“monetar siyosat” faniga kirish. Fanning predmeti va usullari


Download 13.62 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi13.62 Kb.
#1458632
Bog'liq
mustaqil ish 1 AS


MUSTAQIL ISH – 1

“MONETAR SIYOSAT” FANIGA KIRISH.

FANNING PREDMETI VA USULLARI

“Monetar siyosat” fani iqtisodiyotni zamonaviy pul-kredit dastaklari orqali muvofiqlashtirishning nazariyasi va amaliy holatlarini o‘rganadi. Bu fanni o‘rganish uchun Markaziy bankning pul-kredit orkali muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosati bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq.


“Monеtar siyosat” tushunchasining mazmuni Iqtisodiy adabiyotda va xalqaro bank amaliyotida “pul-krеdit siyosati” va “monеtar siyosat” tushunchalarini sinonim tushunchalar sifatida talqin qilish kеng tarqalgan.
“Pul- krеdit siyosati – Markaziy bank tomonidan pul massasi va pullar qiymatini boshqarish bo'yicha komplеks chora-tadbirlar bo'lib, mamlakatda baholar, milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida amalga oshiriladi”.
O'zbеkiston Rеspublikasining Markaziy banki to'g'risidagi qonunda Markaziy bank monеtar siyosatining stratеgik maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash ekanligi e'tirof etilgan.
Bu fanni o’rganishdan maqsad – iqtisodiyotni pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning zamonaviy nazariyalari haqida malumotga ega bo’lish va ularni tahlil qilgan holda Respublikamizda tadbiq etish.
Download 13.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling