Mavzu: bank inqirozlari
Download 24.24 Kb.
|
Bank inqirozlari мавзу маьруза (7)
MAVZU: BANK INQIROZLARI REJA: 1. Bank inqirozi tushunchasi 2. Bank inqirozini belgilovchi mezonlar 3. AQSH da yuz bergan bank inqirozlari 4. Skandinaviya davlatlarida, Lotin Amerikasida yuz bergan bank inqirozlari Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari Har qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy ja-rayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlarni yo'qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funksiyalarini samarali amal qilishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin.Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mab-lagiari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta'sir etishi bilan bog'liqdir.Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlarning bunday harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta'sir etadi. Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga majbur bo'ladi. Agarda mavjud siyosatni o'zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta'siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas. Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to'lov qobiliyatiga ega bo'lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo'qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo'qotishlarning mavjud bo'lishi, odatda noho'sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog'liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlaming aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o'zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muam-molarga bogiiq. Haddan ortiq pul-kredit ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko'p jalb qihsh va real aktivlarga investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi. Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog'liq pufak (ko'pik)larning vujudga kelishini ko'rsatib o'tadilar. Bu kabi makroiqtisodiy tanglikni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining o'zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi.Misol uchun, 1980 yillarda G'arb mamlakatlari banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o'sishni ta'minlash va joriy operatsiyalar bo'yicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollarida)ni ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy mablag'larning oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlarning defolt holatiga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. AQSh dollaridagi umumiy qarz mablagiarining 250 mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi. Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib o'tishga harakat qilamiz. Download 24.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling