Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik. Yarimo’tkazgichli asboblar(diod,tranzistor) va ularning texnikada qo’llanishi


Download 0.56 Mb.
bet1/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1733166
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik

Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik. Aralashmali o’tkazuvchanlik

Tabiatda shunday moddalar borki, ularning birlik hajmda elektronlar sonio‘tkazgichlarga nisbatan kam, lekin izolyator (dielektrik)larga nisbatan ko‘p.Shu sababli bunday moddalarni yarimo‘tkazgichlar deb ataldi.Yarimo'tkazgich moddalarda temperatura ortishi bilan _ularning solishtirma qarshiligi kamayadi. Juda past temperaturalarda yarimo‘tkazgich modda dielektrik bo'lib qoladi.Metallarga yorug'lik ta’sir etganda ularning elektr o'tkazuvchanligi deyarli o'zgarmaydi. Yarimo‘tkazgichga yorug'lik tushirilganda ularning elektr o'tkazuvchanligi ortadi.

Shunday qilib, yarimo‘tkazgichlarning asosiy farqli tomonlari quyida-

gilardan iborat:

a) elektr o‘tkazish qobiliyatiga ko'ra metallar bilan dielektriklarning oraliq

holatini egallaydi;

b) isitilganda va yorug‘lik tushirilganda solishtirma qarshiligi kamayadi.

Yarimo'tkazgich xususiyatiga ega bo'lgan elementlarga _germaniy,

kremniy, tellur, selen va h.k.lar kiradi.

Kimyo fanidan ma’lumki, kimyoviy elementlar atom tuzilishi va xususiyatiga ko‘ra,

Kimyo fanidan ma’lumki, kimyoviy elementlar atom tuzilishi va xususiyatiga ko‘ra,

D.1. Mendeleyevning davriy jadvalida yarimo‘tkazgich elementlar asosan III, 1V va V guruhlarda joylashgan.

Yarimo‘tkazgichlarning tuzulishi. Xususiy o‘tkazuvchanlik

Kremniy atomida elektronlar qavatlar bo'yicha joylashganda uning eng tashqi qobig‘ida 4 elektroni joylashadi. Qo‘shni atomlar bir-birini shu elektronlar vositasida tutib turadi.

Har bir atom qo‘shni atom bilan o’zining bitta elektroni orqali bog‘lanadi. Natijada ikkita atom o’zaro ikkita elektron orqali bog‘lanadi. Bunday bog'lanishni kovalent bog‘lanish deyiladi.

Elektron o‘tkazuvchanlik. Past temperaturalarda juft elektronlar hosil qilgan bog‘lanish kuchli bo‘lib, uzilmaydi.

Shu sababli past temperaturalarda kremniy elektr tokini o‘tkazmaydi. Temperatura ko‘tarilganda valent elektronlarning kinetik energiyasi ortadi. Ayrim bog‘lanishlar uzila boshlaydi. Ulardan ayrimlari borib-kelib, yurgan yo'lidan chiqib, metalldagi kabi erkin elektronga aylanadi. Mazkur elektronlar elektr maydoni ta’sirida yarimo‘tkazgich bo‘ylab ko‘chadi va elektr tokini hosil qiladi.(rasm)


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling