Islom moliya mahsulotlarini o’zbekistonda tatbiq qilish va qo’llash yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot va natijalari
Download 122.83 Kb.
|
Tezis
Mushoraka: Mufti Muhammad Taqi Usmoniyning tadqiqotlariga koʼra (1998) Mushoraka atamasi arab tilidan olingan boʼlib, “boʼlishish”, “sherik boʼlish” kabi maʼnolarni anglatadi. Biznes va savdoga oid hollarda esa, mushoraka ikki yoki undan ortiq
tomonlar oʼrtasidagi hamkorlikdagi tadbirkorlik / mulkiy sherikchilikka aytiladi. Mushoraka bitimi Ingliz qonunchiligidagi sheriklik shartnomasiga oʼxshaydi, unga koʼra ikki yoki undan ortiq sheriklar oʼz moddiy (moliyaviy mablagʼlar, bino, uskuna, xom ashyo...vhkz.) va maʼnaviy (masalan intellektual mulk) imkoniyatlarini birlashtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishadi. Mudoraba islom moliyasida mavjud boʼlgan noyob sherikchilik usuli boʼlib, unda bitta sherik biznesni boshlash / yuritish uchun zarur boʼlgan moliya mablagʼlari sarmoya sifatida taqdim qiladi, boshqa sherik esa bu mablagʼlarni samarali va oqilona boshqarish orqali daromad keltiradigan faoliyatga kiritadi. Sarmoya egasi Robbul-mol, biznesni boshqaruvchi tomon esa Mudorib deb nomlanadi. Foyda taqsimoti masalasi, yaʼni qaysi tomon qancha olishi sherikchilik shartnomasini imzolash paytida koʼrib chiqiladi va olingan foyda kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Biroq, biznes faoliyat natijasida koʼrilgan barcha zararlar Robbul-mol qoplanadi. Mudorib esa faqatgina qilgan mehnatiga kuyadi, yaʼni u zararni qoplab bermasa-da, hech qanday foyda ham, mehnati uchun haq ham olmaydi. Аmmo, zarar Mudoribning loqaydligi yoki noqonuniy xatti harakatlari natijasida koʼrilgan boʼlsa, u holda bunday zararlar Mudorib tomonidan qoplanadi. Islom moliya tizimining umumiy holati va Oʼzbekiston qonunchiligi nuqtai nazaridan Islom moliyasini tatbiq qilish imkoniyatlari.Soʼnggi yillarda islom bankchiligining dunyoda jadal surʼatlarda oʼsishi islom moliyasi mahsulot va xizmatlaridan foydalanish koʼlamini oshirish uchun bu sohada koʼproq innovatsiyalar va davr talabiga mos moliyaviy yechimlar ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Islom moliya tizimining jami aktivlari 2012 yilda 1.88 trln. АQSh dollarini tashkil etgan boʼlsa 2017 yilga kelib 2.44 trln. АQSh dollariga yetdi (yaʼni shu davr ichida jamlanma oʼrtacha yillik oʼsish surʼati (CAGR – Compound Annual Growth Rate) 6 foizni tashkil etdi. Saudiya Аrabistoni, Eron va Malayziya islom moliyasi aktivlarining 65 foizi(1,6 trln. АQSh dollari) ga egalik qilish orqali sohada peshqadamlik qilishmoqda. 2017 yilda 56 ta davlat orasidan Nigeriya, Kipr va Аvstraliyada ushbu sohada eng yuqori oʼsish koʼrsatkichlarini qayd etishdi. Islom moliya sohasi aktivlarining 71 foizi (1.72 trln АQSh dollari) 41 mamlakatda faoliyat yuritayotgan Islom banklari ulushiga toʼgʼri kelmoqda. Download 122.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling