O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida
-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Download 163,38 Kb. Pdf ko'rish
|
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-modda. Fraksiya vakolatlari
24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega. Fraksiyalar ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) Oldingi tahrirga qarang. 25-modda. Fraksiya vakolatlari (25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1- yanvardan kuchga kiardi) Oldingi tahrirga qarang. Fraksiya: (25-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685- son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) 1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi; Oldingi tahrirga qarang. 2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi; (25-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) 3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi; 4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi; Oldingi tahrirga qarang. 5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida tarqatadi; (25-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) 6) palataning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi; 7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi; 8) hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi; Oldingi tahrirga qarang. 9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi; (25-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) Oldingi tahrirga qarang. 10) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (25-moddaning 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 163,38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling