16-modda. Qonunchilik palatasi Kengashi
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi
Kengashi tuziladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari,
fraksiyalar rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari kiradi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonunchilik palatasi Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy
sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
17-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarini saylash
Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga
kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais,
uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi.
Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki
guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan
holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok
etishga haqli.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |