O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-
II-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi 
Qaroriga 
muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Qonunchilik palatasini shakllantirish yakunlari
asosida amalga kiritilgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
(bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) maqomini belgilash, Qonunchilik
palatasi faoliyatini tashkil etishga va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan
buyon matnda Senat deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga doir
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonunchilik palatasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha
ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo‘li bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat
ko‘rsatishiga asoslanadi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
3-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
, ushbu
Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling