O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida
-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari
Download 163.38 Kb. Pdf ko'rish
|
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi
11-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari
Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin. Palatalarning qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Palatalarning qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Palatalarning qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi. Palatalarning qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida- alohida o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilik palatasi davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli. (12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli. (12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi) Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi. Parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. (12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. (12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114- son) Download 163.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling