Jo’rayev Shohrux
Download 14.04 Kb.
|
Jo’rayev Shohrux 111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlarining qo‘llanilishi Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona to‘lovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq undiriladi. Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish maqsadlariga bog‘liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining 1) eksport; 2) reeksport; 3) vaqtincha olib chiqish; 4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 5) erkin muomalaga chiqarish (import); 6) reimport; 7) vaqtincha olib kirish; 8) bojxona hududida qayta ishlash; 9) vaqtincha saqlash; 10) bojxona ombori; 11) erkin ombor; 12) erkin bojxona zonasi; 13) boj olinmaydigan savdo; 14) bojxona tranziti; 15) yo‘q qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish turlariga muvofiq amalga oshiriladi. 105 –moddada Erkin ombor bojxona rejimida turgan tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotganda, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga bog‘liq ravishda bojxona to‘lovlari va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llaniladi. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan chet el tovariga nisbatan, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu tovar bevosita bojxona hududi tashqarisidan olib kirilganidagi kabi bojxona to‘lovlari va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llaniladi. O‘zbekiston tovari erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda unga nisbatan bojxona hududidan olib chiqishda qo‘llanilganidagi kabi bojxona to‘lovlari va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llaniladi. Erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bo‘lmagan taqdirda bunday tovar unga bojxona to‘lovlari va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llash maqsadida O‘zbekiston tovari sifatida, boshqa maqsadlarda esa, chet el tovari sifatida qaraladi. Agar tovar olib chiqilayotganda bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan ozod etilishi yoki to‘langan summalar qaytarilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqish mo‘ljallangan tovar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan ozod etiladi yoki to‘langan summalar qaytariladi. Bunday tovarni olib chiqish bojxona bojlari, soliqlar summalari qaytarilgan yoki ularni to‘lashdan ozod qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Erkin omborlardan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi lozim bo‘lgan tovar bojxona hududiga qaytarilgan yoki uni olib chiqish belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilmagan taqdirda bojxona bojlari va soliqlar to‘lanadi. 111-moddaga muvofiq Bojxona xududida kiritilgan va chiqirilayotgan tovarlar qonunchilikda belgilangan tartibda to’lovlar va bojlar qo’yiladi. Bojxona kodeksida ko’rsatilganidek bojxona xududidagi tovarlar erkin omborlarda , ya’ni xususiy , nodavlat omborxonalaida saqlanayotgan bo;lsa , ular bojxona nazoratidan va hududidan olib chiqib ketilayotgan vaqtda soliqlar va bojlar to’lanadi va olib chiqib ketishga va erkin savdoga yoki foydalanishga ruxsat etiladi. Agar oshiqcha to’lovlari bo’lsa darhol qaytariladi yoki kamchiliklar bo’lsa tuzatiladi. Download 14.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling