Referat mavzu: " glossariy" tushunchasi Reja : " glossariy" tushunchasi


Download 238.59 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi238.59 Kb.
#1129416
TuriReferat
Bog'liq
Yodgorov Abbos MI-4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSTITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
REFERAT

Mavzu: GLOSSARIYtushunchasi
Reja :

  1. GLOSSARIY” tushunchasi

  2. Termin va terminologiya.

  3. Term in so ‘zining interpretatsiyasi.

  4. Termin va nomenklatura.



BAJARDI: Yodgorov Abbos
Toshkent 2023

GLOSSARIY — izoqlab (Izoxli Glossariy) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima Glossariy) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili daryoliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izoqi ilova qilinadi.
Hozirgi o ‘zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o ‘rinva mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug‘at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g ‘oyaga ko‘ra,terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva,jargon, jonli so‘zlashuv)ga tenglashtiriladi. Termin so‘zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar(logiklar) uchun termin-aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig‘indisini nazarda tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi so‘z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so‘z termin bo‘lishi mumkin. Fan va texnikada termin sun’iy o‘ylab topilgan yoki tabiiy tildan olinganmaxsus so‘z sanaladi. Bunday so‘zlaming qo‘llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umumtil tenninlaridan farqli o‘laroq, ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxikbirliklar sifatida terminologik sistemalarga birlashadi, ular o‘z m a’nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga mantiqiy (tushunchaga oid) Termin terminologik may don mos keladi. Termin ta’rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko‘pdan-ko‘p mulohazalar bildirilgan. Deyarli barcha ta’riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi tarzida tavsiflanadi. Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlaming paydo bo‘lishi, ulaming hayotga tatbiq qilinishidagi to‘siqlar, yasalish prinsiplari va usullari xususida turfa g‘oyalar, nuqtai nazarlar ko‘zga tashlanadi. Termin so‘zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplari e’tirof etilmoqda Substansional nuqtai nazar vakillariga ko‘ra, termin maxsus so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, boshqa nominativ birliklarga nisbatan birma’noliligi,
aniqligi, sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan neytralligi bilan ajralib turadi. Funksional nuqtai nazarga binoan terminlar maxsus so‘z emas, balki maxsus funksiyaga ega so‘zlardir; terminning o‘mi(roli)ni istalgan so‘z bosishi, o‘ynashi mumkin.
Derivatsion nuqtai nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan. Ushbu g‘oya tarafdorlarining fikricha, termin nafaqat oddiy so‘zning varianti, shuningdek, yangi, o‘ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham tan olinadi. Yangi terminlaming yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalami ifodalash ehtiyoji bilan baholanadi.
Terminga muayyan talablar qo‘yiladi, ushbu jihat uni umumtil va lahja hamda shevalardagi oddiy so‘zlardan ajratib turadi. Nomenklatura terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Har qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini o‘zida mujassam etadi. Ulaming miqdori haddan ortiq darajaga yetganda, maxsus strukturani taqozo etadi. Masalan, hozirgi kunda 200 mingdan ortiq o‘simlik turlarining har biriga alohida nom qo‘yishga urinish befoyda, buning imkoni ham yo‘q. Insoniyatning tabiatni bilish, anglash bosqichlarini o ‘zida aks ettiruvchi tabiiy fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan, yaratiladigan(ishlab chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura, shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan ta’minlash, ularni sotish maqsadida mdxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq nomenklaturasini farqlash lozim bo‘ladi. Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomonidan yaratilsa-da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar negizida voqelanadi.
Download 238.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling