26-modda. Fraksiya faoliyatini tugatish
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
1) fraksiyaning o‘z tashabbusi bilan;
2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;
3) fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan miqdor chegarasidan
kamayib ketganda.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiardi)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, tegishli siyosiy partiyaning
faoliyati tugatilgan taqdirda ham fraksiya tarqatib yuboriladi.
V. QONUN LOYIHALARINI KO‘RIB ChIQISh. KELIShUV TARTIB-QOIDALARI
27-modda. Qonunchilik tashabbusi
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik
palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi
huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga
oshiriladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek budjet
moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |