1. Bojxona nazorati va shakllari.
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi:
bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarnitekshirish;
jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surishtirish;
bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;
tovarlar,
transport vositalari, binolar va boshqa joylarni
bojxona tomonidan qiyoslash;
tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;
hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan
yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat
amalga oshirilayotgan hududlar,
binolar va boshqa joylarni tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.
Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, xayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz bo‘lgan
hamda tovarlar va transport vositalariga ziyen yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi
mumkin. Bojxona nazoratini o‘tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan
hamda shartli chiqarib
yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim, Bojxona kodeksning 49, 50, 117-
126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlari erkin
bojxona zonalari va erkin
omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini
amalga oshirishga
haqlidir.
Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz
chiqib ketgan transport
vositalarini majburiy ravishda to‘xtatish, dengiz, dare va havo kemalarini majburiy
ravishda orkaga qaytarishga
haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.