Mavzu : ʼʼ Tandirsozlik perifrazalarining lisoniy tahlili ʼʼ


Download 26.03 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi26.03 Kb.
#1839951
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu ʼʼ Tand-WPS Office



Mavzu : ʼʼ Tandirsozlik perifrazalarining lisoniy tahlili ʼʼ

Reja:


1. Perifrazlar haqida umumiy maʼlumotlar.
2. Tandir mahsuloti qanday tayyorlashi haqida mulohazalar.
3.Tandirsozlik sohasi haqida qarashlar.
4. Xulosa.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tilining o`rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko`zgusidir. Mustaqillik sharoitida o`zbek tilshunosligida ham katta o`zgarishlar yuzaga keldi. Avvallari o`zbek tilshunoslari asosan, o`zbek tilining ichki tuzilishi, adabiy til va dialektlar munosabati, o`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, boyish manbalari singari o`zbek tilining o`ziga xos muammolari bilan cheklangan bo`lsalar, mustaqillik sharoitida umuman tilshunoslikning nazariy muammolari bo`yicha, o`z fikrlarini dadil bayon qila boshlaganlar. Shunday ekan, o`zbek tilshunosligida turli xil muayyan g`oyaga tayangan holda turli lingvistik qarashlarning olg`a surilishini bugungi tilshunosligimizning rivoji sifatida hech ikkilanmay baholash lozim.
Tilshunoslikda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida formal yo`nalish ijtimoiy ehtiyoj natijasida shakllangan va o`z oldiga, asosan:
-ommaviy savodxonlikni ta`minlash;
-zamonaviy adabiy til me`yorlarini ishlab chiqish;
-adabiy til me`yorlarini ommalashtirish
kabi o`z davri uchun o`ta zarur masalalar yechimini maqsad qilib qo`ygan. Jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta`minlash, shevalararo farqlarni bartaraf qilish, adabiy tilni ommalashtirish, til va xalqning tarixiy yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, ta`limni zamonaviy usullarda yo`lga qo`yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda eng samarali va eng qulay lingvistik tavsif va ta`lim yo`li mana shu formal usuldir. Shuning uchun jahonning barcha ilg`or davlatlari tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo`nalish keng ommalashgan.
Funksional-struktural (Praga strukturalizmi) tahlil usullarini ongli, izchil, dialektik tamoyillar bilan to`ldirib, tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko`rinishlarida voqealanadigan, har bir voqealanish ko`rinishi o`ziga xos maqsad va vazifaga ega bo`lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida yondashadigan o`zbek substansial tilshunosligi talqinlari ham mavjud.
Pragmalingvistika lisoniy sathlararo bir tizimda bo`lgan fandir. U sotsiolingvistika, psixolingvistika, kognitologiya, ritorika, etnolingvistika, semiotika, lingvokulturologiya hamda stilistika bilan birga nutqiy faoliyat nazariyasini tashkil etadi.
Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida tilimiz qurilishini yoritishda lisoniy birliklarning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab va ularning voqealanishi natijasida hosil bo`lgan nutqiy birliklarga alohidalik (yakkalik), hodisa, voqeylik, oqibat sifatida munosabatda bo`ladi. Zamonaviy yo`nalish sifatida har bir mutaxassis o`zbek substansial tilshunosligi talqinlaridan xabardor bo`lishi kerak. Bu esa kurs ishimizning dolzarbligiga daxldordir.

Download 26.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling