19-seminar mashg’ulot Mavzu: Etnolingvistika Reja
Download 42.5 Kb.
|
19seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
19-seminar mashg’ulot Mavzu: Etnolingvistika Reja: 1.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi 2. Tilshunoslik va etnolingvistika Etnolingvistika (etno... va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga taʼsiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi. Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos“ xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf F.Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. Masalan, alla (qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan bog‘liq urfodatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning qo‘llanishi, turli davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar bilan bog‘liq assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi. 50-yillardan boshlab tilshunoslikda semantikaga katta e’tibor qaratilishi etnolingvistika masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari, milliy realiyalar), turli etnik guruhlarda qo‘llanadigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish ham etnolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor qaratilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikda alohida yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Savol va topshiriqlar: Etnolingvistika tilshunoslikning qaysi tomonlarini o’rganuvchi soha? Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling