Sen oddiygina kanizak bo'lib meni 
haqoratlashinga hech qachon jim qarab turmayman. 
Shukur qil farzanding seni asrab qoldi... Ikkinchi 
safariga qo'limdan omon chiqmaysan... Endi esa 
yo'qol... Qaytib seni xonamda ko'rmay, menga duch 
kelganingda farzanding uchun ham tilingni tiyib yur, 
yo'qsa meni changalimdan o'sha suyukli Vernoning 
ham qorningdagi bolang ham seni qutqara olmaydi...
- Bekor shu ishni qilding - Milo Davilani orqasidan 
qarab qolib dedi.
- O'ziga yarashasini oldi. Endi o'rnini bilib yuradi.
- Unda keyingi jangingda omad, hademay Vernon 
ham huzuringa tashrif buyuradi.
- Kelsa, kelsin undan qo'rqadigan joyim yo'q. Men uni 
ogohlantirgan edi... - gapim yakunlanmasidan Vernon 
vajohat bilan xonaga kirib keldi.
- Seni o'ldiraman - baqirib menga tashlandi. Men
unga chap berib qoldim. Lekin birdan qarshimda 
paydo bo'lib yana o'tgan safargidek bug'ib oldi. Bu 
safar bug'ibgina qolmay kuch bilan meni uloqtirib 
yubordi. Belim bilan devorga tegib joyimdan tura 
olmay qoldim. U yana menga yaqinlashmoqchiligida 
Milo ayiqdek kattarib unga qarshi chiqdi. Lekin kuchi 
yetmadi, ko'zi qonga to'lgan Vernon uni xona 
burchagiga uloqtirib yubordi. U boshi bilan devorga 
zarb bilan tegib yiqildi.
- MILO - baqirib yubordim, uni yoniga bormoqchi 
edim yelkamdan tutib qolgan Vernon yana meni 


boshqa bir burchakka uloqtirib yubordi. Shu payt 
yuzimda alamli kulgu paydo bo'ldi. 
- Bu safar qo'limdan tirik chiqmaysan - o'ziga xos 
bo'lmagan ovozda o'kirdi.
- Foxishang hammasini yetkazdimi? - kulib yubordim. 
U meni bu safar yotoqga otib yuborib ustimga 
bostirib keldi. Undagi o'zgarishlarga endi etibor 
beribman. Ko'zlari qonga to'lganday qizil, tanasida 
qora tomirlar bo'rtib chiqgan, qo'llari qorayib 
qandaydir tirnoqlar o'sib chiqib tishlari ham 
yiriklashibdi. Uning tanasi ham borgan sari 
yiriklashib borardi.
- Sen qanaqa maxluqsan? - ko'z oldimda qop qora 
maxluqga aylangan Vernonga qo'rquv bilan qaradim. 
Uning qonday qizil ko'zlarida huddi "tilkalab 
tashlayman" degan mano bor edi. U qo'li bilan menga 
changal solganda bir dumalab qutulib qoldim. 
Niqobim ham yechilib ketdi. Hozir buni o'ylaydigan 
vaziyat emas. Uni qo'lidan qanday tirik chiqishimni 
o'ylashim kerak. Maxluq vajoxatli ovozda o'kirib 
xonadagi hamma narsani burdalab tashladi. Men 
undan qochib burchakka turib oldim.
- Binafsha - Miloning holsiz ovozi eshitildi.
- Milo bu...bu maxluq - dedim ovozim titrab.
- Uni tinchlantir.
- Qanday?
- Yaxshi gapirib tinchlantirishga harakat qil, u 
manqurtga aylangan, miyyasi hech narsani 
faxmlamayapti. Tinchlantirmasang yo'lida uchragan 
narsani yo'q qiladi. 
- Qanday tinchlantiraman axir, u hatto meni 
eshitmayapti ham.


- Urunib ko'r.
Biroz o'ylanib turib yashiringan joyimdan uning 
qarshisiga chiqdim. U meni ko'rishi bilan vajohat 
bilan yonimga keldi. Bir qo'li bilan bo'ynim va 
yelkamdan ushlab devorgacha tirab bordi.
- Ver.non - og'riqdan zo'rg'a tilim aylanayotgan edi - 
Ver.non tinchlan, bu menman... Binafshaman - uning 
qip qizil ko'zlariga tik qarashga urundim. Bir qo'limni 
ko'tarib yuzidan ohista tutdim - O'zinga kel... 
Tinchlan... Hammasi yaxshi... - devorga qisilib 
qolganimdan og'riq jon jonimdan o'tib ketayotgandi 
yig'lab yubordim - Iltimos... Aslinga qayt... Kechir men 
bunday qilmoqchi emasdim - uning issiq nafasi 
yuzimga urila boshladi. Uning ko'zlaridagi qizillik bir 
so'nib yana alanga olardi. Yo'q unga gaplarim tasir 
qilmayapti. U yana o'kirib meni qattiqroq qisib 
qo'ydi.
- Binafsha bo'sa - Milo baqirdi - undan bo'sa ol. 
Extiros tinchlanishiga yordam beradi.
- Hech qachon.
- Qaysarlik qilma, uni qo'lida burdalanib ketasan.
- Yo'q.
- Binafsha hozir g'ururni o'ylaydigan vaqt emas.
Maxluqning devorga qisib qo'yganidan ichimdagi 
azolar ezg'ilanayotgandek his qildim.
- Vernon iltimos... O'zinga kel - unga yoshli ko'zlarim 
bilan iltijoli qaradim. Yuzidan ushlab turgan qo'lim 
bilan uni yaqinroq tortib bo'sa oldim. Uning qo'llari 
sekin boshashdi. Qo'lim silliq yuzga tekgach o'zimni 
darrov undan nari qildim. Unga alam bilan qarab 
og'riq zo'ridan yig'lagancha yerga o'tirib qoldim...
- Binafsha - Milo tezda yonimga keldi - yaxshimisan?


- Bada.nim... og'riq - yelkalarim og'rishidan zo'rg'a 
gapirdim. U meni dast ko'tarib yotoqga yotqizdi. 
- Men hozir tabib chaqirib kelaman.
Milo xonadan chiqib ketgach, haliyam hayratda 
joyidan jilmay turgan Vernonga qaradim. Uning ham 
nigohi menga tushgach undan nafratlanib ketdim.
- Sen... Bu... Nima qilding?
- Ket... Chiqib ket xonadan.
U yonimga kelib bir muddat menga tikilib qoldi. 
Uning tushunarsiz nigohidan o'ng'aysizlandim.
- Ko'zlaring - pichirladi.
Undan nigohimni olib qochdim. U meni kimligimdan 
habar topdi... Daxshat... Qadam tovushlari eshitilishi 
bilan Vernon tez harakat qilib yuzimga niqob taqib 
qo'ydi. Uning bu harakatidan hayron bo'lib unga 
qaradim. U yuzida jiddiylikni aks ettirib eshik 
tomonga yuzlandi. Xonaga Milo bilan birgalikda yoshi 
kattaroq ayol kirib keldi. Meni kiyimimni old qismini 
bo'shatib yelkalarimni obdon tekshirib bo'lgach 
hafsalasiz Vernonga qaradi. Menimcha ayol bu yerda 
nima bo'lganini sezgan.
- Yelkangiz chiqgan, teringiz ham yaxshigina ezilibdi - 
u yelkamdan ohista bosib o'ng qo'limni birdan tortdi. 
O'qriq va qirsillashni sezib biroz yengillashdim - 
xonadan chiqib turinglar yelkasini bog'lashim kerak. 
Ayolni gapini eshitib Milo bilan Vernon xonadan 
chiqib ketdi. Tabib ayol ko'ylagimni yechib 
badanimga qandaydir malhamlar surtdi.
- Joyinginzdan qimirlamay yotishingiz kerak - oq 
mato bilan yelkalarimni aylantirib bog'lar ekan 
mehribonlik bilan gapirdi - Teri ezilishi juda og'riqli 
bo'ladi, o'zingizni ehtiyot qiling. Men sizga damlama 


berib yuboraman og'riqni sezishingiz bilan ichib 
olasiz, og'riqni biroz bo'lasada qoldiradi - u shunday 
degancha egnimga boshqa kiyim kiygizib xonadan 
chiqib ketdi.
Gapirishga ham madorim yo'qligi uchun tabibni 
shunchaki nigohlarim bilan kuzatib qo'ydim. Xonaga 
avval Vernon uning ortidan g'azab otiga mingan Milo 
kirib keldi.
- Balki nimalar bo'layotganini tushuntirib berarsilar - 
Vernonning hech narsa bo'lmaganday gapirishi 
nafratimni eng yuqori cho'qqisigacha ko'tardi.
- Ket - pichirladim - Milo uni xonadan chiqarib yubor.
- Sen o'sha bashoratdagi binafsha ko'zsan va hozir 
menga hech qanday izoh bermay meni 
haydayabsanmi?
Unga yaqinlashgan Miloni to'xtatdim.
- Ablax - baqirib yubordim - sen mendan 
so'radingmi? Nega Davilaga shunday qilganimni? U 
senga nima dedi, a gapir? Uni gaplarini eshitdingu 
menga tashlanding shundaymi? Sen mendan izoh 
so'radingmi?... Yo'qol, daf bo'l.
- Uni o'ldirmoqchi bo'lganingni aytdi.
- Ho'sh o'z-o'zimdan unga tashlanibmanmi?
- Ha...
Kulib yubordim. Manashuni ayollik makri desa 
bo'ladi. Bir insonni quturtirib yuboradigan darajada.
- Men seni ogohlantirgandim, agar foxishalaringdan 
haqoratli gap eshitsam tirik qoldirmayman deb. 
Lekin Davila tirik qoldi, bu sen sababli emas, mendan 
qo'rqib tirik qoldirding deya ko'rma... Bolasi bo'lgani 
uchungina tirik qolgandi... Endi esa uni meni 


changalimdan sen ham ichingdagi maxluq ham 
qutqarib qola olmaydi...
- U senga nima dedi? - g'azablandi.
- Ahamiyatsiz... Aslida o'zimni oqlashim g'irt 
ahmoqlik bo'ldi... Ket.
- Balki sen aytarsan? - Miloga yuzlandi.
- Sen suyukligingni shunaqa qo'g'irchog'i bo'lib 
yuraver, senga shu yarashadi... Milo mushuk holinga 
qaytib yonimga kel, tezda! - endi og'iz juftlagan 
Miloga o'tkir nigohimni qaratdim.
- Sen Binafshani o'tmishidan habardor eding... - Milo 
afsus bilan gap boshladi - Qiliqlaring hiqqildog'imga 
keldi. Agar yana bir marta Binafshamga sen yoki 
foxishangni dastidan ziyon yetsa, dunyoni 
boshlaringa o'zim qulataman.
Milo g'azab to'la nigohini Vernondan uzib mushuk 
qiyofasiga kirgancha ayanchli ovozda miyovlab 
yonimga keldi. Biqinimga joylashib surkalgancha 
mo'ltirab turgan ko'zlarini menga qaratdi.
- Hammasi yaxshi bo'ladi - uni silab qo'yib 
jilmayishga urundim.
Vernon yana qanchadir muddat menga tikilib turib 
xonani tark etdi.
Xonam eshigi ochilishi bilan ko'zlarimni ohista ochib 
o'sha tarafga qaradim. Eshik yonida qo'lida patnis 
bilan Venera turardi.
- Kel.
- Viola yaxshimisan? - havotirlanib so'radi.
- Chidasa bo'ladi - jilmayishga urundim.


- Bo'lgan voqealarni eshitdim... Kechir - dedi ko'zlari 
yoshga to'lib.
- Hey, sen nega kechirim so'raysan, qani yonimga 
kelchi.
U patnisni tokcha ustiga qo'yib menga yaqinlashdi.
- Akam...bu darajaga borishi...
- Hechqisi yo'q, hammasi o'tib ketdi.
- Viola...- yig'idan ovozi titradi - bu qadar yaxshi 
bo'lma. O'zingni qo'lga ol, axir oddiy inson 
emassanku. Kurash, yengilma kuchingni anglab yet, 
o'zingni himoya qil.
- Huddi akangni tilkapora qilishimni istayotgandek 
gapirayabsan.
- U shunga loyiq...
- U aslida kim, men kitoblarda hech qachon bunday 
tur vakilini o'qimagandim - dedim ko'z oldimga yana 
bahaybat maxluqni keltirib.
- Bunday tur vakili juda ham kam, butun dunyo 
bo'yicha uchta to'rtta chiqishi mumkin. Biz ularni 
Demonius deb ataymiz. Iblisning yana bir shavfqatsiz 
malayi. Ular g'azablansa ongsiz maxluqga aylanadi. 
Hech kimni hatto o'zini ham anglolmay qoladi. Yo'lida 
uchraganini burdalaydi... Shu uchun akam xudbin 
bo'lib ulg'aygandir. Hamma undan qo'rqadi, insonga 
emas huddi maxluqga qaragandek qarashadi...
- Haa... - ho'rsindim - aytgancha nega Vernon Davila 
bilan qonuniy ham birga bo'lmagan. Shunchalik 
sevsa...
- Bizlarga past tabaqalilar bilan oila qurish 
taqiqlangan.


- Lekin Qirol Kristofer ham uni sevgan, agar sevgilari 
ohirigacha bo'lganda u bilan birga bo'lardi to'g'rimi?
- Ha...ammo bu ham qonuniy bo'lmasdi. Oliy 
nasablarga faqat oliylar. Nomiga boshqa oliy nasabga 
uylanib qo'yardi.
- Tushunarli... 
- Aytgancha... Kris ham voqeadan habar topdi, Davila 
uy qamog'ida qirol buyrug'iga hatto Vernon ham 
qarshi chiqa olmaydi. Davilani aqli kirguncha u 
xonaga hech kim kirmaydi ham chiqmaydi ham. 
- Yaxshi.
- Voy...damlama esimdan chiqibdi buni ichib ol - u 
o'rnidan turib damlamani olib berdi.
- Bemaza - bir ho'plab yuzimni burishtirdim.
- Og'riqga qarshi ekan, ohirigacha ich.
Veneraning qistovi bilan yoqimsiz damlamani 
ohirigacha ichdim. U bilan yana biroz vaqt suhbat 
qurgach xonaga Kristofer kirib keldi.
- Xonimlar bezovta qilmadimmi?
- Yo'q, bemalol - mendan oldin Venera javob berdi.
Kristofer xonaga kirib Veneraning yonidagi yumshoq 
o'rindiqdan joy egalladi.
- Yaxshimisiz?
- Chidasa bo'ladi.
- Kechiring... Bizni etiborsizligimiz sabab bo'ldi 
barchasi.
- Hechqisi yo'q, hammasi o'tib ketdi.
- Hammasi o'ziga yarashasini oladi, siz hotirjam 
bo'lavering.


- Ho'p.
- Venera biz keta qolaylik Viola xonim dam olishi 
kerak... Yaxshi dam oling - Kristofer Venerani ham 
yetaklagancha xonadan olib chiqib ketdi.
- Milo - yig'lamsirab Miloni chaqirdim.
- Nima bo'ldi? - Milo tezda odam qiyofasiga kirib 
menga havotirlanib qaradi.
- Judayam og'riyapti... Bilasanmi bolaligimdan men 
umuman shikastlanmasdim. Kimdir yoki tabiatmi 
meni hamma narsadan himoyalab yurardi... Nega 
hozir himoya qilmayapti? 
- O'zing aytganingdek u vaqtlar bola bo'lgansan... 
Endi esa o'zing o'zingni himoya qilishni o'rganishing 
uchun bunday yordamlar senga nisbatan cheklangan.
- Sen buni qayerdan bilasan?
- Shunday taxmindaman... Uxlashga urinib ko'r 
og'riqlar esingdan chiqadi.
- Ho'p - yana ko'zlarimni yumdim. 
Endi uxlay deganimda og'riqlar azob berib 
uhlashimga yo'l qo'ymasdi. O'griq zo'ridan inqillab 
yig'lab yotdim. Ovozimdan Milo ham uyg'onib ketdi.
- Kuchli og'riyaptimi?
- Hmm.
- Unda men tabibdan kuchliroq damlamami, 
malhammi olib kelaman - Milo yugurgancha xonadan 
chiqib ketdi.
U ketgach yana ko'zim ilinganmikan, yuzimga tekgan 
muzdek taftdan seskanib ketdim. Ko'zlarimni ochib 
sovuq qo'llar sohibiga qarab hayratlandim...


- Sen - hayrat o'rnini tezda g'azab egalladi - bu yerga 
kelishga qanday hadding sig'di... Daf bo'l xonamdan 
Vernon - tishlashib gapirdim.
- Senga yordam bermoqchiman... To'g'ri bu qilgan 
xatoyimni oqlamaydi, lekin...
- Seni hatto ko'rish tugul, ovozingni eshitgim yoq... 
Yo'qol.
- Juda og'riyaptimi? - gaplarimga etibor bermay 
achinish bilan qarab yelkalarimdan tutdi.
- Menga bunday qarama ket, iltimos - unga ojizlardek 
ko'rinishni istamadim, lekin og'riq meni 
yengayotgandi, yana yig'lab yubordim.
- Qilgan aybimni biroz bo'lsada yuvishimga ijozat ber 
- u yotoqning bosh qo'yadigan tarafiga suyangan 
bo'lib yotib oldi.
- Nima qilmoqchisan? - uni harakatidan hayron 
qoldim - Ket...yo'qol...daf bo'l... Tegma 
menga...yaqinlashma...
Qancha baqirib chiranmay u meni bir urunishda 
yelkamdan ko'tarib o'ziga suyagancha yotqizdi. Bir 
qo'li bilan yelkam aralash quchib oldi.
- Senga yordam bermoqchiman, o'zim bergan 
og'riqlarga davo bo'lmoqchiman.
Uning muzdek tanasi og'riqlarni bosayotgan edi. 
Chidab bo'lmas azob tanamni tark etayotgani uchun 
ortiq qarshilik qila olmadim. Bu og'riqdan tuni bilan 
to'lg'onib chiqgandan ko'ra, og'riqlarni bartaraf 
qilayotgan tananing bag'rida o'tirganim afzal. Hozir 
g'ururni o'ylaydigan ahvolda emasdim...
- Sen bu yerda nima qilayabsan? - qo'lida nimadir 
ko'tarib kelgan Milo Vernonni ko'rishi bilan tishlashib 
gapirdi.


- Xatoyimni to'g'irlashga urunayabman - Vernon 
hotirjam javob berdi. Milo menga qaragach jim 
ishorasini qildim. U ko'zlarini yuqoriga qaratib 
ho'rsingancha qo'lidagi damlamani shu yerdagi stol 
ustiga qo'ydi.
- Yaxshimisan? - yonimga yaqinlashib 
mehribonlarcha so'radi.
- Og'riqlarni sezmayabman - jilmayib qo'ydim. U ham 
javoban jilmayib yana mushuk qiyofasiga kirib 
olgancha yonimga yotib oldi.
- U bilan judaa yaqin ko'rinasan? - Vernon o'zgacha 
ohangda so'radi. Milo uni gapini eshitib yoqimsiz 
ohangda miyovladi.
- Chakagingni yopib yotar ekansan - dedim Miloga 
ishora qilib - men ham uni gapini maqullayman... Iloji 
bo'lsa umuman gapirma.
- Lekin senga beradigan savollarim bor.
- Ho'sh? - uyqum kelmagani uchun men ham 
suhbatlasha boshladim.
- Boyagi narsani qanday uddalading, yani meni 
tinchlantirdingku... Nima desam ekan?... Uff haligi... 
Meni qanday qilib yana odam qiyofasiga qaytarding?
- Ehtiros... orqali - dedim o'zim ham noqulay bo'lib.
- Yo'q, meni turim bunday narsalarda tinchlanmaydi.
- Qayerdan bilasan?
- Sinab ko'rganman.
- Bilmadim, lekin sen bitta bo'sada yuvosh tortib 
qolganingni bilaman.
- Ustimdan kulayabsanmi?
- Yooo'q bunga haddim sig'armidi?


- Ancha o'zinga kelib qolgan ko'rinasan, zahar tiling 
yana vazifasini bajarayapti.
- Hmm... Avvallari shunday holatga tushganingda 
qanday qilib asl holinga qaytarding? - o'zimni 
qiziqtirgan savolni berdim.
- Jodu orqali... Venera jodu orqali meni asl holimga 
keltirardi, lekin bu juda og'riqli kechardi. Tanam 
kichirayishi, tirnoqlarni qayta ichkariga kirishi, 
tuklarni yo'qolishi, tishlar, butun vujudim og'riqdan 
azob chekardi... Ammo seni uslubingda umuman 
og'riqni his qilmadim... Senda nimadir bor.
- Bo'lsa bordir, lekin bu nimaligini bilmayman - 
dedim ko'zlarimni yumib.
- Demak binafsha ko'zman de - o'rtamizga tushgan 
sukunatni yana Vernonning ovozi buzdi.
- Ha.
- Yovuzlik timsoli, tavqi lanat tekgan qiz.
- Yovuzga o'xshaymanmi? - negadir uning gaplari 
ko'nglimga og'ir botdi.
- Aslida men ham shunga hayron 
qolayabman...jaxling chiqganini hisobga olmasa 
chumoliga ham ozor bermaysan. Haddan ortiq 
yaxshisan, ko'ngling ham juda nozik.
- Yo'g'ee, shunaqamanmi?!
- Ha... Har doim shundayligingcha qolasan degan 
umiddaman - meni yanayam bag'riga tortdi - 
Binafsha hech qachon o'zgarma. Qanday bo'lsang 
shundayligingcha qol... Bashoratga etibor berma, 
hamma bashoratlar ham amalga oshavermaydi...
- Lekin shu paytgacha bashoratlar hech qachon 
aldamaganku...


- Bunisi istisno bo'ladi shekilli... Sen yovuzlik timsoli 
emassan aksincha sendagi pok qalb hammada ham 
bo'lavermaydi.
- Negadir bugun boshqachasan? - uning gaplaridan 
noqulay holatga tushayotgandim.
- Yuzingni men ko'rdim... Bundan buyog'iga ehtiyot 
bo'l, boshqa hech kimga ko'rsatma, hattoki 
ishonchinga kirib ulgurgan insoningga ham.
- Senga nimadir bo'ldimi? 
- Yo'q, shunchaki... Uxla bugungi kun og'ir bo'ldi. 
Men hayron bo'shimni yuqori qilib unga qaradim, 
ko'zlarini yumib olibdi. Tanamda umuman og'riqlar 
sezmaganim uchun men ham hotirjam uhlashga 
umid qilib ko'zlarimni yumdim.
Ertalab eshikni taqillashidan uyg'onib ketdim. 
Yonimga qaradim men hali ham Vernonning bag'rida 
ekanman. Eshik uch marta taqillab ichkariga Venera 
kirdi, kiriboq hayratdan kattarib ketgan ko'zlarini 
bizga qaratdi. Men uni nigohidan noqulay ahvolga 
tushib Vernondan uzoqlashishga urundim. Lekin u 
uyqisirab meni qo'yib yubormagan ko'yi yana 
bag'riga tortib oldi.
- Bu sen o'ylagan narsa emas - Veneraga qarab 
pichirladim.
- Tushundim - u jilmaygancha qo'lidagi patnisga 
ishora qildi - senga nonushta olib kelgandim.
- Rahmat... - deya Vernonni turtdim uyg'onmadi.
- Uyqusi juda qattiq - dedi Venera meni tushungan 
holatda - uni ustiga kecha maxluqga ham aylangan, 
uyg'otish juda qiyin bo'ladi... Hozir o'zim 
yordamlashaman. 


Venera qo'liga patnisdagi sharbatni olib Vernonni 
yaqiniga keldi. Hech ikkilanmay sharbatni 
Vernonning boshidan quyib yubordi. 
- Venera uyg'onsam mendan yaxshilik kutma... Hozir 
esa jim bo'l juda charchaganman - Vernon ko'zini 
ham ochmasdan g'udurlardi. Ustidan muzdek sharbat 
to'kilsa ham qilt etmadiyee.
- Hech bo'lmasa Violani qo'yib yubor u nonushta 
qilishi kerak.
- Keyinroq men bilan birga ovqatlanadi.
- Iii nega ekan? - baqirib yubordim.
Uxlab yotgan insonlarni uyg'otishni azaldan yomon 
ko'raman, hozir ham uni uyg'otib yubormaslik uchun 
jim turgandim, lekin ohirgi gapi oshib tushdi. Men 
axir kecha nonushtadan so'ng u va qayerdagi 
kanizagi sabab ovqatlanmadim. Bu esa keyinroq 
deydimi, hechda!!!
- Tur o'rningdan, indamasam o'zingdan egani yasab 
olasan - baqirib uni itarib tashladim - "Keyinroq 
ovqatalanadi" emish, men kechadan beri hech narsa 
yeganim yo'q...
U baqirganimdan ko'zlarini katta katta ochib hayrat 
bilan menga qaradi. Venera esa bu qilig'imdan kulib 
yubordi.
- Sen ochqolsang yirtqichlardan ham o'tib 
tusharkansan - u yana g'udurlab boshqa tarafga 
qarab yotib oldida uyqusini davom ettirdi.
- O'zing ham bir kun hech narsa yemay yurchi, 
shunda ko'ramiz ahvolingni - labimni burib gapirib, 
Veneraga yuzlandim. U qo'liga Miloni olvolib tomosha 
ko'rganday bizga qarab turardi.


-Nonushtamni olib bera olasanmi? - biroz hijolat 
bo'lib so'radim.
- Albatta - Venera patnisni yonimga qo'yib sut 
to'ldirilgan idishni oldi - Miloga ham ovqat bor - sutni 
Miloga berib o'zi o'rindiqga joylashdi.
- Og'riqlaring qoldimi?
- Ha akangni sharofati bilan - yotoqga suyanib o'tirib 
olib ovqatlana boshladim.
- Yaxshi...
Ovqatlanib bo'lgancha Venera bilan har xil 
mavzularda gaplashib o'tirdik. Qornim to'ygach u 
patnisni olib xonadan chiqib ketdi. Men esa
boshimni qayta yostiqga qo'ydim. Tanamda og'riq 
bo'lmasada baribir yelka, qo'llarimni qimirlatishga 
biroz qiynalardim.
Oradan bir soat o'tsa hamki Vernon uyg'onmadi. 
Miloni ham sabri tugadi shekilli odam qiyofasiga 
kirib hech ikkilanishsiz uni yotoqdan itarib yubordi.
- Heyyy! - Vernon baqirgancha o'rnidan turdi.
- Bu yerdagi ishing bitdi endi esa yo'qol - Milo 
hotirjam gapirib o'rindiqlarning biriga o'tirdi.
- Sen qoluding o'zi meni shu xonadan haydamagan - 
Vernon kiyimlarini biroz to'g'irlab menga qaradi - 
Yaxshimisan?
- Ha.
- Balki endi menga hamma narsani tushuntirib 
berarsizlar - Milo ikkimizga yuzlanib yana qayta 
yotoqga joylashdi.
- Aynan nimani? Kechasi gaplashdik shekilli.
- U kim? - Miloga ishora qildi.


- Meni kimligim bilan ishing bo'lmasin - asabiylashib 
gapirdi Milo.
- Qo'riqchim... Meni himoyalab yuradi.
- Qanday turga kirasan? - Miloga yuzlanib so'radi.
- Felinlardanman.
- Shu yerlikmisan? - Vernon hayron so'radi.
- Shunday, lekin Binafsha tug'ilgach uning 
qo'riqchisiga aylanganman.
- Felin?! - men ikki yigitga hayron qaradim - Nima u?
- Felin bizni tur shunday nomlangan yirtqich 
mushuksimonlar oilasi - Milo izoh berdi.
- Nima bu mamlakat hayvonlardan tashkil topganmi?
- Shunaqa desa ham bo'ladi.
- Sen bilan keyinroq ochiqchasiga gaplashib olamiz 
Milo - Miloga yov qarash qilib Vernonga yuzlandim - 
yana qandaydir gaping bormi?
- Yo'q tugadi.
- Endi meni navbatim, hamma narsadan habaring 
bor ekan bemalol so'rasam ham bo'ladi... Nega menga 
uylanding? Bundan asosiy maqsading nima? Davila 
bilan birgalikda nimalarni rejalashtirayapsan?
- Savollar yomg'iri bo'ldi...
- Gapni aylantirmay javob ber.
- Senga uylanishimdan maqsad borligi rost, lekin 
buni Davila bilan rejalashtirmaganman.
- Haaaa ol, o'sha suyukligingni tarafini olaver. Men 
senga kecha tug'ilgan bolamanda hamma gapinga 
ishonib ketadigan... Ho'sh maqsading nima?


- Muvozanatni ushlab turish.
- Yani? - unga tushunarsiz qaradim.
- Donare malikasi qaysi mamlakatga borsa o'sha 
mamlakat parokanda bo'layotgandi - u kesatib gap 
boshladi - Avval Genero keyin Macel. Bu tasodif 
emasligini yaxshi bilganim uchun seni kuzatishga 
kirishdim. Kuzatuvlarim natijasida senda qandaydir 
kuch borligini sezdim. Avvaliga qirol oilasini sen yo'q 
qilgansan deb o'yladim... Menga bunday qarama 
sendan shu qadar kuchli kuch taraladiki butun bir 
mamlakatni yo'q qilib yuborishing mumkin, shunga 
shubhalangandim. Keyin sen bilan "Jek" ismida 
tanishdim. Sendagi sof dillik va beg'uborlikni ko'rib 
bu yerda boshqa gap borligini bildim. Uni ustiga 
Karloga shuncha aza tutgan qiz o'z sevganini 
o'ldirolmasdi yana undan farzand ham 
kutayotganding... Bu shubahalarim o'rinli chiqdi... 
So'ng bobong bilan ko'rishishga qaror qildim va bu 
qirg'inbarotni boshida aynan bobong turganini 
faxmladim. Yana bir mamlakatni oyog'ini osmondan 
qilmasidan avval seni qo'lingni so'radim... Bor gap 
shu.
- Sen muvozanatni ushlab turish uchun menga 
uylanding?! - bu gaplarni eshitib o'zimni kulgudan 
to'xtata olmay qoldim - Sen-a?
- Buni nimasi kulguli?
- Nahotki sen boshqa mamlakatlarni himoya qilish 
uchun kurashgan bo'lsang... Yo'o'o'q bu ishonib 
bo'lmaydigan maqsad.
- Bu haqiqat ishonish ishonmaslik o'zinga siylov - 
Vernon asabiylashdi.
- Davila bilan qurgan suhbatingni eshitib qolgandim - 
oraga Milo qo'shildi - sen unga Binafsha haqida 
gapirayotganding, uni kuchi tengsizligini aytganding.


- Bu ogohlantirish edi... O'sha kuni Davila bilan birga 
edik. Bir qiz kelib o'sha murda qiz bilan o'rtangizda 
bo'lib o'tgan suhbatni yetkazdi. Borganimizda esa 
murdaga duch keldik. Davila ham biror ahmoqlik 
qilib, o'sha qizning holiga tushmasligi uchun 
ogohlantirayotgandim.
- Aynan o'sha kun ekanligini qayerdan bilding! - Milo 
shubha bilan Vernonga qaradi.
- Chunki Davilaga o'sha kuni Binafsha oddiy inson 
emasligini aytgandim... murdani guvohiga aylangach!
- Nega shaxzoda bo'lib o'zingni oqlashga 
urinayabsan?... Senga baribir emasmi? Biz senga 
ishonamizmi yo'qmi.
- Uni nazdida yomon inson bo'lib ko'rinishni 
istamayabman - Vernon menga ishora qildi.
- Senda baribir nimadir boshqacha.
- Men haqiqatni gapirdim, buyog'i o'zlaringga 
havola... Bugun kechga yana kelaman - Vernon 
jilmayib xonadan chiqib ketdi.
- Ho'sh Milo endi siz gapiringchi - xonada ikkimiz 
qolgach Miloga yuzlandim - Nega menga o'zing 
haqingda umuman gapirmagansan?
- Chunki sen so'ramagansan.
- So'ramasam ham meni vatanim shu yer deb 
qo'ysang bo'lardi.
- Bildingku, nima farqi bor.
- Sen bilan do'stmiz deb o'ylagandim...
- Haliyam shundyamiz.
- Do'stlar o'rtasida sir bo'lmaydi.


- Uff... Binafsham... Men o'zim haqimda gapirishni 
yomon ko'raman... Lekin sen so'raganingda ishon 
o'ylanib o'tirmay gapirib berardim. Sen ham 
so'ramading men ham o'zimdan o'zim gapirmadim.
- Hmmm... Boshqa bunday qilma. Mendan hech 
narsani yashirma.
- Ho'p...
Uch kun deganda yana oyoqga turdim. Shu uch kun 
ichida Vernon mendan bir qadam ham 
yiroqlashmadi. Buncha mehribonlik qayerdan? Balki 
Davilani yoniga kiritishmaganiga men bilan 
ovunayotgandir, lekin harami to'la qizku borib 
o'shalar bilan o'ynashsa bo'lmaydimi?
Derazadan saroyni tomosha qilib turganimda 
xonaga Venera kirib keldi.
- Hayirli tong go'zalim! - quvnoq ohangda gapirib 
meni yengilgina quchib qo'ydi.
- Senga ham hayirli... Quyosh qaysi tarafdan chiqdi 
bugun juda xursandsan.
- Bu xursandchilikni sababi borda...
- Binafsha senga zo'r yangiligim... Aa? - Milo 
gapirgancha xonamga kirib kelib Venerani ko'rishi 
bilan baqirib yubordi.
- Sen kimsan? - Veneraning qoshlari chimirildi.
- Venera haligi bu... Bu Milo...
- Nima Milo?! - hayratlandi.
- Tanishganimdan hursandman miledi - Milo hurmat 
bilan egilib qo'ydi.
- Felinmisan?


- Ha.
- Canid - Venera tushunarsiz so'zni aytib Miloga qo'l 
uzatdi.
- Canidlardanmisan?! - Milo hayron qolgancha 
Venerani qo'lini siqib qo'ydi.
- Hayron qoldingmi? Canidlardan faqat men shunaqa 
bo'lsam kerak, dushman qabilalarga adovatim yo'q. 
- Felinlardan ham senga o'xshagani topildi shekilli - 
Milo Veneraga tikilgancha jilmaydi.
- Bu yerda nimalar bo'layotganini tushuntirarsizlar - 
ularning hech bir gapiga tushunmaganim uchun 
asabiylashdim.
- Venera Canidlardan ekan yani bo'risimonlardan. 
Felinlar va Canidlar azaldan kelisha olishmagan, yani 
it bilan mushuk degandek... Lekin ko'rib 
turganingdek bizda adovat yo'q shekilli - Milo izoh 
berib Veneraga ishora qilib qo'ydi.
- Sen ham hayvonga aylana olasanmi? - men 
Veneraga hayron qaradim.
- Ha.
- Qanaqa hayvon?
- Taxmin qilib ko'rchi.
- Bo'ri - dedim ilk taxminimni aytib.
- Yo'q.
- Tulki - dedi Milo Veneradan ko'z uzmagan ko'yi - 
faqat tulkilarda shunaqa ko'zlar bo'ladi... betakror!
- Aytgancha... Senga bir hushxabar bilan kelgandim 
aslida - dedi Venera Miloning nigohidan qochib 
menga yuzlanar ekan.


- Qanday?
- Bugun yaylovga chiqamiz, oilaviy dam olishga.
- Men ham senga shuni aytmoqchi edim - dedi Milo 
hayollarini yig'ib olib.
- Tayyorgarligingni ko'r qulay kiyimlar kiyib ol, ot 
choptirishimiz ham mumkin.
- Ho'p.
Venera xonadan chiqib ketgach yuzida tabassum 
arimayotgan Miloga yuzlandim.
- Kuydirilgan kallaga o'xshab tirjayishni bas qil.
- Nihoyat u bilan tanishib oldim - dedi hamon 
jilmayib.
- Sen uchun hursandman, endi menga kiyim 
tanlashib yubor qaysi birini kiyay.
- O'zing tanla - Milo shunday degancha o'zini yotoqga 
otdi.
- Jinni, sendan yordam so'ragan o'zi men ahmoq...
- Uni qanday qarashini ko'rdingmi? Nima deb 
o'ylaysan u ham meni...
- Sevmaydi, endigina seni ko'rdi. U mulohazali qiz bir 
ko'rganda bo'yninga osilib olmaydi. O'zingni unga 
yaxshilab tanit. Shunda sevib qolar balkiiii.
- Ko'ngil uchun "sevadi" deb qo'ysang bo'lardi - 
to'ng'illadi.
- Umid berishni yomon ko'raman.
- Bilaman... Nariroq tur bitta kiyim ham eplab tanlay 
olmaysan.
- Ajab bo'pti...


Milo tanlagan kiyimlarni kiyib ko'zgu qarshisiga 
keldim. Ko'rinishimdan mamnun holda unga 
yuzlandim.
- Rahmat.
- Arzisan... Endi tezlash pastda kutib turishibdi...
Yaylov ham yaylovmisan yaylov ekan o'ziyam... U 
yerni ko'rib ko'zlarim hayratdan kattalashib ketdi. 
Yam yashil judayam keng, ohiri ko'rinmaydigan 
maydon. Yana bir tekkisligi ham insonni hayratga 
sola oladi. Biz yaylovdagi yagona daraxt tagiga 
joylashib oldik. Kristofer bilan Vernon o'zlari kuch 
sinashib qilichbozlikka tushib ketishdi. Men esa 
Venera bilan turli hil mavzularga gaplashib o'tirdim. 
Nigohim norozi o'tirgan Miloga tushgach unga 
yuzlandim.
- Menimcha zerikdi - dedi Venera mushuk 
qifofasidagi Miloga qarab. Milo odam ekanligini 
bilgach Venera uni erkalamay qo'ydi - Akalarimga 
o'zim tushuntiraman odam qiyofasiga kir - dedi uni 
holatini tushungan holda. 
Venera akalarini yoniga borib nimadirlar degach 
uchalasi ham bizga qarashdi. Miloni turtganimdan 
so'ng odam qiyofasiga kirib ularni yoniga bordi.
- Vernon bilan kelishib ketishiga ishonaman-u, lekin 
Kris bilan muammo chiqishi mumkin. Kris ham 
Canidlardan va Felinlarni umuman yoqtirmaydi. 
- Lekin qasrda bemalol yurdiku - dedim bir yigitlar 
tomonga qarab.
- Sen uchun chidab yurgandi. Hozir odam qiyofasida 
ko'rgach... Buyog'ini bilmadim, balki kelishib ketar.
- Kristofer qaysi hayvonga aylana oladi?
- Bo'ri.


- Nega Vernon ham hayvon ham maxluqga aylanadi. 
Yoki sizlar ham...
- Yo'q oramizda faqat Vernon shunaqa avval 
aytganimdek u Demonius. Modomiki oilamiz azosi 
ekansan senga yana bir sirni ochishim kerak... 
Vernon bizga o'gay bo'ladi. Vernonning onasi qora 
jodugar bo'lgan, menimcha shu sabab ham u bizdan 
ancha kuchli...
- Yani?!
- Vernonning onasi otamning kanizaklaridan biri 
bo'lgan. Otam ham, Vernonning onasi ham qora 
jodugar bo'lgani uchun u ancha qudratli. Kris va 
meni onam esa Canidlar qabila boshining qizi 
bo'lgan. Shu uchun ham Kris va men Canid turiga 
kiramiz. Otamizning qobilyati ham o'tgan qo'ldan 
kelgancha sehrgarlik qila olamiz lekin Vernonchalik 
emas. 
- Tushunarli.
- Yigitlar jang qilguncha biz otlarni olib kelib turaylik.
- Ho'p.
Venera ikkimiz yaylovning narigi boshiga qurilgan ot 
xonaga bordik. Otlar biram ko'pki, yana juda chiroyli 
har bittasi yaltirab turibdi.
- Bu ikkisi akalarimniki - dedi Venera yonmayon 
turgan ikki otga ishora qilib - bu esa meniki - deb och 
mallarangdagi otga ishora qildi - sen o'zing va Miloga 
hoxlaganingni tanlashing mumkin.
Men otlarni birma bir tomosha qilib chiqa boshladim. 
Tim qora ot yoniga kelganimda esa to'xtab qoldim. 
Uning ko'zlarida qandaydir nur jilvalandi.
- Shunisi menga - dedim qora otga mamnun jilmayib.


- Bu bo'ysunmas ot, hali hech kimni ustiga 
mingizmagan. Boshqasini tanlay qol.
- Yo'q aynan shunisi.
- O'zing bilasan, men seni ogohlantirdim... Miloga 
ham tanla.
- Unga o'zing tanlay qol, bu ot hali egarlanmagan 
ekan o'zim egarlayman.
- Ho'p...
Otxonadan otlarni olib chiqgach yana yayov 
manzilimizga qaytdik. Yigitlar soyada dam 
olishayotgan ekan.
- Akalar, biz ot olib keldik, bir ko'ngilhushlik qilaylik - 
Venera quvnoq ovozda ularni chaqirdi.
- Uchar - Vernon o'rnidan turib peshonasida qashqasi 
bor to'q jigarrang otni yoniga keldi.
- To'fon, seni ko'rmaganimga ham ancha bo'libdi - 
Kris qizg'ish rang otni yolidan silab qo'ydi.
- Bu esa senga shaxsan Venerani o'zi tanladi - deb 
Miloga ko'z qisib qo'ydim - unga nom qo'y.
- Nom tayyor... Omadli bo'ladi, o'zi bilan birga qo'shib 
menga omad olib kelsin - dedi sirli jilmayib.
- Menimcha sen o'zinga noto'g'ri ot tanlagansan - 
Vernon qora otga ishora qilib gapirdi.
- Uni ogohlantirdim, shuni olaman deb turib oldi - 
Venera izohladi.
- Menimcha ham bu otga minmaganingiz yaxshi - Kris 
havotir bilan gapirdi.


- Yo'q, qarorim qat'iy - gapimda turib oldim - 
Bo'ysunmas menga zarar yetkazmaydi to'g'rimi? - 
bo'ynidan silab qo'ydim.
- Yiqilib tushsang bu safar og'riqlaringa "davo" 
bo'lmayman.
- Shart ham emas - Vernonga ensa qotirib qo'ydim.
- Unda hamma otiga - Venera otiga minib olib 
birinchilardan bo'lib choptirib ketdi. Orqasidan Milo 
va Kris ham ergashdi.
- Balki tinchgina o'tirarsan - Vernon yonimga kelib 
otning jilovini qo'limdan tortib oldi.
- Yo'q, men shu otga o'tiraman.
- Qaysarlik qilma, bu otni hatto men ham bo'ysundira 
olmaganman.
- Meni kimligimni unutding shekilli, u menga 
bo'ysunadi... Sendek maxluq yonimda yuvosh tortib 
qolganda, bitta otni eplay olmaymanmi?!
- Sen... - Vernonning chakkasida g'azabdan bo'rtma 
tomirlar chiqdi. Ko'zlarini yumib tinchlanishga 
urundi. Ohirgi gaplarim haqiqatdan oshib tushgandi - 
Bilganingni qil.
U jilovni qo'yib yuborib otini choptirib ketdi. Uning 
ortidan biroz kuzatib so'ng Bo'ysunmasga yuzlandim. 
Uning yollarini silab sekin pichirladim
- Meni sharmanda qilmaysan degan umiddaman.
Uni ustiga osonlikcha chiqib oldim hech qanday 
qarshilik ko'rsatmadi, jilovni sekin ushlab tortdim.
- Senga ishondim Bo'ysunmas, ishonchimni oqla! 
Qani ketdik - jilovni silkidim. U hech qanday qarshilik 
qilmay shamol tezligida yugurib borardi. Yuzimga 
urilib, sochlarimni to'zg'itayotgan shamoldan zavq 


ola boshladim. Buni ot ham sezgandek yanada tez 
chopardi. Sal kam besh daqiqada men ularga yetib 
oldim.
- O'rmonga... Kim birinchi borish - ularni ogohlantirib 
ancha uzoqda ko'rinayotgan o'rmonga ishora qilib 
otni choptirib ketdim. Bunaqa tezlikda men yutishim 
anniq... Lekin bu xursandchiligim uzoqga bormadi, 
sababi ot o'rmonga yetgach qancha to'xtatishga 
urunmay sira to'xtamasdi. U menga bo'ysunmay 
toboro qop qora o'rmon ichkarisiga kirib borardi...
- Binafsha - ortimdan Vernonning havotirli ovozi 
eshitildi - otni to'xtat.
- Seningcha men nima qilayabman axmoq! 
To'xtamayapti!!! - asabiy baqirdim.
- Shu paytda ham zaxar tiling ishlab turadi.
- U to'xtamayapti, biron narsa qil... Qayerga 
ketayapmiz o'zi? Bu o'rmonni oxiri bormi?
- Albatta bor... Jarlik!
- Jarlik?! To'xtat otni to'xtat!
- Men senga aytgandim...
- Ko'p gapirmay to'xtatishga yordam ber... Jin ursin.
- Bu otni ham yuvosh torttirib qo'y.
- Ustimdan kulayabsanmi?
- Ortingdan!
- Daf bo'l ahmoq... Ablax... Umuman gapirma... 
Bo'ysunmas iltimos to'xta, meni qo'rqitayabsan... 
Iltimos...
- Hozir bir ish qilaman... Yengilroq yiqilish chorasini 
ko'r - Vernon ortimdan baqirdi.


- Nima qilmoqchi... - gapim ohiriga yetmay 
qarshimdan qop qora hayvon chiqib qoldi 
Bo'ysunmas qo'rqib ketganidan kishnab oldi 
oyoqlarini birdan ko'tarib yubordi. Men muvozanatni 
saqlolmay yiqilib tushdiiimmm...deb o'ylayotgandim, 
lekin baquvvat qo'llar yerga tushishimdan oldin tutib 
qoldi. Qo'rquvdan yumib olgan ko'zlarimni sekin 
ochdim, qarshimda tim qora ko'zlar sohibi jilmayib 
turardi.
- R.rah.mat - dedim hamon uni ko'zlaridan ko'zimni 
uzmay.
- Bundan keyin qilma degan ishni qilmaysan degan 
umiddaman.
- Bunga javob bera olmayman.
- Sendan kutsa bo'ladi.
- Balki meni qo'yib yuborarsan - dedim o'zimni 
noqulay his qilib. Vernon gapimni eshitmagandek 
menga tikilib turaverdi. Men uning tushunarsiz 
nigohlaridan battar noqulay holatga tushayotgandim. 
U oramizdagi masofani toboro qisqartirib menga 
yaqinlashardi...
- Buni hayolinga ham keltirma - nigohi labimga 
tushgach dedim.
- Keltirib bo'ldim.
- Shunaqami? - unga tasir o'tkazish uchun ko'zlariga 
tikildim... Jin ursin himoyalangan... Uning qo'lida 
qimirlay olmaydigan holatda turganim uchun 
changalidan qutula olmadim... Kuching shunaqa 
vaziyatlarda ishlasada... Oramizda millimetr masofa 
qolganda yuzimni burib oldim.
- Gaplarim yodingdan ko'tarilgan shekilli.


- Hammasi esimda - shundoqqina qulog'im ostida 
pichirladi...g'alati bo'lib ketdim.
- Nima Davilaning janozasiga qatnashmoqchimisan?
Shu gapimdan so'ng u qo'llarini bo'shatdi. Men uni 
turtib-turtib o'rnimdan turdim.
- Menga yaqinlashishdan oldin yaxshilab o'yla, har 
safar o'rtaga Davilani qo'yib senga tahdid qilish 
menga havas emas! - unga yov qarash qilib atrofdan 
Bo'ysunmasni qidirdim. Yo'q ketib qolibdi... Endi shu 
o'rmondan chiqib olsam...
- Qo'lingni ber - Vernon ot ustida qo'lini uzatdi.
- O'zim ketaman.
- Hozir qaysarlik qiladigan vaqt emas, ancha 
ichkarilab ketganmiz... Tezroq shu lanati o'rmondan 
qutulmoqchi bo'lsang qo'lingni ber.
- Yaxshi - unga zarda qilib qo'lidan tutdim. U bir 
urunishda meni ko'tarib oldiga o'tgizdirib qo'yib otni 
sekin harakatlantira boshladi. O'rmondan chiqib 
olgunimizcha bir-birimizga umuman gapirmadik.
- Binafsha yaxshimisan? - Milo tezda yonimga keldi.
- Hammasi joyida - dedim ikki qo'limni unga uzatib. 
Milo meni otdan tushurib oldi.
- Senga aytgandim, shu otni tanlama deb.
- Hammasi joyida dedimku, menga hech narsa 
qilmadi... Faqat ot yo'qolib qoldi.
- Hechqisi yo'q...u ot shundog'am qamalda 
turadiganlar hilidan emasdi - Kristofer jilmayib dedi.
- Bugungi kuningizni ham rasvo qildim...
- Hechda kunimiz maroqli o'tdi... Eng zo'ri esa sen 
otni bo'ysindirding, buni qanday eplading? U hech 


qachon ustiga odam minishiga yo'l qo'ymagandi - 
Venera hayratlangancha so'radi.
- Hech narsa qilmadim, u menga qarshilik qilmadi - 
dedim yelka qisib.
- Kun ham kech bo'layapti, saroyga qaytamiz.
Kristoferning buyrug'i bilan saroyga qaytdik. Bugun 
yaxshigina charchaganim uchun, charchoqlarni 
chiqarish niyatida yuvinish xonasiga bordim. Laura 
menga iliq suv tayyorlab berdi. Atirgul yaproqlari 
solingan suv ichida o'tirib ancha tetiklashganimni 
sezdim. Xonamga qaytayotganimda Davila qamalgan 
xonadan baland ovozlar eshitildi. Gap poylash 
odobdan emas, lekin ular qurayotgan suhbatning 
mavzusi men bo'lganim uchun suhbatni eshitishga 
majbur bo'ldim...
- Siz nimalar qilayapsiz? Osmon qadar bo'lgan 
sevgingiz shu bo'ldimi?... Uni nimasini mendan ortiq 
ko'rdingiz?... Undan hatto ota-onasi jirkanadi... Siz 
bo'lsaaa... Ho'sh aytingchi uning nimasi sizni o'ziga 
tortayapti? - Davilaning yig'i aralash baqirgan ovozi 
ancha alamli eshitilayotgan edi - o'sha malikaning 
nimasi mendan ustun, qachon qarama u bilan 
birgasiz... Uni hatto ota-onasi suymaganda, siz uni 
nimasiga aldandingiz...
Yo'q bu qiz boyadan beri nega ota-onamni o'rtaga 
qo'shadi? U meni ota-onam haqida qayerdan biladi? 
Nega ular meni yomon ko'rishini bunchalik ishonch 
bilan gapirayapti? Bu savollarga javobni birgina yo'l 
bilan bilish mumkin. Hech ikkilanib o'tirmasdan 
xonaga bostirib kirdim. Kursida boshini ushlab 
o'tirgancha Vernon uning tepasida esa alamzada 
Davila turardi.
- Buncha eri o'lgan ayollarga o'xshab saroyni 
boshinga ko'tarib baqirmasang - men ham bir kursiga 


hotirjam o'tirgancha gapirdim. Davilani ko'zlarida 
nafrat uchqunladi, Vernon esa hayron menga qarab 
turardi - gap poylash odatim yo'q edi, lekin ismimni 
eshitib qolib bu odatimni buzishimga to'g'ri kelib 
qoldi. Ho'sh Davila xonim nimadan buncha 
alamzadasan, ho'p alamzada bo'lishinga qarshi 
emasman, ammo nega har gapni bittasida tilingdan 
ota-onam tushmay qoldi.
Bu gaplarimni eshitgan Davilaning yuzi birdan 
o'zgarib xandon otgancha kulib yubordi.
- Ehh bechoragina! - u kulishdan to'xtab bu safar 
menga achinish bilan qaradi - bolaligidan yolg'onlar 
ichida katta bo'lgan, hech kim yoqtirmagan, hatto ota-
ona mehrini ko'rmagan mehrga muhtoj malika...
- Bu gaplarni menga hatto ota-onasini ko'rmagan 
yalangoyoq aytayaptimi? - uni gaplari mazmunini 
yaxshi tushunmagan bo'lsamda bo'sh kelmaslik 
uchun gapirdim.
- Davila ortiq bir o'giz ham gapirma - endi og'iz 
juftlagan Davilani Vernon to'xtatib qoldi - Viola ketish 
vaqti bo'ldi - menga yuzlandi.
- Senikidek ota-onam bor bo'lganidan ko'ra yetim 
bo'lib o'sganim afzal - Davila jaxl bilan gapirdi.
- Bu bilan nima demoqchisan? Alaming kelayaptimi?
- Qanaqa alam? - yana kulib yubordi - sening asl 
dushmanlaring bu ota-onang, seni ortingdam pichoq 
urganlar ham aynan ular. Sendan hatto ota-onang 
ham jirkanadi. Ular hatto o'z nabirasini ham 
tug'ilishiga yo'l qo'ymadi. Bobongni ham aslida ular 
senga qarshi qilib qo'yishdi. Seni o'z oilanga ham 
keraging yo'q...
Hozirgina yuzaga chiqayotgan haqiqatlardan 
miyyamda bir zumlik karaxtlik paydo bo'ldi. Yo'q ota-


onam menga nisbatan bunday qilisha olishmaydi. 
To'g'ri ular meni farzandidek ko'rib bor mehrini 
berishmagan, lekin har holda ularning farzandiman. 
Menga bunday yomonlikni ravo ko'rishmaydi. 
Davilani gaplari tuxmat, ha aynan shunday!
- Yolg'on - unga tasir o'tkaza boshladim. U boshini 
changallab qolgach Vernon yo'limni to'sib oldi.
- Binafsha bas qil - yuzimni ushlab o'ziga qaratdi.
- U yolg'on gapirayapti? - dedim Daviladan nigohimni 
uzib.
- Ishonmasang Vernondan so'ra, aynan u menga shu 
gaplarni aytgandi - xona bo'ylab yana Davilaning 
yoqimsiz kulgusi yangradi. Men Vernonga yuzlandim. 
Uning tim qora ko'zlariga iltijoli boqdim, yolg'on 
desin...yolg'on desin...yolg'on desin...
- Yo'q, yo'q menga bunday qarama... Bu yolg'on - 
Vernonning ham nigohida achinishni ko'rib jazavaga 
tusha boshladim - bu yolg'on... Ota-onam menga 
nisbatan bunday qilisha olishmaydi. 
Uni turtib xonadan otilib chiqib ketdim. Bor kuchim 
bilan yugurib saroy tashqarisiga chiqdim. Qalbimda 
yonayotgan alangani bosishim kerak. Lekin qanday? 
Hoziroq...ha hoziroq ota-onam bilan gaplashib 
olishim kerak. Zulmat ostida yugurgancha o'z 
mamlakatim tomon oshiqdim. Ortimdan qandaydir 
dupurlashlar eshitib ortga qaradim. Men tomonga 
Bo'ysunmas yugurib kelardi.
- Meni manzilimga olib bor - yonimga kelib to'xtagach 
unga mindim.
To'xtovsiz ikki soat yugurish natijasida 
mamlakatimga kirib keldim. Hech kimga qaramay 
tog'ri ota-onamning xonasiga bostirib bordim.
- Viola?! - onam menga hayron qaradi.


- Kel qizim... Kech bo'lganda bu yerda nima 
qilayapsan...- otam ham o'rnidan turib meni qarshi 
oldi.
Ularning yuziga qaradim...yo'q ularni yuzida menga 
nisbatan hech qanday yomon ifoda aks etmayapti...u 
gaplar yolg'on bo'lgan...lekin...
- Bolam... O'z nabirangizni o'ldirishga qanday 
qo'lingiz bordi - shu gapni aytib yana yuz ifodasini 
o'rganishga kirishdim. Ko'zlarida hayrat va qo'rquv 
aks etdi... Bu... Bu haqiqat...
- Nimalar deyabsan qizim? - onam jilmayishga urunib 
menga yaqinlashdi.
- Sizlarni bobomdan nima farqingiz qoldi... Aslida 
men emas sizlar yovuzsizlar... Hali dunyo yuzini 
ko'rmagan begunoh jonni yo'q qilar darajada 
yovuzsizlar...
- Modomiki hamma gapdan habardor ekansan... Yana 
bir gapni bilishing kerak - otam tan olib gap boshladi.
- Menga shunchasi ham yetayapti - g'azabdan ovozim 
titrab chiqdi. Berk oynalar birdan ochilib sovuq 
shamol ichkariga kirdi. Yana o'tgan safargidek voqea 
yuz berayapti. Shamol atrofimda huddi meni 
buyrug'imni kutayotgandek aylanib turardi. 
- Qizim tinchlan - onam menga iltijoli qarab gapirdi.
- Sen oddiy inson emassan, uni ustiga bolani otasi 
vampir... Ho'sh silardan qanday farzand dunyoga 
kelardi... Sendanda yovuzroq, sendanda kuchli yana 
bir iblis tug'ulardi... Men havfsizlik yuzasidan 
shunday qilishga majbur bo'ldim... - otam baqirib 
gapirardi.
- Siz hudo emassiz qanday farzand dunyoga kelishini 
oldindan biladigan - g'azabim battar ortdi. Onam ham 
otam ham boshini changallab o'tirib qolishdi... Yo'q 


men vaxshiy emasman, ota-ona nomiga loyiq 
bo'lmasada meni dunyoga kelishimga sababchi 
bo'lgan insonlarni o'ldira olmayman... Jaxlimga erk 
bermasligim kerak...
- Bundan buyog'iga meni hayotimga umuman 
aralashmaysizlar, meni sizlardek ota-onam, sizlarni 
mendek qizingiz yo'q!
Ularni gaplarini ham eshitmay xonadan chiqib 
ketdim. Qalbim orom topadigan, o'sha o'zimga tanish 
maydonchaga bordim. Bo'ysunmas ham meni 
ortimdan ergashib kelardi. Maydonchaga yetib 
kelgach yerga o'tirib qoldim, Bo'ysunmas ham 
shundoqqina ortimga yotib oldi, unga bir qarab 
suyanib oldim... Bolalikdan to hozirgacha bo'lgan 
o'tmishni eslar ekanman, men rostan ham o'zimni 
keraksizdek his qildim. Tug'ilishim bilanoq o'z bobom 
meni o'ldirishga urungan, ota-onam kattarganim sari 
menga juda etiborsiz bo'lib qolishgandi. Men 
faqatgina Milo bilan suhbatlashardim, faqatgina u 
meni eshitardi, qolganlarga meni borligimni ham 
yo'qligimni ham farqi yo'q... Balki o'zim ham ularga 
moyillik ko'rsatmagandirman, o'zim ularni yonida 
mag'rur turishni istagandirman... Lekin ularning o'z 
farzandi edimku, bu meni bolam jigargo'sham deya 
meni bag'irlariga olganda men rad etarmidim...aslo!
- Sokinlik atalmish birgina jumla,
Meni ham qachondir yo'qlab kelarmi?!
Bu yovuzlikga ko'milgan qalbim, 
Qachondir tinchgina orom toparmi?!
Ey dunyo bunchalar xo'rlama meni,


Sinovlaring og'ir kelmoqda menga.
Men ham bir ojiz bandaman axir,
Rahm ayla nozik "binafsha gulga".
Dardlarim ichimda to'fon ko'targay,
Gohida yonamam jizg'anak bo'lib.
Xudbinlik atalmish soxta niqobim,
Binafsha gulingni mag'rur ko'rsatgay.
Sokinlik bag'shida etguvchi bir zot,
Yo'liqsin bir nozik binafsha gulga.
Har nafasda bersin baxt, hotirjamlik,
Qalbi orom topsin uning bag'rida.
Menman o'sha nozik, kemtik binafsha,
Xudbinlik niqobin taqgan mag'rurman.
- Ajoyib qo'shiq - ortimdan eshitilgan tanish ovozdan 
sergaklandim.
- Nega kelding? - ortimga o'girilmay so'radim.
- Sendan havotir oldim.
- Men yaxshiman endi ket.
- Qo'shiqni o'zing yozganmisan? - Vernon gaplarimga 
etibor bermay yonimga joylashdi.
- Hmm.


- Bu she'rdan menimcha "yovuz" jumlasini olib 
tashlash kerak.
- Men yovuzman - og'ir ho'rsindim - Men o'z 
bobomning qotiliman... Men yomon bo'lganim uchun 
ular meni hech yaxshi ko'rishmadi... Boz ustiga seni 
kanizagingni ham birgina haqoratda o'ldirib 
yubordim... Hozir esa o'z ota-onasini o'ldirishga 
urungan qizman... Yovuzlik jumlasi ayni joyida 
turibdi... Mening hech kimga keragim yo'q... Hatto 
farzandim ham meni tashlab ketdi... Lekin men 
yomon bo'lishni hoxlamagandim... Ular o'zlari meni 
mujburlashayapti... - qo'limdan tutgan qo'llar sabab 
jimib qoldim. Vernon menga yaqinlashib yuzimdagi 
niqobni yechib oldi.
- Menga keraksan! - ko'zlarimga tikilib pichirladi.
- Yo'q... Sen menga achinayabsan...! Ket meni yolg'iz 
qoldir - undan yuzimni o'girdim.
- Bu achinish emas... Ko'zlarimga qara... Seni bu 
ahvolda ko'rib men sendan ko'proq qiynalayabman... 
Senga yordam bergim kelayapti, lekin har bir 
urunishim foydasiz bo'lishini sezayabman... Binafsha 
bu haqiqat sen rostan menga keraksan!
- Nega mendan foydalanishing uchunmi?
- To'g'ri balki bu foydalanish bo'lar... Men sening 
yoningdagina butunlay hotirjamlikni sezayabman, 
seni yoningda bo'lsam barcha narsani unutib 
qo'yaman hatto o'zligimni ham... Avval his qilmagan 
tuyg'ularni his qilayabman... Oldin tuymagan 
hotirjamligim seni yoningda borligi uchun ham 
menga keraksan, agar shuni foydalanish desang 
mayli bu foydalanish bo'lsin - u gaplarini tugatgach 
og'ir ho'rsindi - Ortiq o'zimni boshqara olmayman...
Nimadir deb ulgurmasimdan labimga tekgan taftdan 
karaxt ahvolga tushib qoldim. Miyyam hozir 


nimanidir idrok etishga ham yaramay qoldi. Tanam 
ham harakatdan to'xtab qolgandek edi go'yo. Na unga 
javob qaytarayabman na uni o'zimdan 
yiroqlashtirayabman. Tanam qizib o'zimda yengil 
titroqni his qildim. To'xtab qolishiga sal qolgan yurak 
faoliyatim yana o'z ishini boshlab, bu safar juda tez 
urayotgandi... Uni o'zimdan itarishga urunsam ham 
foydasiz, uning baquvvat qo'llaridan chiqib keta 
olmayabman.
- Bas qil - qulay vaziyat bo'lganida boshimni burib 
olib pichirladim. U iyagimdan tutib yuzimni o'ziga 
qaratdi. Peshonasini peshonamga tirab chuqur-
chuqur nafas oldi...
- Ketamiz - Vernon o'rnidan turib bir qo'lini menga 
uzatdi.
- Istamayman.
- Rafiqa har doim erni yonida bo'lishi kerak - u 
majburlab qo'limdan tutib ko'tarib oldi - Ko'zlaringni 
yum, hozir yoqimsiz tezlikni his qilasan.
- Men sen bilan ketmayman, tushur meni.
- Ko'zingni yum.
- Yo'... 
Birdan aqlbovar qilmas tezlikni his qilib gapim 
ichimda qolib ketdi. Yuzimga urilayotgan shamoldan 
nafasim qaytib ketishiga sal qolayapti. Vernoning 
bo'ynidan o'tkizgan qo'llarimni qattitroq siqib 
yuzimni uning ko'ksiga yashirib oldim. Tezlik va 
shamol to'xtagach ko'zlarimni ochib Maledagi o'z 
xonamda turganimizni ko'rdim.
- Binafsha - Milo bizni ko'rishi bilan havotirlangancha 
yonimga keldi - Yaxshimisan?


- Yaxshiman - siltanib Vernonning qo'lidan tushishga 
urundim, lekin uning bquvvat qo'llari bu safar ham 
meni qo'yib yubormadi - Meni pastga tushur.
- Milo bizni bir kechaga yolg'iz qoldira olasanmi? - u 
menga etibor bermay Miloga yuzlandi.
- Nega?
- U bilan gaplashib oladigan gaplarim bor... 
- Agar unga ozor bersang...
- Hotirjam bo'l, endi buni hoxlasam ham unga ozor 
yetkaza olmayman.
- Yaxshi...
- Yo'q Milo sen hech qayerga ketmaysan - eshikga 
yaqinlashgan Miloni ortidan baqirdim - meni shu 
axmoqni qo'lida qoldirib ketmoqchimisan?
- Uni gaplariga etibor berma... O'rtamizdagi 
munosabatlar haqida gaplashaman holos - Vernon 
Miloga jilmayib qo'ydi.
- Ertalab kelaman Binafsha - Milo eshikdan chiqib 
ketgach Vernonga g'azab bilan qaradim.
- Nima gaping bo'lsa ham avval meni pastga tushur.
- Umuman olganda gaplashadigan gapim yo'q - u 
meni pastga tushurib tushunarsiz ifodada jilmaydi.
- Nima o'yin qilayabsanmi? Yo'qol xonamdan.
U javob bermay yuzidagi tushunarsiz tabassum bilan 
menga yaqinlashib kela boshladi.
- Hey... Yaqinlashma menga - men ortga tisarildim. 
Uning qadamlari to'xtay demasdi. Men ortimdagi 
devor sababli to'xtab qoldim. Ikki tomonimga 
qo'yilgan qo'llar butunlay meni qopqonga tushurib 


qo'ygandi. Shu payt o'zimni quyonga qiyoslab 
yubordim, bo'rining qopqoniga tushgan quyon...
- Nima qilmoqchi bo'layabsan? Bu harakatlaringdan 
nimani tushunay - uning tim qora ko'zlariga qarab 
dadil gapirishga urundim. U meni yuzimni 
o'rganayotgandek yaqindan har millimetrga qarardi. 
Uning tim qora ko'zlari labimda to'xtagach meni yana 
notanish his qurshab oldi. Yo'q bu notanish emas 
hayajon edi.
- Xato qilayabsan!
- Menimcha aksincha.
- Senga aytgan gaplarim...
- Hammasi yodimda!
- Demak Davilani ham o'limiga rozisan.
- Senga xiyonat qilsam, ha!
- Senga ishonch yo'q, men qo'limni yana qonga 
botirishni istamayman - iloji boricha uni changalidan 
qutulishga harakat qildim. Bu gapimdan u kulib 
yubordi, unga tushunarsiz qaradim.
- Sen qo'rqayabsan, aslida bu tahdidlar ham o'zingni 
himoyalash uchun kerak edi.
- Men qo'rqmayman...
- Qo'rqasan, ishonib qolishdan qo'rqasan, yana 
aldanishdan qo'rqasan yoki yana bir yaqiningni 
yo'qotishdan qo'rqasan. Shu sabab o'zinga hech 
kimni yaqinlashtirmaysan - u har so'zni aytganda 
oradagi masofani qisqartirardi.
- Bu haqiqatlarni bilar ekansan, unda menga 
yaqinlashma.
- Bu endi ilojsiz...


Ko'z ochib yumguncha uning qaynoq bag'rida paydo 
bo'lib qoldim. Uning qo'llari kiyimimga yo'nalganda 
o'zimni undan nari qilishga urundim, foydasiz. 
Labimga tekgan taftdan yana karaxtlikka tushib 
qoldim. Unda anniq nimadir bor, meni shunday yo'l 
bilan tinchlantirib qo'yayapti...
- Sen menga keraksan... Seni hech qachon qo'yib 
yubormayman... Menga ishon... - qulog'im ostida 
yangragan ehtirosli pichirlashdan ko'zlarimni 
yumdim... Ayni damda unga ishonishni hoxlayabman, 
unga kerakligimni his qilishni hoxlayabman, uning 
men uchun atalgan mehridan bahramand bo'lishni 
istayabman...
- Nega bunday qilding? - Vernonning ko'ksiga bosh 
qo'yib yotar ekanman so'radim.
- Ilk suhbatimizni eslaysanmi? O'zinga juda ishongan 
mag'rur qiz eding. Umuman ro'yhushlik bermasding 
o'shanda seni kibrli deb o'ylagandim. Keyin tortishib 
qoldik sen xatoyingni tushunib men bilan 
gaplashganingda birinchi xulosam noto'g'ri ekanligini 
bildim. So'ng menga dardlaringni aytganingda ko'ngli 
nozik lekin juda kuchli ayol timsolida ko'rdim. Meni 
aslida kimligimni bilganingda yolg'onlarni 
hushlamaydigan adolatparvar qiyofasida eding... 
Senda ezgulikning barcha fazilatlari yashiringan edi. 
Bu yerga kelganingdan so'ng sendan haqiqiy 
yetakchilikni kashf etdim. O'zini va boshqalarni 
hurmatini joyiga qo'yadigan, o'ziga qilingan 
haqoratlarga qo'rqmasdan javob qaytara oladigan, 
eng muhimi gapini o'takaza oladigan mag'rur qiz... Bu 
safar olamdagi jamiyki fazilat senda mujassam 
bo'lganini bildim. Sendagi jasorat... Bilasanmi, hatto 
o'sha sening tilingdan tushmaydigan Davila ham 
menga qo'rquv bilan qaraydi, bu nigohlardan 
qanchalar nafratlanishimni bilsang edi... lekin sen... 
O'sha kuni seni ko'z oldingda maxluqga aylansam 


ham sen menga qo'rquv bilan emas nafrat bilan 
qarading... Bu nafrat bo'lsa ham o'shanda mendan 
baxtli odam yo'q edi. Seni ko'zlaringda qo'rquv emas 
nafratni ko'rib xursand bo'lgandim - kulib gapini 
davom ettirdi - yana o'zgacha binafsha ko'zlarni 
ko'rib hayratlangandim ham... Sen bilan bo'ladigan 
kichik janjallar ham o'zgacha edi... Sening yoningda 
rostan ham o'zimni hotirjam sezdim...
- Davilachi?
- Seningcha men shunchalik ahmoqga 
o'xshaymanmi? U akamni qo'ynidan chiqib menga 
kelgan...
- Lekin sen bizning ilk kechamizda uni ismini 
eshitiboq xonadan chiqib ketganding.
- To'g'ri, boshida uning chiroyiga aldanib uni qabul 
qildim... So'ng homilador bo'lgach uni tashlab qo'ya 
olmadim... Bu to'yga ancha qarshilik qilgandi... 
O'shanda o'ziga ziyon yetkazmasligi uchun 
ketgandim... Uni ustiga o'sha paytlar senga nisbatan 
bunday hislar yo'q edi.
- Demak hozir ikkingizni faqatgina bola ushlab 
turdibdimi?
- Shunaqa desa ham bo'ladi.
- Anniq shunday! - uning ko'zlariga jiddiy qaradim.
- Ho'p, ho'p siz nima desangiz shu.
- Bugundan boshlab uni yonida girdi kapalak 
bo'lishni to'xtatasan.
- Halitdan buyruq berishni boshladingmi? Meni 
boshqarishlari yoqmaydi.
- Menikini yoqtirasan, yoqtirishga majbursan!
- Senda bo'ysindirsh qobilyati ancha yuqori.


- Tashakkur.
- Lekin bolachi...
- Bolaga nima qilibdi... Men ham bolani to'rt oy 
Karlosiz qornimda ko'tarib yurganman. Menga ham 
bolaga ham zarar yetmagandi... Chidaydi bundan 
buyog'iga.
- Xato qildimmikan deb o'ylay boshlayabman.
- Xato qilinib bo'lingan, endi jabrini tortasan - uni bir 
turtib yana ko'ksiga bosh qo'ydim - aytgancha senda 
teri o'zgarishi yuz beradimi?
- Nega so'rayabsan?
- Og'riqlarimni qoldirganingda tanang sovuq edi 
hozir esa qaynoq.
- Ha og'riqni qoldirish niyatida bo'lsam tanam o'z 
o'zidan sovishni boshlaydi bu ham bir qobilyat.
- Tushunarli... - dedim esnagancha.
- Uhlaymiz - u ham meni holatimni tushunib ikki qo'li 
bilan meni bag'riga bosgancha ko'zlarini yumdi. Men 
o'zimni huddi ishonchli qo'llarda turgandek uyquga 
ketdim.
- Ho'o'o'sh! Malikalar malikasi - ertalabdan xonamda 
paydo bo'lgan Miloning ovozi eshitildi.
- Nima? - o'zimga kiyim tanlash barobarida so'radim.
- Nimalar haqida gaplashdingiz?
- Hech narsa... U meni sevishini tan oldi... Bor yo'g'i 
shu.
- Hmm ishondi deb hisobla... Meni ham senga 
aytadigan yangilim bor.
- Nima ekan?


- Kecha tunda qayerda tunaganimni aytsam 
ishonmaysan...
- Venerani yonidan kelayabsanmi?
- Qayerdan bilding?
- Faqat u haqida gapirsang shunday to'lqinlanib 
ketasan.
- Haa... Aytgandim-a u ham menga befarq emas deb.
- Qalay tirik chiqding... unga moyillik bildirgan 
erkaklar o'limini bo'yniga olishadi.
- Menga nisbatan tashnalik sezmadi... Seni 
qo'riqching bo'lganim uchundir balki...
- Bo'lishi mumkin.
- Ho'sh endi bundan buyog'iga nima qilamiz.
- Hech narsa... Menga teginishmasa bas shu 
hayotimda bundan buyog'iga tinchgina yashasam 
bo'ldi...
- Tinch bo'lishiga umid qilaman.
- Men ham...
Shohona kiyimlarimni kiyib nonushtaga tushdim. 
Stol atrofidagilarga hayirli kun tilab endi joyimni 
egallayotganimda Vernon tomoq qirdi.
- Meni yonimga malikam - dedi yonidagi joyga ishora 
qilib. Men ham indamay u ko'rsatgan joyga uning 
yoniga o'tirdim.
- Munosabatlaringiz yaxshiga o'xshaydi - Kristofer 
jilmayib so'radi.
- Ha oramizdagi kelishmovchiliklarni kecha bartaraf 
qilib oldik - Vernon mamnun qo'limdan tutib jilmayib 
qo'ydi.


- Sizlar uchun xursandman - Venera quvnoq ovozda 
dedi.
- Rahmat...
O'sha tun hayotimni o'zgartirib yuborgandi. Endi 
menda to'liq baxt shakllanayotgan edi. Vernonning 
oilasi ham menga oiladek bo'lib qoldi. Venera bilan 
huddi opa singildekmiz. U ham endi Milo bilan 
oradagi munosabatlarni ochiqchasiga ko'rsatdi. 
Bunga Kristofer boshida qarshilik qildi, lekin 
singlisining baxtini o'ylab rozilik berdi. Meni hayotim 
huddi ertaklardagidek davom etardi. Shaxzoda va 
malika baxtli hayot kechirishayotgan edi. Vernon 
menga juda ko'p etibor berar, qaysarliklarimni 
ko'tarar, hatto bazida haddan ortiq erkalatib ham 
yuborardi. U bilan birga yashab uning ko'plab 
ochilmagan qirralariga guvoh bo'ldim. U men uchun 
mukammal inson edi. Karlodan so'ng hech kimni 
sevib qolmayman deb o'ylagandim, lekin adashgan 
ekanman. Men yana bir bor sevib qoldim, uni shu 
qadar sevdimki hatto jonimni so'rashsa ikkilanmay 
berib yuborardim u uchun. 
Davilaning ham oy kuni borgan sari yaqinlashib 
borardi. Bolani eson-omon qo'liga olib olsa, u bilan 
kelishib olish niyatida edim. Men hech qachon 
xiyonatni kechira olmayman, Vernon yana bir bor 
uning go'zalligiga uchib xato qilmaslik chorasini 
o'ylab qo'yishim kerak. Yo'q men Vernonga butun 
vujudim bilan ishonaman, ammo Davilaga hech 
qanday ishonch yo'q. U juda ayyor bazida uni oddiy 
inson ekanligidan ham shubhalanib qolaman. Uni 
qanday bo'lmasin bu yerdan yo'qotishim kerak...


- Vernon sen bilan muhim masalada gaplashib 
olishim kerak.
- Ho'sh? - u qandaydir qog'ozlardan boshini ko'tarib 
menga yuzlandi.
- Bola tug'ilgach uni o'zimiz bilan olib qolaylik - unga 
yaqinlashib sekin gap boshladim - to'g'ri bu noxaqlik, 
bir bolani onadan tortib olayabman, lekin Davilani 
bu yerda ko'rishni istamayman.
Vernon meni jim tinglab qo'limdan tutib oldiga 
o'tgizdirib qo'ydi. Ikki qo'lini qornimdan o'tkazib 
yelkamga iyagini qo'yib oldi.
- Menga ishonmaysanmi?... Binafsham... Men bu 
noxaqlikka ko'na olmayman - Vernon qarorimni 
inkor etdi.
- Senga ishonaman, lekin Davilaga ishonch yo'q... 
Istagan vaqti bolani ko'rishiga ruxsat beramiz faqat u 
bu yerda yashamasin - yalinchoq ovozda dedim.
- Binafsham men bunday qila olmayman...
- Vernon bolaga o'zim qarayman, onasidan ham 
ortiqroq mehrni beraman...
- Vaxshiydirman, qotildirman minglab insonlarni 
boshiga yetgandirman lekin hech qachon bir bolani 
onasidan ayirmaganman, ayirmayman ham... Boshqa 
bu haqida gap ochma - u gap tamom degandek meni 
qo'yib yubordi.
Uni gapida jon bor men hozirgina bir murg'akni o'z 
onasidan ajratmoqchi bo'ldim. Axir o'zimni bolam 
nobud bo'lganda qancha qiynalgandim. Nahotki shu 
qadar faqat o'zimni o'ylaydigan xudbin bo'lishga 
ulgurgan bo'lsam...
- Kechir - unga qarab o'girildim - haqsan men noto'g'ri 
gapirdim - qo'llarimni uning bo'ynidan o'tkazdim - 


men faqat o'zimni o'ylabman, bu boshqa 
qaytarilmaydi kechir.
- Hechqisi yo'q - u qayta belimdan quchdi - sening 
ham havotiringni to'g'ri tushunaman... Sen bular 
haqida o'ylama. Men faqat va faqat seni sevaman to 
abad seni!
- Men ham - uni mahkamroq quchib qulog'iga 
shivirladim.
- Tabriklaymiz pahlavondek o'g'il - Davilaning 
xonasidan chiqgan doya ko'zda quvonch bilan bizga 
yangilikni elon qildi. Vernon bu habarni eshitib huddi 
men unga tug'ib bergandek meni ko'tarib aylantira 
boshladi. Bu habardan ozmi ko'pmi men ham 
hursand bo'ldim. Lekin qalbimda baribir kemtiklik 
bor edi. Biri ilk farzandim nobud bo'lgan bo'lsa, biri 
Vernonga men emas o'zga ayol farzand tuhfa qilgani 
alam qilardi. Inson zoti borki qalbida ko'plab 
tuyg'ular yashaydi, bu tuyg'ularning eng alam 
qilarlisi menimcha rashk bo'lsa kerak. Bu hammaga 
nisbatan bo'ladi ota-ona, do'st, sevikli yor. Yorning 
rashki hammasidan o'tib tushar ekan. Qalbing o'tda 
yonayotgandek his qilar ekansan, sen emas o'zgasi 
yoringa farzand tug'ib bersa bu alanga ikki barobar 
otin qalbingni jizg'anak qilar ekan.
- Uning ismini nima qo'yamiz - Vernon meni 
yuzlarimdan ushlab quvonch bilan so'radi. Uning 
ko'zlaridagi porlab turgan nurni ko'rib ichimdagi 
shaytonga hay berishga urundim.
- Bilmadim, o'zingiz o'ylab qo'ygan ismlar yo'qmi?
- Unga sen ism berishingni hohlayabman.


- Unda Luka, Luka bo'la qolsin, bo'ridek bo'ysinmas 
shijoatli bo'lsin.
- Luka ajoyib ism - Vernon meni qayta bag'riga bosib 
Davilaning xonasiga kirib ketdi. Men o'zimda 
ularning yoniga kirishga kuch topa olmadim, yaxshisi 
Vernon chiqgach kiraman. Hozir Vernon Davilaga 
minnatdorona jilmayib turishi, Davila ham Vernonga 
sevgi to'la ko'zlari bilan qarab turishini ko'rishga 
bardoshim yetmaydi. Ularni holi qoldirib o'zim 
saroyning bog' tomoniga bordim. U yerdagi ikki 
oshiqga ko'zim tushib birozga bo'lsada Davilani 
unutishga harakat qildim. Mening ham Miloning ham 
hayotimiz bir tekis baxt bilan o'tayapti. Milo sevgi 
to'la ko'zlari bilan Veneraga qarab turishi, Venera 
kulgancha unga nimalarnidir tushuntirishi ularni 
unitishimga biroz bo'lsada ko'maklashdi. Birozdan 
so'ng o'zimda kuch yig'ib Davilaning xonasiga kirdim. 
Luka huddi dadasini o'zi bo'libdi. Davilani yuz 
qiyofasi esa mamnunlikda barq urib turardi.
- Umri bilan bergan bo'lsin - dedim shu yerdagi 
kursilardan birini egallab - To'g'risi senga tan berdim 
Davila.
U menga hayron qaradi.
- Davila seni ayyorliklaring menga o'tmaydi, ho'sh 
gapirchi aslida kimsan?
- Nimalar deyabsan seni tushunmayabman?
- Bilasanmi odamlar orasida bir kitob bor... Men 
azaldan g'ayriturlarga qiziqganim uchun ular 
haqidagi barcha kitoblarni o'qib tugatganman. Inson 
organizmi oddiygina vampir bolasini ko'tara olmaydi 
sen bo'lsa Demonius farzandini to'qqiz oy qorningda 
saqlabyana uni sog'lom dunyoga keltirding... Qanday 
turdansan?
- Gaplaringa umuman tushunmayabman...


- Yaxshi... Unda hozir o'zim bilib olaman.
U nimadir qilib ulgurmasidan qo'limni uning 
peshonasiga qo'ydim. Davila shu zaxoti hushini 
yo'qotdi. Uning xotirasidan o'zimga keraklilarini 
qidirib topdim. Uning o'tmishini ko'rib bo'lgach 
daxshatdan ortga tisarildim.
- S.se.n k.kim.san? Ni.ma qil.moqchi.silar?
- Menimcha hammasini bilib qolding - u o'ziga kelishi 
bilan menga kulib qaradi - lekin juda erta habar 
topding, hechqisi yo'q baribir niyatimga erishaman - 
uning yovuzona kulgusidan og'ir yutundim. 
Miyyamga urilgan fikrdan esa xonadan yugurib 
chiqib ketdim...
Tilimda faqat bir so'z aylanardi "Milo"unga hech 
narsa qilmagan bo'lsin. Miloni ko'rgan bog'ga bordim 
u yerda yo'q... Saroyni hamma yeridan Miloni qidirib 
chiqdim. Yo'q uni topa olmayabman. Endi xonamga 
borayotganimda yo'limni ikki natanish to'sdi. 
Ularning kiyimlari ham noodatiy edi. Huddi Xitoy 
rohiblariga o'xshab uzun kiyimlar kiyib olishgandi.
- Xonim biz bilan borishingiz kerak - ulardan biri 
yog'on ovozda gapirdi.
- Kimsizlar?
- Barcha savollaringizga borgan joyingizda javob 
topasiz. Mushugingiz ham o'sha yerda - bu gapdan 
so'ng qarshiliksiz ularni ortidan ergashdim. Yo'l bo'yi 
Davilaning o'tmishida ko'rgan chirkin haqiqatlarni 
o'ylab keldim. U hech qanday yetim qiz emas u 
jodugar! Ularning hammasi til biriktirgan meni aslida 
kim ekanligimni oldindan bilishgan. Davila azaldan 
Vernon bilan birga bo'lgan, Kris hech qanday 
jabrdiyda emas... Jin ursin!!! Meni o'z nog'oralarida 
ayovsiz yolg'onlar bilan o'ynatishdi. Kris ko'ringani 
kabi hushmuomala emas, Venera ko'ringani kabi pok 


qalbli emas, Davilani shundoq ham yoqtirmasdim, 
ammo Vernonchi uning dil izhorlari, hislari barchasi 
yolg'onmidi...menga qilgan mehribonchiliklari ayni 
bir maqsad uchunmidi? Yo'q bu yolg'on Venron meni 
sevadi hech qachon menga hiyonat qilmaydi... Aaaa... 
Jin ursin Viola seni! Uning barcha aytgan shirin 
gaplariga uchib unga ishongan kuninga lanatlar 
bo'lsin... Meni kuchim uchun shu qadar pastkashlikga 
borishlari shartmidi? Nima deb o'ylaysiz qalban dod 
solish og'riqlimi? Yoki bor dardni tashqariga chiqarib 
alamdan yig'lash azoblimi? Menimcha ko'z yoshlar 
yuzga emas qalbga tomsa azobliroq bo'lsa kerak, 
sirtdan emas qalbdan dod solsangiz qalbdagi og'riqni 
butun vujudingiz bilan his qilsangiz kerak... Eng 
kulgulisi nima aytaymi? Ular hatto kuchumni qanday 
olishni bilmasdan turib menga shuncha o'yin 
qilishganida... Eng azoblisi ham aslida shu... Endi ular 
mendan qanday foydalanishni bilishmaguncha bu 
iblislarning yuzini har kuni ko'rishga majbur 
bo'laman...
Qirol xonasiga kirar ekanman taxtda mamnun 
o'tirgan Kristoferni ko'rib yuzim burishdi. Uning 
yonida esa Venera yuzidagi iblisona tabassum bilan 
turardi. Qiziq meni bevafoyim qayerda ekan? Naxotki 
meni yuzimga qaray olmasligini bilgan holatda bu 
yerda bo'lmasa... Shukur hech bo'lmasa shunga aqli 
yetibdiku. Eshikning ochilishidan hayollarim 
tumandek tarqab ketdi. Yo'q bu bevafoyimda "yuz" 
degan narsaning o'zi yo'q. Qilgan ishidan, shuncha 
yolg'onlaridan mamnun holatda meni ko'zimga tik 
qarab jilmayib turibdi. Ayni daqiqada men uchun 
benuqson bo'lgan shu yuzini o'z qo'llarim bilan yo'q 
qilishni shu qadar hoxlayabmanki... Yo'q ularni 
yonida hech qachon g'ururimni yerga urdirib 
qo'ymayman... Qani Viola o'zing qo'lga ol...Yengilma. 
Ular ruxsat berishmasada yuzimda jilmayish paydo 
qilib shu yerdagi kursilarning biriga joylashdim...


- Sizlarni nima deb atashga ham hayronman - dadil 
gapirishga urundim - yolg'onchilar jamoasi... Yo'o'o'q 
bu juda oddiy bo'lib qoladi... Haqiqiy "Iblis malaylari" 
menimcha ayni shu nom sizlarga ancha mos... Bir 
qizga to'rt iblis - tilimni taqillatdim - Bo'mapti, bu 
sizdeklarga yarashmabdi lekin. 
- Har doimgidek mag'rursan - Vernon mazaxlagandek 
gapirdi.
- Senga hech kim gap bergani yo'q, hozir faqat men 
gapiraman... - Vernonga yov qarash qilib gapimni 
davom ettirdim - Meni kuchimni shuncha 
ulug'lantirganingiz uchun sizlarga tashakkur 
bildirishim kerak - niqobimni sekinlik bilan yechdim 
- Binafsha ko'zlar – yovuzlik belgisi...yo'q aslida bu 
jumla xato edi. Binafsha ko'z aslida tengsiz qudrat 
sohibasi - shunday degancha qo'limni bir silkitdim. 
Shu zaxoti barcha derazalar ochilib ichkariga 
quyunga o'xshash narsa kirdi. Bir ishoram bilan 
quyun Venerani oyog'im tagiga yiqitdi.
- Menga bas kela olaman deb o'yladilaringmi? - 
Venerani bo'ynidan bug'ib tishlarim orasida 
vishilladim.
- Uni hoziroq qo'yib yubor, yo'qsa mushukchangdan 
ayrilib qolasan - Kris bo'ynidan ushlab olgan Miloga 
ishora qildi.
- Milo - baqirib yubordim - uni qo'yib yubor.
- Avval sen. 
Men alam bilan Venerani qo'yib yubordim, u ham 
Miloni qo'yib yuborgach Milo yonimga yugurib keldi.
- Milo yaxshimisan? Kechir...
Xonaga Davila ham kirib kelgach Miloni qo'limdan 
bo'shatdim. Unda yana nimadir yashirin... Kuchli bo'l 
Viola uning ongining tub tubiga kirishim kerak. 


Davilani ham shamol orqali bir urinishda yonimda 
paydo qilib ikki qo'lim bilan boshini ushlab oldim. 
Biroz vaqtdan so'ng esa bilgan haqiqatimdan handon 
otib kulib yubordim. Davila bu safar ham nima 
qilganimni tushinib qo'rquv to'la nigohlarini menga 
qadadi.
- Sen men kutganimdan ham ayyor chiqib qoldingku.
- Nimalar deyabsan? - o'zini tushunmagandek tutdi.
- Endi bemalol meni nima ko'yga solsang sol. Hech 
qanday qarshilik bildirmayman, aksincha o'zim seni 
niyatingni amalga oshirishga yordam beraman. Lekin 
bilib qo'y meni ichimdagi nafratni uyg'otsang 
jodugarlar ham tirik qolmaydi - uni qulog'iga 
pichirladim.
- Buni hali ko'ramiz - u mamnun menga qaradi.
- Milo meni kechir... - ohirgi marta Miloga qarab 
Rohiblarga o'xshab kiyinib olganlarga hujum qildim. 
Ular meni zarbalarimni chapdastlik bilan qaytarib 
qolar, go'ya zarbalarim ularning tanasidan o'tib 
ketayotgandek bo'lardi. Ohiri bittasi bo'ynimdan 
bug'ib ko'zlarimga qaradi. Men tanamdan ruhimni 
ayirishayotganini his etib turardim. Bu jarayon 
ohiriga yetmasidan qarshimdagi insonning zulmat 
kabi ko'zlariga qarab hushimni yo'qotdim.
Ko'zlarimni zindonga o'xshash joyda ochdim. Xonani 
juda past yorug'lik yoritib turardi. Qimirlashga 
urungandim qo'l va oyoqlarim zanjirlangani his 
qildim... Hozirgi holatimni ko'rib alamdan bor 
ovozimda kulib yubordim... So'ng hayolimga 
Davilaning asl niyati keldi. Meni kuchimni hech 
qanaqasiga olib bo'lmaydi, u barchani aldagan. U 
meni ichimdagi yovuzlikni uyg'otmoqchi shu orqali 
barcha g'ayriturlarni yo'q qilish ilinjida. Axmoq 
bilmaydiki jodugarlar ham g'ayriturlar safiga 


kirishini. U aslida ilk jodugarlardan men aynan Male 
shaxzodasiga turmushga chiqishimni bilib ular 
orasiga o'rnashib olgan. Meni ichimdagi yovuzni 
uyg'otish uchun hammani miyyasini zaxarlagan... 
Axmoq...
Xona eshigi tiqirlashi bilan hayollarimni yig'ib 
oldim. Ichkariga oppoq uzun shoyi kiyimda yuzidan 
sovuqlik ufurib turgan qora sochlari ham uzun yigit 
kirib keldi.
- Bizning kulabi vayromamizga hush kelibsiz, xonim - 
jilmayib gapirdi.
- To'g'ri jumla aytingiz bu yer rostan ham vayrona 
ekan - ensamni qotirdim.
- Juda jasoratlisiz.
- Tashakkur... Ho'sh gapni cho'zmay maqsadga 
o'tsam... Meni kuchimni qanday olmoqchisan...? Shu 
yerga bandi qilsam kuchini o'zi qo'sh qo'llab 
topshiradi deb o'yladingmi - bor ovozda kulib 
yubordim - Ah bechora seni ham o'sha jodugar 
boplab laqillatibdi.
- Nimalar deb valdirayabsiz?
- Hech narsa... Gaping tugagan bo'lsa yo'qol bu 
yerdan.
- Betgachoparlikni ham qoyillatar ekansiz.
- Hushomad deb qabul qildim...endi daf bo'l.
- Siz bu zindon haqida eshitganmisiz? - u gaplarimga 
etibor bermay hotirjam gap boshladi.
- Yo'q... Bilishni ham hoxlamayman... Lekin bu 
zindonga o'zim hoxlab kelganimdan habaring bormi? 
- u menga tushunarsiz qaradi - Senlar meni shu yerda 
sindirishga harakat qilasizlar to'g'rimi? To'g'ri... Bu 


meni ruhiyatimni sindirmaydi aksincha bashorat 
amalga oshishiga yordam beradi...
- Hey qizaloq sen bu zindon qanday hususiyatga ega 
ekanligini bilganingda bunday fikrga kelmasding... 
Avval o'zimni tanishtirsam Varia qiroli Marko 
bo'laman. Sen hozir tuslanuvchilar mamlakati 
qirolining asirasisan. Bizlar haqimizda malumotga 
egasan shekilli... Shunda ham biroz malumot 
berishim mumkin. Biz inson ruhi bilan oziqlanamiz, 
ruh orqali yanada ko'proq yashaymiz. Istasak boshqa 
inson yoki hayvon qiyofasiga kira olamiz. Bu zindon 
haqida gapirdigan bo'lsam, aslida bu yer bezovta 
ruxlar zindoni. Bizlar ularni Varllar deya ataymiz. Na 
uyoqqa na bu yoqqa tegishli anchayin qo'rqinchli 
ruhlar. Bu yerdan inson zoti tugul har qanday 
to'siqdan o'tib keta oladigan ruhlar ham qocha 
olmaydi. Zindon suv ostiga qurilgani uchun ham 
qocha olishmaydi. Kechasi esa juda 
bezovtalanishadi... Sen esa hozir aynan Varllar bandi 
etilgan zindondasan...bu nimami anatishini 
bilasanmi? Bugundan boshlab senga kechasi shirin 
uyqu emas, daxshatlar hamroxlik qiladi... Ular bilan 
zerikmaysan degan umiddaman.
U gaplarini tugatgach xonadan chiqib ketdi. Men 
yana o'z hayollarim bilan yolg'iz qoldim... Milo u 
qayerda??? Unga hech qanday zarar yetmagan degan 
umiddaman... Biroz vaqt o'tgach shundog'am past 
bo'lgan nur yanada pasaydi. Xonani butkul zulmat 
egallaganda esa negadir qo'rquvni his qildim... Bu 
qo'rquvim o'rinli ekan. Eshikga nimadir birdan zarb 
bilan urilganidan qo'rqib baqirib yubordim. Bu 
zarbalar ko'paysa ko'paydiki aslo kamaymadi. 
Nihoyat eshik ortidagilar ichkariga kira olishdi. 
Eshikdan kirgan mavjudotni ko'rib baqirib yubordim, 
u shaffof bo'lib shaffof emas, tutun bo'lib tutun 
emasdi. Hatto yuzi ham yo'q. O'sha havoda muallaq 
turib birdan quloqni qomatga keltirar darajada 


qichqirib yubordi. Uning shiddat bilan men tomonga 
kelayotganin ko'rib qo'rquvdan yana bir bor baqirib 
yubordim. U meni tanamga urilib narigi tarafga o'tib 
ketdi. U tanamga urilgandagi og'riqni hatto ifodalab 
ham bera olmayman. Go'yoki jahannamga tushib 
alovda jizg'anak bo'lgandek bo'ldim. Og'riqdan bor 
ovozimda baqirib yubordim. Bu Marko aytgan Varllar 
edi, meni tilimda esa daxshatlar. Ularning son sanog'i 
yo'q barchasi menga tashlanardi. Tanam kuyib 
ketgandek bu azobni qayta va qayta his qilardim...
Bu og'riqlar xonada yana past yorug'lik paydo 
bo'lguncha davom etdi. Ularning quloqni qomatga 
keltirar darajada qichqirishi ham yorug'lik sabab 
yo'qoldi. Ular kechasi xonaga qanday kirishgan bo'lsa 
kunduzi yana huddi shunday xonadan chiqib 
ketishdi. Huddi ataylab meni azoblash uchun 
kelishgandek... Men holsiz zax yerda og'riqlarga 
bardoshim yetmay yotardim. Hayolimda esa tanam 
kuyib ketgandek qarashga botina olmasdim. Lekin 
biroz vaqt o'tgach og'riqlar o'z o'zidan yo'qoldi, sekin 
o'rnimdan turib tanamga ko'z tashladim...yo'q hech 
qanday jaroxatdan iz yo'q. Tanam avval qanday 
bo'lsa huddi shunday turibdi. Ancha vaqt tundagi 
azoblarni hayolimdan chiqara olmay qo'rquvdan 
qaltirab yotdim. Menimcha bu mavjudotlardan 
qo'rqmaslik axmoqlik bo'lsa kerak.
Xona eshigi ochilgach sergaklanib o'sha tarafga 
qaradim. Eshik yonida kecha o'zini qirol deb 
tanishtirgan yigit turardi.
- Ho'sh bu yerdagi tun senga yoqdimi? - u 
mazaxlagandek gapirib menga yaqinlashdi.
- Bo'lmasamchi... - uning yonida ojiz ko'rinmasligim 
uchun o'rnimdan turib dadil gapirishga urundim.
- Ular seni yaxshi mehmon qilishgan degan 
umiddaman.


- Tuni bilan meni zeriktirishmadi - bu safar alam 
bilan gapirdim.
- Bunga ishonchim komil.
Ayni damda uning shu tirjayib turgan basharasini 
shunaqangi bezab qo'ygim kelayaptiki, shu sadafdek 
terilib turgan tishlarini bitta bittalab urib 
tushursam...
- Meni qachon ozod qilishga kelishgansan - 
hayollarimni yig'ib vishilladim.
- Umuman olganda... - Marko sekin gap boshladi - seni 
buyerdan ozod qiladigan axmoq yo'q.
Unga tushunmagandek qaradim. Sababi u Davila 
bilan bitim tuzgandi. Rejaga ko'ra man manashu 
"afsonaviy" zindonga qanchadir muddat asira 
bo'lishim va u istagan insonga aylanib chiqishim 
kerak edi. Markoning bu gapi esa meni hayron 
qoldirgandi.
- Sen Davilaning rejalarini qanday aniqlading 
bilmadim-u, lekin men bu axmaqona rejani hech 
qachon amalga oshirmayman. Sen butun umr shu 
yerda qolasan. Seni endi ozodlikka chiqarish g'irt 
axmoqgarchilik. O'z muhofazamiz uchun ham seni bu
yerga bandi qildik.
- Yana bir yolg'on, sen ham Davilani laqillatibsanda - 
alam bilan kulib yubordim.
- Bu barchamiz uchun foydali, albatta sen bunda 
istisnosan.
- Aslida senlar haqiqiy yovuzsilar... Meni hech kimga 
ziyonim tegmayotgandi... Endi barchasi o'zgaradi... 
Senlar o'z qo'llaring, o'z chirkin o'yinlaring bilan 
haqiqiy yovuzni yaratdinglar... Meni butun umr bu 
yerda ushlab qola olmaysan Marko... Bu yerdan 
qutulganimda esa hammangni qoningni daryo qilib 


oqizaman... Bu bashorat ham albatta amalga oshadi... 
ont ichaman.
- O'zinga juda katta baho berayabsan malika...
- Buni endi joning meni qo'limdaligida gaplashamiz... 
Endi esa menga bir marhamat ko'statib bu yerdan daf 
bo'l.
U yana nimadir demoqchi bo'ldiyu, lekin men ort 
o'girib olganim sabab indamay xonadan chiqib ketdi. 
Bu dunyo mavjudotlariga nima bo'layapti o'zi? Ular 
nega bunchalik pastkashlikka,razilikka 
qo'lurishayapti? Yolg'onlar ustidan yolg'onlar...Hali 
bir haqiqat ochilmay darrov boshqa bir yolg'on 
chiqib kelayapti. Nima ular o'z maqsadi yo'lida 
shunchalik razillikka borishayaptimi? Hatto o'zidan 
o'zligidan kechishayapti... Ularni nima deb atash 
mumkin? Xudbinmi? Yo'q xatto bu so'za ularning 
chirkinliklaaridan or qilish darajasiga borib qoldi... 
Men tushunmayabman ularga nima yetishmayapti? 
Havas qilarli hayoti, yetarli boyligi,oilasi, do'stlari, 
suyana oladigan insonlari bo'lsa ularga yana nima 
kerak o'zi? Yo'q, bu savollarning hech biriga javob 
yo'q... Lekin yechim bor, ular bu hayotda yashashga 
haqli emas, aynan shunday! Men o'zim ularga yetarli 
narsani beraman. Umid qilamanki jonsiz narsaga bu 
olamning hech narsasi kerak bo'lmaydi!
Bu zindonda qanchadan beri asira ekanligimni ham 
bilmayman. Bu yerda kun bilan tunning ham farqiga 
bormay qoldim. Bilganim tun kirishi bilan 
daxshatlarim meni yo'qlashadi, kunduzi og'riq va 
qorquv ichida o'tirib yana o'z daxshatlarimni 
kutaman va yana hech qancha vaqt o'tmay ular meni 
yo'qlab kelishadi. Bu huddi o'sha kitoblarda yozilgan 
do'zahga o'xshardi. Alanga ichida qolsang ham 
o'lmasdan qayta va qayta otashda yonaverish. Farqi 


esa men bu azoblarni yer ustida ham his 
qilayotgandim...
Qanchalik o'ylamaslikka harakat qilsam ham 
o'tmish yodimga tushib menga tinchlik bermasdi. Har 
azoblanganimda ularning qoniga tashna bo'lib 
boraverardim. Meni chirkinlik ichra mazza qilib 
o'ynatgan yolg'onchilar qoniga!
Bazida o'z ahvolimga o'zimning kulgum keladi. 
Avval bobom, so'ng o'z ota-onam va so'ngida men 
ishongan bir oila...
Yo'q, yo'q! Men yana aldandim! Yana soddalardek 
bu olamda toza qalblilar bor deb ishondim. 
O'zimning axmoqligim sabab hozir shunday achinarli 
ahvolda turibman... Men qanday gunoh qildimki? 
Menga baxtni munosib ko'rishmayapti. Axir men 
hech kimga yomonlik qilmadim, qo'limdan kelgancha 
barchaga yordam berishga urundim... Ha aslida 
manashu mening eng katta xatoyim edi. Men ularni 
ham huddi o'zim kabi o'ylaganman. Ularni o'zimga 
do'st, oila deb bildim. Aslida esa atrofimni haqiqiy 
iblislar o'rab olgan ekan...
Qo'limdagi zanjirlarga alam bilan qaradim, ulardan 
qanchalik qutulishga urunmay foydasiz edi... 
Xonadagi yorug'lik o'z nurini pasaytirgani sari butun 
vujudimni yana qo'rquv egallay boshladi... Yo'q bas 
qilinglar iltimos! Charchadim... Ortiq bunday 
qiynoqlarga chiday olmayman... Yolvoraman bas 
qiling!!! 
Meni daxshatlarim kelmasidan oldin ichimda iltijo 
qila boshladim, sababi bu yerda ovozimni 
chiqarishga ham qo'rqib qolgandim... Yo'q ular meni 
nolamni eshitishmadi. Qarshimda turgan eshikka 
meni daxshatlarim yana o'zlarini urishayapti. 
Eshikga tekgan har kuchli zarbadan xona titrab 
ketoyotgandek edi. Xona bo'ylab yana o'sha baland va 


qo'rqinchli qichqiriqni eshitib quloqlarimni 
yopgancha baqirib yubordim. Tanam yana ularning 
otashini o'ziga singdira boshladi. Boshida bu 
og'riqlarga ko'nikib ketaman deb o'ylagandim, lekin 
adashgan ekanman. Ular menga tekgandatanamda 
his etgan kuyishga haligacha ko'nika olmadim. Bu 
og'riqga ko'nikishning ham iloji yo'q edi...
Marko yonimga kelib ketgan kundan beri meni 
Varllardan boshqa hech kim yo'qlamadi... Meni 
o'ylantirayotgan yana bir narsa bor edi. Shuncha vaqt 
o'tsa hamki men o'zimda umuman ochlikni his 
qilmadim. Bu ochlikdan o'lib ham bu yerdan qutula 
olmasligimni anglatardi. Meni rostan ham kimdir 
asrayapti, balki bu yana tabiatning ishidir... 
Menimcha Miloning gapida jon bor edi, men ayni bir 
muhim kun uchun yokida bir maqsad uchun hamon 
tirikman... Milo, Miloginam sen qayerlarda ekansan, 
ular senga ozor berishmayaptimi? Kechir seni 
himoya qila olmaganim uchun kechir... Qanday 
bo'lmasin men bu yerdan qutulishim kerak. Milo 
uchun ham bu yerdan tirik chiqishim shart. Bu 
dunyodagi yagona do'stim uchun ham harakat 
qilishim kerak. 
Men ozod bo'lishim uchun yana bir sabab topildi... 
Bu yerdan qutulish umidi yana bir karraga oshdi... 
Qo'limdagi zanjirlardan qutulishga urundim... Yo'q 
ular juda mustahkam... Kuching shunaqa 
vaziyatlarda yuzaga chiqsada... Jin ursin 
bo'lmayapti... Xona yana asta sekinlik bilan 
qorong'ulashaypti... Viola bugun ham daxshatlaringni 
kutib ol...pichirlagancha ko'zlarimni yumdim...
Og'riqlarni yana o'z tanamga qubul qilib olar 
ekanman bu safar avzoi-badanim qaqshab 
ketayotgandek edi. Ularning otashi suyak-
suyagimgacha yetib borib menga tariflab bo'lmas 
og'riqni yo'llashayotgan edi. Nima ular meni tezroq 


o'ldirishga niyatiga tushishdimi?! Nega bu og'qriq 
avvalgisidan ikki barobar kuchli... Ortiq hech narsa 
haqida o'ylay olmay qoldim. Miyyam o'z faoliyatini 
to'xtatib, tanam ham hech qanday og'riqni sezmay 
qoldi. Ko'zlarim og'ir yumilib butkul zulmatda 
qoldim...
Suv bo'yida ko'zlarimni ochar ekanman atrofga 
hayron qaradim. Quyoshning zarrin nurlari 
shundoqqina tepamda o'zgacha jilolanib nur 
sochardi. Ko'zim yorug'likka biroz o'rgangach 
yuqoriga qarab yotib oldim. Qo'llarimni ko'tarib 
quyosh nuriga tutdim. Qo'llarim orasidan o'tib 
yuzimga tushayotgan nur ayni damda menga avval 
hech ham tuymagan zavqni bag'ishlardi. Yuzimda 
paydo bo'lgan tabassumni sezib o'zim ham hayron 
bo'ldim. Shuncha paytdan beri olamni yoritib turgan 
quyosh meni endi u sizlikda kechgan kunlarimdan 
so'ng quvontirayotgan edi... Menimcha bu inson 
zotiga tekgan kasallik. Biz hech qachon hech narsani 
o'z vaqtida qadriga yetmaymiz. Masalan men: Men 
hech qachon quyoshni ko'rganimda va u beminnat 
olamga o'z nurlarini sochganda etibor bermaganman. 
Hatto quyosh haqida o'ylamaganman. U har kunlik 
o'z vazifasini bajarib sharqda chiqib g'arbga 
botaveradi, biz esa goh yorug'likda goh zulmatda 
qolaveramiz. Lekin hech qachon o'ylamaymiz, bir 
kuni shu quyosh o'z nurlarini yoritmay qolsachi... 
Bugun esa shu men etibor bermagan, lekin shu 
etiborsizlikka qaramay beminnat o'z zarrin nurlari 
bilan olamni yoritib menga quvonch bag'ishlayapti. 
Bu ham aslida bir baxt! Yoki men bu quyoshni juda 
ko'p muddat ko'rmaganim uchun shunday 
o'ylayotgandirman... Nima bo'lganda ham men endi 
bu olamning, shu tabiatning har bir nematidan bahra 
olaman... Aynan shunday qilaman, bu olamdagi 
birgina tabiatda beg'arazlik bor...


Men qayerdaman? Nega bu yerdaman? Kim meni 
bu yerga olib keldi? Miyyam endi urilgan 
savollarning hech biriga javob topa olmadim. Bu 
yerga etibor bilan razm solib qora o'rmon va ko'ldan 
bo'lak hech narsa yo'qligini bildim. Mendan sal 
narida yotgan qora jussasi kichikroq hayvonga qarab 
ko'zlarim kattalashib ketdi.
- Milo - baqirib yubordim. Bandi bo'lganimdan beri 
ilk marta og'zimdan tovush chiqdi. Shunda gapirish 
ham bir ne'mat ekanligini tushundim. Men 
ozodman...bu..bu qanday...ular meni qo'yib 
yuborishdimi?...nahotki...endi meni ular tinch 
qo'yishadimi? 
Miloni yoniga yugurib borib uni qo'limga oldim. 
Bechora ozib ketibdi, u ham juda qiynalgandir. Uni 
uyg'otishga harakat qilib ohista yelkalaridan silay 
boshladim. Uning ko'zlari suzilib ochilgach ingragan 
ovoz chiqardi. Hudoga shukur u soppa-sog'. Uni 
bag'rimga bosib qora o'rmonga kirib boraverdim. 
Milo ancha tetiklashgach odam qiyofasiga kirdi, 
kiriboq meni maxkam bag'riga bosdi.
- Binafsha... Seni yana ko'rib turganimdan 
xursandman - uning ko'zlarida jilvalangan yoshni 
ko'rib men ham yig'lab yubordim.
- Meni sen qutqardingmi? - o'rtamizdagi uzoq 
skunatni buzib o'zim qiziqqan savolni berdim.
- Yo'q... Men ohirgi marta ko'zlarimni zindonda 
yumgandim, buyog'ini eslay olmayman, ko'zlarimni 
ochishim bilan esa seni uchratdim - u qayta meni 
bag'riga bosdi - tirik ekansan!
- Unda kim?
- Hozir buni o'ylashga vaqt yo'q, bu yerdan tezroq 
ketish kerak. Men bu yerni bilaman, bu hudud 


Varialiklarga tegishli. Tezroq juftakni rostlamasak 
holimizga maymunlar yig'lashi anniq.
Uni gapida jon bor endi o'sha jahannam zindonidan 
qutulganimda, yana unga qaytib kirish niyatim yo'q... 
Milo meni qo'limdan tutib zulmat misol o'rmon 
tomon yurib keta boshladi...
- Qayerga boramiz? 
Bir soatdan beri o'rmon oralab Miloni ortidan yurar 
ekanman so'radim.
- Avval shu lanati o'rmondan chiqib olaylik, buyog'ini 
keyin o'ylaymiz.
- Yaxshi... Ular senga hech narsa qilishmadimi? - 
o'ylanib dedim.
- Deyarliii hech narsa qilishmadi... Sengachi?
- Har kuni o'lib tirilganimni hisobga olmasa yo'q!
- Biz ko'l yonida edik... - Milo o'ylanib o'ziga o'zi 
gapirdi - Demak sen... Nahotki sen shuncha vaqtdan 
beri ko'l pstidagi zindonda bo'lgan bo'lsang?!
- Sen u zindonni qayerdan bilasan?
- Qayerdadir eshitgandim... Eshitishim bo'yicha u 
yerga qandaydir ruxsifat mavjudotlar qamal qilingan 
ekan.
- To'g'ri eshitibsan.
- Senga ularni ziyoni tegmadimi? Yo'q bu axmoqona 
savol bo'ldi... Shuncha vaqt ularni orasida qanday 
tirik qolding? - havotirlanib so'radi.
- Bu haqida hozir gapirgim yo'q - Varllarning 
daxshatli yuzlari va og'riqlarini eslab tanam yana 
qo'rquvdan qaltiray boshladi.


- Yaxshi.......to'xta - Milo birdan sergak tortgani uchun 
men ham joyimda tosh qotdim.
- Nima gap? - sekin pichirladim.
- Tovushlar.
Uning bu gapidan so'ng men ham quloqlarimni ding 
qildim. Yerga to'kilgan parglar kimdir tomonidan 
bosilib tovushlar chiqarardi. Tovushlar borgan sari 
bizga yaqinlashib kela boshladi. Biroz muddatdan 
so'ng qarshimizda turgan qop-qora otni ko'rib 
hayratlandim.
- Bo'ysunmas! - Miloni qo'lini qo'yib yuborib tezda 
otning qarshisiga borib yollarni siladim.
- Bu otda bir gap bor.
- To'g'ri, u har doim kerakli vaqtda yonimda paydo 
bo'layapti - otning bo'ynidan silab qo'yib dedim.
- Endi bu yerdan tezroq keta olamiz otingni egalla - 
Milo shunday degancha o'zi qora qoplon qiyofasiga 
kirib oldi.
- Qani Bo'ysunmas meni havfsiz yerga elt - egilib 
uning qulog'iga pichirlagach jilovni silkidim. 
Zulmat bosgan o'rmondan chiqgach Bo'ysunmasni 
o'z holiga qo'ydim. Anniq bilaman u menga kerakli 
manzilni o'zi topib boradi. Bir yarim kun yurgach biz 
qandaydir sahroga keldik. Bu yerning jazirama 
issiqligi va qumli tepaliklardan qayerga kelganimizni 
taxmin qildim. Yo'lda hech qanday to'siqga 
uchramadik Varia mamlakati chegarasidan ham 
begadir ossongina o'tib oldik. 
- Nega aynan Terra? - holdan toygan Milo issiq qumga 
yotib olib noliy boshladi.


- Bilmadim, bu Bo'ysunmasning tanlovi - dedim yelka 
qisib.
- Men charchadim, surul men ham otinga o'tirman - 
Milo o'rnidan turib yonimga kelib oldi.
- Menimcha mushukga aylansang ancha foydaliroq 
bo'lardi.
- Yaxshi.
U mushuk qiyofasiga kirib yonimdan joy oldi. 
Bo'ysunmas esa hali ham yurishni davom etardi. 
Uzoqdan ko'rinayotgan qandaydir hira narsa 
etiborimni tortdi. Buni Bo'ysunmas ham sezdi shekilli 
qadamlarini tezlatib yugurishga tushdi. Miloning 
havotirli miyovlashidan men ham daxshatga 
tushdim.
- Qumli bo'ron! Bizga bo'rondan pana qila oladigan 
joy kerak...
Bo'ysunmas qandaydir qumli tepalikdan iborat 
bo'lgan g'or ichiga kirdi. Ha bu yerda bo'ron 
bosilguncha jon saqlasa bo'ladi. Qulay joy topgach 
Bo'ysunmas yerga yotib qoldi. Sal kam ikki kundan 
beri to'xtovsiz yurganimiz unga yaxshigina tasir 
qilgandi. Men uni yoniga borib biqiniga suyangancha 
o'tirdim. U bir boshini ko'tarib yana ko'zlarini yumib 
oldi. Milo ham meni oyoqlarim ustiga chiqib yotib 
oldi. Shuncha kun deganda mana bugun yana 
qo'rquvlarsiz bemalol uhlashim, tunning haqiqiy 
lazzati bo'lmish uyquga ketib barcha 
charchoqlarimni tanamdan chiqarishim mumkin... 
Bo'ysunmasga yaxshilab suyanib olib menga begona 
bo'lishga ulgurgan uyqu domiga sekin cho'ka 
boshladim...
Yuzimga tushgan yorug'likdan ko'zlarimni sekin 
ochdim. Quyosh allaqachon boshimizga kelib qolibdi. 
Yon atrofimga qaradim Bo'ysunmas va Milo hali ham 


uhlashayapti. Men sekin o'rnimdan turib g'or 
tashqarisiga chiqdim, atrofda qum va qum 
tepaliklardan boshqa hech narsa yo'q. Quyosh esa o'z 
nurlarini bu sahroga ayamay sochayapti. Quyoshdan 
bahra olayaotgan qumlar ham juda issiq, yalang oyoq 
bo'lganim uchun bu issiqlikni o'z oyoqlarimda 
sezayabman. Egnimga qaradim hali ham o'sha lanati 
Maleda kiygan qizil, qora kiyimdaman. Yelka va yeng 
qisimlari yirtilgan, judayam ifloslangan 
ko'ylakdaman. Tahqirlanish ham shunchalik bo'lar, 
yo'q nolimay axir men o'sha "jahannam" zindonidan 
qutuldim. Endi erkinman, egnimga ko'ylak ham, oyoq 
kiyim ham topiladi. Bu narsalar haqida ortiq 
o'ylashni istamay yana g'or ichiga kirdim. 
Bo'ysunmas uyg'onibdi anchagina tetik, Milo esa 
cho'zilgancha haliyam uhlab yotibdi. Uni qo'limga 
ko'tardimda Bo'ysunmasni jilovidan tortib yo'lga 
tushdim. Tezroq biron bir yaroqli bosh pana topishim 
kerak. Yeguliklar ham men ochlikka chiday olishim 
hattoki hech narsa yemasligim ham mumkin, lekin 
Milo va Bo'ysunmasga hech bo'lmasa suv topish 
kerak. Issiq qum ustida oyoqlarim kuysa ham 
yurishda davom etdim. Bu kuyish Varllarning 
og'rig'ini oldida daryodan tomchi ham emas. 
Kamida uch soatcha yurdik... Yo'q atrofda hali ham 
o'sha qumlardan boshqa hech narsa yo'q. Milo va 
Bo'ysunmasga hech bo'lmasa suv topishim kerak... 
Terrada ham qirollik borku, nega hech shaharni 
ko'rmayabman. Tezroq shaharni topib borishimiz 
kerak... Yana bir soat yurganimizdan so'ng tepamizda 
qandaydir qush uchib o'tdi. Demak yaqin o'rtada jon 
saqlash uchun qandaydir joy bo'lishi kerak. Oradan 
ancha vaqt o'tsa ham hech yaroqli joy topa olmadik, 
lekin qush hamon ustimizda uchib yuribdi. Unga 
yaxshilab razm soldim burgutga o'xshadi... Yo'q 
burgutlar balandlikda yashashadi bu qush...lochin 
aynan Lochin! Qiziq nega u bizni taqib etayabdi?


Qushga qarab qarab yo'limni davom etdim. Lochin 
bizdan uzoqlashib, uzoqdan ko'rinayotgan qandaydir 
qora narsaga borib qo'ngandek bo'ldi. Yo'q bu narsa 
emas u harakatlanayapti... U odam! Menimcha 
shaharga yaqinlashib qoldik.
- Milo qara biz tomonga kimdir kelayapti.
Milo boshini biroz ko'tarib yana qo'llarimga yotib 
oldi. O'sha kimsa esa toboro bizga yaqinlashib 
kelardi. U ham qop qora ot ustida ekan. Boyagi lochin 
esa bir qo'liga qo'nib olgan. Kimsa mening qarshimga 
kelib to'xtadi, u ko'zlarimni ko'rmasligi uchun pastga 
qarab oldim. 
- Hayirli kun xonim - u hurmat bilan gap boshladi, 
ovozi ham qandaydir yoqimli ekan - menimcha 
adashib qolgansizlar.
- Sizga ham hayirli... Ha biz bu yerlik emasmiz.
- Sizga yordam bera olishim mumkinmi?
- Haligi men shaharga bormoqchi edim, lekin o'zingiz 
aytganigizdek adashib qoldim.
- Tushunarli, sizlar to'g'ri yo'ldasizlar. Shu yo'lda 
davom etsangiz shahar qarshingizdan chiqadi.
- Tashakkur.
- Lekin... - u o'ylanib dedi - sizning ahvolingiz - 
kiyimlarimga ishora qildi - yo'lda qaroqchilarga duch 
keldingizmi?
- Aa? H.ha shunday... - deyishim bilan u tez harakat 
qilib tirsagini bo'ynimga tirab oldi. 
- Men sahro qo'riqchisiman! Bu yerlarda sendan 
bo'lak odam zoti yo'q. Yolg'on gapir... - uning jim 
bo'lib qolish sababini tushunib men ham qat'iy uning 
yuziga qaradim. Yuzini qandaydir qora mato bilan 


o'rab boshiga o'rama matodan ishik narsa kiyib olgan 
ko'zlari qandaydir yashil-ko'kimtir sifat yigitni
qarshimda ko'rdim. Egniga ham uzun-uzun 
matolardan allambalo kiyim kiyib olibdi.
- Sen... Ko'zlaring? - uning ham nigohi meni yuzimga 
tushgach hayratlandi. O'zimni tezda undan nari 
qildim, ikkimizni o'rtamizga qoplon qiyofasidagi Milo 
tushib unga qarab irillay boshladi. Miloni ko'rib 
yigitning qo'lidagi lochin ham baland ovoz chiqarib 
Miloga o'ljasiga qaragandek qaradi.
- Sen binafsha ko'z?! - yigit hali ham hayratlanib 
so'rardi.
- Milo ular senga - men yigitga etibor bermay 
Bo'ysunmasning yoniga bordim. Unga hech qanday 
zarar yetkazishni istamagandim, lekin bunga o'zi 
aybdor. Milo bir sakrab o'zini yigitning ustiga otdi. 
Lochin esa Miloga tashlandi, ularni biroz tomosha 
qilib bu jang hali ko'p cho'zilishini bilgan holda oraga 
tushdim. Lochinni qarshiliklariga qaramay qo'limga 
olib patlarini siladim, uning nigohi meni ko'zlarimga 
tushgach tipirchilashdan to'xtab qoldi. Uni yana biroz 
erkalab mamnun yigitga qaradim, u ustidan Miloni 
tushurish barobarida menga hayrat bilan qarardi. 
Meni ishoram bilan Milo yigitdan uzoqlashdi.
- Lochining ajoyib ekan - jilmaygancha lochinni 
erkalatib yigitga yuzladim - lochinlarni juda yirtqich 
bo'ladi deb eshitgandim... Oldingda faqat birgina yo'l 
yo'l turibdi. Meni shaharga olib borasan, bosh 
tortsang o'z lochining qo'lida o'lim topasan - deya 
butunlay meni pinjimga kirib olgan lochinga ishora 
qildim.
- U menga qarshi chiqmaydi - yigit o'rnidan turish 
barobarida gapirib kiyimlarini qoqib qo'ydi.


- To'g'ri, lekin menga ham qarshi chiqmaydi undaa... - 
deb sekin qushning bo'ynidan ushladim - qushing 
bilan vidolashasan.
- Sen bunday qila olmaysan - uning tushunarsiz 
rangdagi ko'zlarida qo'rquv alomatlari sezildi.
- Tanla yoki meni shaharga eltib qo'yasan yoki 
qushingdan ayrilasan.
- Ikkisidan ham bosh tortaman - yigit baqirgancha 
menga tashlandi. Lekin meni to'sib qo'ygan qumli 
devor uni to'xtatib qoldi. Uning ko'zlarida yana 
hayratlanish aks etdi. Endi etibor beribman yigitning 
qo'li atrofida ham qum zarralari uchub yurgan ekan. 
Demak u ham men kabi tuproqni boshqara oladi.
- Sen kimga duch kelganingni fahmlayabsanmi? - 
qumli to'siqni yo'q qilib yana unga yuzlandim.
- Sen tavqi lanatsan.
- Shu so'zlardan bezor bo'lgandim - jaxl bilan uni qum 
orqali uchirib yubordim. Uning jang san'ati yaxshi 
ekan o'zini tutib qola oldi. Yo'q bu yigit bilan 
yaxshilikcha kelishib bo'lmas ekan. Uning ko'zlariga 
qarab tasir o'tkaza boshladim. U boshini changallab 
qolgach yuzimni yana mamnuniyat egalladi.
- Men bilan o'ynashishni bas qil! Chamamda menga 
to'g'ri baho bermayotgan ko'rinasan, balki rostan 
lochiningni o'ldirishim kerakdir...
- Yo'q, un.ga teg..ma - yigit og'riqdan zo'rg'a gapirdi - 
ro.rozi.man.
- Manabu boshqa gap... Yana bizga yeguliklar va suv 
topib berasan bitta boshpana ham... vaqtinchalikka.
- Faqat shaharga olib boraman - dedi qatiy o'rnidan 
turib.


- Hmm... Mayli... Unda yo'lga tushdik.
Men Bo'ysunmasga o'tirib yonimdan ketmayotgan 
lochinni egasiga qaytarib berdim. Yigit ham otini 
egallab yurishni boshladi.
- Sen buni qanday uddalading - ancha vaqt 
yurganimizdan so'ng yigit o'rtadagi skunatni buzdi.
- Nimani?
- Hakni bo'ysindirishni.
- Lochinnimi? Bu qobilyat.
- Hamma hayvonlarni o'zinga bo'ysindira olasanmi?
- Ha.
- Isming nima?
- Bilishing shartmas.
- Qanday tirik qolgansan... Yani tug'ilganingda seni 
o'ldirishga urunganlar bo'lmaganmi?
- Tabiat asragan.
- Yani?!
- O'zim ham anniq bilmayman, shunchaki o'lim men 
uchun emas deya qolaylik.
- Seni o'ldirish imkonsizmi?
- Juda o'ldirishni hoxlayotgan ko'rinasan - unga yov 
qarash qildim.
- Bo'lmasamchi, kimsan binafsha ko'z sohibasini 
o'ldirsam...
- Shirin hayollaringni keyinga qoldir, seni bachkana 
gaplaringni eshitishga toqatim yo'q - uni gapini bo'lib 
oldinlab ketdim.


- Sen ham tuproqni boshqara olar ekansan, huddi 
men kabi - u menga yetib olib yana gapira boshladi.
- Bu ham qobilyat.
- Yana qanday qobilyatlaring bor.
- Buni ham bilishing shartmas... Sen rostan sahro 
qo'riqchisimisan?
- Ha.
- Senga tekin maslahat sahroda sharmandalarcha 
o'lim topishni istamasang o'zingni yaxshilab 
himoyala, himoyang juda sust ekan.
- Sust emas sening tasiring o'ta kuchli.
- Bo'lishi mumkin... Ho'sh yana qancha yuramiz.
- Ancha, lekin hozir panaroq joy topish kerak kech 
tushayapti hademay qumli bo'ron boshlanadi.
- Yanami?
- Bu yerlarda har kecha bo'ron bo'ladi - yigit 
tushuntirgan bo'ldi.
- Yaxshi. 
Yana huddi o'tgan safardagidek qumli g'or topdik. 
Qulay joylashib olib bo'ron tinishini kuta boshladik.
- Alin... ismim Alin - uzoq skunatni yana yigitning 
ovozi buzdi.
- Sendan ismingni so'rmagandim - Bo'ysunmasga 
suyanib olib dedim.
- Shunchaki notanish tanish bo'lishni istamadim.
- Hmm...Binafsha.
- Binafsha?!


- Ko'zlar sabab.
- Ko'zlaring haqida nimadir deya olmaymanu, lekin 
isming chiroyli.
- Hmm... Boshqa gapirma juda charchaganman.
Ko'zlarimni yumib bugungi voqealarni tahlil qila 
boshladim. Mendagi qobilyatlar endi jaxlim chiqish 
yoki chiqmasligiga qaramayapti. Oddiy holatlarda 
ham uni boshqara olayabman. Shunday bo'lishi 
mumkinmi? Qiynoq va qobilyatlar o'z-o'zidan 
ochiladimi? Yo'q bu yerda boshqa gap bor... Birinchi 
qotilligim bobom bo'lgandi, o'sha payt shu qadar jaxl 
otiga mingandimki, hayolimda faqat qasos olish edi. 
Keyin qayerdagi kanizak, uning haqoratidan 
yaxshigina g'azablangandim, o'sha paytuning 
qilmishiga yarasha jazo berishni istadim. So'ng Davila 
va ota-onam sabab qobilyatim yuzaga chiqdi. 
Haqiqatni bilganimda esa butun vujudim bilan 
ulardan o'ch olishni istadim. Bularning barchasida 
qandaydir maqsadim bor edi... Ha aynan maqsad! 
Menda hozir malum bir anniq maqsad bor va men 
qobilyatimdan foydalana olayabman...
Ko'z qirim bilan yonimdagilarga qaradim hammasi 
uyquda. O'rnimdan biroz siljib diqqatimni o'ng 
qo'limga qaratib uni ohista harakatlantirdim, 
kutganimdek qo'lim atrofida ko'rinmas shamol 
aylana boshladi. Keyin tuproqni harakatlantirdim, 
buni ham qiyinchiliksiz uddaladim. Yana taxmin 
qilgan narsamni sinab ko'rishga kirishdim...ikki 
barmog'imni qasillatishim bilan mem kutgan narsa 
yuz berdi. Men o'z - o'zidan qo'limda olov paydo qila 
oldim... Havo, tuproq, olov...
- Uch unsur! - Alinning ovozidan cho'chib tushdim - 
Sen hozirgina uch unsurni boshqara olding - 
hayratlangancha dedi - To'xta hozir - u ichki 
cho'ntaklarini titib qamdaydir kichikroq idish 


chiqardi - So'ngi unsur - idishchani qo'limga tutqazdi 
- suvni ham boshqara olasanmi?
Uning bu gapidan menda ham qiziqish uyg'ondi, 
idishdagi suvni qo'limga to'kib uni qandaydir 
harakatlarga keltirdim. 
- To'rt unsur...! Daxshat sen...o'zi kimsan?
- Ko'zlarim kimligimni aytib turibdiku.
- Sen yangi tursan! Sendaqasi hali bu olamda yo'q 
ishonaver... Bir inson ko'pi bilan ikki unsurga egalik 
qila oladi, sen bo'lsa barchasiga... Aqlbovar qilmaydi!
- Og'zingni yop, hozir qumga to'ladi - kulgancha yana 
unga orqa o'girib yotib oldim.
- Sen rostan yovuzmisan?
- Nima o'xshamayabmanmi?
- Mutlaqo... Senda nimadir boshqacha.
- Ha, hozircha shunday o'ylab yuraver...ohirida 
aslimni ko'rasan!
- Ohirida?!
- Bo'ldi uhla, endi rostan charchadim.
- Nimani nazarda tutding?!
- Senga hisob bermayman.
- Bashorat... Haqiqatmi?
- Halicha yo'q! Lekin tez orada haqiqatga aylanadi - 
dedim qat'iy "iblislarni" qayta yodga olib.
- Bunday bo'lmaydi degan umiddaman.
Orti u ham men ham gapirmadik. O'rtamizdan 
gaplashadigan gap ham qolmagandi. U meni o'z 
dushmani yo'q dunyo dushmani deb biladi... Ertalab 


yuzimga tushgan yorug'lik sabab ko'zlarimni sekin 
ochdim. Alin allaqachon uyg'onib otini ham egarlab 
bo'libdi. Men ham uyquchi Miloni bir amallab 
uyg'otib otimni egarladim...
- Yana bir soatdan so'ng shaharga yetib boramiz. 
Yuzinga buni bog'lab ol - qandaydir uzun qora matoni 
qo'limga tutqazdi - bu holatda shaharga kirishing 
havfli, ular seni kimligingdan habar topishsa... Buni 
hatto o'ylash daxshatli.
- Nega? Meni bilib qolishsa nima qilishadi? - 
qiziqishim ustun kelib so'radim.
- Chayonlarga yem qilishadi - dedi u hotirjam.
- Haaa... Menimcha ular Varllarga nisbatan ancha 
yoqimtoy - o'z gapimga o'zim kulob yubordim. Alin 
menga ahmoqqa qaragandek qarab yurishni davom 
etdi... Ha, sen ular qanday mavjudot ekanligini 
bilmaysanda... Agar bilganingda bormi, ularni qo'liga 
tushmaslik uchun o'zingni o'sha chayonlar to'dasiga 
topshirgan bo'larding... 
Bir soatdan so'ng Alin aytgandek shaharga kirib 
bordik. Bu yerlarni yaxshi bilmaganim uchun uning 
ortidan yuraverdim. Bu yer bizni mamlakatdan 
tubdan farq qilar ekan. Kichkina kichkina qumdan 
ishlangan uylar, taxtalardan iborat bozor rastalari, 
olomonning ser-shivqinligi, ustidagi kiyimlarinham 
boshqacha huddi uzun-uzun matolarni bezab-bog'lab 
kiyib olishganga o'xshashadi... Alin qandaydir uycha 
yonida to'xtab eshikni ochdi.
- Sizlarga boshpana... Sen ichkariga kiraver men 
otlarni bog'lab yemish berib kelaman. 
U ketgach sekin ichkariga kirdim. Mo'jazgina uy, 
yerga to'shalgan to'shanchi, ustida yumshoq 
to'shaklar stolsiz dasturxon, xonalarga ilib chiqilgan 
manzarali matolar, bezak uchun qo'yilgan eski sopol 


idishlar hammasi uy muhitini juda go'zal tutib 
turgandi... Qo'limdagi Miloni to'shak ustiga qo'yib 
yana bir bor uyga razm solib chiqdim.
- Kulbai vayronamga hush kelibsan - Alin qo'lida 
nimalardir ko'tarib kelib dasturxon ustiga qo'ydi.
- Yolg'iz yashaysanmi?
- Hozircha ha.
- Menga boshbana topib berishdan bosh tortganding.
- U shunchaki gap edi... Men ko'chada yordamga 
muhtoj ayollarni hech qachon chetlab o'tmayman, 
hatto yovuz bo'lishsa ham... Tarbiyam shunday.
- Tushunarli.
Alin dasturxonga bir qancha yeguliklar va suv qo'yib 
meni yoniga chorladi.
Men yumshoq to'shak ustiga o'tirib yeguliklarga 
qarab chiqdim. Anchadan beri tomog'imdan hech 
narsa o'tmayotgandi. 
- Milo sen ham kel - Miloga ishora qildim. U shu 
gapimni kutib turgandek odam qiyofasiga kirib tezda 
dasturxondan joy egalladi. Alinning hayrotomuz 
nigohiga ham etibor bermay yeguliklarni paqqos 
tushurishga kirishib ketdi.
- Bu meni do'stim Felinlardan - tushuntirgan bo'ldim.
- Felin?! Tushunarli.
Ovqatlanib bo'lgach Alin menga bir qancha 
kiyimlarni tutqazib yuvinish xonasini ko'rsatdi. 
Egnimdagi kiyim kiyishga yaroqsiz bo'lgani uchun 
holtasifat Terraliklarga hos kiyimni kiyib chiqdim. 
Ikki kunim shu yerda o'tdi. Alin iloji boricha vaqtini 
men bilan o'takzib mamlakatini tanishtirib chiqardi. 


Menimcha uning maqsadi meni fikrimdan qaytarish 
bo'lsa kerak. Yovuz malikaga aylanishim oldini 
olmoqchi, lekin qaror qabul qilinib bo'lingan, men 
albatta hammadan o'ch olaman... Alinning 
harakatlari meni hayron qoldirardi, u hatto meni 
sevgan qizi bilan ham tanishtirdi. Nima u meni 
shunchalik o'ziga yaqin olayaptimi? Axir meni yaxshi 
bilmasa... Qiz ham juda chiroyli ekan ismi ham 
jismiga mos Jasmin. Uning ham ko'zlari Alinnikiga 
o'xshab ketar ekan, bir biriga judayam mos 
mukammal juftlik.
O'zimni ancha eplab olgach bu yerdan ketish 
vaqtim yetganligini tushundim. Vaqtni cho'zib 
yurishdan foyda yo'q. Tezroq maqsadimga erishishim 
shart.
- Alin meni Male mamlakati chegarasi yaqiniga olib 
borib qo'ya olasanmi? - uning samimiyatiga yarasha 
men ham u bilan o'z maromida gaplashadigan 
bo'lgandim.
- Nega?
- Meni uyim o'sha yerda.
- Ketasanmi?
- Ha.
- Yana qolsang bo'lardi.
- Yo'q ketishim kerak, barcha yordamlaring uchun 
rahmat. Bu yordamlarni senga qanday qaytarishni 
ham bilmayman. 
- Kerak emas...shunchaki o'zligingcha qolsang 
bo'lgani... 
- Harakat qilaman.
- Qaroring qat'iy bo'lsa men otlarni tayyorlay...


- Yana bir bor rahmat - Alin bilan hayirlashar 
ekanman unga yana minnatdorchilik bildirdim.
- O'zgarmasang...seni yana uyimda kutib qolaman - 
jilmayishga urunib gapirdi.
- Hayr - bu gapdan so'ng unga nimadir deyishni 
istamadim.
- Ko'rishguncha de!
- Menimcha endi ko'rishmaymiz - siniq jilmayib unga 
ort o'girgancha keta boshladim.
- Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman - u 
ortimdan baqirgancha qoldi.
- Men esa ularni kechira olmayman - nafrat bilan 
sekin pichirlab chegaradan o'tdim. O'zimga tanish 
manzarani ko'rib kayfiyatim birdan o'zgardi - Male 
senga jahannamni olib keldim....
Yana o'tgan safargidek holat, Bo'ysunmas yana meni 
qayergadir olib ketayapati. Qancha to'xtatishga 
harakat qilmay foydasiz. 
- Milo uhlashni bas qil, tur o'rningdan - ertalabdan 
beri ko'zini ocholmay oldimda uhlab yotgan Miloga 
asabiy baqirdim - Bo'ysunmas to'xtamayapti. 
To'xtatishga ko'maklash.
Milo ko'zlarini erinib ochib miyovladi.
- To'g'ri yana o'sha o'rmon tarafga ketayabmiz, 
gapingdan jon bor shekilli u menga rostan nimanidir 
ko'rsatmoqchi - Miloni gapiga quloq solib otga 
qarshilik bildirmadim. Yana o'sha qora o'rmon oralab 


yura boshladik. Ancha yurganimizdan so'ng 
Bo'ysunmas sharshara yonida to'xtab qoldi. Men bu 
o'rmondan sharshara borligini ko'rib bir 
hayratlansam, uning manzarasidan yana bir 
hayratlanar edim. Bu yerni ko'p tomosha qila 
olmadim, sharshara o'rtasidan ochilgan tuynuk 
etiborimni tortdi. Bo'ysunmas toshdan toshga sakrab 
sharshara yoniga yaqinlashdi, so'ng yana bir sakrab 
tuynuk ichiga kirib ketdi. Qorong'u g'or ichida ancha 
vaqt yurdik. Uzoqdan qandaydir yorug'lik ko'rindi, 
biz aynan o'sha yorug'lik tomon ketayotgandik. Yetib 
borgach ko'zlarim hayratdan kattalashib ketdi. 
Feruza rang tinniq ko'l va o'rtada gullab turgan 
qandaydir daraxt juda chiroyli manzara kasb 
etayotgandi. Aynan o'sha daraxtning ustida tuynuk 
ochilib yorug'lik tushib turardi, atrofida qandaydir 
oppoq qushlar uchib yanada manzarani go'zal 
ko'rsatardi. 
Ko'lning nargi tarafiga qandaydir oq sochli odamlar 
yig'ilishi etiborimni tortdi. Men ulardan ular mendan 
ko'z uzmay turardik, yana biroz vaqtdan so'ng keng 
g'or bo'ylab allaqanday pichirlashlar eshitila 
boshladi, bu pichirlashlarni haligi oqsochlar lablari 
qimirlab yaratayotgandi. Shu payt ko'ldan qandaydir 
nur taralib birdan g'oyib bo'ldi, so'ng ko'l usti sekin 
astalik bilan qota boshladi. Bo'ysunmas qotgan ko'l 
ustidan yurib oq sochlilarga yaqinlashdi. Ular ham 
biz tomon kela boshlashdi. 
- Biz kutgan onlar! - yuzlarini ajin bosib beli bukilib 
qolgan oq sochli ayol menga tazim qilib shu 
jumlalarni aytdi. Uning ortidan boshqalar ham 
menga bosh egishdi.
- Kimsizlar?
- Ortimdan yur - boyagi ayol ort o'girib yo'lini davom 
etdi.


Men otdan tushib uning ortidan ergashdim. U g'or 
ichidagi qorong'u g'orga kirib ketdi. G'or devorlariga 
qandaydir tushunarsiz rasmlar chizilgan bo'lib men 
ularni tomosha qilib keta boshladim. 
- Bular oq jodugarlar shekilli - ortimdan kelayotgan 
Milo o'z tahminini bildirdi.
- Bo'lishi mumkin.
Ayol qandaydir eshikni ochib meni kirishimga imladi. 
Eshikdan kirib atrofni kuzatdim yerga sakkiz 
burchakli yulduz, va shu yulduz ichida yaba bir 
kichikroq sakkiz burchakli yulduz chizilib har bir 
burchagiga doirachalar chizilgan. Katta aylana chiziq 
esa ikki yulduzni ham o'z ichiga olgan. Devirlarga 
shamchiroqlar ilinib chiqib, to'rda qandaydir katta 
surat turardi. O'sha surat va undagi chalkashliklar 
etiborimni tortdi. 
- Buni biz "Bashoratlar ro'yhati" deb ataymiz - 
ayolning ham diqqati suratga tortilib gap boshladi - 
suratga sinchiklab qarasang bashorat qilingan har 
narsani ko'rasan. Iblis bilan kelishuv, lanatlangan 
nikoh, har bir yangi g'ayriturning tug'ilishi, va eng 
so'ngida sen - u binafsha ko'zlar ustida qo'lini 
to'xtatdi - kimligi va qudrati nomalum tur! Biz seni 
juda uzoq kutdik...
- Nega? Nega meni kutdingiz? Meni ko'rganlarning 
har biri qonimga tashna. Lekin sizlar...
- Ular qo'rqishgani uchun ham shunday muomalada 
bo'ladi.
- Siz... Sizlar qo'rqmayapsizlarmi?
- Yo'q, o'zini va nimaga qodirligini bilmagan 
qizaloqdan nima uchun qo'rqishim kerak.
- Qizaloq?!


- Etibor berma shunchaki aytdim.
- Nega "biz seni uzoq kutdik" dedingiz holbuki siz 
ham meni kimligimni bilmaysiz.
- Aynan shu uchun! Seni o'rganish uchun va olamga 
zararing yetmasligi uchun kutilding. Biz har bir yangi 
turni shu tarzda kutib olamiz.
- Bu bilan seni o'rganmoqchiman demoqchimisiz?
- Ha.
- Va men jimgina sizga tajriba quyonchasi bo'laman 
shundaymi?
- Seni qudratingni aniqlamoqchiman holos.
- Meni bunday bekorchi narsalarga vaqtim yo'q, 
omon bo'ling - endi eshik yoniga yetganimda eshik o'z 
ozidan zarb bilan yopilib qoldi. 
- Nomalum tur erkinlikda yurishiga yo'l qo'ya 
olmayman - ayol hotirjam gapirdi.
- Huddi tabiat qo'riqchisidek gapirding.
- Aynan shunday. Oq jodugarlar tabiatni, olamni 
muhofaza qilib turadi.
- Tabiatning o'zi meni himoya qiladi desamchi.
- Bemanigarchilik.
- Ammo haqiqat - qo'limda paydo qilgan olovni unga 
qarata uloqtirdim.
- Olov?! - zarbadan qochib qolgan ayol hayratlandi.
- Shamol ham - bu safar qo'limda paydo bo'lgan 
kichik quyunni unga yo'naltirdim.
- Bo'lishi mumkin emas...
- Suv va tuproq ham desamchi.


- Sen to'rt unsurni boshqara olasan!
- Xullasi kalom tabiatinga va olaminga zararim 
tegmaydi. Bazilarni o'ziga tegishlisini beraman holos.
- Seni qo'yib yubora olmayman.
- Seni hoxishinga qaramayman - uning ko'zlariga 
qarab tasir o'tkaza boshladim. Yaxshigina 
himoyalangan lekin eplasa bo'ladi. U og'riqdan 
dodlab yuborgach eshik o'z-ozidan ochildi.
- Menga qarshi chiqa ko'rma, yo'qsa o'zimga javob 
bera olmayman - tahdid bilan tasirni to'xtatib 
xonadan chiqib ketdim. Milo ham ortimdan ergashdi. 
Qattiq ko'l ustidan yurayotganimda qandaydir 
ovozlarni eshitib to'xtadim. yana atrofni oq 
jodugarlar egallab oldi. Boyagi keksa ayol esa menga 
nafrat bilan qarab turardi. Ularning pichirlashlari 
sabab ko'ldan yorug'lik taraldi va birdan qattiqlik 
yo'qolib men ko'lga yiqildim. Ohirgi eshitgan 
so'zlarim "Uni ko'lga ostida qoldiring" shu jumlalar 
bo'ldi. Suzib yuqoriga chiqishga urundim, lekin ko'l 
yuzasini yana qattiqlik egallab olgandi. Milo esa 
yuqorida ko'l ustini urib meni qutqarishga urunardi. 
Nafas yetishmay, o'pkamga suv yig'ilishni boshladi. 
Ko'zlarim yumilib suv ostiga cho'ka boshladim.
- Men kimman?! - qulog'im ostida yangragan ovozdan 
ko'zlarimni ochdim. Butunlay qorong'u bo'shliqda 
muallaq turganim uchun hech narsani ko'ra 
olmadim.
- Men kimman?! - yana o'sha ovoz qulog'im ostida 
yangradi.
- Kimsan? - baqirdim - qayerdaman?
- Men kimman?! Men kimman?! Men kimman?! - bu 
safar bu ovozlar miyyamda aks sado bergandek 
bo'ldi.


- Men kimman?! - beixtiyor aytilgan so'zlarni 
takrorladim.
- To'rt o'limdan qutulgan chaqaloq - ovoz eshitilgan 
tomonga qaradim, o'sha manzara tasvirlandi.
- Mehrga muhtoj qizaloq - yana o'sha ovoz kelgan 
tarafga qaradim. Maydonchada yig'lab o'tirgan 
bolaligimni ko'rdim. O'shanda o'zim tengilar meni 
kalaka qilishib ustimdan kulishgandi. Ota-onamni esa 
men bilan umuman ishi yo'q edi.
- Itoatkor nabira - Bobomning har bir buyrug'ini 
inkorlarsiz qabul etgan manzaralarim gavdalandi. 
Hatto mendan ruxsatsiz shaxzodaga berib 
yuborganida ham qarshilik bildirmagandim.
- Beva ayol - Karloning o'lim sahnasi paydo bo'ldi. 
Yig'lab yubordim
- Farzand dog'ini his etgan ona - ovqatimga qo'shilgan 
zaxar va farzandimni olib tashlashgan sahnasi 
gavdalandi. Bu manzaraga dosh bera olmadim.
- Bas qil - bor ovozda dodlab baqirib yubordim. Men 
yana bir bor farzandimni yo'qotganimni his 
qilgandim.
- Qotil nabira - bobomni qanday o'ldirganim 
tasvirlandi.
- Mendan nima istaysan? Bas qil, yetar - bu 
mzaralarni ko'rish menga og'irlik qilayotgandi. 
- Aldangan ayol - so'ngi bo'lib o'tgan voqealar, oilam 
deb bilgan insonlarim ortimdan pichoq urgani 
gavdalandi. Vernon va oilasi bilan o'ylangan chirkin 
rejalar...
- Bas! Yetar! kimsan? Maqsading nima?
- Butun hayoti yolg'onlardan iborat bo'lgan go'l qiz!


Bu safar umuman boshqa manzara paydo bo'ldi. 
Men boyagi oq soch ayol olib kirgan xonaning 
o'ratsida yulduz ichida oppoq kiyimda turar edim. 
O'zimni bir chetdan ruh sifatida kuzatib turdim. Bir 
nimalar deb pichirlashim bilan yulduz va doiralar 
birdan alanga oldi. Ko'zimni yumib qo'limni kesdim 
va qonini aylana o'rtasida turgan suvga tomizdim. 
Yana nimalardir deb pichirlashib bilan yulduz 
atrofidagi alangalardan odam qiyofalari ko'rinib 
harakatlana boshladi. Ularning son sanog'i yo'q 
hammasi doira o'rtasida turgan menga qo'lini cho'zib 
bor ovozida azob bilan qichqirishardi. Uzoq davom 
etgan marosim o'z nihoyasiga yetgach men yerga 
quladim. Shu on tasvirlar tumandek tarqab yana 
zulmat kabi bo'shliqda paydo bo'ldim.
- Shu sening asl maqsading, dunyoga kelishingning 
asl sababi bu. Sen hech qanaqa yovuzlik uchun emas, 
aksincha buyuk ish uchun dunyoga kelgansan 
malika. Sen olamni bir paytlar lanati xatolik sabab 
dunyo yuzini ko'rgan iblislardan tozalash uchun 
tug'ilgansan... Hozir ko'rganlaring haqiqiy 
bashoratning asl ko'rinishi... Seni butun hayoting 
tug'lishingdan tortib to hozirgi kuningacha 
yolg'onlardan iborat bo'lgan. Bu jodugarlar nayrangi, 
ular o'z va o'zga turdosh vakillarini asrab qolish 
uchun yolg'on bashorat chiqarib seni o'limga 
mahkum etgan edi. Endi hammasidan habaring bor. 
Olamni iblis malaylaridan tozala va yelkanga 
yuklatilgan ishni ohirigacha bajar.
- Sen kimsan? Bularni qayerdan bilasan? - uning 
gaplaridan karaxt ahvolga tushsamda ovoz sohibi 
kimligiga juda qiziqardim.
- Seni uzoq kutdim Binafsha - ovoz ortimdan 
eshitilgach tezda ort o'girildim.


- Sen?! - ko'zlarimni hayrat egallab qarshimdagiga 
qaradim.
Qarshimda Bo'ysunmas turar edi. Ammo qanday?! U 
ot va hozir men bilan gaplashayapti! Uni ustiga 
menga yana allaqanday "haqiqiy" deb atayotgan 
bashoratni ko'rsatdi. Nimalar bo'layapti o'zi?
- Nihoyat men kutgan onlar keldi - u bu safar mening 
atrofimda aylandi - asl vazifangni, kim ekanligingni 
angladingmi?
- Bo'ysunmas!!! 
- Aslida Fyodr! Bu ko'rinishda suhbatlashish 
noqulaylik tug'dirayapti shekilli - u tumandek tarqab 
biroz vaqtdan so'ng qarshimda oppoq yuzli, jigarrang 
ko'zlari osti biroz qoraygan, sochlari uzunroq 
jingalak egniga uzun qora kiyim kiyib olgan odam 
qiyofasida paydo bo'ldi.
- Kimsan?! - hali ham hayratlangancha undan ko'z 
uzmay so'radim.
- Barcha turlar otasi.
- Yani... Nahotki sen!!! Iblis bilan sulh tuzgan 
yigitsan?!
- Afsuski shunday.
- Lekin qanday?
- Buning tarixi uzun.
- Menimcha vaqtimiz yetarli.
- Yana bir bor afsus deyman. Vaqtimiz tugadi ortga 
qaytishing kerak. Haqiqiy bashoratni amalga oshir 
Binafsha. Xatoyimni tog'irla... - uning so'ngi so'zlari 
juda uzoqdan eshitildi.


Yo'taldan o'pkam og'rib, ko'zlarimni og'ir ochdim. 
Ko'zlarimni ochishim bilan kuchli qo'llar belimdan 
o'tganini va menga tanish bo'lgan yoqimli iforni 
tuydim. Hali kiprik qoqishimga ulgurmay kuchli 
qo'llar meni o'zining issiq bag'riga oldi.
- Shukur tiriksan!
Miyyam bilan hozirgi bo'layotgan voqealarni tahlil 
qilgunimcha oradan bir qancha vaqt o'tdi. U meni 
bag'ridan bo'shatib tim qora ko'zlari bilan menga 
tikildi. Ilk marotaba ko'rayotgandek yuzimning har 
bir millimetr joyini o'rgandi. Qadrli insonini 
topgandek ko'zlari quvonchdan porladi, nigohidagi 
sog'inchni bosishga urundi. Qo'llari esa qora 
sochlarimni silashdan bo'shamas edi. Men ham uning 
ikkiyuzlamachi yuzini qaytadan o'rganib chiqa 
boshladim. Oppoq yuz, qora jingalak sifat sochlar, tim 
qora qosh-ko'zlar, nim tabassum qilib turgan pushti 
lablar va ikki chekkadagi bilinib turgan kugichlar. 
Avval bir nigohidayoq yuragimni joyidan siljita olgan 
ko'zlarga hozir hissiz qarab turar ekanman 
miyyamda birgina jumla jaranglab turardi 
"ikkiyuzmalachi!". 
U bir qo'lini yuzimga qo'ydi, ko'zlarimga qarab 
nimanidir izladi. Izlagan narsasi topilmadi shekilli 
yuzini mayuslik egalladi. Ko'zlarini yumib 
peshonasini peshonamga tirab sukut saqladi. Na 
undan va na mendan biron harakat sezildi. Xonada 
faqat uning bir maromda tez tez nafas olishi eshitilib 
turardi. Ikkimiz ham ancha vaqt shu holatda turdik. 
U o'z sog'inchini bosishga urunsa, men bu tomosha 
qachon tugashiga qiziqardim.
- Seni yana yonimda ko'rib turganimdan xursandman 
- sekin pichirladi.
- Men ham... O'z ixtiyoring bilan ayni damda 
yonimdasan, qidirshimga ham hojat qolmadi - dedim 


hotirjam gapirishga urunib.
- Nima desam ham ishonmaysan...! Men ham 
qilmagan ishimga o'zimni oqlashni istamayman... Sen 
va o'zim bilishim, eshitishim kerak bo'lgan so'zlarni 
aytaman... Seni sevaman Binafsha! Senga aslo xiyonat 
qilmadim, qilmayman ham!!!
- Tomoshang tugadimi? - sabrsizlandim.
Bu gapimdan so'ng u meni huddi birinchi marta 
ko'rayotgandek hayron qaradi. So'ng yuzimda turgan 
qo'li bilan labimni ohista silab jilmayib qo'ydi.
Uning o'sha kungi mamnun qiyofasi ko'z oldimda 
gavdalanaverib, hozirgi qilayotgan mehribonchiligi, 
etibori menga soxtadek tuyulayotgan edi. Yo'q aslida 
ham soxta uning yana qandaydir chirkin rejasi bor. 
Yo'q! Endi aslo bu soxta mehribonchligiyu jon 
kuydirishlariga aldanmayman. Yana bir bor uning 
chirkin o'yinida qatnashishni istamayman...
- Men nega bu yerdaman? - Maledagi "sobiq" 
xona"miz"ga ko'z tashlab so'radim.
- Men olib kelganim uchun.
- Meni qayerda ekanligimni sen qayerdan bilding? 
- Shunchaki sezdim - qo'lini hamon sochlarimdan 
olmay hotirjam dedi.
- To'liqroq!
- Kuchli sehr-jodu ishlatilganini sezib o'sha kuch 
taralayotgan joyni qidirib bordim - u inkorsiz 
izohladhni boshladi - Borib ko'rgan manzaram esa, 
seni ko'lga qulashing bo'ldi. Ular jodu orqali suv 
yuzini qotirishgani uchun seni qutqarishim biroz 
kechikdi, lekin ulgurdim - qo'llari bu safar bo'ynim 
aralash yuzimni siladi.


- Nima uchun qutqarding? Qayta azoblab o'ldirish 
uchunmi?! - uni qo'lini yuzimdan nari olib 
vishilladim.
- Yo'q desam ham ishonmaysan...
- Milo qayerda? - unga etibor bermay qayta atrofga 
qaradim. Pastdagi yumshoq o'rnida panjalari oq 
matoga o'ralgan Miloni ko'rib o'rnimdan sapchib 
turdim - unga nima qildi?
- Sen bilan yuz bergan hodisadan yaxshigina jaxl 
otiga mindim... - Vernon aybdorona gap boshladi - 
Natijada yana maxluq qiyofasi..., Hayolimda faqat 
seni qutqarish edi... O'zimga kelganimda esa 
anchagina qurbonlar bo'lganini ular orasida Milo 
ham jaroxatlanganini ko'rdim... Qurbonliklar evaziga 
sehr-jodu kuchsizlashdi, so'ng seni suv ostidan 
chiqarib oldim.
- Qutqarganing evaziga seni qanday sovg'a 
kutayotganini bilasanmi? - Milodan uzoqlashib 
labimda tabassum bilan Vernonga yuzlandim.
- Taxminim bor... Qarshilik qilmayman.
- Axaxaxa...qarshilik qilmaysan?! - uning gapidan 
handon otib kulib yubordim - Aslida qarshilik 
qilishgada haqqing yo'q. O'zingni chirkin o'yinlaring 
bilan meni qalbim bilan o'ynashding, butun 
dunyoyimni ostin-ustun qilding. Endigina yana 
kimgadir ishonch bildirib baxt qasrimni 
qurayotganimda uni tag-tugi bilan yo'q qilding. Aslida 
sendakalar tufayli dunyo havf-ostida qoladi. Sendaka 
o'zidan boshqa hech kimni o'ylamaydigan xudbinlar 
tufayli olamda yovuzlar ko'payaveradi... Qani menga 
aytchi kim ona qornidan tushgandayoq yomon 
bo'lgan, kim tug'iliboq yovuzga aylangan?!... Hech 
kim! Hamma-hammasiga atrofdagilar, atrof 
muhitning chirkinligi sabab bo'ladi... O'sha 


bashoratga ishonmagan ilk inson sen bo'lding, 
qanday bo'lsam shundayligimcha qabul qilgan ilk 
inson ham sen eding. Ammo bu harakatlaring ham 
bejizga emasdi, sen anniq bir maqsad uchun men 
bilan o'ynashding... Lekin men sendek pastkash, 
ikkiyuzlamachi emasman, qalbing bilan o'ynashish 
niyatim yo'q. Davilani o'limidan oldin seni haqiqiy 
manzilinga jo'natib qo'ya qolaman. Qalb og'rig'ini 
sezmaysan! Nega bilasanmi?! Chunki men bu og'riqni 
hatto ming yillik dushmanimga ham ravo 
ko'rmayman... Hammasini tezda tugatamiz... So'ngi 
so'zing yoki tilaging!
- Men senga xiyonat qilmadim! - ko'zlarimga tik boqib 
biroz kulimsiragan holatda dedi. Uning tim qora 
ko'zlarida qatiy ishonch borligi yaqqol sezilib turardi. 
Bir on uning gaplari haqiqatdek tuyildi, bir lahza 
yana unga ishonishni istadim, lekin bu imkonsiz, endi 
hoxlasamda uning hech bir gapiga ishona olmasam 
kerak... Yo'o'o'q Viola uning soxta ko'rinishiga aldana 
ko'rma. Buni tan olish qiyin bo'lsada...u seni emas 
Davilani sevgan va hali ham sevadi...
- Ishonaver o'sha kungi mamnun qiyofang butun 
umrga tatidi. Yana bir bor razilona qiyofani ko'rishga 
bardoshim yetmaydi - uning ko'zlariga tik qarab tasir 
o'tkaza boshladim...
Ayni damda uning o'limi men uchun yechimdek 
ko'rinayotgandi. Qalbimni yoqayotgan otashni o'chira 
oladigan, undagi og'riqlarni yo'qota oladigandek 
tuyulayotgan edi.
- Boshida senga nohaqlik qilganim rost... Bu 
qa.roring.dan aslo afsus.lanma - og'riqdan uning yuzi 
burishdi. O'zida kuch topib yonimga yaqinlashdi, 
ko'zidagi cheksiz dard ila menga qarab qo'lini 
yuzimga olib bordi. Uning ko'zlaridagi cheksiz 
iztirobni ko'rib bo'shashib ketdim...


- Ikki.lanma! - u ham tasir susayganini sezib ishimni 
davom etishimga undadi. Vernonning yuzimda 
turgan qo'li bo'shashdi. Yuzida so'ngi tabassumni 
paydo qilib oyoqlarim tagiga yiqildi. Ko'zimdagi 
yoshlarni ortiq tutib turolmadim. Men ham uning 
jonsiz tanasi yoniga holsiz yiqildim... Yo'q! Uning 
o'limi menga zig'ircha ham foyda bermadi!
Aksincha battar qiynalishimga o'zim sharoit 
yaratdim. Ro'paramda turgan uning oppoq yuziga 
termuldim. Qalin qora qoshlarini ehtiyotkorlik bilan 
siladim, qo'polroq harakat qilsam huddi uni shirin 
uyqusidan uyg'otib yuboradigandek. Labi chetida 
bilinar bilinmas turgan, meni shu "chuqurcha"lar 
orqali o'ziga rom etgan kulgichlarini siladim... 
Bolaligimdan kulgichlari bor o'g'il qizlarni ko'rsam 
ularga havas bilan qarardim. Meni ham ikki 
yanog'imda "chuqurcha"lar bo'lishini juda istardim, 
shu sabab ularni sun'iy ravishda chiqarishga urunib 
ikki yanog'imni salkam bir soat barmoqlarim orqali 
bosib o'tirardim, juda kulguli. Qizarib chuqurcha 
paydo bo'lardiyu, lekin o'n daqiqaga bormay yana 
g'oyib bo'lardi. Kulgichlar faqat tug'ma bo'lishi 
o'shanda rosa alam qilib ketardi...
Men qotilman, hatto o'ziga ham rahmi kelmaydigan 
qotil. Qalbim sohibini o'ldirgan qotil, o'z qalbimning 
qotili!!! O'z yaqinlarini o'limga mahkum etgan 
qotilman men!
Mening taqidirim nega bunaqa? Nega o'z 
yaqinlarimni o'ldirishga majbur bo'layabman?! Avval 
bobom, endi suyukligim. Ota onamni ham o'ldirib 
qo'yishimga birbahiya qolgandi. Karloni o'limida ham 
men sababchiman. O'sha lanati Venena guli haqida 
so'ramaginmda u hozir tirik bo'larmidi... 
- Vernon... Nega menga nisbatan bunday qilding?! - 
uning ko'ksiga boshimni tirab sekin pichirladim - 
Nega hayotimga kirib kelding? Nega meni o'yinchoq 


qilding? Nega meni o'zinga, soxta sevginga 
ishontirding? Senga nima yetishmayotgandi? 
Yoningda suyukliging va undan kutayotgan 
farzanding bor edi. Nega meni baxtli oilang orasiga 
tiqishtirding?... Negalar juda ko'p, aqali bittasiga 
bo'lsa ham javob yo'q!... - og'ir ho'rsinib yuzimga oqib 
tushayotgan ko'zyoshlarni artdim - Afsusda 
emasman..., sen qilmishlaringa yarasha jazo olding... 
Alvido sevgilim!!!
Yelkamga tekgan qo'llardan seskanib ketdim. 
Qandaydir umid bilan yelkamga qo'yilgan qo'llarga 
qaradim, so'ng Vernonning yuziga...yo'q u abadiy 
uyquda! Qo'llar sohibi menga mayus tikilib turgan 
Milo ekan. Negadir qisqa soniyalar ichida shu qo'llar 
sohibi Vernon bo'lib chiqishini ich-ichimdan juda 
istagandim... Afsus bunday bo'lishi mumkin emas, uni 
o'z istagim bilan o'limga mahkum qildim va u endi 
hech qachon qarshimdan chiqmaydi...
Shu on ko'nglimni shubha oraladi. U bunchalar oson 
o'lmasligi kerak edi... Bundan chiqdi o'zi menga yo'l 
ochib berdimi?! Ammo nega? Nahotki uning gaplari 
rost... Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas, u meni 
aldagan! U meni qalbim bilan o'ynashgan! Hech 
qanday shubha gumonga o'rin yo'q. O'lishi kerak edi 
o'ldi...!
- Ketishimiz kerak.
Miloning gapidan hayollarim bo'lindi.
- Ketamiz, avval hamma o'ziga yarashasini olishi 
kerak - qatiy gapirib o'rnimdan turdim. Tezda o'zimni 
o'nglab olib, so'ngi bor bevafoyimga ko'z tashlab 
xonadan chiqib ketdim. To'g'ri Kristoferning xonasiga 
bostirib bordim. Uni o'z do'stim yokida akamdek 
ko'rgandim. U nima qildi qayerdagi fitnachining 
gaplariga uchib menga o'zicha rol o'ynab berdi. 
Shunaqa ikkiyuzlamachilarni ko'rsam ko'nglim 


ozadigan bo'lib qolgan. U o'ychan taxtida qo'lidagi 
qadahni o'ynatgancha o'tirardi. Meni ko'rishi bilan 
o'rnidan sapchib turdi.
- Milo yonimga Venerani topib keltir - dedim Krisga 
etibor bermay. Miloning joyida hayolchan turib 
qolishi asablarimni yaxshigina o'ynatdi - bu buyruq! - 
baqirib yubordim. Miloga ham qiyin o'z sevgani hozir 
ne ahvolga tushishidan tashvishda... Agar Venera 
chindan Miloni sevganida rost unga tegmagan 
bo'lardim. Lekin Veneraning har bir harakati, har bir 
hissiyoti soxta edi. Hatto menga Davilani qanchalik 
yomon ko'rishini aytgandi, aslida esa bularning bari 
yolg'on. Ilk bor kimnidir sirdosh dugonamdek 
qalbimga kiritgandim. U bo'lsa men bilan yaxshigina 
o'ynashdi. Endi buni javobini berishi shart, u Miloga 
loyiq emas! Men o'z qo'llarim bilan suyukligimni 
o'ldira olganimda, Milo menga aslo qarshi chiqa 
olmaydi...
Milo xonadan chiqib ketgach Kristoferga 
yuzlandim. Uning ko'zlaridan anniq bir manoni 
topish qiyin edi. Endi joyidan qo'zg'alganda shamol 
orqali o'rniga "mixlab" qo'ydim.
- Ikkiyuzlamachilar oilasi... Kimsan Male Qiroli shu 
qadar pastkash ekanligi odamni hayron qoldiradi - 
tilimni taqillatgancha gapirishni boshladim - Hatto 
ojiz inson qirollari ham bu qadar pastkashlikka 
borishmasa kerak... Seni shuncha qudrating bo'la 
turib bu ishni qilganing uyat! Hafsalamni pir qilding, 
hayfey sendeklarga!
- Vernon qayerda? - shuncha gapimga etibor bermay 
so'ragan narsasini... O'gay bo'lsa ham haqiqiy aka 
ukadekda havotir olgan ko'rinadi.
- O'ldi - jilmayib hissiz gapirishga urundim - 
o'ldirdim!


- Sen bunday qila olmaysan - ko'zlari daxshatdan 
kattalashib ketdi.
- Afsuski qilib bo'ldim! - ichimni it tirnagandek bo'lsa 
ham, mamnuniyat bilan tan oldim.
- SEN AXMOQSAN! - ortimdan tanish ovozning 
o'shqirig'i eshitildi.
Venera Miloning qo'lidan yulqinib chiqib menga 
tashlanishga urundi. Lekin Milo uni qayta ushlab 
oldi.
- Nimalar qilib qo'yganingni bilasanmi?! Nega asl 
haqiqatni bilishga qiziqmading? - u bu safar 
ko'zlarida yosh bilan yalingannamo gapirdi.
- Haqiqatning yetarlichasini bilaman, bundan ortiq 
"haqiqat"larni eshitishga hushim yo'q! 
Veneraning gaplaridan yaxshigina ajablandim. 
Lekin shunda ham dadil gapirishga urundim. Yana 
qanday haqiqat?! U nima haqida gapirayapti? 
Ichimni yana nimadir kemira boshladi...
Venera nimalardir deb pichirlab Miloni qo'lidan 
chiqib ketdi. Qo'lidan taralayotgan qora tutunni 
Miloga yo'naltirib xonaning burchagiga uchirib 
yubordi. Qora tusga kirgan ko'zlarini menga qadab 
tutun orqali meni devorga tirab qo'ydi. 
- Sen har doim erta xulosa chiqarasan - u vishillab 
gapirishni boshlagach, unga qarshilik bildirmadim, 
biroz muddat yengilgandek bo'lsam men bilmagan 
haqiqatlar ochilar. Bu orada Kristofer ham ozodlikka 
chiqib ulgurgan edi.
- Vernonga nisbatan bunday qilmasliging kerak edi - 
uning ko'zlari asl holiga qaytib yig'lab yubordi - U...u 
seni himoya qilgandi, bu yerga qayta olib kelganda 
biz bilan ham kelishdi. Akam uchun senga ortiq ziyon 
yetkazmaslikka kelishgandik. "Nega o'z 


xonamdaman" deb sira o'ylamadingmi? Nega o'sha 
xonada bemalol, xotirjam yotganing haqida zig'ircha 
fikr yuritmadingmi? Akam sen uchun hamma 
narsaga tayyor edi... Sen nima qilding?!... Sen uchun 
harakat qilgan hatto o'lim bilan yuzlashib kelgan 
akamni o'ldirding... Seni o'zim o'z qo'llarim bilan 
azoblab o'ldiraman.
- Uning bu ishlari qilgan qilmishlarini oqlamaydi - tan 
olishni istamadim.
Venera aytgandek erta xulosa chiqarganimdan juda 
afsuslandim. Uning gaplari meni qilgan ishimda 
pushaymon bo'lishimga majbur qilayabdi... Yo'q nima 
bo'lgan taqdirda ham u...ular meni qo'g'irchoqdek 
o'ynatishdi... Huddi ikkiga bo'linib qolgandek har xil 
xulosalar qila boshladim... To'g'ri u meni 
qutqargandir, lekin meni shu ahvolga solgan ham 
aynan uning o'zi! 
- Uni o'ldira olmaysan... - shuncha vaqt jim turgan 
Kristofer o'rtaga qo'shildi - uni o'ldirish imkonsiz - 
menga nafrat bilan tikilib gapini to'ldirib qo'ydi.
- Balki qayta Varllar huzuriga yuborarmiz - xonaga 
ko'zlari yig'idan qizargan Davila kirib keldi. U 
Vernonning o'limi uchun yig'laganmi?! Davila 
Vernonni chindan sevganmi? Axir u o'z maqsadi 
yo'lida barchani qurbon qilmoqchi ediku, yoki yana 
biron rejasi bo'lganmi?
- U yerdan qocha oldi bu foydasiz - Kristofer inkor 
etdi.
- Endi uni u yerdan qutqaradigan Vernon yo'q. Qocha 
olmaydi... O'sha yerda umrini ohirigacha azoblanib 
yashaydi - bu safar Davila o'ziga hos bo'lmagan 
ovozda vishillab gapirdi. 
Uning gaplaridan hayratda qotib qoldim. Nahotki U 
meni qutqargan bo'lsa?! Vernon o'sha sirli 


haloskormi?!... Ammo nega...?! Uning menga aytgan 
har bitta gapi rost! Vernon...u menga xiyonat 
qilmagan... Lekin o'sha kuni qilgan ishichi. Meni hech 
bir qarshiliksiz tuslanuvchilarga berib yuborgani... 
Oo yo'q... U Vernon emasdi!!! O'sha kuni u xonaga 
ancha keyin kirgandiiii. Axir tuslanuvchilar har 
qanday qiyofaga kira olardikuuu. Nega buni endi 
anglayabman?! Nimalar qilib qo'ydim...
- Lekin avval u ham yaqinidan ayrilish qanday 
bo'lishini ko'rib qo'yishi shart - Davilaning ovozidan 
hayollarim bo'lindi, u bir qo'lini silkitib qora tutun 
tutib turgan Miloni oyog'i tagiga keltirdi. Kristofer 
ham pichirlagancha qo'llarini menga yo'naltirdi, 
qandaydir ko'rinmas narsa meni umuman qimirlay 
olmaydigan holga keltirib qo'ydi. Davila nimani 
rejalashtirganini anglab tipirchilashni boshladim, 
lekin bu ikki qora jodurgarning sehridan qutula 
olmayabman.
- Milo yengilma! - ulardan ozod bo'lishga urunib 
baqirdim.
Davila qo'lidan qandaydir ko'k rangli shar hosil qilib 
Miloga yuzlandi. Milo ham o'zini o'nglab olib uning 
qarshisida dadil turdi. Men esa shunchaki ularni 
kuzatib turishdan nariga o'ta olmayotgandim.
Milo ham qo'lida qora halqali narsalarni muallaq 
o'ynatib turardi. Birinchi marta uning qora kuchdan 
foydalanayotganini ko'rayotgandim. 
- Uning azoblanishini yaxshilab kuzat, o'limiga guvoh 
bo'l - Venera iyagimdan maxkam tutgancha nafrat 
bilan gapirdi, so'ng iyagimni qo'pol tarzda qo'yib 
yuborib tomosha ko'rayotgandek Milo va Davila 
tomonga qaradi. Men bor kuchimni ishga solib 
ulardan qutilishga urunardim. Ikkisi o'rtasida esa 
jang boshlanib ketdi. Yo'q bunday jim kuzatib tura 
olmayman... Meni bir chetda kuzatib turgan 


Kristoferga yuzlandim. Uning ko'zlariga tik qarab 
tasir o'tkaza boshladim. Yaxshigina himoyalangani 
uchun bu biroz vaqtni oldi, lekin uddalayotgandim. U 
engashib qolgach osongina meni tutib turgan sehrda 
qutuldim. Venerani devorga tirab qo'yib Kristoferga 
kuchli tasirni o'tkaza boshladim. U butunlay jonsiz 
yerga yiqilgach Davilaga yuzlandim. Xona bo'ylab 
ikki kishining ayanchli baqirig'i yangradi. Men 
Miloning jonsiz tanasini yerda ko'rib baqirib 
yuborgan bo'lsam, Venera huddi shu holatni o'z 
akasida ko'rib baqirib yubordi.
Miloning jonsiz tanasiga qarab ko'zlarimda o't 
chaqnagandek bo'ldi. G'azab bilan Davilaga yuzlanib 
qo'limda paydo bo'lgan olov bilan uni bug'ib oldim. 
Bor kuchim bilan devorga tirab turdim. Ortimda 
qandaydir harakat sezib bir urinishda Venerani 
oyog'im tagiga qulatdim. 
- Seni rejalaring axmoqona edi - Davilani bug'ib 
turgan holda tishlarim orasida vishilladim - sen bu 
o'yin ikki taraflama bo'lishini unutib qo'yding. 
Nahotki meni o'z yo'rig'inga solib olaman deb 
o'ylagan bo'lsang... Naqadar ojizona harakat - uning 
ustidan kulgandek jilmaydim. U og'riqdan yuzlarini 
burishtirar ko'zlarida esa qo'rquv bor edi - 
Jahannamda kuyib yon! 
Qo'limdagi olov taftini balandlatdim. Xona bo'ylab 
kuyik badboy hid taraldi. Qo'limni uning bo'ynidan 
olib, jizg'anak bo'lgan joyiga va ochiq qolgan moviy 
ko'zlariga ijirg'inib qaradim... Sekin qadamlar bilan 
Miloning yoniga bordim. Qoq yuragiga sanchilgan 
allaqanday hanjarga ko'zim tushib bor ovozda yig'lab 
yubordim. Uning jonsiz tanasini quchgancha soatlab 
yig'ladim. Taqdirimga achinib yig'ladim. Birgina 
yaqinimdan ayrilganim menga juda yomon tasir 
qilayotgandi. U shunchaki yaqinimgina emas, bir 
bo'lagim desam ham adashmagan bo'laman. 


Bolalikdan beri u bilan birgaman, har xil yaxshi 
yomon kunlarni u bilan birga o'tkazdim, hech kimga 
ayta olmaydigan dardlarimni, sirlarimni faqatgina 
unga aytdim. Faqatgina u meni tingladi, yupatdi, 
dalda berdi... Endi esa u yonimda emas. Jin ursin 
meni! Hammasiga men aybdorman. Tug'ilishimning 
o'ziyoq xato bo'lgan. O'sha bashoratlaringni ham...
Holsiz o'rnimdan turib jasadlarga to'la xonani tark 
etdim. Yo'lakda yo'limdan uchragan har jonni bir 
urinishda o'z "manziliga" yubordim. Hozir ko'zimga 
ko'ringan har narsa meni jig'ibiyron qilayotgandi... 
Miyyam bo'm bo'shdek boshim oqgan tarafga 
ketaverdim. Huddi miyyam o'z faoliyatini 
to'xtatgandek hech vaqoni o'ylamayotgandim. 
O'shanda o'zimni manqurtdek hisobladim...
Chaqaloqning yig'i ovozini eshitib joyimda taqqa 
to'xtadim. Uning ovozi shundoq ham tamom bo'lgan 
asablarimni chertayotgandi. Yo'nalishimni o'zgartirib 
yig'i eshitilayotgan tarafga bordim. Davilaning 
xonasida belanchakda yotgancha g'ingshiyotgan 
bolaga yaqinlashib unga qaradim.
Voajab!!! Shunchalik ham o'xshashlik bo'lar ekanmi?! 
U bir tomchi suvdek dadasiga o'xshapti. Uni sekin 
qo'limga olib yupatishni boshladim. U ham qo'llarini 
bir yuqori bir paslatib yig'lashdan to'htadi. Uning tim 
qora ko'zlariga qarab bir zum hamma narsani 
unutgandek bo'ldim. Qalbimni allaqanday 
hotirjamlik egalladi. Boyagi asabiylik-u, ayriliq 
azoblari ham unutilgandek bo'ldi.
- Salom kichkintoy Luka!
"Luka" axir Vernon unga ismni aynan men 
berishimni hoxlagandi. Men hali ham rejasining bir 
qismi bo'lganimda shunday qilarmidi?! O'z 
pushtikamaridan bo'lgan farzandiga o'zi emas 
rejasining bir qismi bo'lgan ayolidan ism qo'yishini 


so'rarmidi?! Eh, axmoq...nega bularni xato qilinib 
bo'lgach anglayabman?! Bu ham insonlarga tekgan 
bir lanat aslida. Barcha qachondir boshi devorga 
borib urilgachgina nimalar qilib yurganiyu, qanday 
xatolarga qo'l urayotganini tushunib yetadi. Anglab 
yetganda esa juda kech bo'ladi, hech qanday yo'l 
bilan qilinga xatoni to'g'irlab bo'lmaydi...
Luka o'z ismini eshitib gapimni tushungandek kulib 
qo'ydi. Yuqori tishlari ham chiqib, o'zi anchagina 
kattarib qolibdi. Gapirishga urunib tilini bir chiqarib 
bir kirgizib yoqimli ovozlar ham chiqarib qolibdi. 
Uning Vernonnikiga o'xshash ko'zlariga termula-
termula saroydan chiqib ketganimni ham 
sezmabman. Ulkan darvoza yonida meni Bo'ysunmas 
kutib turardi. Uning maqsadini tushungan holda 
unga ergashdim. O'sha marosimlar o'tkaziladigan 
xonaga osonlikcha kirib olib Lukani panaroq joyga 
joylashtirdim.
- Aqlli bola bo'lib shu yerda o'tir, tezda yoninga 
qaytaman - u gapimni tushunmasada qatiy gapirib, 
shu yerdagi qo'l yozmalarni o'rganib chiqib 
marosimni qanday boshlash kerakligini topdim. 
Marosimni boshlash uchun kerakli so'zlarni 
takrorlashim bilan yulduzlar va aylana shakllar o'z 
o'zidan alanga oldi. Fyodr haqiqatni ko'rsatgandek 
yulduz ichiga kosaga suv qo'ydim. Yulduz ichidagi 
aylana ichiga kirib ko'zlarimni yumgan holda kerakli 
so'zlarni ayta boshladim. Kosadagi suvga qonimni 
tomizishim bilan huddi bashoratda ko'rganimdek 
olov ichida inson qiyofalari ko'rina boshladi. Hech 
qancha vaqt o'tmasidan ularning ayanchli 
qichqiriqlari ham eshitila boshladi. Ular alanga 
ichida yonib terilari ham qandaydir kuyganga 
o'xshab sekinlik bilan qorayib ketayotgandi. Oradan 
ancha vaqt o'tgach qichqiriqlar sekinlasha boshladi, 
shu vaqt miyyamga urulgan fikrdan bir tomchi 


qonimni tezda olovga tomizdim. Bu safar quloqni 
qomatga keltirar darajada ayanchli qichqiriq 
eshitildi. Olov birdan so'nib qarshimda qora tutundan 
iborat qandaydir tushunib bo'lmas shakl paydo bo'ldi.
- Meni do'zaxga qamal qilgan binafsha ko'z, nechuk 
yonlariga meni chorladi - insonlarga hos bo'lmagan 
ovozda shalkdan sado chiqdi.
- Sen bilan bitim tuzmoqchiman - o'ylab qo'ygan 
rejamdan mamnun jilmaydim.
- Iblis bilan bitim?! Evaziga nima bera olasan?
- Seni.
- Meni?!
- Ha. Sening bir bo'lagingni o'zim bilan olib qolaman.
- Yani?!
- Yaxshiroq tushuntiradigan bo'lsam, zurriyoding 
men bilan qoladi. Ikki tomonlama ham foydali taklif! 
Men o'zimga kerakli inson bilan qolaman, sen esa 
butunlayga yo'qolib ketmaysan.
- Kelishuv shumi?
- Ha.
- Axmoqlik! Nima ham derdim hoxish o'zingda. 
Mendan bitta jon senga unda.
- Shu jonni saqlab qolganim senga mukofot bo'lsin.
Qora tutun yo'qolgach holsiz yerga o'tirib qoldim. 
Marosim uni ustiga Iblis chorlovi meni yaxshigina 
holda toydira olgandi. Nafasimni rostlab bo'lgach 
Lukaning yoniga bordim. Iblis aytganini bajardi, 
Luka tirik va shiringina bo'lib uhlab yotibdi. Uni 
qo'limga olib g'ordan chiqib ketdim. Sharshara 
yonida turib uning ortidagi bo'shliq o'z o'zidan g'oyib 


bo'lganini guvohi bo'ldim. Bo'ysunmas ham 
ko'rinmayapti, zulmat kabi qorong'u o'rmon ichiga 
ham quyosh nurlari kirib turibdi. Male mamlakati 
esa mavjudotlarsiz huvillab qolgandek. Birgina Male 
emas, Macel va Varia mamlakatlari ham shu ahvolda 
shekilli... 
- Binafsha ko'z uddaladi, U haqiqiy bashoratni amalga 
oshirdi o'g'lim - uhlab yotgan Lukaning peshonasidan 
o'pib qo'yib boshim oqgan tarafga ketaverdim.
Ota onamning yoniga qaytib bormadim. Ular menga 
emas o'sha bashoratga ishonishdi. Ularni endi aslo 
kechira olmasam kerak. Mamlakatlar aro yuraverib 
shuni tishunib yetdimki, insonlar g'ayriturlar haqida 
butunlay unutishibdi. Shu bilan birga ular nazdidagi 
yovuz "Binafsha gul" ham unutildi. Ular haqida 
kitoblarni o'qib qolsa shunchaki afsona deya o'tib 
ketishayapti... Afsonalar ham haqiqatdan olinishini 
endi birgina men bilaman shekilli...
Milosiz judayam qiynalayabman... U bilan 
tortishishlarimiz, maslahatlashishlarimizni judayam 
sog'indim. Uning menga og'ir kunlarimda dalda 
bo'lishi, ko'nglimni ko'tarishiyu yupatishlari barcha 
barchasini sog'indim. Agar u ham tirik bo'lganida, uni 
ham yonimda olib qolgan bo'lardim, afsus...! Vernon... 
Undan har soniya kechirim so'rab yashayabman, erta 
chiqargan xulosam menga juda qimmatga tushayapti. 
U bilan o'tgan baxtli damlarimni qumsab, sog'inib 
yashayman. Qalbimdagi uning bo'shlig'ini hech narsa 
bilan to'ldira olmayabman... Bir tomondan esa Luka 
dadam qayerda deya holi jonimga qo'ymaydi. Hali 
to'rt yosh bolani aldab tura olaman, kattargandan 
so'ngchi?! Balki unga bor haqiqatni aytarman...lekin 
o'z onasini o'ldirganimni bilgach meni yana onasi 
o'rnida ko'ra olarmikan... Yo'q, aslo! Unga bu haqida 
hech qachon aytmayman, zerokim men uni o'z 
farzadimdek qabul qildim, unga haqiqiy onasidanda 


ko'proq mehr berdim va shu bilan birga o'zim ham 
unga juda bog'lanib qolganman. Uning menga 
qaratilgan nafratli ko'zlarini ko'rishga esa aslo 
bardoshim yetmaydi. U ayni damda mening qalb 
malhamim!!! Uni aslo o'zimdan yiroqlashtiradigan 
harakatlar qilmayman! Dadang o'lgan deya 
qutulaman. G'ayrioddiyligini esa yotig'i bilan 
tushuntiraman. Hammasi yaxshi bo'ladi...! Shunaqa 
bo'lishiga umid qilaman!
Hozircha Lukada hech qanday o'zgarishlar 
sezilmayapti, dadasidek o'ta kelishgan ekanligini 
hisobga olmasak... Mening sharofatim bilan ilm-fan 
deya atalmish qudratli kuch dunyo yuzini ko'rdi. 
Uning aql bovar qilmas narsalariyu, shiddat bilan 
o'sishi meni yaxshigina hayrat va vahimaga sola oldi. 
Nima bo'lsa ham faqat yaxshilikka bo'lsin. 
Luka ikkimiz haqiqiy sayyohlarga aylanib 
qolgandik. Bir mamlakatda qo'nim topmay har yerni 
aylanib chiqardik. Shu bilan birga zamonlar aro 
sayohat ham qildik desam adashmagan bo'laman 
menimcha. Zamon o'zgardi, insonlar o'zgardi, odatlar 
o'zgardi hattoki mamlakat nomlari va chegaralar 
ham. Bir ikkitasini aytmaganda hech qanday qirollik 
qolmadi. Qirolliklarni adolatli Demokratiya egalladi... 
Ilm fan esa to'xtovsiz rivojlanib borayapti. Bug' 
mashinaalri, yulduzlarni ko'radigan asboblar, 
to'rtburchak quti sifat o'zi yurar foytun yani 
mashinalar, uzoqdagilar bilan sim orqali aloqa, temir 
qush, dunyo malumotini xotirasida saqlay oladigan 
kompyuterlar, inson ishini yengillashtirib shu bilan 
birga ishsizlikni yaratib berayotgan aqlli robotlar 
sanasam sanog'i yo'q bularni. Bular ham har bir 
soatda ming xil ko'rinishda yangilanib chiqadi. Mana 
senga miyyaning kuch qudrati... 
Men va Luka umrboqiy bo'lganimiz uchun odamlar 
ko'ziga opa-ukadek ko'rinardik. To'g'risiyamda o'zim 


bilan teng turgan Luka meni oyi deb chaqirsa kim 
ham hayron qolmaydi. Bu o'z havfsizligimiz uchun 
ham zamon talabi uchun ham juda yaxshi qaror. 
Lekin yolg'iz paytimiz men uning onasi, u esa mening 
o'glim Luka. Va har doim shunday bo'lib qolaveradi.
- Oyi sizga bir narsani ko'rsatmoqchiman.
Londondagi shinamgina ikki qavatli uyimizning 
oshxonasida ovqat qilayotganimda Luka yonimga 
yugurib keldi. 
- Sekinroq! Ortingdan it quvdimi?
- Yangi qobilyat! - ko'zlari quvonchdan porlab o'ziga 
sig'may dedi.
U huddi Vernondek Demonius bo'lib chiqgandi, 
huddi udek, avval nomini bilmagan hayvonim Tasma 
iblisiga aylana olardi. O'zi ham unga juda o'xshaydi. 
Uni ko'rganimda Vernonni ko'rgandek bo'laveraman. 
Iloji boricha uni jaxlini chiqaradigan narsalardan 
yiroqlashtirib yurardim. O'zi ham oshkor bo'lmasligi 
uchun jaxlini boshqarishga urunardi. Va buni juda 
yaxshi uddalardi. 
- Ho'sh qanday ekan?!
- Bunday - u qo'lini yuzimga qo'yishi bilan, o'tmishim 
ko'z oldimda kino tasmasidek o'ta boshladi.
"Yo'q yolvoraman to'xtat, bas qil, bunday qilma! Luka 
iltimos sen bularni ko'rmasliging kerak TO'XTAT!" 
Uning qo'li yuzimdan olinishi bilan ko'zimdan 
yoshlar to'xtovsiz jala misoli oqa boshladi. Holsiz 
yerga cho'kkalab qoldim. Hatto Lukani yuziga 
qarashgada madorim yo'q edi, yoki qaray 


olmayabman. Axir uning haqiqiy onasini 
o'ldirganman! Otasini ham...!
- B.bu.lar - Luka so'zini tog'ri ayta olmaganidan bilish 
mumkinki uning ahvoli menikidan battar.
- M.men buni istamagandim - bog'zimdan faqat shu 
gaplar zo'rg'a chiqdi. Uning yonida o'zimni nima 
desam ham oqlay olmayman. Yaxshisi so'ngi qarorni 
uning o'ziga qoldiraman.
- Me.ni o.oyim... - u ortiq gapirmay yugurgancha 
uydan chiqib ketdi. Men esa ko'z yoshlarim bilan 
birgalikda yana yolg'iz qoldim. Bilardim bir kunmas 
bir kun u hammasidan habar topardi. Bunaqa 
holatga o'zimni tayyorlab ham borardim... Lekin 
bunchalar og'riqli bo'lishini bilmagan ekanman...
Oradan bir hafta o'tsa hamki, Lukadan habar 
bo'lmadi. Men esa shu bir haftani faqat yotish bilan 
o'tkazdim. Unga hozir tinchlik kerak, uning 
qarshisidan o'zim chiqsam ikkimiz ham birdek aziyat 
chekamiz. Yaxshisi o'zi bir qarorga kelsin... Men 
chidayman barchasiga chidayman, u meni tark etsa 
ham chidashga majburman. Mendek lanat tekgan o'z 
hoxishi bilan ham o'lolmagandan keyin chidashdan, 
bardosh berishdan o'zga choram bormi...?!
* * * * * *
Luka uyidan chiqib ketgach uy ro'parasidagi 
o'rmonda ancha vaqtgacha tentirab yurdi. 
Daraxtlardan alamini olib ildizi bilan yulib otar, 
qanchalik tinchlanishga urunmasin uddasidan chiqa 
olmayotgan edi. O'zida o'zgarish sezishi bilan 
havotirga tushib qoldi. Hozir maxluqga aylanishning 
vaqti emas! Uni tinchlantira oladigan oyisi yonida 


emasligida u maxluqga aylanmasligi kerak. Luka 
tinchlanish uchun oyisi uni tinchlantirish yo'lida har 
doim aytib beradigan qo'shiqni esladi.
Sokinlik atalmish birgina jumla,
Meni ham qachondir yo'qlab kelarmi?!
Bu yovuzlikga ko'milgan qalbim, 
Qachondir tinchgina orom toparmi?!
- Sokinlik atalmish birgina jumla... - Luka yerga 
osmonga qaragancha yotib olib chuqur chuqur nafas 
oldi. Oyisining qo'shig'i bu safar ham ish berdi. Yigit 
she'rga endi etibor berib yana takrorladi. Oyisining 
o'tmishiga mos kelar ekan! U sokinlikni topdi va hozir 
yana yo'qotdi shekilli, o'yladi yigit. Ancha vaqtdan 
so'ng o'rnidan turib boshi oqgan tarafga keta 
boshladi... Bir kun bir do'stinikida, boshqa kun yana 
boshqasinikida tunab qoldi. Bir haftani klubma klub,
jo'rachilik bilan yurib o'tkazgan Luka qalbidagi 
alamni hali ham bosa olmayotgandi. Yotsa, tursa, 
ichsa ham Viola uning onasi emasligi va 
ertaklardagidek yovuz malika uning haqiqiy onasi 
bo'lib chiqganini hazm qila olmayotgandi. Uni ustiga 
dadasini ham oyim deb yurgan kishisi o'ldirgan... Yo'q 
axir buni majburlikdan qilganku, ularning o'zlari 
Violani chirkin o'yinlarida o'ynatishganku. Qalbida 
kiri yo'q ojiz qizni ayab ham o'tirishmaganku. Guldek 
umrini yolg'onchilar va azob uqubat davrasida 
o'tkazgan ham aynan u-ku. Lukani hech kimdan kam 
qilmay, bor mehrini berib voyaga yetkazgan ham 
aynan shu qizku. Unga shuncha yomonlik qilgan 
insonning bolasini bolam deb suygan, uni saqlab 
qolish uchun hatto iblis bilan yuzma-yuz bo'lgan ayan 
shu qalbi yarim oyisiku. Qayerdan biladi, balki kuni 


Davila atlamish haqiqiy yovuzga qolganda shu 
kunlarni ko'ra olarmidi?! O'sha yovuz kimsa Violadek 
Uni asrab avaylab, gardaniga gart tekkazmay 
ulg'aytira olarmidi?!
Luka birdan o'rnidan sabchib turdi. Yo'q u bor 
mehrini bergan oyisiga bunday nohaqlik qila 
olmaydi. Hoziroq yoniga borib kechirim so'raydi. 
Viola uning haqiqiy onasi ekanligini tan oladi. 
Zerokim u haqiqatdan Violani bolasi. Bola tuqganniki 
emas, boqanniki deb ham bejizga aytishmagan...
Uyiga ketish uchun avtobus kutib o'tirgan Luka 
katta yo'lga chiqib ketgan qizaloqni ko'rishi bilan 
o'zini tezda o'sha qizaqloqning yoniga urdi. Katta 
tezlikda kelayotgan mashina urib yuborishiga 
birbahiya qolganida qizni qutqarib qoldi. Qizcha 
qo'rquvdan ko'zlarini qattiq yumib olgancha qo'lidagi 
barbi o'yinchog'ini quchoqlab olibdi. 
Hech qanday og'riq sezmagan qizaloq ko'zlarini 
ochib uni zimdan kuzatib turgan yigitni qarshisida 
ko'rib yig'lab yubordi. Bu boyagi qorquvning asorati 
va yo'qotib qo'ygan dadasi sabab edi. O'yingohda 
o'ynab o'tirgan qizchaga joyidan jilmasligini tayinlab 
ketgan dadasi ketishi bilan qizaloq yo'lning narigi 
tarafida oynali do'kondan ko'rinib turgan 
o'yinchoqlar yoniga borishni hoxlab qolib 
yugurgancha o'sha taraga borgandi va natijada bu 
ahvol...
- Hoy qizaloq bo'ldi yig'lmasangchi - boyadan beri 
qizchani tinchlantira olmayotgan Luka nima qilarini 
bilmay qoldi. Ota-onasi qayerdaligini so'rasa ham, uyi 
qayerdaligini so'rasa ham faqat yig'lab javob 
berayapti.
- Manabu senga - Luka bu safar qizchani 
tinchlantirish uchun unga huddi qizaloqnikidek 
yashil ko'zli qo'g'irchoqni ko'rsatdi. Luka 


qo'g'irchoqni ko'rishi bilan ovozi tingan qizaloqga yov 
qarash qilib qo'lidan tutgancha uyiga keta boshladi. 
Hozir uni bu ahvolda shu yerda qoldirib keta 
olmasdi. Uyiga borgach internetga elon yozadi va shu 
bilan hammasi hal.
Luka uyga kirgach qizaloqni oshxonadagi 
o'rindiqlardan biriga joyladi. Oshxona uydan chiqib 
ketganda qanday bo'lsa shu holda turibdi. Hatto 
gazga qo'yilgan tovuq oyoqchalari yomon bo'lib 
ketishga ham ulguribdi. Luka bu manzaradan yuragi 
hijil bo'lib tezda oyisining xonasiga ko'tarildi. Yotoqda 
o'rqa o'girgancha yelkalari silkinib yig'layotgan 
oyisini ko'rib o'zidan nafratlanib ketdi. Sekin yoniga 
yaqinlashib ortidan quchib yotoqga joylashdi.
- Oyi... Kechiring... - Luka tomog'idan zo'rg'a shu ikki 
jumlani chiqara oldi.
* * * * * *
Meni birdan quchib olgan qo'llardan seskanib 
ketdim. Ortimdan eshitilgan ikki jumla esa meni 
baxtdan esankiratib qo'ygandi. Tezda o'rnimdan turib 
ortga o'girlidim. Bu haqiqatmi?! Qarshimda rostan 
ham o'g'lim turibdimi? Nahotki?! U meni kechira 
oldimi?! Meni "oyi" dedi...! Yoki tush ko'rayabmanmi? 
Uning qo'li yuzimga tegishi bilan bu haqiqat 
ekanligini angladim. Haqiqat! U yonimda!
- Luka... - uni tezda bag'rimga bosib iforiga to'yib 
oldim. U o'zimdek bo'lsa ham men uchun hali ham 
bola.
- Kechir... O'g'lim men buni hoxlamagandim...
- Gapirmang... Men o'tmish bilan emas hozir bilan 
yashayman. Siz ha aynan siz mening haqiqiy 


onamsiz! Sizni juda yaxshi ko'raman... Bir hafta 
oldingi qilig'im uchun siz meni kechiring. Men ham 
sizga nohaqlik qilmasligim kerak edi.
- Tshsh... Men ham hozir bilan yashayman - uning 
gapini o'ziga qaytarib qayta uni maxkam quchoqlab 
oldim.
- Oshxona juda badbo'y ekan... Iiiii voyyy...uyat - 
begona ovoz kelgan tarafga tezda qaradim. Qo'liga 
ikkita qo'g'irchoq ushlab olgan yashil ko'zli qizcha 
ko'zlarini katta katta ochgancha bizga qarab turardi.
- Qanaqa uyat? - Luka unga o'qrayib qarab uning 
yoniga bordi - bu meni opam hafalashib qolgandik.
- Kechirim so'radingizmi? - qizcha hu safar 
kipriklarini pirpiratib qatiy ohangda so'radi - qiz 
bolani hafa qilish yomooon.
- Mahmadona...
- Ismim Viviyen, hech qanaqa mahmadona emas!
Men bu qizchaning gaplaridan beixtiyor Lukaning 
fikriga qo'shildim. Jajjigina qizaloqning tillari 
yaxshigina burro ekan.
- Opa bu mahmadonani yo'lda topib oldim yo'qolib 
qolibdi... Hozir internetga sap-sariq yuzini 
tarqatvoraman egalari tezda olib kelishadi.
Luka menga vaziyatni tushuntirishi bilan birgalikda 
bu qizaloqni yoqtirmaganini ham yashirib o'tirmadi.
- Yaxshi... Isimingni Viviyen dedingmi? - Luka 
qizaloqni rasmga tushurib xonadan chiqib ketgach, 
shumtakani gapga solishga urundim. U menga juda 
yoqib qolgandi, ayniqsa tovlanib turgan yashil 
ko'zlari.
- Haa.


- Yoshing nechida?
- To'rtda - deb beshta barmog'ini ko'rsatdi. Uning bu 
qilig'idan kulib yubordim. Bunday vaziyatda odam 
qaysi biriga ishonishni ham bilmay qolarkan. Beshta 
barmoqgami yoki to'rt so'ziga?
- Ajoyib... Ota onangni yo'qotib qo'ydingmi?
- Faqat dadamni, oyim yo'q - qizcha birdan mayus 
tortib oldi.
- Luka akangni qayerda ko'rib qolding? - qizchani 
sariq jingalak sochlaridan silab uni chalg'itishga 
urundim.
- Katta yo'ldan o'tayotganimda meni qutqarib qoldi, 
adashmasam shunday.
- Tushlik vaqti ham bo'libdi, qorning ochdimi?
- Haa - qizcha qornini ushlab javob berdi.
U bilan birgalikda pastga tushdim. Ha qizaloq 
noligancha bor ekan, oshxonani badbo'y hid tutib 
ketibdi. Derazalarni katta katta ochib bu yerni tezda 
tartibga keltirdim. Tushlik vaqtidan ham o'tib ketgani 
uchun tez tayyor bo'ladigan osongina ovqat "Omlet" 
qilib qo'ya qoldim.
- Luka tushlikga.
Ovqat pishgach stol ustini bezatib Lukani ham 
chaqirdim.
- Seni rostan ham yaqinish bormi? - Luka Viviyendan 
so'radi.
- Ha dadam bor.
- E'lon qo'yilganiga bir yarim soat bo'ldi. Lekin sen 
hali ham shu yerda o'tiribsan.


- Balki ko'rmagandir - qizaloq yana homush tortib 
qoldi.
- Ko'rsa albatta seni topib keladi... Endi esa 
shirinlikho'rlik qilamiz - qizaloqni ko'nglini ko'tarish 
uchun muzlatgichdan muzqaymoqlarni oldim.
- Menga mumkin emas - Viviyen birdan bosh tortdi - 
Dadam menga shirinliklarni taqiqlagan.
- Dadang hozir yoningdami?
- Yo'q.
- Unda nima muammo? Dadalarsiz bugunga hamma 
narsa mumkin. Tortinmay olaver, bir kunga hech 
narsa qilmaydi - qizaloqni qo'liga muzqaymoq tutib 
yeyishiga undadim. Shu payt qo'ng'iroq chalindi.
- Men qarayman - Luka o'rnidan turib ketdi. Biroz 
vaqtdan so'ng bir ahvolda yonimizga qaytib keldi - 
mehmondorchilik tugadi. Mahmadona dadang keldi - 
Luka parishonhotir javob berib menga qaradi.
Uning ko'zidagi ifodani tushuna olmadim. 
O'rnimdan turib qizaloqni olib chiqmoqchi edim 
Luka to'xtatib qoldi.
- O'zim - meni qo'limdan tutgan Viviyenni qo'lidan 
ushladi. Bu meni battar shubhalantirdi. Unga 
tushunarsiz qarab tashqariga olib chiqadigan eshik 
yoniga bordim. U yerda xonani tomosha qilib turgan 
erkakni ko'rib tilim aylanmay qoldi. Oppoq yuz, 
jingalak sifat kaltalangan soch, o'sha qalin qoshlar, 
o'sha tim qora ko'zlar va o'sha yanoqdagi kulgichlar 
sohibi qarshimda turardi.
- Vernon - lablarim beixtiyor sekin pichirladi.
- Dadajon - qizaloqning quvnoq ovozi hayollarimni 
bo'lib yubordi.


- Viviyen - u qizaloqni quchoqlab ko'tarib oldi - nega 
gapimga kirib jimgina o'tirmading?
- Kechiring - qizaloq yig'lamoqdan beri bo'lib dadasini 
bo'ynidan quchib oldi.
- Hayirli kun... Uzr sizlarni ham bezovta qildik - u bu 
safar bizga yuzlanib gapirdi. Menga ko'zi tushgach 
birdan jimib qoldi - ko'zlaringiz... Noodatiy ekan.
- Rahmat... Balki ichkariga kirarsiz, qizaloqning ham 
shirinligi qolib ketdi - dedim negadir uni ko'proq 
qolishini istab.
- Shirinlik?! - qiziga o'qrayib qaradi.
- Bolalarni shirinlikdan butunlay cheklab bo'lmaydi. 
Ora orada yeb tursa zarari tegmaydi... Marhamat - 
unga yo'l ko'rsatdim.
- Qanday bo'lar ekan?
- Tortinmang, bemalol mahmadona yarim qolgan 
muzqaymog'ini tugatib olsin - bu safar boyadan beri 
jim turgan Luka gapga aralashdi - Mahmadona 
deganimni ko'ngligizga olmang, bu erkalash - 
izohladi.
- Tushundim - u jilmayib men ko'rsatgan tomonga 
yura boshladi.
- Oyi... Bu...
- "U" emas - uni tushungan holda darrov inkor etdim - 
qiyofadoshi xolos.
- Balki...
Barchamiz bir davraga yig'ilib shirinlikxo'rlik qila 
boshladik. Men unga tikilib shuncha yillik 
sog'inchimni bostirishga urunardim. Uning nigohi 
menga tushishi bilan tezda ko'zlarimni olib 
qochardim...


- Ismingizni bilsam bo'ladimi janob - Luka 
muzaqaymog'ini tugatgach unga yuzlandi.
- Vernon Lotner.
"Vernon" shunchalar o'xshashlik. Hatto ismi ham 
"U"nikidek.
- Luka Jons va Viola Jons... Tanishganimdan 
xursandman - Luka mamnuniyat bilan unga qo'l 
uzatdi. 
- Ular opa-uka ekan - muzqaymoq yeyayotgan Viviyen 
o'zicha malumotni to'ldirib qo'ygan bo'ldi.
- Tanishganimdan hursandman - u menga yuzlanib 
gapirdi.
- Men ham - uning tim qora ko'zlariga g'arq 
bo'lmaslik uchun nigohlarimni olib qochdim.
- Opa men ketishim kerak, sizlar esa behijolat - deya 
Luka bir menga bir Vernonga yuzlanib uyni tark etdi.
- Endi bizga ham ruxsat - Vernon o'rnidan turib 
ildirgichdagi kostyumini qo'liga oldi.
- Sizni opa deb chaqirsam maylimi? - o'rnidan turgan 
Viviyen yonimga keldi.
- Bemalol - uni yuzidan silab qo'yib eshikgacha 
kuzatdim.
- Qizim va shirinliklar uchun tashakkur.
Unga javoban bosh silkib qo'ydim. Tashqariga 
chiqgach nimadir yodiga tushgandek tezda ortiga 
o'girildi.
- Qarzdor bo'lib qolishni istamayman, atalgan kun 
yana shirinlikxo'rlik qilamiz meni hisobimdan - orqa 
sochini qashlab jilmayib dedi.


- Nasib qilsa men rozi - uning bu taklifidan negadir 
tanamda yengil titroqni his qildim.
- Unda yana ko'rishguncha Binafsha ko'z.
- Ko'rishguncha...!
TAMOM.
E'tiboringiz uchun rahmat! Xato va kamchiliklar 
bo'lgan bo'lsa uzr.
Hurmat bilan: #Daliya

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling