Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida


Download 297.22 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi297.22 Kb.
#1476388
Bog'liq
39-maktab referendum bayonnoma


Buxoro tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog xodimlar bilan “Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida” o`tkazilgan yig‘ilish

BAYONNOMASI


39-maktab 27.03.2023 yil


Yig‘ilish raisi- maktab direktori: E.Savurov
Kotiba :MMIBD o`rinbosari: H.Rahmonova
Qatnashdi: IMMBT J.Og'amurodov, maktab psixologi M.Allayorova maktab k pedagog xodimlar.

KUN TARTIBI:



  1. Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari.

  2. Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan maktabning direktori E.Savurov so`zga chiqib, referendum haqida batafsil tushuntirdi.
Referendum — bevosita demokratiyaning muhim instituti boʻlib, umumdavlat hamda har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi. Referendumning oʻtkazilish jarayonining qoida va shartlari har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan belgilanadi.
Referendumni o’tkazish tashabbusi:O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida»gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq
Referendumni o’tkazish tashabbusi bilan:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.
Xalq konstitutsiyasi: mazmuni va mohiyati:

  • xalqimizning fikri, takliflari 2 bosqichda o’rganildi, shundan so’ng Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi:

birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun odamlarimiz 60 mingdan ziyod takliflar berdi;
ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi.

Nima uchun “yangi konstitutsiya” deb atalmoqda?;



  • – moddalar soni amaldagi 128 tadan – 155 taga ortmoqda;

  • – normalar soni 275 tadan – 434 taga oshdi;

  • – qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi

  • Majburiy mehnatga to’liq barham beriladi

Eski sovet tuzumidan qolgan yomon odatlardan biri bu ijtimoiy soha vakillari, talabalar va hattoki maktab o’quvchilarini majburiy mehnatga, xususan, paxta terish yoki boshqa qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilish edi.
Natijada nimaga erishdik? O’quvchi va talabalar tayinli ta’lim olmadi, o’qituvchi va shifokorlar o’z ustida ishlab, sifatli xizmat ko’rsatishning o’rniga dalaga chiqib, paxta terishdi. Bu nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolimizga, balki O’zbekistonning xalqaro miqyosdagi imidjiga ham o’ta salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Konstitutsiyada ta’lim tizimini tubdan yaxshilashning huquqiy asosi yaratilmoqda.


2030 yilga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga yetkazish maqsad qilingan.


Masalan, «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga ko’ra, 2023-yil 1 apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida:
yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko’p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etilmoqda;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo’­yicha garovga qo’yilishiga oid cheklovlar bekor qilinmoqda.



Bu borada 2017 yilda tub burilish yuz berdi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuzildi, 2020 yilda Yoshlar ishlari agentligining tashkil etilishi O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni yangi bosqichga olib chiqdi.

30 iyunь mamlakatimizda «Yoshlar kuni» deb belgilandi, yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha manzilli va tizimli ishlar yo’lga qo’yildi. Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda «Loyihalar fabrikasi» ish boshladi.

O’tgan davr ichida yoshlarni qo’llab-quvvatlashga oid bir nechta qonun, o’nlab farmon va qarorlar qabul qilindi. Yoshlarni qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil mamlakatimizda «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilindi.

Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida so’nggi ikki yilda 281 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 6 trillion 992 milliard so’m imtiyozli kreditlar yo’naltirildi.


Dehqonchilik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan 184 ming yoshga 2022 yilda 42,5 ming gektar yer maydoni ajratilib, 200 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning butunlay yangi tizimi bo’lgan «Yoshlar daftari» orqali 800 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 1 trln 112 milliard so’m yo’naltirildi.

Yoshlarni qo’llab-quvvatlash siyosatining muhim huquqiy asosi sifatida Konstitutsiyaga tegishli modda aks etmoqda va bu bilan davlatning konstitutsiyaviy majburiyati belgilanmoqda.


Kiritilayotgan normalar davlatning yoshlar oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytiradi, yangi loyihalar, yangi vazifalarni amalga oshirish uchun asos va turtki bo’ladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan.



Ko`rilgan masalalar yuzasidan yig`ilish


QAROR QILADI:



  1. Yuqorida so`zga chiqqan ma’ruzachilarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ziyoli qatlam sifatida Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari hamda Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.

  3. Ta’lim muassasasida ota-onalar yig`ilishlari tashkil etili, Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari hamda Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.

  4. Kutilayotgan referendumda pedagog hodimlar va ularining oila a’zolarining faol ishtirok etishi yo`lga qo`yilsin.

  5. Kun tartibidagi qarorlar ijrosi nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.

Yig`ilish raisi-maktab direktori: E.Savurov


Kotibasi MMIBD o`rinbosari: H.Rahmonova
Download 297.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling