Psixolingvistika fani doirasida Glossariy Psixolingvistika


Download 32.47 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1494663
  1   2   3   4   5
Bog'liq
psixolingvistika glossary


Psixolingvistika fani doirasida Glossariy
1.Psixolingvistika – nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikaning sintezidan paydo boʻlgan.
2.Psixolingvistika fanining obyekti – u o‘rganadigan individual obyektlar majmuyidan iborat.
3. Freym – yoki bu obyekt yoxud hodisani tasvirlovchi o‘lchovlar tizimini ifodalaydi.
4. Psixolingvistikaning predmeti – turli obyektlarning mavhum tizimi yoki ayrim obyektlarning mavhum tizimi hisoblanadi.
5. Individ – lotincha “individium” degan so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo’linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi.
6. Kommunikatsiya – bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir.
7. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
8. Tilshunoslik, „Lingvistika“ — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fandir.
9. Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. 
10. Fiziologiya (yun. Physis — tabiat va…logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan.
11. Nutq patologiyasi (yunon. pathos – azob chekish, kasallik) – nutqning me’yoridan chetga chiqishi degan ma’noni bildiradi.
12. Poetika (yun. Poietike — poetik sanʼat) — badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qad. Adabiyotshunoslik fani.
13. Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling