Islom moliya mahsulotlarini o’zbekistonda tatbiq qilish va qo’llash yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot va natijalari


Download 122.83 Kb.
bet1/4
Sana29.10.2023
Hajmi122.83 Kb.
#1733226
  1   2   3   4
Bog'liq
Tezis


ISLOM MOLIYA MAHSULOTLARINI O’ZBEKISTONDA TATBIQ QILISH VA QO’LLASH YUZASIDAN O’TKAZILGAN TADQIQOT VA NATIJALARI BO’YICHA TAHLILIY HISOBOT.
Toshkent moliya instituti talabasi Movlonov Jaloliddin Nu’mon o’g’li
Toshkent moliya instituti dotsenti v.b., PhD Karimov Akramjon Ikromjon o’g’li


Annotatsiya
Kalit so’zlar: Islom moliya tizimi, bu yaxlit tizim bo’lib undagi barcha moliyaviy faoliyat islom huquqi doirasida amalga oshiriladi. Bu tizmida eng asosiy etibor xatarlar ham, foyda ham business loyiha ishtirokchilari o’rtasida adolatli ravishda taqsimlanishiga qaratiladi. Bunday yondashuv iqtisodiyotda pul mablag’larini aylanishini taminlashga, iqtisodiy faollikni kuchaytirishga va katta miqdordagi pul mablag’larini muayyan kichik guruhlar qo’ladi jamlanishini oldini olishga yordam beradi.
Islom bank tizimi deganda barcha moliyaviy amaliyotlar islom huquqi tamoyillari asosida amalga oshiriladigan bank tizimi tushuniladi. Oʼzbekiston moliya tizimida tijorat banklari ustun mavqega ega (buning sababi boshqa moliya muassasalarining banklar bilan raqobat qiladigan darajada rivojlanmaganligida deyish mumkin). Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki esa tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi muassasa hisoblanadi. Аmaldagi qonunchilikka koʼra Markaziy bankning asosiy maqsadlari narxlarning, bank tizimining, hamda toʼlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlashdir. Mamlakatdagi tijorat banklarining soni 30 taga teng boʼlib, bu raqam aholi soni va iqtisodiyot koʼlamiga nisbatan oz deyish mumkin. Moliya bozorida faoliyat yuritayotgan muassasalarning boshqa turlariga omonat (depozit) amaliyotlari olib bormaydigan mikrokredit tashkilotlari, sugʼurta kompaniyalari, banklar bilan bevosita bogʼliq boʼlgan lizing kompaniyalari, shuningdek yaxshi rivojlanib ulgurmagan qimmatbaho qogʼozlar bozori kiradi.
Islom moliyasi - sherikchilikka asoslangan, aktiv bilan taʼminlangan, axloqiy, barqaror, atrof muhit va ijtimoiy masalalarga nisbatan masʼuliyatli boʼlgan moliyaviy tizimdir. Savdo va toʼlov asosidagi vosita/mahsulotlarga nisbatan foyda va zarar taqsimoti asosida moliyalashtirish islom moliyasi ruhiyat/mohiyatiga yaqinroq hisoblanadi. FZT asosidagi moliyalashtirishning eng muhim tamoyillari – bu tenglik va (moliyaviy faoliyatdagi) ishtirok boʼlib, bu yondashuv daromadlarni adolatli taqsimlashga yordam beradigan real iqtisodiy faoliyat bilan bogʼliqdir. FZT asosida moliyalashtirishning ikki turi mavjud: Mushoraka va Mudoraba.
Oʼzbekistonda islom banki va moliyasi tarmogʼini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin boʼlgan Islom moliya vositalari.

Download 122.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling