1-mavzu: elektrotexnika va elektronika faniga kirish


Download 5.01 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1230456
Bog'liq
1-mavzu elektrotexnika va elektronika faniga kirish-fayllar.org


1-mavzu: elektrotexnika va elektronika faniga kirish

1-mavzu: ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANIGA KIRISH

1.Fanning predmeti va uslublari.Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

2.Elektrotexnikaning hozirgi zamon fani va texnikasidagi hamda ishlab chiqarishdagi o`rni va ahamiyati

3.Zamonaviy elektrotexnik qurilmalarning tavsifi, tarixi va rivojlanish kelejagi


  • Elektrotexnika fani deb – elektr energiyasi hosil qilib, uni amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo`nalishlarini o`rganadigan fanga aytiladi. Hozirgi paytda elektr energiyasi ma`lum bo`lgan barcha energiyalardan farqli ravishda hamma joyda sanoatda, transportda, mashinasozlikda, maishiy hizmatda va xalq xo`jaligini barcha sohalarida alohida tengi yo`q o`rinni egallaydi. Bu energiyani ustunlik tomonlari shundaki;

  • a) uni hohlagan energiya turiga aylantirish mumkin, yoki hohlagan energiyani elektr energiyasiga aylantirish mumkin,

  • b) eng sodda va arzon moslamalar yordamida elektr energiyasini juda katta tezlik bilan istalgancha ko`p miqdorda va hohlagancha uzoq masofalarga uzatish mumkin,

  • s) ekologik jihatdan toza, atrof muhitni ifloslantirmaydi, hidi yo`q, rangi yo`q, o`zidan chiqindi chiqarmaydi.

  • Elektrotexnika fanini rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo`shdilar. Elektr hodisalarini o`rganish,

- 1650 yilda birinchi elektr mashinasini yaratilishidan boshlandi.

- 1785 yilda Kulon elektr zaryadlarining o`zaro ta`siri qonunini yaratdi.

Kuchlanishning birinchi elektrokimyoviy manbaasini o`rganish,

- 1799 yilda A.Vo`lta tomonidan, elektr manbaasini yaratilgan davridan boshlandi.

- 1802 yili fizik olim professor, V.Petrov elektr yoyini hosil qildi:

- 1832 yili rus olimi P.Shilling telegrafni yaratdi.


  • 19 asrning ohirlariga kelib - 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o`zgaruvchan tok hosil qiluvchi tizimni, transformatorni va uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi. Hozirgi vaqtda sanoatda, transportda va xalq xo`jaligi tarmoqlarida boshqa energiyalar kabi elektr energiyasidan keng ko`lamda foydalanilmoqda.

  • Insoniyat bir necha yuz yillar mobaynida har hil hodisalarni o`rgana borib, bizni atrofimizni o`rab turgan bizdan tashqari muhitdan shunday hulosalarni o`zlariga oldilarki, bizni o`rab turgan bu muhitda barcha narsalar ko`rinishi, tuzulishi qanday bo`lishligidan qat’hiy nazar ular eng sodda elementlardan–atomlardan tuzilgandir.

  • Hozirgi kundagi ilmiy nazariyaning ko`rsatishlaricha har bir atom ikki qismdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Atom o`zini tarkibida ikki hil zaryadni bir hil miqdorda ushlab turganligi uchun hech qanday elektr hossasiga ega emas. Har hil elementlarning atomlari bir biridan faqat atom og’irligi bilangina farq qilishlari mumkin. Ularning og’irligi, o`zlarining tarkibida saqlab turgan elektronlari va protonlarining miqdoriga bog’liqdir. Masalan; vodorod (H) atomining og’irligi Mendeleev jadvalidagi 1 ga teng deb

  • olingan, chunki uning atomi tarkibiy jihatidan, 1 ta elektron va 1 ta protondan tashkil topgan bo`ladi. Mis atomida esa yadroning atrofida 29 ta elektron aylanib yuradi, oltinni atomi atrofida esa 79 ta manfiy zaryadlangan elektroni bor. Elementlar atomi tarkibidagi elektronlari soni har doim uning D.Mendeleev jadvalidagi o`rniga to`g’ri keladi.

  •  Elektrotexnika fanining kelajak istiqboli haqida gapiradigan bo`lsak, qisqacha qilib aytganda kundalik hayotda elektr energiyasiga bo`lgan talablarimizdan tashqari, kosmosga tushib chiqayotgan kosmik kemalarning ishini ham, elektr energiyasiga yurayotgan elektromobillarning ishini ham, xalq xo`jaligidagi yuzaga kelayotgan yangi ihtirolarni

  • ham, elektr energiyasi istirokisiz amalga oshirishimiz qiyin.

Elektr zaryadi ta`sir eta oladigan fazo elektr maydoni deyiladi. Zaryadlangan har bir jism atrofida mahsus elektr maydoni bo`ladi. Elektr maydonining ma`lum nuqtasidagi zaryadni bu maydon ta`siridan tashqariga chiqarish uchun maydondagi kuchlar ish bajarishi lozim, ana shu ishni ifodalovchi kattalik shu nuqtaning potentsiali deyiladi. Tashqi kuchlar ta`sirida zaryadlangan zarrachalarni tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Uzunligi 1 m, yo`g’onligi 1mm bo`lgan o`tkazgichning o`zidan 1 A miqdordagi elektr toki o`tganda zaryadlangan zarrachalarni harakatiga ko`rsatadigan ta`sir kuchi shu o`tkazgichni qarshiligi deyiladi. Tashqi kuchlar ta`sirisiz o`zidan elektr tokini o`tkazmaydigan materiallarga dielektrik materiallar deyiladi


http://fayllar.org
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling