Inflyatsiyaning mohiyati,shakllari va sabablari


Download 176.32 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi176.32 Kb.
#1226202
Bog'liq
Презентация Inflyatsiyaning mohiyati


MAVZU
INFLYATSIYANING MOHIYATI,SHAKLLARI VA SABABLARI
REJA

Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.
Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiѐtda xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix xakikatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya kandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining usishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy ugirtmasi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish degan ma’noni anglatadi.
Inflyatsiya turlari
Sudraluvchi inflyatsiya
. Shiddatli inflyatsiya
. Giperinflyatsiya
Inflyatsiya turlari
1. Sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o‘rtacha yillik o‘sishi 5-10% dan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko‘proq rivojlangan mamlakat-larga xos bo‘lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo‘lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Pul qiymatining barqarorligidagi o‘zgarish sezilmasligi mumkin.
2. Shiddatli inflyatsiya. Baholarning o‘rtada yillik o‘sishi 10-100% (ba’zida 200% gacha) bo‘lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi.
3. Giperinflyatsiya. Baholarning o‘sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivoj-lanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya, deb qabul qilgan.
Inflyatsiya shakllari
1. Oshkora inflyatsiya.
2. Yashirin inflyatsiya.
Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko‘tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo‘lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi bozorlarda ko‘tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o‘z ta’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag‘batlntirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko‘rinishda bo‘ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx-navo ma’muriy tarzda davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag‘lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo‘lmasligi holatlari paydo bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 176.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling