1 Dinshunoslik fanini o'qitishdan maqsad?


Download 53.5 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi53.5 Kb.
#117148
Bog'liq
Dinshunosli 40 ta test


1) Dinshunoslik fanini o'qitishdan maqsad?

a) Talabalarga din va diniy ta’limotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham

diniy talqinda, ham dunyoviy talqinda bilim berish, xalqimiz madaniyatida islom dinining jamiyat

hayotida tutgan o’rni haqida ma'lumot berish

b) yoshlarda diniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, imon va e’tiqodni shakllantirish, talaba yoshlarga dinni niqob qilib olgan turli oqimlarning asl mazmun-mohiyatini, maqsadlarini ochib berish, diniy fundamentalizm va ekstremizm haqida ma'lumot berish

c) Barcha javoblar to'g'ri

2) Dinning komunikativlik vazifasi nima?

a) to’ldiruvchi va ovutuvchi

b) jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa bog’lashlik

c) dindorlar hayotini tartibga solish va nazorat qilish

3) Din so'zi qanday ma'noni anglatadi?

a) yunoncha dunyo

b) forscha bo'ysunish

c) arabcha ishonch

4) Sintoizm dini qanday din?

a) milliy din

b) ibtidoiy din

c) jahon dini

5) Marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlarining fikricha, din qachon paydo bo'lgan?

a) 20-40 ming yil avval

b) 2500 yil avval

c) insoniyat paydo bo'lgan davrda

6) Diniy e'tiqod nima?

a) o'zlikni anglash

b) mustahkam, chuqur ishonch

c) davlat bilan dinni bog'lash

7) Mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qancha diniy tashkilotlar mavjud edi?

a) 180 ta diniy tashkilot 5 ta diniy o'quv yurti

b) 218 ta diniy tashkilot 4ta diniy o'quv yurti

c) 119 ta diniy tashkilot va 2ta diniy o'quv yurti

8) O'zbekistonda dinshunoslik qachon shakllana boshlagan?

a) XV asrning 2-yarmidan

b) XVIII asrning 80-yillaridan

c) XX asrning 30-yillaridan

9) Vijdon erkinligi huquqi nima?

a) islom diniga e'tiqod qilish va boshqalarga o'rgatish

b) fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasligi

c) dindorlikni targ'ib etish va diniy bilimlarni egallash

10) "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" gi qonunning 5-moddasiga ta'rif Bering

a) davlat diniy konfessiyalar

o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab quvatlaydi, bir diniy konfessiyadagi dindorlarni

boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar, shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi

b) davlat diniy ma'rosimlarga aralashmaydi, diniy tashkilotlar ustidan nazorat o'tkazmaydi

c) missionerlik faoliyatini man qiladi, turli xil ziddiyatli vaziyatlarda yakuniy qaror chiqaradi

11) Buyuk rus yozuvchisi L.N. Tolstoy ning fikriga ko'ra....

a) diniy bilim dunyoviy bilimdan ustun turadi

b) xar bir xalqqa xos diniy e’tiqodni asosiy moxiyati yaxshilik va yomonlikni ajratishda deb hisoblaydi.

c) xar bir inson uchun din bosh masala, uni xayot maqsadlariga berilgan javob deb ta'riflaydi

12) F.M. Dostoyevskiy ning fikriga ko'ra...

a) diniy bilim dunyoviy bilimdan ustun turadi

b) xar bir xalqqa xos diniy e’tiqodni asosiy moxiyati yaxshilik va yomonlikni ajratishda deb hisoblaydi.

c) xar bir inson uchun din bosh masala, uni xayot maqsadlariga berilgan javob deb ta'riflaydi

13) Dinlar ta’limotiga ko’ra qanday turlarga bo'linadi?

a) moneteistik va politeistik

b) totemistik va animestik

c) jaxon va milliy

14) Jahon dinlari qaysilar?

a) buddaviylik, fetishizm, yahudiylik

b) buddaviylik, xristianlik, islom

c) islom, yahudiylik, xristianlik

15) Yahudiylik dini qachon va qayerda paydo bo'lgan?

a) milloddan avvalgi 1000-yillikda Eronda

b) miloddan avvalgi 3000-yillikda Isroilda

c) miloddan avvalgi 2000 yillikda Falastinda

16) Yahve so'zining ma'nosi nima?

a) dunyo


b) yagona

c) parvardigor

17) Shomon so'zi qanday ma'noni anglatadi?

a) jazavali kishi

b) qo'rqoq kishi

c) boshliq

18) Animizm so'zining ma'nosi nima?

a) hayajonlangan kishi

b) jon, ruh

c) parvardigor

19) Esseylar bu - .....

a) qo'lida kitob ko'targanlar

b) ishonchli ekanligiga shubxa bo'lgan duo

c) qadimiy yahudiylikdagi oqim

20) Yahudiylik dinida nishonlanadigan gunohlardan poklanish bayrami qanday ataladi?

a) karma


b) linga

c) yomkipur

21) Yahudiylikning muqaddas kitoblarini ko'rsating

a) Avesto, Zabur, Tavrot

b) Tavrot, Zabur, Talmud

c) Talmud, Tavrot, Basxi

22) Talmud kitobi qachon yaratilgan?

a) miloddan avvalgi IV asrda

b) miloddan avvalgi III asrda

c) eramizdan avvalgi VI asrda

23) Hindiston aholisining necha foizi hindiuylik diniga e'tiqod qiladi?

a) 64%


b) 76%

c) 83%


24) Kastalarning eng quyi tabaqasi qaysilar?

a) vayshlar

b) shudralar

c) kshatriylar

25) Konfutsiy dini qanday din?

a) milliy din

b) jahon dini

c) urug'-qabila dini

26) Konfutsiychilik IX asrda qaysi din ustidan g'alaba qozondi?

a) buddizm

b) daosizm

c) Sintoizm

27) Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida nima turadi?

a) dunyo


b) inson

c) ilm


28) Konfutsiy fikricha olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham ......

bog‘liq.


a) bilimiga

b) qobiliyatiga

c) samoviy qudratga

29) Konfutsiy ta’limotini inson xatti-harakati hayoti me’yorlari haqidagi ta’limot deyishi ham mumkin edi. Insonlar o‘rtasidagi hayot tarzi an’anaviy besh munosabatdan iboratligi qayd etilgan:

- davlat boshlig‘i bilan amaldorlar o‘rtasidagi munosabat;

- ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat;

- er bilan xotin o‘rtasidagi munosabat;

- katta va kichik aka-ukalar o‘rtasidagi munosabat; 5-sini esa siz toping

a) yigit va qizlar o'rtasidagi munosabat

b) ustoz va shogird o'rtasidagi munosabatlar

c) do'st-birodarlar o'rtasidagi munosabat

30) Konfutsiy ta'limotida o‘g‘il ota-onasi oldida quyidagi 5ta vazifani bajarish shart edi:

1. har doim ota-onani to‘la hurmat qilish;

2. ularga eng suyukli taomni keltirish;

3. ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish;

4. ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish;

5-sini esa siz toping

a) ular tanlagan qizga uylanish

b) ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish

c) har kuni ular holidan xabar olish

31) Daosizm falsafiy ta’limoti qachon paydo bo'lgan?

a) miloddan avvalgi IV-III asrlarda

b) eramizdan avvalgi VI asrda

c) eramizdan avvalgi IV-III asrlarda

32) ... asrdan boshlab daosizm ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz

tuta boshladi.

a) X

b) XIII


C) IX

33) "Daodetszin" asari muallifi kim?

a) Lao-Szi

b) Konfutsiy

c) In Ven

34) Lao-Szi qanday ma'noni anglatadi?

a) aqlli bola

b) ko'rkam yigit

c) keksa donishmand

35) ... dini dunyodagi eng qadimgi va eng birinchi vahdoniyat - yakka xudolik dinidir.

a) zardushtiylik

b) islom


c) xristian

36) Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq ... irodasi bilan yaratilgan.

a) Mazdaning

b) Zardushtning

c) Behdinning

37) Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni ... ifodalaydi.

a) Voxxob

b) Axriman

c) To'lib

38) Zardushtiylikda imon 3ta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi va 3-sini siz toping

a) vatanparlik

b) borliqni sevish

c) amallarning insoniyligi

39) Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida ... ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan.

a) Tavrot

b) Zabur


c) Avest

40) Avestoning ... kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar.

a) Videvdad

b) Yasna


c) Yasht

41) Daxma nima?

a) o’lganlar solinadigan bir necha past, baland "sukunat minoralari"

b) masjidning kirish qismi

c) duo o'qiladigan xona

42) Zardushtiylik dinida:

... – gunohlarni poklovchi, yovuz ruhlarni daf etuvchi sehrli kuch, deb taokidlanadi.

a) olov


b) suv

c) havo


43) Budda so'zining ma'nosi nima?

a) kitob


b) nurlangan, oliy haqiqatga erishgan

c) chaqirish, chorlash

44) Budda kimni o'g'li bo'ladi?

a) kosibni

b) xattotni

c) shoxni

45) Buddaviylik ta'limotiga ko'ra:

... - mutloq osoyishtalik

hukm suradigan olam. U yerda inson barcha turmush tashvishlaridan xalos bo‘ladi, uning hayotiy istaklari ham, tuyg‘ulari ham, ehtiroslari ham bo‘lmaydi.

a) bibliya

b) dxarma

c) Nirvana

46) ... - (lot. «fikrlash, o’ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur

berilish holati.

a) mazxab

b) meditatsiya

c) Mitra

47) Buddaviylik Kushon imperiyasiga qachon kirib kelgan?

a) eramizdan avvalgi 1-ming yillikda

b) miloddan avvalgi IV-III asrlarda

c) milloddan avvalgi III asrlarda

48) Buddaviylikning eng asosiy manbasi qaysi?

a) Zabur

b) Tripitaka

c) Tavrot

49) Bugungi kunda dunyoda qancha kishi buddaviylik diniga e'tiqod qiladi?

a) 1 mlrd

b) 900 mln

c) 700 mln

50) Butun dunyo buddistlari 2ta xalqaro tashkilotga birlashganlar. Ularning biri Tailand joylashgan 2-sini esa siz toping.

a) Xitoyda

b) Indoneziyada

c) Mo'g'ilistonda

51) ... dini Falastin aholisilarning dini bo’lmish Yahudiylik dinining asosida, ortodoksal ta’limotga qarshi bo’lgan qumroniylar jamoasi bag’rida vujudga kelgan.

a) konfutsiychilik

b) xristian

c) zardushtiylik

52) Xristianlik ta'limotining asoschisi kim?

a) Iso

b) Jabroil



c) Behdun

53) Xristian cherkovi 2ga bo'linib ketadi. 1-si Katolik 2-sini siz toping

a) senegoka

b) proslav

c) troitsa

54) Katolitsizm qanday ma'noni anglatadi?

a) tinchlik,

b) poklik, tozalik

c) umumiy, dunyoviy

55) ... sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.

a) badanga eleyni surkash

b) cho'qintirish

c) poklanishning sirliligi

56) Xristianlik dinida Postning mohiyati qanday?

a) Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.

b) inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.

c) dindor o‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din

peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi

57) Xristianlikda xudo bitta, lekin uning nechta qitofasi bor?

a) 4


b) 5

c) 3


58) ... - Xristianlikdagi eng quyi tabaqa ruhoniysi.

a) vasaniya

b) Varna

c) diakon

59) Bugungi kunda Xristian diniga qancha odam e'tiqod qiladi?

a) 1mlrd 200 mln

b) 2mlrdga yaqin

c) 2mlrd 600 mln

60) Dunyoning qancha davlatida xristianlar mavjud?

a) 200dan ortiq

b) 100ga yaqin

c) 170ga yaqin

61) O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan To‘liq Injil xristianlarining ilk jamoalari .... Toshkent shahrida tuzildi.

a) XX asr 70-yillarida

b) XX asr 20-yillarida

c) XX asr 90-yilllarida

62) Yurtimizda qancha millat vakillari yashaydi?

a) 100 ga yaqin

b) 150dan ortiq

c) 130dan ortiq

63) Xristianlikda Bibliya 2ga bo'lingan ular qaysilar

a) katta va kichik ahd

b) sharq va g'arb ahd

c) eski va yangi ahd

64) ... (ivrit. «lameyd» - «o’rganish» so’zidan) Tavrotga yozilgan

sharhlar to’plami.

a) tafsir

b) talmud

c) Zabur

65) Johiliya so'zi qanday ma'noni anglatadi?

a) bilimsizlik

b) qotillil

c) ko'pxudolik

66) Makka, Madina, Toif va Xaybar shaxarlani o'z ichiga olgan joy qanday atalgan?

a) Hijoz

b) Kaba


c) Quddus

67) ... (arab. – tavsiya etilgan, lozim topilgan) bajarish lozim va savob deb tavsiya etiladigan, lekin majbur emas va gunoh bo’lmagan harakatlar (xatna, qurbonlik, mavlud va h.k.)

a) sunnat

b) mandub

c) muboh

68) ... , sunniylardan farqli o’laroq, Muhammad payg’ambar bilan bog’liq hadislarni tan olmaydilar.

a) shofelar

b) mutazilliylar

c) shialar.

69) ... (arab. –umum bilish, diniy qonunlarni bilish, huquq ilmi) musulmon huquqi sifatida shariatning tarkibiy qismini tashkil etadi.

a) faqih

b) fiqh


c) qiyos

70) Islom ta'limotida Isrofil ning vazifasi qanday?

a) Allohning hukmini kishilarga etkazuvchi

b) koinotni boshqaruvchi

c) maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat kuni haqida xabar beruvchi

71) Xozirda musulmon dunyosida to‘rtta fiqhiy mazhab mavjud. Bular ... , Molikiy, Shof’iy va Xanbaliy fiqhlaridir.

a) xanafiy

b) ashshoriy

c) bandaviy

72) Xanbaliya mazxabining asoschisi kim?

a) Abu Abdulloh Ahmad

b) Abbos as-Shofiy

c) Molik ibn Anas

73) Qur’onning o'ttizdan bir qismi nima deb atalgan?

a) ravvin

b) pora


c) sahih

74) Muhammad (sav) ... yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan.

a) 30

b) 32


c) 40

75) ... ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni

ilgari suruvchilarning yo’nalishidir

a) shariat

b) missionerlik

c) fundamentalizm

76) Ekstremizm so'zi qanday ma'noni anglatadi?

a) borliqni yo'q qilish

b) haddan tashqari

c) egallash

77) Terrorizm so'zi qanday ma'noni anglatadi?

a) vaximaga solish

b) dunyoni yo'q qilish

c) buzaman

78) ... - yilda 20dan ortiq davlat

terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi

Konventsiyani imzoladi.

a) 1937


b) 1946

c) 1917


79) Missioner kim?

a) diniy ulamo

b) Cherkov tomonidan odatda hukumat yordamida boshqa davlatdagi boshqa din vakillari o’rtasida o’z dini tashviqotini olib borish faoliyati bilan shug'illanuvchi shaxs

c) o'z borgan joyida dinini hukmron qilmoqchi bo'lgan diniy shaxs

80) Prozelitizm nima?

a) Cherkov tomonidan odatda hukumat yordamida boshqa davlatdagi boshqa din vakillari o’rtasida o’z dini tashviqotini olib borish faoliyati



b) o'z diniga amal qilmaslik jarayoni

c) bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling