Jamoat transportida elektron to‘lov tizimidan foydalanish va yo‘l tariflarini belgilash Annotatsiya


Download 322.05 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi322.05 Kb.
#1187953
Bog'liq
maqolam 02


Jamoat transportida elektron to‘lov tizimidan foydalanish va yo‘l tariflarini belgilash
Annotatsiya:
Kalit so‘zlar:
Kundalik hayotimiz davomida ishga, o‘qishga va boshqa sabablarga ko‘ra transport vositasidan foydalanamiz. Transport vositasidan foydalaninishda jamoat transportiva shaxsiy transport vositalaridan foydalanamiz.
Bugungi kunda, jumladan yurtimizda aholining transportga vositasidan foydalanishga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun jamoat transportini rivojlantirishga kata etibor berilmoqda. Transpordan foydalanishga bo‘lgan talab va axoli sonining o‘sganligi sababli jamoat transportining barcha turlari yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan 2021 - yil yanvar-dekabr oylarida barcha transportda yo‘lovchi tashish hajmi 5,8 mlrd. yo‘lovchi, yo‘lovchi aylanmasi 129,6 mlrd. yo‘lovchi/km.ni tashkil etganligini statistik malumotlarda ko‘rishimiz mumkin. Axolining transportdan foydalanish jarayonida naqt va elektron to‘lov shakllaridan foydalanish darajasini ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Misol uchun Toshkentdagi avtobuslarning 54% yo‘lovchilari yo‘lkirani naqd shaklda to‘lashda davom etmoqda. Metroda esa bu raqam 61%ni tashkil qilmoqda. Bundan ko‘rinib turubdiki xali ham to‘lov shakllari naqt pul ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Transport istemolchilari uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi «Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan. Keyingi bosqichda tizim barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Jamoat transport vositalarida elektron to‘lovlarni joriy qilish yo‘lovchilarga turli qulayliklarni berishi va kontaktsiz pul aylanmasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektron to‘lov shakliga o‘tish tajriba sifatida poytaxtimiz Toshkent shaxriga ATTO jamoat transportida 2020 yil boshida joriy etilgan. Biroq poytaxt jamoat transportining ko‘pchilik yo‘lovchilari yo‘l haqini bir martalik QR-chiptalar va naqd pulda to‘lashda davom etayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘z o‘rnida chipta sotuvchi kassalarda navbatda turish va ortiqcha vaqt sarfiga olib keladi.

1-chipta kassalarida navbat
ATTO ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar ulushi 54 foizni, transport kartalarida to‘laydiganlar — 37 foizni va bank kartalari orqali hisob-kitobni amalga oshiradiganlar 8,5 foizni tashkil etadi. Qolgan yo‘lovchilar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega. Metro yo‘lovchilarining atigi 30,9 foizi transport kartalaridan, 8 foizi bank kartalaridan foydalanadi. [1]

Transport istemolchilarining taxminan 40−50 foizi faqat qulaylik tufayli elektron to‘lovga o‘tgan bo‘lsa, qolgan 50−60 foizi iqtisodiy rag‘batga muhtoj axoli qatlami xisoblanadi. ATTO tomonidan elektron to‘lov shakliga o‘tishni yanada yengillashtirish maqsadida transport kartalari uchun imtiyozlar va turli chegirmalar amalga oshirilmoqda. Elektron to‘lov tizimiga o‘tishning horij amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, aholini o‘z odatlarini o‘zgartirishga majburlashning yagona yo‘li yo‘lovchini iqtisodiy manfaatlar bilan rag‘batlantirishdir. Ya’ni, elektron to‘lov naqd to‘lovga qaraganda foydali va sezilarli darajada arzon bo‘lishini amalda taminlash kerakligini ko‘rsatadi. Yaqin qo‘shnimiz Qozog‘istonning Olmaota shahrida naqd pulda bir martalik yo‘l haqi narxi 150 tenge (4 oktabrdagi kurs bo‘yicha 3465 so‘m), ONAY transport kartasi orqali to‘langanda esa 80 tenge (1848 so‘m)ni tashkil qiladi. Bu esa bir oy ichida «yashirin» aylanmadan 800 mln tenge (1,6 mln dollardan ortiq) davlatga daromat keltirdi. Bu tizimni boshqa davlatlar tajribasida ham ko‘rishimiz mumkin.
Misol uchun: Ostonada naqd pul evaziga avtobusda yurish kattalar uchun 180 tenge (4158 so‘m) va bolalar uchun 90 tenge (2079 so‘m) turadi, transport kartasi bilan to‘lashda esa kattalar uchun 90 tenge, bolalar uchun bepul.
Dushanbeda bir avtobusda yurish naqd pul to‘lashda 2,5 somoniy (2789 so‘m), City Card bilan to‘lashda esa 1,5 somoniy (1673 so‘m) turadi.[2]
Yurtimizda ham jamoat transportini elektron to‘lov shakliga amal qilish chora tadbirlari doirasida transport kartalariga 20 foizli chegirmalar berilishi kutilmoqda. Agarda yuqorida keltirilgan jarayon amalga oshirilsa axolining transport to‘lovlarini elektron shaklda amalga oshirish ko‘rsatgichini yaxshilash imkonini berardi.
Bugingi kunda jamoat transportidan fodalanishda istemolchilarga yo‘l tariflarini belgilash va ishlab chiqish muommolari o‘z yechimini kutmoqda. Chunki boshlang‘ich bekatdan oxirgi bekatgacha bo‘lgan yo‘l tarifi oralig‘ bekatlarga ham birxil joriy qilingan. Shu bois oralig‘ bekatlar uchun aloxida yo‘l tariflarini ishlab chiqish asosiy muommodir. Bu borada Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, Toshkent transport boshqarmasi tomonidan taklif etilayotgan o‘zgartirishlar loyihasida poytaxt transportiga tabaqalashtirilgan tariflar joriy etish ham ko‘zda tutilgan. Ularni marshrut turi, metroda safar masofasiga va transport turiga qarab shakllantirish taklif etilmoqda. Metropoliten, magistral va halqa marshrutlari uchun namunaviy tarif belgilanishi ko‘zda tutilgan. Bog‘lovchi marshrutlarda standart yo‘l haqining 10 foizi, hudud ichi (podvozochniy) yo‘nalishlarda esa 20 foiz chegirma o‘rnatish taklifi berilganini takidlagan.
Download 322.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling