Mavzu: bank inqirozlari


Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud


Download 24.24 Kb.
bet4/7
Sana09.05.2023
Hajmi24.24 Kb.
#1449146
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bank inqirozlari мавзу маьруза (7)

Bank inqirozlarining quyidagi turlari mavjud: Bank inqirozining birinchi turini byudjet xarajatlarining miqdoridan qat'iy nazar mikroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Bunday holatda cheklangan miqdordagi banklarning bankrot bo'lishi butun moliyaviy tizimga keskin ta'sir ko'rsatmaydi hamda yirik miqyosdagi makroiqtisodiy pasayish kuzatilmaydi. Bunga misol sifatida AQSh (1984-1991 yy.), Shvetsiya (1990-1993 yy.), Finlandiya (1991-1994 yy.) va Fransiya(1991-1998 yy.)dagi bank inqirozlarini keltirish mumkin.
Bank inqirozining ikkinchi turini o'ta salbiy oqibatlarga olib keluvchi makroiqtisodiy darajadagi inqiroz deyish mumkin. Misol uchun, Chilida (1981-1984 yy.) yuz bergan bank inqirozi YalMning 13 % pasayishiga olib keldi. Bank sektorining aksariyat qismi milliylashtirilib, hanuzga qadar davlat xarajatlari to'la kompensatsiya qilinmagan. Mazkur turdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan mablag'lar YalMning 15-20%ini tashkil etishi mumkin.
Bank inqirozining uchinchi turi moliya-byudjet tizimining nobarqarorligi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotni demonetizatsiya qilish kabi xususiyatlar bilan harakterlanadi Yuqorida keltirib o'tilgan bank inqirozlarining turlari bilan bir qatorda ularning quyidagi namoyon bo'lish shakllari ham mavjuddir:
Yashirin inqiroz (bank distress). Bunday sharoitda banklarning ko'pchilik qismi to'lovga layoqatsiz bo'lsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar.
Inqirozning ochiq shakli (bank runs). Bunga Buyuk Depressiya vaqtidagi bank vahimasi, banklardan yoppasiga omonatlarai olish bilan bog'liq bo'lgan holatlarni aytish mumkin.
Tizintli bank inqirozi (Systemic Banking Crises). Bu esa, o'z navbatida bank tizimining aksariyat qismini to'lovga layoqatsizligini anglatadi. Shuningdek, K.V.Rudiy xorijiy tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda bank inqirozlarining quyidagi turlarini keltirib o'tadi90:

  • qarz va valyuta muammolari bilan bog'liq bank inqirozlari;

- bank epidemiyasi (har xil kanallar orqali tarqaluvchi, misol
uchun, xorijiy kapital harakati).
Tizimli bank inqirozlari va ularni boshqarish yo'nalishlari
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining Argentina, Sharqiy Osiyo, Ekvador, Meksika, Turkiya va Venesueladagi tizimli bank inqirozlari asosida keltirib o'tiladi. Ushbu mamlakatlarda bank inqirozlari makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillar ta'siri ostida kelib chiqqan. Shuningdek, mazkur inqirozlar 1990 yillar oxirida Osiyo mamlakatlari banklarida ro'y bergan inqirozlarda uchramaydigan yangi ko'rinishdagi muammolarni namoyon qildi.
Tizimli bank inqirozlari bank tizimining sezilarli qismiga bo'lgan ishonchning yo'qolishi, real iqtisodiyot uchun sezilarli darajada salbiy ta'sir etuvchi jiddiy xavf hamda to'lov tizimi va kreditlar oqimidagi xatoliklar, shuningdek aktivlar qiymatining o'zgarishidir.
Tizimli bank inqirozlarining kelib chiqish omillari quyidagilardan iborat:

  • kelib chiqishidan qat'iy nazar bir, bir nechta yoki barcha banklarda inqiroz likvidlilik muammosi tarzida shakllanadi;

  • likvidlilik va depozitlarni olish asosiy muammolarning belgilari sifatida namoyon bo'ladi;

  • sabab sifatida makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy yoki ularning ikkalasi ham ko'rsatilishi mumkin.

Shuningdek, tizimli bank inqirozlarining mikroiqtisodiy omillari banklar faoliyatini nazorat qilish amaliyoti va normativ me'yorlarning talab darajasida bo'lmaganligida namoyon bo'ladi. Ularda bo'sh kreditlash amaliyoti, risklarni nazorat qilish tizimining zaifligi va balans defitsitini keltirib chiqarish (muvozanatsizlik, aktivlar nazorati talab darajasida bo'lmaganligi) kabi holatlar kuzatiladi.
Makroiqtisodiy disbalans bank tizimiga bo'lgan bosimni ko'chaytiradi. Uning ta'siri banklar balansi tuzilishiga bog'liq, ya'ni:

  • davlatga katta ta'sir qilish;

  • yuqori dollarizatsiya;

  • xedjirlanmagan qarzdorlar;

  • yuqori va nobarqaror foiz stavkalari.

Inqirozlarni boshqarishning "Standart modellari" quyidagilardan iborat:
1-bosqich. Inqirozni o 'z ichiga oladi.
2-bosqich. Bankni restrukturizatsiyalash.
3-bosqich. Yo 'qotilgan aktivlarni boshqarish.

Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling