Божхона назорати ва уни амалга ошириш тартиби


Download 289.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.03.2023
Hajmi289.34 Kb.
#1289515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bojxona nazorati va uni amalga oshirish tartibi

 
 
 
 


4.Tovarlar va transport vositalarini bojxona
nazorati ostida tashish 
Bojxona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojxona hududi orqali tranzit rejimida olib o‘tilayetgan
tovarlar va transport vositalari yuk jo‘natuvchi bojxona organidan yuk kelib tushuvchi bojxona organiga ushbu
tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi 
mumkin. Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport 
vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi.
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli: bojxona
va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsa; 
bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan o‘rov-idishlarga qo‘yilgan ta’minlov choralari
tashilayotgan tovarlarga ana shu ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi: 
ularni jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yo‘nalishda va muddatda, tabiiy eskirish
yoxud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, ularning
o‘rov-idishlari yoki holatini o‘zgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi; 
tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida ko‘rsatishi,
bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa - tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi; 


bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart. Yuk eltib
beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatisiz tovarlar va transport vositasini 
to‘xtash joyida qarovsiz koldirish, to‘xtash joyini o‘zgartirish, yo‘lovchilarni tushirish, tovarlar bilan biron-bir
ortish-tushirish vao‘rash-joylash operasiyalarini o‘tkazish, qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, olib tashlash yoki yo‘q 
qilish huquqiga ega emas. Agar tashuvchi, yo‘lovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sogligi
chinakam xavf ostida kolganligini, tovarlar va transport vositasining yo‘qqilinishi, qaytarib bo‘lmaydigan tarzda
qo‘ldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud bo‘lganligini isbotlasa, talablarni buzganlik uchun javobgarlik
yuzaga kelmaydi. Ko‘rsatilgan talablar buzilishiga sabab bo‘lgan holatlar to‘g‘risida tashuvchi darhol bojxona
organini xabardor qilishi shart.Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi Bojxona Kodeksining talablariga 
rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojxona 
kuzatuviga olingan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan 
taqdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yishga haqli. Ayrim toifadagi tovarlarni
tashuvchilaruchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tilayetgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi 
uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi. Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yo‘qotilgan yoki
yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga
yoki eksportga chiqarish rejimlarida to‘lanishi lozim bo‘lgan boj to‘lovlarini to‘lashi shart, tovarlar xaloqat yoki 
yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q bo‘lgan yoxud qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketgan, yoxud 
kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar


yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof hatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan
mustasno. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘y bergan bunday hollar O‘zbekiston Respublikasining 
diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda tashilayetgan tovarlar transport vositasidan 
tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini ta’minlash va ulardan biron-bir tarzda
foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport
vositalarining kayerda ekanligini eng yakin bojxona organiga darhol xabar qilishi, tovarlarning eng yakin bojxona 
organiga tashib keltirilishini yoki bojxona organining mansabdor shaxslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini 
ta’minlashi shart. Bojxona organi bunday hollarda bojxona nazoratini ta’minlash uchun ko‘riladigan chora-
tadbirlarni belgilaydi. Yuqorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarko‘rilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan
harajatlari bojxonaorgani tomonidan koplanmaydi. Ushbu qoidalar yuqorida ko‘rsatilgan dengiz, daryo yoki havo
kemalari O‘zbekiston Respublikasi hududida noiloj to‘xtash yoki ko‘nishga majbur bo‘lgan hollarda ham 
qo‘llaniladi. 
Bojxona tashuvchisi bojxona organining lisenziyasini olgan va tovarlar tashishni bojxona nazorati ostida
amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. Bojxona tashuvchisining tovarlarni jo‘natuvchi bilan o‘zaro munosabatlari 
shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bojxona tashuvchisi bojxona kodeksida nazarda tutilgan talablarga rioya
etishi, shuningdek bojxona nazorati ostidagi tashishlarning hisob-kitobini yuritishi va bojxona organlariga tegishli 
hisobotlarni taqdim etishi shart.

Download 289.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling